Demografiy a


Aholining nikoh va oilaviy tarkibi. Nikohning bekor etilishi-ajralish



Download 1,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/114
Sana01.02.2022
Hajmi1,37 Mb.
#423608
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114
Bog'liq
demigrafiya.

Aholining nikoh va oilaviy tarkibi. Nikohning bekor etilishi-ajralish. 
Nikoh holati (statusi)
 
deganda individning nikoh institutiga nisbatan holati tushuniladi; mazkur holat u yoki bu 
mamlakatning urf-odatlari va huquqiy normalariga muofiq belgilanadi. Hozirgi vaqtda aksari 
mamlakatlarning 
statistik 
idoralari 
Birlashgan 
Millatlar 
Tashkiloti 
Statistik 
komissiyasi 
tavsiyanomalariga muofiq nikoh statusi qoidalarini belgilashga harakat qiladilar. Bunga ko‘ra nikoh 
holati yoki nikoh statusining quyidagi kategoriyalari nazarda tutilgan: nikohda bo‘lmagan shaxslar; 
nikohda bo‘lgan va birga yashovchi shaxslar; bevalar qolib yangi nikohga kirmaganlar; ajralib yangi 
nikohga kirmaganlar; nikohda bo‘lib birga yashamaydiganlar; u yoki bu kategoriyaga kiritishning iloji 
bo‘lmaganlar. Bu olti kategoriya nikoh holatining asosiy kategoriyalari bo‘lib, jahonning ko‘pgina 
mamlakatlaridagi demografik statistika tomonidanhisobga olinadi. Yuqorida sanab o‘tilgan asosiy 
nikoh statuslaridan tashqari ayrim mamlakatlarning statistikasida uning boshqa xillarini ham uchratish 
mumkin. Masalan, ba‘zan qayd qilingan va qayd qilinmagan nikohdagilarni alohida ajratib 
ko‘rsatishadi va keyingi vaqtda bu ikki kategoriyaga, nikohsiz tug‘ilganlarning soni ortib borishi bilan, 
qiziqish ko‘paymoqda.
 
Ayrim mamlakatlarda mahalliy nikoh qonuni va urf-odatlardan kelib chiqib u yoki bu shakldagi 
nikohlar xususida boshqa statuslar ham belgilangan. Masalan, Afrikadagi bir qator mamlakatlarda 
aholi ro‘yhati chog‘ida statistika quyidagi nikoh statuslarini hisobga oladi: nikohga kirmaganlar; 
monogam nikohda turuvchilar; huquqiy, diniy qoidalar va xalq urf-odatlariga muofiq tuzilgan 
nikohlar; huquqiy yoki erkin tarzda poligam, ya‘ni ikkita xotin bilan yashovchilar; huquqiy yoki erkin 
tarzda birga yashovchi poligam, ya‘ni uchta xotinliklar; poligam to‘rtta va undan ortiq xotinbilan 
qonuniy yoki erkin tarzda birga yashovchilar; monogam erkin tarzda bir oydan kam bo‘lmagan 
muddatga birga yashovchilar; huquqiy nikoh bekor qilinishi natijasida ajralganlar; nikohdagilarning 
birortasi o‘linshi natijasida beva qolib huquqiy jihatdan qayd etilganlar; erkin nikoh ittifoqining bekor 
qilinishi natijasida ajralganlar; klassifikatsiyaga kiritib bo‘lmaydigan holatlar. 
Odamlar nikohga kirib, ajralib yoki beva qolib, o‘zlarning nikoh statuslarini o‘zgartiradilar, 
ya‘ni bir nikoh holtidan boshqasiga o‘tadilar. Mazkur o‘zgarishlarjami aholi bo‘yicha olib qaraganda 


ularning majmuasi nikoh strukturasining qayta barpo etilishini bildiradi.
Nikoh strukturasi –bu aholining nikoh holatlari (statuslari) bo‘yicha taqsimlanishidir.
 
Nikoh 
strukturasi aholini ro‘yhatga olish yoki mikro ro‘yhatga olish ma‘lumotlari bo‘yicha belgilanadi. 
Bunda odatda nikoh holatiga qarab jinsi, yoshi bo‘yicha guruhlarga ajratiladi. Natijada aholining turli 
jins va yoshdagi nikoh strukturasi hosil bo‘ladi. Bunday ishni aholi ro‘yhatlari oalig‘ida qilib 
bo‘lmaydi, zero nikoh holati haqida ma‘lumotlar yig‘ish ancha mushkul. 
Aholining nikoh strukturasini bilish oilaning shakllanisha va buzilishi, tug‘ilish 
tendentsiyasining o‘zgarishi, o‘lish, aholining qayta barpo etilishi tendentsiyalarining o‘zgarishini 
bilish nuqtai nazaridan zarurdir. Shu asosda demografik jarayonlarning o‘tmishdagi dinamikasi va 
kelajakdagi o‘zgarishlarini aniqlashga yordam beradi. 

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish