Mavzu : Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi



Download 239,64 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/6
Sana01.09.2022
Hajmi239,64 Kb.
#848009
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-mavzu



Mavzu : 
Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konsepsiyasi 
O‟zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019-yilning 29-
aprel kuni "O‟zbekiston Respublikasi Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha 
rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‟g‟risida"gi Farmonni imzoladi. Farmon 
bilan Xalq ta‟limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va uni amalga 
oshirish uchun yo‟l xaritasi tasdiqlandi. Mazkur konsepsiya ta‟lim tizimini 
rivojlantirishning quyidagi yo‟nalishlarini belgilab berdi: 
O‟zbekiston Respublikasining 2030-yilga kelib PISA (The Programme for 
International Student Assessment) Xalqaro miqyosda o‟quvchilarni baholash 
dasturi reytingi bo‟yicha jahonning birinchi 30 ta ilg‟or mamlakati qatoriga 
kirishiga erishish; 
uzluksiz ta‟lim tizimi mazmunini sifat jihatidan yangilash, shuningdek 
professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish; 
o‟qitish 
metodikasini 
takomillashtirish, 
ta‟lim-tarbiya 
jarayoniga 
individuallashtirish tamoyillarini bosqichma-bosqich tatbiq etish; 
xalq ta‟limi sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va 
innovatsion loyihalarni joriy etish; 
xalq ta‟limi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va 
byudjetdan mablag‟ bilan ta‟minlashning samaradorligini oshirish; 
yoshlarni tarbiyalash va ularning bandligini ta‟minlashda maktabdan tashqari 
ta‟limning zamonaviy usullari va yo‟nalishlarini joriy etish; 
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish hisobiga davlat ta‟lim tizimida 
raqobat muhitini kengaytirish; 
yoshlar ta‟lim-tarbiyasi uchun qo‟shimcha sharoitlar yaratishga qaratilgan 
kompleks chora-tadbirlarni o‟z ichiga olgan beshta tashabbusni amaliyotga tatbiq 
etish; 
xalq ta‟limi tizimida faoliyat ko‟rsatishning jozibadorligini oshirish 
maqsadida umumiy o‟rta ta‟lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‟lash, 
moddiy rag‟batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasini bosqichma-bosqich 
oshirib borish. 
Farmonga ko‟ra, konsepsiya tegishli davrga mo‟ljallangan maqsadli 
parametrlar va yo‟nalishlardan kelib chiqib, har yili alohida tasdiqlanadigan “Yo‟l 
xarita”si orqali bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. 


E‟tiborlisi, kontseptsiya xalq ta‟limi sohasidagi mavjud muammolarni 
aniqlaydi. Umumiy o‟rta ta‟limni boshqarishda qator muammolar mavjud. 
Jumladan, maktablar metodik, moddiy-texnik jihatdan ta‟minlash va moliyalashda 
davlat tashkilotlari tomonidan qo‟llab-quvvatlanmaydi. Kadrlar bilan ta‟minlash 
borasida ham kamchiliklardan holi emas. 
Konsepsiya ta‟lim tizimini rivojlantirishning asosiy yo‟nalishlarini belgilaydi. 
Xususan, umumiy o‟rta ta‟lim tizimi takomillashtiriladi. Shuningdek, xorijiy tillar, 
kompyuter savodxonligi, matematika, fizika, kimyo va biologiya kabi fanlar 
bo‟yicha yangi o‟quv standartlari, dastur hamda darsliklar yaratiladi. 
O‟quvchilarning qobiliyatini rivojlantirish, mustaqil ravishda kasb-hunar tanlash 
hamda zamonaviy kasblarni egallashi uchun sharoitlar yaratiladi. 
Hujjatda ta‟kidlanganidek, fan olimpiadalarini o‟tkazish mezonlari xalqaro 
olimpiada va musobaqalarning baholash tajribasi bo‟yicha qayta ko‟rib chiqiladi. 
Iqtidorli o‟quvchilarni aniqlashda shaffoflik ta‟minlanadi. Ota-onalar ham 
farzandlarini o‟qitish va tarbiyalash jarayoniga jalb etiladi. 
Imkoniyati cheklangan o‟quvchilarning ta‟lim olishiga e‟tibor kuchaytirilib, 
ta‟lim muassasalari tajribali o‟qituvchi-defektolog hamda psixologlar bilan 
ta‟minlanadi. 
Ushbu konsepsiya doirasida o‟qituvchi va rahbarlar ish faoliyati 
samaradorligini oshirishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish yo‟lga 
qo‟yiladi. Masofaviy ta‟lim sifatini yaxshilash bo‟yicha chora-tadbirlar amalga 
oshiriladi. 
Shu bilan birga konsepsiyaga ko‟ra o‟sib kelayotgan yosh avlodni ma‟naviy-
axloqiy va intellektual rivojlantirish yangi darajaga ko‟tariladi. O‟quv-tarbiya 
jarayoniga ta‟limning innovatsion shakllari va usullari joriy etiladi. Uzluksiz ta‟lim 
tizimi mazmuni sifat jihatdan yangilanib, kadrlar malakasi oshiriladi. O‟qitish 
metodikasi takomillashtirilib, ta‟lim-tarbiya jarayoniga individuallashtirish 
tamoyillari tatbiq etiladi. Xalq ta‟limi muassasalarining moddiy-texnika bazasi 
mustahkamlanib, byudjetdan mablag‟ bilan ta‟minlash samaradorligi oshiriladi. 
Umumiy o‟rta ta‟lim muassasalari xodimlarining mehnatiga haq to‟lash, moddiy 
rag‟batlantirish va ijtimoiy himoya qilish darajasi bosqichma-bosqich oshiriladi. 
Xususan, maqsadli ko‟rsatkichlar asosida ta‟lim mazmuni samaradorligi 
oshirilib, kadrlarning sifat tarkibini yaxshilanadi. Jamiyatda o‟qituvchilar maqomi 
oshiriladi. Yoshlar ta‟lim-tarbiyasi uchun qo‟shimcha sharoitlar yaratishga 
qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o‟z ichiga olgan beshta tashabbus 
amaliyotga tatbiq etiladi. O‟quvchilarni madaniyat va san‟at muassasalariga 
jismoniy tarbiya, sportga keng jalb etiladi. Yoshlar o‟rtasida kompyuter 
texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish yo‟lga qo‟yiladi. O‟g‟il-qizlar 
ma‟naviyati yuksaltirilib, ular o‟rtasida kitobxonlik keng targ‟ib qilinadi. 
O‟quvchi-qizlarning kasbiy ko‟nikmalari rivojlantiriladi. 


O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 
FARMONI 

Download 239,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish