Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
INFORMATIKA ZAMONAVIY JAMIYATNING ASOSI SIFATIDA
Ernazarova Latofat Axmadjanovna
Angren shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Matematika va informatika fani o’qituvchisi
Tel+93-189-65-79
Annotatsiya : Ushbu maqolada informatikaning hayotimizdagi ahamiyatliligi haqida va
informatika faninig davr talabi ekanligi haqida ochib berilgan.
Kalit so’zlar: Axborot kommunikasiya texnologiyalari.
Jamiyatimiz jadal ravishda rivojlanib borayotgan davrda axborot kommunikatsiya
texnologiyalarining o’rni barcha sohalarda jumladan: ta’lim tizimida, ishlab chiqarishda,
hayotimizning barcha jabhalarida ko’zga tashlanmoqda. Shunday ekan,ta’lim jarayonlarida
ayniqsa o’quvchilarni informatika faniga qiziqtirish va hayotimizning har bir ko’rinishidagi
misollar va taraqqiyotga bog’liqligini ko’rsatish lozimdir.
Axborot kommunikatsiya texnologiyalari shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda informatika
fanining rivoji va istiqbollari, bu fanga bo’lgan dolzarb masalalar haqida o’qituvchi va
o’quvchilarga o’z vaqtida ma’lumot berish, bilim berish zamonaviy fan o’qituvchilari, ilmiy
izlanuvchi olimlarning muhim vazifalaridir. Sababi fan shunchalik shiddat bilan rivojlanmoqda.
Bu bilimlar bugun o’quvchi va o’qituvchilarga yetkazilishi juda muhim aks holda , eskirgan
ma’lumotga aylanib qolishi tayin .
Informatika xalq xo’jaligi tarmog’i sifatida kompyuter texnikasi, dasturiy mahsulotlarni
ishlab chiqarish va axborot ni qayta ishlash zamonaviy texnologiyasini ishlab chiqish bilan
shug’ullanadigan xo’jalik yuritishning turli shakllaridagi korxonalarning bir turda jamlanishidan
iborat bo’ladi. Infor matikaning ishlab chiqarish tarmogi sifatidagi o’ziga xosligi va ahamiyati
shundaki, xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari mehnat samaradorligi ko’p jihatdan unga
bog’liqdir. Bundan tashqari, bu tarmoqlar me`yorida rivojlanishi uchun informatikaning
o’zida mehnat samaradorligi ancha yuqori sur`atlarda o’sib borishi lozim, chunki hozirgi
davrda jamiyatda axborot ko’proq so’ngi iste`mol predmeti sifatida namoyon bo’lmoqda:
odamlarga dunyoda ro’y berayotgan voqealar, ularning kasbiy faoliyatiga doir predmet va
xodisalar, fan va jamiyatning rivojlanishi haqida axborot zarur. Mehnat samaradorligining
bundan keyingi o’sishi va farovonlik darajasini ko’tarish, katta hajmdagi multimedia axborotini
(matn, grafika, videotasvir, tovush, anima tsiya) qabul qilish va ishlashga yangi intellektual
vositalar va “inson mashina” interfeyslaridan foydalanish asosidagina erishish mumkin.
Informatikada mehnat unumdorligi oshishi sur`atlari yetarli bo’lmasa, bugun xalq xo’jaligida
mehnat samaradorligi o’sishining anchagina kamayishi ro’y berishi mumkin. Hozir dunyodagi
barcha ish joylarining 50% ga yaqini axborotni qayta ishlash vositalari bilan ta`minlangan.
Yurtimizda 2020 yil “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilingani
ham bejiz emas. 2020 yilda AKT sohasida bir qator yirik loyihalar amalga oshiriladi.
2020 yil 28 aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-
tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi. Hujjatga muvofiq, Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida raqamli iqtisodiyot bilan shug‘ullanadigan
yaxlit tizim yaratildi. Jumladan, “Elektron hukumat”, iqtisodiyot tarmoqlari va qishloq xo‘jaligini
raqamlashtirish, IT parklarni tashkil etish va boshqarish kabi vazifalar to‘liq vazirlik vakolatiga
o‘tdi. Shu bilan birga, qarorda yangi loyihalarning moliyaviy manbalari ham aniq ko’rsatilgan.
Xulosa qilib aytilganda jamiyatimizni axborot kommunikatsiya texnologiyalari
hayotimizdagi o’rni juda muhim ekanligi yaqqol ko’rinib turibdi. Shunday ekan o’sib
kelayotgan yosh avlodni fanga nisbatan qiziqishini orttirish kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar:
internet ma’lumotlar
37
Do'stlaringiz bilan baham: |