Demokratiya” tushunchasi mohiyati va demokratik jamiyat qurishning umume’tirof etilgan tamoyillari. Demokratiya


O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi



Download 0,65 Mb.
bet5/51
Sana23.07.2022
Hajmi0,65 Mb.
#845462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51
Bog'liq
1-30 gumanitar javoblar

5.O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi
Boshqaruvining Prezidentlik Respublikasi shakli o'rnatilgan. Prezidentlik Respublikasi shakli xalqning ma'naviy qadriyatlari, xohish-istaklari va ruhiga mos keladi. Kuchli Prezident1ik Respublika boshqaruvi - kuchli ijroiya, idora qiluvchi hokimiyatdir. Ya'ni Respublika Parlamenti va xalqi oldida O'zbekiston kelajagini, fuqarolarning siyosiy erkinligini ta’minlashga qaratilgan kuchli ijroiya hokimiyatidir
Prezidentlik Respublikasida eng muhimi – hokimiyat bo'linishini adolatli tarzda amalga oshirish imkoni bor. Ya'ni, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati birbiridan mustaqil holda ish olib boradi. Prezidentlik Respublikasida ijro hokimiyati Prezident qo'lida bo'ladi.
O'zbekiston nima uchun davlat boshqaruvining aynan shu usulini tanladi? Buning sabablari bor. Birinchidan - sharqda demokratiyaga keng imkoniyat yaratilishi bilan birga kuchli hokimiyat mavjud bo'lgan. Davlat boshlig'i talabchan, qat'iyatli, tinchlik, adolat va haqiqatga xizmat qilgan. Ikkinchidan - boshqaruvning parlamentar respublika usulida prezident parlament yig'ilishida uning a'zolari tomonidan saylanadi. Prezidentlik Respublikasida esa, u umumxalq saylovi yo'li bilan barcha fuqarolarning ovoz berishi bilan saylanadi. Bunda prezident o'z vakolatini parlamentning sanoqli a'zolaridangina emas, bevosita keng xalq ommasidan oladi. Qolaversa, buning siyosiy, huquqiy, ma'naviy va demokratik mazmuni ham bor. Demak, jamiyatni boshqarishda davlat boshliqlarini saylash tartibi muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Prezidentning xalq tomonidan saylanishi, o'z vakolatini xalqdan olishi boshqaruvning samarali amalga oshirilishiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun boshqaruvning Prezidentlik Respublika shakli davlat boshqaruvining eng maqbul shaklidir.
Prezidentlik Respublika boshqaruvi Prezidentga qat'iy, dadil va jasurlik bilan faoliyat ko'rsatishi uchun imkon yaratadi.
Prezident davlat va ijroiya hokimiyatining boshlig'i sifatida chinakam xalq yo'lboshchisi, tadbirkor va tashkilotchilik sifatlariga ega bo'lishi zarur.
Respublika Prezidenti Islom Karimov faoliyatida ana shunday sifatlar yaqqol ko'zga tashlanib turadi. Prezidentning demokratik qarashlari, qadriyatlarga tayanishi, rivojlanishni oldindan seza bilishi, yuz berayotgan jarayonlarga ilmiy asosda yondoshishi, yechimlarni izlashda ommaga tayanishi, asoslangan rejalarni hayotga tadbiq etishi, siyosatda tadbirkorlik va oqillik kabi fazilatlarini keltirish o'rinlidir.
Boshqaruvning Prezidentlik Respublikasi shakli mamlakatda demokratik siyosiy tuzumni kafolatlaydigan demokratik tashkiliy davlat hokimiyatini ifoda etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda «Respublika» tushunchasi «demokratiya» tushunchasi bilan uzviy bog'liqdir.
O'zbekiston Respublikasida davlat hokimiyatini tashkil etish va amalga oshirish usul va vositasi demokratik asosga qurilgan. Bilasizki, davlat siyosiy rejimining demokratik, totalitar, avtoritar turlari mavjud. O'zbekistonda hokimiyatni amalga oshirishda demokratik yo'l maqbul topilgan. Kuchli va ta'sirchan demokratik davlat hokimiyati bilan totalitarizm, avtoritarizm, diktatura o'rtasida hech qanday mushtaraklik yo'q. Faqat demokratiya ustuvor bo'lgan davlatgina xalqni baxt-saodatga eltib boradi.
Demokratiya bu Konstitutsiya va qonunlar doirasida erkinlik demakdir. Konstitutsiyamizda demokratik respublikaning barcha belgilari bor. Jumladan: xalq hokimiyatning yagona manbaidir, davlat boshlig'i saylanadi va almashib turadi, vakillik organlari muhim o'rin tutadi, fuqaroning huquq va erkinliklariga asoslangan huquqiy maqomi mavjudligini aytishimiz mumkin.
Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi uchta mezon bor. Birinchisi -xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligi, ikkinchisi - hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi, uchinchisi -oddiy fuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir.
Xalqni hokimiyatning yagona manbai sifatida tan olish boshqaruvning respublika shakliga ega bo'lgan demokratik davlatlarga xos xususiyatdir. Xalq hokimiyatchiligi hokimiyatning davlat tuzilmalari (ijro etuvchi va vakillik organlari) va fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari orqali amalga oshiriladi. Xalq hokimiyatchiligining bevosita (to’g’ridan-to’g’ri) demokratiya va bavosita, ya'ni vakillik shakli mavjud.
Bevosita (to'g'ridan-to'g'ri) demokratiya shakliga: referendum (umumxalq ovoz berishi), saylovlar, qonun loyihalarini muhokama qilish, yig'ilishlar, mitinglar va namoyishlar, hokimiyat tuzilmalariga yakka tartibda va jamoa bo’lib murojaat qilish kabilar kiradi. Vakillik shakliga esa, butun davlat, vakillik jdoralari, siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari, ommaviy ijtimoiy harakatlar kiradi. Demokratiyaning asosiy vazifasi - jamiyatdagi kuchlarni murosa asosida birlashtirib, ularni umumrizo qarorga, ya'ni konsensusga olib kelish va mamlakatning taraqqiyoti uchun xizmatga safarbar qilishdan iboratdir. Bugungi kunda O'zbekiston demokratiya tamoyillariga amal qilgan holda rivojlanmoqda. O‘zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishi. O‘zbekiston Respublikasi 12 ta viloyat, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat. Aholisi – 25 million kishidan ortiq, hududi – 447,8 kv.km. Poytaxti – Toshkent shahri.
O‘zbekistonda 120 dan ortiq millat va elatlar yashaydi.
Aholining 77,2 foizini – o‘zbeklar va qoraqalpoqlar, 5,2 foizini – ruslar, 4,8 foizini – tojiklar, 4 foizini – qozoqlar, 1,4 foizini tatarlar tashkil etadi.
O‘zbekiston shimoli-sharqda – Qozog‘iston, sharqda va janubi-sharqda – Qirg‘iziston hamda Tojikiston, g‘arb­da – Turkmaniston, janubda esa Afg‘oniston bilan chegaradosh. Qozog‘iston bilan chegarasi – 2203, Qirg‘iziston bilan – 1099, Tojikiston bilan – 1161, Turkmaniston bilan – 1621, Afg‘oniston bilan – 137 km.
Respublika hududining taxminan uchdan bir qismini egallagan tog‘lar va past-tekis qiyaliklar mamlakatimiz sharqi hamda janubi-sharqida joylashgan. Bu tog‘lar G‘arbiy Tyan-shan va Xisor tog‘ tizmalaridir. O‘zbekiston tog‘larining eng baland nuqtasi 4643 metrga teng. Tekisliklar mamlakatning janubi-g‘arbiy va shimoli-g‘arbiy qismida joylashgan Ust-yurt platosi, Amudaryoning quyi deltasi, Qizilqum va Mirzacho‘ldan iborat.
O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasining 3-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi o‘zining milliy-davlat va ma’muriy-hududiy tuzilishini, davlat hokimiyati va boshqaruv organlarining tizimini belgilaydi, ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. O‘zbekistonning davlat chegarasi va hududi daxlsiz va bo‘linmasdir.
O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishiga keladigan bo‘lsak, u tuzilishiga ko‘ra - unitar (oddiy) davlat hisoblanadi. Boshqa unitar davlatlardan farq qilgan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat tuzilishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki uning tarkibiga mustaqil Koraqalpog‘iston Respublikasi ham kiritilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 16-bobi 68-moddasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iborat.
Demak, O‘zbekiston Respublikasi - alohida huquqiy maqomga ega bo‘lgan Qoraqalpog‘iston Respublikasidan, viloyatlardan hamda Toshkent shahridan tashkil topgan. Viloyatlar esa o‘z navbatida - tumanlardan, shaharlardan, shaharchalardan, qishloqlar va ovullardan tashkil topgan.
Viloyat - O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy birliklar tizimida eng yuqori bo‘g‘in bo‘lib, alohida o‘rin tutadi. Viloyat o‘z tarkibiga boshqa ma’muriy-hududiy bo‘laklarning hammasini oladi va shu tariqa muhim tashkiliy funksiyani bajaradi. Bu hududiy bo‘linma joylarni markaz bilan bog‘lab turadigan aloqachi tuzilmadir. Tuman – O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy-hududiy bo‘linishi pog‘onalari ichida o‘rta bo‘g‘in bo‘lib, qishloq joylaridagi iqtisodiy, xo‘jalik va ijtimoiy-madaniy xayotga bevosita rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, yangi tabiiy resurslarni o‘zlashtirish hamda aholi sonining o‘sishi bilan ma’muriy-hududiy bo‘linmalar chegarasidagi o‘zgarishlar, avvalo, qishloqdagi tuman bo‘g‘inlari hisobiga ro‘y beradi.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida 161 ta tuman mavjud
Viloyat va respublikaga (Qoraqalpog‘iston Respublikasiga) bo‘ysunuvchi shaharlar turkumiga kamida 30 ming aholisi bo‘lgan, muhim sanoat ahamiyatiga ega bo‘lgan istiqbolli iqtisodiy va madaniy markaz hisoblangan shaharlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasida bunday shaharlar 51 tadir.
Tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar toifasiga sanoat korxonalari, kommunal xo‘jaligi, davlat uy-joy fondi, rivojlangan ijtimoiy-madaniy muassasalari, savdo umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat ko‘rsatish korxonalari mavjud bo‘lgan hamda aholisi 7 ming kishidan kam bo‘lmagan va uning uchdan ikki qismini ishchi, xizmatchi hamda ularning oila a’zolari tashkil etgan shaharchalar va boshqa aholi manzillari kiritiladi. Bunda mazkur aholi punktining ma’muriy ahamiyati va rivojlanish istiqbollari e’tiborga olinadi. O‘zbekiston Respublikasida 66 ta ana shunday shaharlar mavjud.

Download 0,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish