Ajralish
– er-xotinning xayotlik davrida nikohning bekor etilishidir. Ajralish-murakkab sotsial
jarayon bo‘lib, qator omillar ta‘sirida sodir bo‘ladi. Ularga jamiyatda nikohning tutgan o‘rni, nikoh
turlari, har bir davlatda nikoh va ajralish haqidagi mavjud qonunlar, davlat tomonidan oila
mustahkamligi borasida olib borilayotgan siyosat, ayollarning ijtimoiy hayotda tutgan o‘rni,
farzandsizlik, oila turmush tarzi, din, urf odatlar. alkogolizm va narkomaniya kabilarni kiritish
mumkin. Ushbu omillar ta‘sirida jamiyat taraqqiyotining turlicha bosqichlarida, davlatlarda, xalqlarda
va aholi guruhlarida ajralish darajasi turlicha bo‘ladi. Ajralish jarayonini o‘rganishda qator
koeffitsientlardan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |