yetadi. Bunda ayollarda ajralishning maksimal yoshi ehtimoli erkaklarnikidan pastroq.Er va xotin
yoshi orasidagi katta farq ajralish ehtimolini oshiradi, bunda ayniqsa xotin erdan kattaroq bo‘lsa,
ajrimlar ko‘proq uchraydi.Ajralishning yana bir omili, bu nikohning davomiyligidir. Mazkur bog‘liqlik
ham qo‘ng‘iroqsimon xarakterga ega: dastlab ajralish ehtimoli oshib boradi va bunda maksimum
nikohning birinchi va ikkinchi besh yilliklari chegarasiga to‘g‘ri keladi, so‘ng ajralish ehtimolligi
pasayib boradi.Ajralishlar ko‘pligini determinatsiya qilishda nikohning tartib raqami alohida ahamiyat
kasb etadi. Mazkur savolga doir ma‘lumotlar kam bo‘lsa-da, o‘tkazilgan tadqiqotlar takror nikohlar
o‘rtasida ajralishlar ko‘pligi yuqoriroq ekanini ko‘rsatadi. Qayd etilmagan, ya‘ni ―sinov‖ nikohlar
o‘rtasidagi ajralish determinatsiyasi qiziqarli. Bunday juftliklar a‘zolari o‘z munosabatlarini
qonuniylashtirilmayotganining sababi sifatida o‘zini tekshirish va shu tarzda nikohni yanada
mustahkamroq qilishni ko‘rsatsalar ham, amalda bunday emas. Bunday proba hayotdan so‘ng tuzilgan
nikohlar nisbatan mustahkam emas va normal nikohlardan ko‘ra tezroq tarqatilishi aniqlangan.
Nikohga kirgunga qadar birga yashaganlar orasida nikohning dastlabki 10 yili mobaynida ajralish
nikohgacha birga yashab ko‘rmaganlarnikiga nisbatan 1/3ga ko‘proq – 36 % 27 %ga qarshi. Buning
sabablari nikohga bo‘lgan qarashlarning sustroqligida va a‘zolarning o‘zini, bir-birini noto‘g‘ri
tushunganida. Nikoh tuzilgunga qadar bu kabi ―oila‖larda tomonlar o‘zlarining eng yaxshi jihatlarini
namoyon qilishlari mumkin. Nikoh tuzilganidan so‘ng esa bularning ―asl‖ shaxsiyati nmoyon bo‘lishi
va bu bir-birida yaxshi taassurot qoldirmasligi mumkin. Mazkur holat, avvalgi munosabatlarning
buzilishi va natijada ajralishga olib kelishi ehtimoli yuqoriroq bo‘lishiga olib keladi. SHvetsiyalik
ayollardan 4966tasi so‘rov qilinganida nikohgacha birga yashaganlar orasida ajralish koeffitsienti
nikohgacha birga yashamaganlarnikidan tahminan 80 % yuqoriligi ayyon bo‘ldi. Nikohgacha birga
yashagan shaxslar nikoh mustahkamligiga ishonmay yoki umuman nikoh institutini inkor etib
kelganlar va, aftidan, nikohni katta bosim ta‘sirida tuzganlar.SHuningdek, qonuniy nikohga kirish
albatta keyinchalik tomonlarning rollari o‘zgarishi bilan bog‘liq. Masalan, ikki tomon teng bo‘lishi
to‘g‘risidagi tasavvurlar nikoh tuzilganidan keyin an‘anaviy tomonga o‘zgarishi mumkin. Yoki er-
xotinlar erkinlik sharoitida birga yashagan hayotdagi o‘zaro munosabatlar nikoh bilan o‘rnatiladigan
ijtimoiy va qonuniy cheklanishga umuman to‘g‘ri kelmasligiga duch keladilar.Nihoyat, nikohgacha
birga yashash, bu ijtimoiy me‘yorlarni buzish, degan dunyoqarash ham ahamiyatli bo‘lib, hozircha
ularda ―pasportdagi muhr‖ mavjudligi talab qilinadi. Nikohgacha birga yashovchilar, bu ijtimoiy
me‘yorlarni buzuvchi shaxslar. Ular nikohgacha birga yashamagan shaxslarga nisbatan nikoh
majburiyatlarida ma‘suliyatni kamroq xis etadilar.Statistik ma‘lumotlar va olimlarning izlanishlariga
ko‘ra, ko‘payib borayotgan ―sinov‖ nikohlar, ehtimol, nikohning mustahkamligini buzuvchi va
ajralishlarni ko‘paytiruvchi omil sifatida o‘z rolini oshirib boradi. Ajralishning muhim omillaridan biri,
bu ajralish va uning sabablari haqidagi jamoatchilik fikri. Mazkur omilning ahamiyati so‘nggi
vaqtlarda oshib bormoqda. Maxsus sotsiologik izlanishlarning ko‘rsatishicha, jamiyatning ajrimga
nisbatan xolisligi o‘sib, sabablar tarkibi ham o‘zgarmoqda va bularga muvofiq ajralish jarayoni nafaqat
ehtimoliy, balki shart bo‘lgan hodisa, deb tushunilmoqda. Sabablar o‘zgarayotgan yo‘nalish, bu
―ajralish faqatgina aniq uzrli sabablarga ko‘ra (bepushtlik, bevafolik va h.k.) sodir bo‘lishi
mumkinligini‖ tan olgan fikrdan ―er va xotin o‘rtasida muhabbat yo‘qligidan yuz berishi ehtimoli ham
mavjud‖, degan xulosalarga kelib ajrashishga ahd qilishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: