Demokratik jamiyatning umumbashariy tamoyillari:
1) qonun ustuvorligi.
2) Inson xaq-xuquqlari va xurfikrlilik.
3) Barcha millat vakilariga xurmat va ular bilan baxamjixat yashash.
4) Diniy bag‘rikenglik.
5) Dunyoviy bilimlarga intilish, ma’rifatparvarlik.
6) O‘zga xalqlarning ilg‘or tajribalari va madaniyatini o‘rganish va h.k.
O‘zbekistonda bozor iqtisodiѐtiga asoslangan demokratik jamiyat qurishning
nazariy negizlari quyidagi yo‘nalishlarda tashqil etadi:
Mustaqillikning huquqiy-me’ѐriy asoslarini O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasi negizida tashqil etish;
demokratik siѐsiy tizimni barpo etish;
inson haq-huquqlari va erkinliklarini ta’minlash;
hokimiyatlar bo‘linishi tamoyillariga amal qilish;
millatlararo totuvlikni ta’minlash;
milliy xavfsizlik konsepsiyasini ishlab chiqish;
iqtisodiy islohotlarning ―O‘zbek modeli‖ni yaratish;
O‘zbekistonda ma’naviy-ruhiy poklanish, milliy qadriyatlarni tiklash, vorislik
an’analariga sadoqatli avlodni tarbiyalash va amaliѐtga joriy etish konsepsiyasini ishlab
chiqish;
milliy istiqlol mohiyatini va mustaqillik g‘oyalarini anglatish;
mustaqil O‘zbekistonni jahon hamjamiyatining teng huquqli va faol sub’ektiga
aylantirish hamda tashqi siѐsat tamoyillarini ishlab chiqish.
Huquqiy davlat tushunchasi va uning asosiy belgilari.
Huquqiy davlat bu jamiyatdagi barcha millat va tabaqalariing insonparvarlik adolatli qoidalariga asoslangan, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlaydigan, byurokratiya va mahalliychilikka qarshi kurashadigan xalq hokimiyatining shaklidir.
Huquqiy davlatiing shakllanishi va amalga oshirilishi fuqarolarning huquq va erkinliklarini to‘la ta’minlashi, davlat va fuqarolarning bir-biri oldida javobgarligi, qonunlar ustunligi tan olinishi, davlat, uning organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, fuqarolar qonunlarga asosan ish ko‘rishi bilan belgilanadi.
Huquqiy davlat qurish O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotiga joriy etilar ekan, bu haqdagi ta’limotlarning paydo bo‘lishi va rivojlanishini bilish juda muhimdir. Huquqiy davlat haqidagi ta’limot uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Ammo uning mustaqil va bir butun siyosiy-huquqiy ta’limot sifatida shakllanishi XVII-XVIII asrlardagi burjua inqiloblari, ya’ni feodalizmning yemirilib, kapitalizmning paydo bo‘lishi davriga to‘g‘ri keladi. Huquqiy davlat \oyasi dastlab qadimgi quldorlik davlatlarida Rimda va Yunonistonda antik davr olimlari Platon va Aristotel tomonidan ifoda etilgan.
Platon huquqiy davlat \oyasi haqida barcha davlat fuqarolari qonunlarga amal qilishliklarini ko‘rsatadi.
A ristotel esa bu haqda mamlakatda davlat qonunining kuchi bo‘lmasa, uning obro‘si bo‘lmaydi, deb ko‘rsatadi.
qadimgi sharqda ham ko‘pgina mutafakkirlar va podsholar adolatli jamiyat qurish uchun qonunlarga asoslanishi va bu asosda huquqiy davlat qurishni ta’kidlaganlar.
Bu haqda sharqning buyuk faylasuf olimi A.N.Farobiy Shunday dedi: «Chinakam qonun o‘rnatuvchi yangi qonun qabul qilayotganda uning mamlakatdagi barcha tabaqalar va avlodlarga, barcha viloyatlarning aholisiga baxt-saodati keltirishini hisobga oladi».
Buyuk jahongir Amir Temur o‘z tuzuklarida davlatni idora qilishda o‘n ikki qoidaga asoslanganligini ko‘rsatadi. Bu qoidalardan to‘rtinchisida: — «davlat ishlarini saltanat qonun — qoidalariga asoslangan xolda boshqardim. To‘ra va tuzukka tayanib saltanatda o‘z martaba va maqomimni mustahkam saqlab turdim. Amirlar, vazirlar, sipoh, raiyat har biri o‘z lavozimi va martabasidan mamnun xolda xizmatimda bo‘lib, undan orti\iga da’vogarlik qila olmadim, deb ko‘rsatgan edi. Bunda biz Temur davlatining faqat harbiy diktaturaga emas, balki qonunlar asosida huquqiy qoidalarga amal qilganligini ko‘ramiz.
Huquqiy davlat nazariyasining asoschisi, nemis faylasuf olimi I.Kantdir (1724—1804). U davlatning hokimiyatlar taqsimlanishi asosida boshqaruvining respublika shaklini huquqiy davlat bo‘lishligini ko‘rsatadi. Bu haqda Shunday deb yozadi: «Respublikanizm-ijroiya hokimiyatini qonun chiqaruvchi hokimiyatdan ajratishning davlat prinsipidir. Despotizm — davlat qonunlarini o‘zboshimchalik bilan ijro etish prinsipidir.
Sobiq sovet Yuridik fani 70 yil davomida huquqiy davlat nazariyasini tan olmasdan keldi. Markscha — lenincha ta’limotda huquqiy davlat \oyasi mavjud bo‘lib, bu mamlakatda qonunchilikka barcha fuqarolar amal qilishligida berilgan. Bu haqda K.Marks shunday degan edi: «Aqlli qonunchi jinoyat uchun jazolashda majbur bo‘lgandan ko‘ra jinoyatning oldini olish uchun barcha chorani ko‘radi».
Demak, ko‘ramizki, markscha — lenincha davlat va huquq nazariyasida huquqiy davlat \oyasi qonunchilikni mustahkamlash shaklida berilib, unda huquqiy davlat iborasi uchramaydi.
1985 yilda sobiq sovet davlatining qayta qurish va oshkoralik davrida SSSRni huquqiy davlatga aylantirish masalasi qo‘yiladi. Bu borada birinchi marta 1988 yilda KPSS XIX Butunittifoq konferensiyasining tezislari va materiallarida: «Sotsialistik huquqiy davlatni barpo etishni nihoyasiga yetkazish lozim» , deb berildi. Huquqiy davlat qurish masalasi keyingi KPSS Plenumlari, KPSS XXVIII s’ezdida qo‘yildi, lekin amalga oshirilmadi.
Sovet davlati inqirozga uchragandan keyin uning tarkibidagi barcha respublikalar mustaqillikka erishib, M.D.H.dagi barcha davlatlar yangi Konstitutsiyalarini qabul qilib, o‘z oldiga demokratik huquqiy davlat qurishni maqsad qilib kuydi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqil davlat bo‘lganidan keyin uning iqtisodiy, ijtimoiy taraqqiyoti, madaniy va ma’naviy yangilanishining istiqbollarini ochib berdi
Do'stlaringiz bilan baham: |