Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


-topshiriq.  Matnni  o‘qing.  Ma’lumotlardan  foydalanib  dialogik  nitq



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet198/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

6-topshiriq.  Matnni  o‘qing.  Ma’lumotlardan  foydalanib  dialogik  nitq 
tayyorlang.
 


208 
 
Nashr  turlari  va  xillari  rang-barangdir  va  ularning  tahririda  o‘ziga  xos  talab, 
muammolar  mavjud.Siyosiy,  ijtimoiy-ommaviy,  adabiyotlar  matnining  tahriridagi 
asosiy mezonlar – ishonarlilik, dalillanganlik, asoslanganlikdir. Quruq bayonchilik 
va    safsatabozlikdan,  yuzaki  va  sayoz  sharhlardan,  ko‘chirma  (sitata)bozlikdan 
qochish zarur.  
Ijtimoiy-siyosiy  nashrlar  matn  qurilishidagi  o‘ziga  xoslik  -  tashviqot  va 
targ‘ibot bo‘lib,  unda  lisoniy-uslubiy  vositalarni  tanlash  va  qo‘llash  tamoyillariga 
e’tibor  beriladi.  Siyosiy-mafkuraviy  atamalarni  qo‘llashning  o‘ziga  xosligi  – 
ommaviylik,  tushunarlilik  va  ta’sirchanlikni  ta’minlovchi  omillarga  asoslanadi. 
Ijtimoiy-siyosiy  nashrlar  tahririda  rasmiy  nutq  uslubi  maromlariga  asoslanish 
lozim. 
Ilmiy-texnikaviy  nashrlar  oldiga  qo‘yiladigan  talablar  juda  jiddiydir  va 
nashrning  kimga  mo‘ljallanganligiga  bog‘liq.  Ilmiy  adabiyotning  janr  turlari  va 
lisoniy-uslubiy,  matniy o‘ziga xos bo‘lib, ularning turlari  va ularning bayon qilish 
tarzi, matn qurilishi turlichadir. Ilmiy-texnikaviy adabiyotlarda milliy atamalardan, 
ko‘chirmalardan foydalaniladi, manbalarga havola qilinadi. 
Ilmiy  nashr  matnida  ilmiy  uslub  marom  va  mezonlarga  asoslaniladi: 
bayonning  xosliligi,  mantiqiyligi,  isbotlanganligi,  tasvirlash,  ta’riflash,  tahlil  va 
muhokama  yuritishning  lisoniy-uslubiy  o‘ziga  xosligi.  Ilmiy  matnlarda  turli  xil 
ishoralar,  chizma  va  formulalar,  hisob-kitoblarni  berish  usullari  va  tartiblaridan 
foydalaniladi. Ilmiy adabiyotlarni  ruknlash va sarlavha tanlash  muammosi alohida 
ahamiyatga ega.  
Ilmiy-ommabop adabiyotlar ijtimoiy-ma’rifiy maqsadga yo‘naltirilgan bo‘ladi 
va  ilmiy bilimlarni ommalashtirishga  xizmat qiladi. Ilmiy-ommabop bayon oldiga 
qo‘yiladigan  asosiy  talablar  -    matnning  mantiqiy,  lisoniy,  uslubiy  sifatlariga 
asoslanadi.  Sof  ilmiy  bayondan  “qochish”  zarur.  Ilmiy-ommabop  nashrlar  uchun 
xos bo‘lgan matniy, lisoniy, uslubiy nuqsonlarni bartaraf etish zarur. 
Ilmiy  axborot  beruvchi  adabiyot  turlari  ko‘p  bo‘lib,  birlamchi  va  ikkilamchi 
axborotlardan  tashkil  topadi:  nashr  etilgan  va  nashr  etilmagan  axborotlar.  Bularda 
axborotni  qayta  tahlil  qilish,  umumlashtirish  va  baholash  xususiyatining 


209 
 
ustuvorligiga e’tibor beriladi. Ilmiy axborotning kimga mo‘ljallanganligi va bayon 
uslubi ham alohida ahamiyatga ega. 
Bibliografik  ko‘rsatkichlar  va  bibliografik  sharhlarni,  referativ  jurnallar, 
referativ  to‘plam  yoki  maxsus  nashrlarni  tahrir  qilish  talablari  o‘ziga  xosdir: 
ularning matniy tuzilishi, tarkiblanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.  
Bildirgich  adabiyot  turlariga:  qomuslar,  lug‘atlar,  bildirgichlar  kiradi. 
Qomuslar  va  ularning  turlari  bir-biridan  farq  qiladi:  umumiy,  sohaviy,  kasbiy. 
Bular hajman turlicha bo‘lishi mumkin. Qomuslarni tuzishning o‘ziga xos qoida va 
mezonlari mavjud. Lug‘atlar va ularning turlari rang-barangdir: umumiy lug‘atlar, 
tarjima  lug‘atlari,  izohli  lug‘atlar,  imlo  lug‘ati,  talaffuz  lug‘ati;  sheva  va  lahja 
lug‘atlari,  olinma  (o‘zlashtirma)  so‘zlar  lug‘ati,  terminlar  va  kasb-hunar  lug‘ati. 
Bularning tahririda oldindan tayin etib olingan tamoyillariga amal qilinadi. 
 
Matnni  tahrir  qiluvchi  matn  bibliografiyasiga,  keltirilgan  ko‘chirmalarning 
yozilishiga  e’tibor  berishi  lozim.  Masalan,  bibliografik  ma’lumotlar  quyidagi 
tartibda  beriladi:  muallif  (familiyasi,  ismi,  otasining  ismi),  asarning  umumiy 
sahifasi:  Do‘stmurodov  R.D.,  Fayziyev  SH.N.  Audit-  T.,  «IQTISOD–MOLIYA», 
2008, 178-b; Abdurahmonov G‘. So‘z mulkining sultoni // O‘zbek tili va adabiyoti, 
2002, 1-son, 20-23 betlar. 
 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   194   195   196   197   198   199   200   201   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish