tarixiy o‘zgarishlar ana shu soha bilan bog‘liq maxsus tarixiy etnografik va tarixiy sotsiologik ilmiy
adabiyotda yaxshi yoritilgan. Nikoh haqida so‘z borar ekan uning huquqiy va boshqa turli ijtimoiy
fanlarda turlicha talqin qilinishini ta‘kidlash lozim.Deylik, huquqiy nuqtai nazardan, nikoh bu erkak va
ayol o‘rtasida erkin, ixtiyoriy, teng huquqli asosda tuzilgan ittifoq bo‘lib, unda qonun talablariga rioya
qilish va er-xotin o‘rtasida shaxsiy hamda mulkiy qonunlar va majburiyatlarga so‘zsiz bo‘ysunish
ta‘kidlanadi. O‘zbekistonda nikoh fuqarolik holati qayd etiladigan tashkilotlarda ro‘yhatdan
o‘tkazilgandan keyingina qonuniy hisoblanadi va bu hozirgi vaqtda qabul qilingan oila kodeksi
bo‘yicha tartibga solib turiladi.
Demografiya nuqtai nazaridan esa nikoh deganda oila qurish va bolalar tug‘ilishi hamda
tug‘ilish va o‘lim faktorlari, ularning o‘zgarish qonuniyatlari va hususiyatlari nazarda tutiladi.
Boshqacha
qilib aytganda, demografiya nikohning erkak va ayol o‘rtasidagi ittifoqning
qonuniylashtirilgan yuridik shaklidan ko‘ra amaldagi nikoh, ya‘ni nikohga kiruvchilarning
munosabatlariga e‘tibor beradi. Buning uchun nikoh ma‘lum biror bir davlat qonun-qoidalari asosida
qayd etilishi shart emas. Umuman olganda demografiyada nikohning yuridik shakli ham muhim
ahamiyat kasb etadi va shu asosda nikohsiz tug‘ilish degan tushuncha ham bor.
Sotsiologik jihatdan olib qaraydigan bo‘lsak, nikoh munosabatlarining rasmiy qayd etilgani
yoki etilmagani, ularning yuridik tomondan rasmiylashtirilgani oila holatining sotsial institut sifatida
eng muhim belgisi sanaladi. Keyingi yillarda nikohsiz yashash holatlari sodir bo‘layotgani oila
tushunchasi uchun inqiroziy holat hisoblanadi va bu o‘z navbatida jamiyatda ijtimoiy holat
keskinlashgani, sotsial ahloqiy normalarning salbiylashuvidan darak beradi. Bunday paytda oila
tushunchasida, ayniqsa bolalar masalalarida sotsial muammolar kelib chiqadi. Mazkur imkoniyat
boshqa tomondan huquqiy nikoh va oila birga yashashning yagona mezoniy
shakli ekanligiga ham
putur yetkazadi. Endi nikoh va nikoh mueosabatlariga kelsak, bu yerda fanda bir muncha chalkashlik
bor. Aniqrog‘i, nikohning yuridik, demografik va sotsiologik jihatlari aniq ishlab chiqilmagan. SHu
sababdan bo‘lsa kerak, turli nashrlarda rasmiy nikoh tushunchasiga va qayd etilgan nikoh
tushunchasiga turlicha baho berishadi. Ba‘zan esa qayd etilmagan nikohlarni ―fuqarolik nikohi‖ deb
atashadi. Bu chalkashlikdan qutulish uchun fuqarolik nikohi deganda qayd etilgan nikohni tushunish
kerak. ― Amaldagi nikoh‖ masalasiga kelsak, uning huquqiy jihatlaridan qat‘iy nazar, haqiqiy nikoh
munosobatlari bo‘lganligi e‘tiborga olinishi kerak. Umuman olganda amaldagi nikohni qayd etilgan
nikohga qarama-qarshi qo‘yish ma‘lum noaniqliklarga asoslangan; zero huquqiy nikoh shaklining
borligi o‘z navbatida amaldagi nikoh munosabatlari borligini inkor qilmaydi va aksincha, amaldagi
nikoh bo‘lishi uning huquqiy shakllarini inkor qilmaydi.
Nikohning turlari-qayd qilgan va amaldagi –bir-birini inkor qilmaydi.
Aksari qayd qilingan
nikohlar ayni paytda amaldagidir, shuningdek amaldagi nikohlarining ko‘pchiligi esa –qayd
qilinganlardir. Nikohlar ichida yolg‘on nikohlar ham bor, ular qonuniy jihatdan rasmiylashtirilgan
bo‘lsada aslida bunda oila qurish emas balki uy-joy olish, mol-dunyoga ega bo‘lish va shunga
o‘xshash huquqlar uchundir. Ayrim qayd qilingan nikohlar amalda tarqab ketgan bo‘lsada, biroq
ajralish rasmiylashtirilmagani sababli davom etadi. SHunday hollar ham bo‘ladiki kimdir bir kishi
bilan nikohdan o‘tib boshqasi bilan yashaydi. SHuning uchun qayd qilingan va qayd qilinmagan
nikohlar mavjud deyish mumkin.
Nikohning xillari yoki shakllari deganda nikohga kiradigan yoki
kirgan erkak va ayollarning
nikoh ittifoqlari nazarda tutiladi. Nikoh xillari deganda monogamiya (bir nikohlilik) va poligamiya
(ko‘p nikohlilik) tushuniladi.
Monogamiya yoki monogam nikoh- bu bir erkakning bir ayol bilan nikohidir, poligamiya yoki
poligam nikoh- bu bir erkakning bir necha ayol bilan nikohidir (ko‘pxotinlilik), yoki bir ayolning bir
necha erkak bilan nikohidir (ko‘perlilik). Tarixiy etnografik tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, tarixda
poligamiya monogamiyaga qaraganda ko‘proq tarqalgan. Ayniqsa islom diniga e‘tiqod qiluvchi
mamlakatlarda.
Poliandriya yoki ko‘perlilik nikoh shakli juda kam uchraydi; Hindiston va Tibetning ba‘zi
xalqlaridagina bor, u ham bo‘lsa bitta ayolning bir nechta aka-ukalar bilan nikohda bo‘lishi shaklidan
iborat. Hozirgi vaqtda bogan sari poligamiya miqdori kamayib monogamiya ko‘payib bormoqda.
Hatto islom qoidalari poliginiya (ko‘pxotinlilik)ni yo‘l qo‘ygan bo‘lsada, biroq qonun bilan
taqiqlangan.
Hozirgi davrda seriyali monogamiya, ya‘ni takroriy, asosan erkak va ayollarning ajralgandan
so‘ng nikoh qurish hollari ko‘payib bormoqda. Bu hodisa shunday keng tarqalmoqdaki, hatto ko‘pgina
tadqiqotchilar, ayniqsa jurnalistlar va siyositchilar nikohni erkak va ayol o‘rtasidagi umrbod ittifoq
demay qo‘yishdi. Aksincha uni vaqtincha
birlashuv deb hisoblaydilar, uni xohlagan paytda xohlagan
tomonning istagiga ko‘ra bekor qilish mumkin deyishadi. Seriyali monogamiya va unga bo‘lgan
xayrixohlik oilaning institut sifatida krizisiga olib keladi va hozirgi demografik jarayonlarga o‘ta sabiy
ta‘sir qiladi.
Nikohni qayd etish bu nikoh tanlovining natijasi, so‘nggi bosqichi hisoblanadi. Nikoh tanlovi
deganda nikohga kirish mumkin bo‘lgan bir qancha shaxslar o‘rtasida boradigan jarayon tushuniladi.
Bunday paytda u yoki bu usul bilan konkret biror holatda yagona nikohga kiruvchi kishi (erkak yoki
ayol) tanlanadi va u er (xotin) bo‘ladi hamda ular yashaydilar. Buni oila doirasi deyiladi. Oila doirasi-
bu nikohga kiruvchilarning guruhidan iborat.
Nikoh tanlovi jarayoni tarixan aniq jarayon hisoblanadi, u jamiyatda mavjud demografik,
iqtisodiy, sotsial, sotsial – madaniy va boshqa sharoitlar bilan bog‘liq. Nikoh tanlovi jarayonining
asosiy hususiyatlari turli xilda namoyon bo‘ladi:turli madaniyatlarda va turlicha tarixiy taraqqiyot
bosqichlarida har xil shaklda, boshqacha qilib aytganda nikohga kiruvchilar va nikohga kirish uchun
tanlov imkoniyatlari va erkinligi xilma-xildir. Nikohga kirish imkoniyati deganda turli xil nikohga
kiruvchilarning tarqalishi ko‘zda tutilgan. Bunday holatda ularning qayta nikohga kirishi mumkinligi
ehtimoli muhim ahamiyatga ega. Hozirgi zamon tadqiqotlaridan shu narsa ma‘lum bo‘lmoqdaki
nikohga kirmoqchi bo‘lganlar, erkaklar orasida
ham ayollar orasida ham, jamiyatning asosiy
strukturalariga, shu jumladan sotsial, madaniy, iqtisodiy va psixologik elementlarga katta ta‘sir
ko‘rsatadi. Erkak va ayollar o‘rtasidagi nikohga kirish imkoniyati mavjudligining buzilishi ularning
faoliyati va hukmronligiga jinsiy, ahloqiy holatiga, niaoh koeffitsienti dinamikasiga, oila va
tug‘ilishning bir tekis borishiga keskin ta‘sir ko‘rsatadi.
Agar qayta nikohga kirish taqiqlanadigan bo‘lsa, ya‘ni shaxs sotsial-madaniy,
ahloqiy va
huquqiy ta‘qiqlar ta‘sirida monogamiya holati hukmron bo‘lsa, bunday paytda nikohga kiruvchilar
faqatgina hali nikohga kirmaganlardan iborat bo‘lib qoladi.
Agar qayta nikohga kirish mummkin bo‘lsa, ya‘ni seriyali monogamiyaga yo‘l qo‘yilsa,
bunday holatda nikohga kiruvchilarda tanlov imkoniyati kengayadi va unda nikohga kirganlar ham,
kirmaganlar ham bo‘laveradi. Bunday paytda asosiy qoida, har bir kishi, u xoh erkak, xoh ayol bo‘lsin
nikohda bo‘lgan va bo‘lmaganligidan qat‘iy nazar nikohga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.Boshqacha
qilib aytganda nikohga kiruvchilar imkoniyati kengayadi.
Nikoh yoshi – bu qonun yoki odat nikohga kirishga ruxsat beradigan eng kichik yoshidir.
Ko‘pchilik mamlakatlarda nikoh yoshi qonun tomonidan nikohga kiruvchilarning jinsiy yetukligi,
psixologik va sotsial yetukligi shuningdek an‘analar, urf-odatlar va shunga o‘xshash sharoitlarga qarab
qonun tomonidan belgilanadi. Nikohga kirish uchun individual tanlov masalasiga kelsak, bunda ham
turli jamoalar o‘rtasida katta farq bor. O‘tmishda ba‘zi madaniyatlar vakillarida ko‘pincha nikoh ota-
onalar, qarindoshlar yoki homiylar tomonidan tashkil qilingan. Boshqa bir guruh vakillarida esa
nikohga kirish ―erkin‖ tanlov asosiy o‘rinda turgan, ya‘ni bu masalani nikohga kiruvchilarning o‘zlari
hal qilganlar. Biroq har qanday holatda ham nikohga kirish va tanlash erkin holat emas. Nikohga
kiruvchilar ma‘lum bir madaniy, sotsial, psixologik va hatto sotsial biologik
xarakterdagi faktorlar
ta‘siriga bo‘ysunadilar. Sotsiologik nuqtai nazardan nikohga kirish o‘z navbatida har bir odamda
sotsial status o‘zgarishini anglatadi, ya‘ni bunday paytda nikoh statusi almashuvi yoki nikoh holati
almashuvi yuz beradi. Demografiya aholining takror barpo etilishi haqidagi fan sifatida nikohga kirish
(ajralish) holati bo‘yicha umumiy jarayonlar shakllanishini, ya‘ni nikoh statuslari almashuvlari
umumiy jarayonlari-nikohga kirish, ajralish, beva qolish holatlari bilan birga,
aholining nikoh
statuslariga aniqrog‘i nikoh strukturasiga qarab taqsimlinishini o‘rganadi.
Do'stlaringiz bilan baham: