8-topshiriq. Quyidagi jadvalda yozma manbalarning talabalar tomonidan
ko`p foydalaniladiganlari keltirilgan. Ularning ijobiy va salbiy tomonlarini
ko`rib chiqish uchun sherigingiz bilan ishlang.
Matn turi
Ijobiy tomoni
Salbiy tomoni
211
Darslik
Talabalar uchun
yozilgan
Judayam umumiy
bo`lishi mumkin
Vebsayt
Jurnal maqolasi
Rasmiy
hisobot(masalan, hukumat
tomonidan)
Gazeta yoki jurnal
maqolalari
Elektron kitoblar
13-mavzu. Iqtisodiy hujjatlarni yaratish va yozish
1-topshiriq.Matnni o‘qing.
Hujjatchilik tarixi
Bobilning miloddan avvalgi 1792-1750-yillardagi shohi
Hammurapining adolatpesha qonunlar majmui, undan ham
qadimroq shoh Ur-Nammu (miloddan avvalgi 2112-2094-
yillar)ning
qonunlari
va
boshqa
manbalarning
mavjudligi
Xammurapi
Vavilon
qiroli,
tahminan
1793-1750
b.a. yillarda
hukum
surgan, 1-chi
Vavilon
sulolasidan. U
aqilli
siyosatchi va
qomondon
edi. Vavilon
shahrining
ko’tarilishi
shu isim bilan
bog’liq
212
«hujjatlar» deb ataladigan tartibot vositalarining nechog‘li olis va
murakkab tarixga ega ekanligini ko‘rsatadi. Albatta, kishilik
jamiyatining taraqqiyoti, ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarning almashina
borishi, aniqrog‘i, kishilar o‘rtasidagi ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy
munosabatlarning
shakllanishi
barobarida
hujjatlar
ham
takomillashib borgan. Bugungi kunda fanga tariximizning turli
davrlarida o‘rxun-enasoy, so‘g‘d, eski uyg‘ur, arab va boshqa
yozuvlarda bitilgan juda ko‘plab hujjatlar, umuman,yozma
manbalar ma’lum.
Sharqda X-XIX asrlarda yorliq, farmon, noma, bitimlar,
arznoma, qarznomalar, vasiqa, tilxat yoki mazmunan shunga yaqin
hujjatlar nisbatan keng tarqalgan. Yorliqlar mazmunan xilma-xil
bo‘lgan: xabar, tavsif, farmoyish, bildirish, tasdiqlash va h.k. Bu
o‘rinda To‘xtamishxonning 1393-yilda polyak qiroli Yag‘aylaga
yo‘llagan yorlig‘i, Temur Qutlug‘ning 1397-yildagi yorlig‘i,
Zahiriddin Boburning otasi Umarshayx Mirzoning marg‘ilonlik Mir
Sayid Ahmad ismli shaxsga 1469-yilda bergan yorlig‘i, Toshkent
hokimi Yunusxo‘janing 1779-yil 2-iyunda Peterburgga - Rossiya
podshosiga o‘z elchilari orqali yuborgan yorlig‘i va boshqalarni
eslab o‘tish mumkin.
O‘rta Osiyo hududidan topilgan qadimgi madaniy obidalar, turli
moddiy jismlarga bitilgan ma’lumotnomalar ajdodlarimizning
qadimdan o‘ziga xos hujjatchilik an’analariga rioya qilganliklaridan
dalolat beradi. O‘rta asrlarda ish yuritish huquqiy maqomga ega
bo‘ldi, davlat mahkamasida munshaot tizimi shakllandi va qator
hujjat turlari paydo bo‘ldi.
O‘zbek tilining rasmiy idoraviy til sifatida qo‘llanishi
qoraxoniylar hukmronligi davrida boshlandi. XX asrdan so‘ng
o‘zbek xonlari va amirlari saroylarida yozilgan turli xil hujjatlar
Hujjat
–
rasmiy
uslub-da yozilgan,
imzolangan,
kelishuv
varozilik
belgilari
olin-gan,
davlat
standart
talablariga
ja-vob
beradigan
qog‘ozlardir. Hujjat
matni aniqlik, ix-
chamlik, lo‘ndalik,
mazmuniy to‘liqlik
kabi talablarga ja-
vob berishi kerak.
Hujjatlarmatnigaqo`
yiladiganengmuhim
talablardanyanabiri
–
xolislik.
Bu
talablarga
javob
bermay-digan hujjat
chinakam
hujjat
bo`la olmaydi, bun-
day
hujjat
ish
yuritish jara-yoniga
xalaqit
beradi,
uning
samaradorligini
keskin pasaytiradi.
213
o‘ziga xos mazmuni, muayyan tartibi va nutqiy qolipi bilan ajralib
turadi. Sho‘ro hukmronligi davrida o‘zbek va rus tillarida ish
yuritish huquqi qonunlashtrilgan bo‘lsa-da, amalda o‘zbek tilining
ijtimoiy mavqei past edi. Ma’lumki, tariximizda saroy va umuman
yirik mahkamalarda yozuv ishlarini olib boruvchilar “munshiy”
(arabcha) deyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |