MAVZU: O`ZBEK TILIDA SO`Z YASALISHI
Reja:
So`z yasalishi usullari
Fonetik usul
Abbreviatsiya usuli
So`z turkumida so`z yasalish
So`z yasalishi tilshunoslikning mustaqil sohasi bo`lib, u yangi so`z yasash, so`z yasash usullari va vositalarini o`rganadi. Tildagi so`zlarning yasash tarkibini hamda ularning yasalish usullarini aniqlash bu bo`limning asosiy vazifasidir.
So`z yasash usullari. Qanday usul bilan bo`lsa-da, yangi so`z hosil qilishga so`z yasalishi deyiladi. Hozirgi o`zbek tilida so`z yasalishining turli usullari mavjud. Ular quyidagilar:
Semantik usul.
Fonetik usul.
Abbreviatsiya usuli.
Affiksatsiya usuli.
Kopozitsiya usuli.
Semantik usul.
Ko`p ma`noli so`zning ma`nolari orasidagi aloqaning o`zgarishi, uzilishi natijasida omonim so`zlarning yuzaga kelishi haqida ma`lumotga egamiz. So`z ma`nosining o`zgarishi asosida yangi so`z xosil qilish semantik usul bilan so`z yasalishi deyiladi. Bu usul bilan yasalgan so`zlar turli so`z turkumlariga tegishli bo`lib qolishi mumkin. Masalan, ko`k(<>, ot) – ko`k (<>, sifat), ko`ch (<>, fel) – ko`ch (<>, ot), yupqa (<>, sifat) – yupqa (<
>, ot), kun (<>, ot) – kun (<>, hisob so`zi o`rnida) kabi.
Fonetik usul
So`zning fonetik tarkibida bo`ladigan o`zgarish natijasida yangi so`zning hosil bo`lishiga fonetik usulda so`z yasalishi deyiladi. Masalan, tun va kun, ko`z va ko`r, aka va uka kabi.
So`z urg`usining o`zgarishi ham fonetik usulda boshqa so`z turkumiga oid so`zlarning hosil bo`lishiga olib keladi. Yangi so`z yasaladi. Masalan, yangi (sifat) - yangi (payt ravishi), suzma (ot) – suzma (fe`l), qushcha (ot) – qushcha (qushdek, qush kabi-ravish), akademik (sifat) – akademik (ot) kabi
Abbreviatsiya usuli
To`g`ri ma`noli turg`un so`z birikmalarining qisqartma so`zlarga aylanishiga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qisqartma otlar yasaladi. Hozirgi o`zbek tiliga abbreviatsiya usulida so`z yasalishi rus tilidan kirgan . Masalan, O`zMU – O`zbekiston Milliy Universiteti, BMT – Birlashgan Millatlar Tashkiloti, ATS –Avtomatik telefon stansiyasi kabi.
Affiksatsiya usuli.
So`z yasovchi qo`shimchalar yordamida yangi so`z hosil qilinishiga affiksatsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Yasovchi asosga affikslar qo`shish bilan ot, sifat, fe`l, ravish turkumiga oid so`zlar yasaladi. Masalan, suvchi, arrakash – ot; aqlli, suvsiz – sifat; ishla, otlan – fe`l; yashirin, yangicha - ravish kabi.
Kompozitsiya usuli.
Ikki va undan ortiq so`zlarning qo`shilishi orqali yangi so`z yasalishiga kompozitsiya usulida so`z yasalishi deyiladi. Bu usulda qo`shma so`zlar yasaladi. Masalan, ko`zoynak, guldasta, oshqozon, gultojixo`roz kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |