Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti pedagogika fakulteti


SO ‘Z YASALISHINING TUZILISHI



Download 251,19 Kb.
bet5/15
Sana06.07.2022
Hajmi251,19 Kb.
#746933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Mamatova Zulfizar kurs ishi

1.2. SO ‘Z YASALISHINING TUZILISHI
1. Ter, terim, terimchi. 2. Tara, taroq, taroqchi so'zlariga e’tibor bersangiz, shuni sezasizki, birinchi guruhdagi so'zlarning hammasida ter so‘zi takrorlanadi, ikkinchi guruhdagilarida esa tara qismi hammasi uchun umumiy sanaladi. Ko'rinadiki, so‘z yasalishi hodisasi o ‘zining ichki tuzilishiga ega bo'ladi va ikkita tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: a) yasashga asos qism; b) yasovchi vosita. Yasashga asos qism bilan yasovchi vosita birgalikda yasalmani tashkil qiladi. Masalan, yuqorida keltirilgan terim so'zida ter-qismi yasashga asos, -im qismi yasovchi vosita, ikkala qismning qo'shilishidan hosil bo'lgan hosila esa — terim yasalma hisoblanadi. Terimchi so'zida esa terim yasashga asos qism, -chi yasovchi vosita, terimchi esa yasalma sanaladi. So‘zning yasalish tuzilishi bilan morfemik tuzilishi bir-biridan farqlanadi. So‘zning ma’noli qismlarga bo‘linishi uning morfemik tuzilishi sanaladi. So'zda nechta ma’noli qism bo'lsa, uning morfemik tuzilishi shuncha qismga ajraladi. Masalan, terimchi uchta ma’noli qismdan tashkil topgan: ter-im-chi. Terimchilar so'zi esa to'rtta ma’noli qismdan iborat: ter-im-chilar. Ter-imchilarga so'zi beshta ma’noli qismdan iborat: Shuning uchun u morfemik tuzilishga ko'ra besh qismga bo'linadi: ter-im-chi-lar-ga. Ko'rinadiki, so'zning morfemik tuzilishi yasovchi qo'shimchalarni ham, so'z o'zgartiruvchi qo'shimchalarni ham o'z ichiga oladi. So'zning morfemik tuzilishini belgilashda ma’noli qismlarning so'z yasovchi yoki so'z o'zgartiruvchi ekanligining ahamiyati bo'lmaydi. Qanday ma’noli qismlardan — morfemalardan iborat ekanligi e’tiborga olinadi. So'zning yasalish tuzilishi esa faqat yasovchilarnigina o'z ichiga oladi. So'z o'zgartiruvchi qo'shimchalar so'z yasalishi tuzilishiga kirmaydi. So'z yasalishi tuzilishi doimo ikkita tarkibiy qismni — yasashga asos va yasovchi vositani o 'z ichiga oladi. Agar so'zda birdan ortiq yasovchi qo'shimchalar ishtirok etsa, eng oxirgisi yasovchi vosita sanaladi, oldingilari esa yasashga asos qism tarkibiga kiradi. Masalan, taroqchi so'zida -chi yasovchi vosita, taroq yasashga asos, taroqchiyasalma, taroq so'zida esa -q yasovchi vosita, tara yasashga asos, taroq yasalma hisoblanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, so'z yasalishi tuzilishida yasashga asos qism bilan yasalma o'rtasida mazmuniy bog'liqlik, mazmuniy davomiylik bo'ladi. Yasalmada yasashga asos davom etadi. Masalan, tepki so'zida yasalma bo'lib, -ki yasovchi vositasida tep so'zidan yasalgan. Tepki yasashga asos qism ma’nosini davom ettiradi: 1. Tepki uchun xoslangan moslama (otish qurolida). 2. Tepki zarbasi(tepki yedi).
Har qanday tilni o'rganayotgan paytingizda, eng avvalo, sizni qurshab turgan narsa va hodisalarning amaliy hayotingiz bilan bog’liq bo‘lgan turli xil harakati, holatlari, belgi va xususiyatlarining shu tilda qanday ifodalanishini, nomlanishini bilishdan boshlaymiz. Ma’lum bir tildagi ana shunday so‘zlar yig'indisi shu tilning lug'at tarkibini tashkil qiladi. Leksika atamasi ikki ma’noda qo’llaniladi: a) tilning lug'at tarkibi, so'zlar yig'indisi; b) lug'at tarkibini o'rganuvchi tilshunoslikning alohida bo'limi. Leksika atamasining ikkinchi ma’nosi uchun leksikologiya atamasi ham qo’llaniladi. Leksikologiya yunoncha lexikos — so‘z, so‘zga doir va logos — ta’limot so'zlarining birikuvidan olingan bo‘lib, leksika (so‘z) haqidagi ta’limot demakdir. Demak, so‘z va uning ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo'limiga leksikologiya (ba’zan leksika) deyiladi. Alisher Navoiy gulni qanday ifodalaganiga e’tibor bering.
GUL VA NAVOIY NAVOSI
Alisher Navoiy o‘z asarlarida gul, uning vazifasini o‘taydigan giyoh va o'simliklar, gulga aloqador ashyolar, shuningdek, mavjudotlarning juda ko‘pidan va xilma-xillaridan keng foydalanadi. Shu bilan bir vaqtda ulug‘ shoir o ‘z maqsadlarini ifodalashda gul va gulistonlardan ayrim g‘azallarining ba’zi baytlaridagina foydalanib qo‘ya qolmay, balki o ‘nlab g‘azallarini butun-butunligicha ana shunday ifodalashga bag‘ishlaydi. Ularda o‘nlab xildagi gullar: nasrin, nastarin, nargis, nilufar, savsan, rayhon, xino, zanboq guli, lola, sadbarg, ra’no, hazorg‘uncha, zag‘far, sumanpar; yoqimli hidi va go‘zal ko'rinishi bilan gulni eslatuvchi giyohlar: sunbul, ishqi pechan; manzarali daraxtlar: sarv, ar-ar, arg‘uvon, shamshod kabilar haqida ma’lumot beradi. Ya’ni: guloroy — gul bilan bezangan, gulrez — gul to‘kuvchi, gulpo‘sh — gul yopingan, qip-qizil gulday kiyingan, gulbang — yoqimli ovoz, bulbul ovozi, guldastaband — majozan quyosh nurlari kabi iboralar Navoiy asarlarining mazmunini ochib berishda mislsiz zo‘r xizmat qiladi. Shuningdek, yuqorida aytib o ‘tilgan iboralarning aksariyatini ulug‘ Navoiy sinonimiya vositasida turli variantlarda ishlatgan: gul, chechak, vard, shugufa kabi. Shu bilan birga, gulga oid ko‘pchilik iboralardan omonimiya yordamida turli ma’nolar hosil qilgan: gul (chechak), gul (bezak), gul (yashnamoq), gul (mahbuba), gul (go‘dak), gul (umuman inson), gul (qizamiq) singari. Buyuk shoirning asarlarida gul tushunchasidan foydalanish ko'lami katta va keng... (O . Valixonov)
O‘zbek tilida quyidagi usullar bilan yangi so‘zlar yasaladi:
1) affiksatsiya usuli (morfologik usul);
2) sintaktik usul (kompozitsiya usuli).


Download 251,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish