Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
MATEMATIKA FANLARIDA AKTDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI
Ernazarova Latofat Axmadjanovna
Angren shahar 11-umumiy o‘rta ta’lim maktabi
Matematika va informatika fani o’qituvchisi
Tel+903387697
Annotatsiya : Ushbu maqola matematika va boshqa darslarida AKTdan foydalanishning
afzalliklari va qulayliklari haqida bayon qilingan .
Kalit so’zlar: slayd,animatsiya, interfaol testlar, video , audio materiallar.
Маmlakatimizda ta’lim tizimida maktab fanlarini o‘qitishda AKT dan samarali foydalanish
dolzarb masaladir. Aynan axborot texnologiyalari ta’limning universal vositasi hisoblanib, na-
faqat o‘quvchilarda bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish imkonini beradi, balki shaxsiy
xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga qiziqishlarini qondiradi.
Matematika darslarida o’quvchilarga mavularni tushuntirishda , aralash darslarda hamda
mustahkamlash darslarida Microsoft Power Point dasturi orqali tayyorlangan taqdimotlar
orqali , turli test tayyorlovchi dasturlardan , masalalarda animatsion ko’rinishlar orqali ,
guruhlarda ishlaganda AKT dan unumli foydalanish mumkin. Bu esa o’quvchilarning har
qanday darsni qiziqish va maroq bilan o’rganishiga yordam beradi va real hayotda ko’z
oldiga keltira olishi ni ta’minlaydi . Aytaylik 5- sinfda “Burchaklar” mavzusi olinsa bu
mavzu uchun bir qancha slayd , burchakni transportir yordamida yasash uchun ko’rinishlarni
aks ettirgan animatsiyalar, hayotiy video tasvirlar , bo’lishi mumkin. Bu esa mavzuning
kompitentligini oshirishi hayotda qo’llashni oson tushunib yetishga yordam beradi.
Ko‘rgazmali-mashq, nazorat-mashqlari va test sinovlari modullari kiritilgan aralash kompyuter
dasturlarini tayyorlash mumkin. Unga fanga oid qoidalarni joriy o‘rganish va umumlashtirilgan
takrorlash uchun uchta variantlarda berilgan grammatika-orfografik mavzular bo‘yicha boy va
turli-tuman materiallardan foydalanish yaxshi samara beradi.
Matematika darslarida «O‘yinli masalalar» dasturlarini tayyorlab, foydalanish mumkin. . Turli
murakkablik darajasidagi turli xildagi topshiriqlar har bir o‘quvchining idrok etish va ijodiy
qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi.
Maktabda mavjud bo‘lgan Internet tarmog‘i ishimizda katta yordam ko‘rsatadi. Internet — bu
global axborot tizimi ekanligi barchaga ma’lum. U elektron pochta, izlash tizimlarini o‘z ichiga
oladi va turli axborot resurslaridan foydalanish imkonini beradi. Undan kerakli axborotlarni
topish, qayta ishlab chiqish va ularni ko‘paytirib, barcha kompyuterlarga o‘rnatib bolalarga
mustaqil juftlikda, guruhda, individual ishlashni taklif etish mumkin. O‘quvchilarga turli xildagi
topshiriqlarni taklif etish: tadqiqot o‘tkazish, asosiysini tanlash, taqdimot tayyorlash, jadvalni
to‘ldirish imkoni paydo bo‘ladi.
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari o‘quvchilarni qiziqarli olamga olib kirishda
o‘qituvchining imkoniyatlarini kengaytiradi, bunda o‘quvchilar axborotlarni mustaqil ravishda
izlab topadilar, oladilar, tahlil qiladilar va boshqalarga yetkazadilar. Bolani axborot bilan
ishlashga, o‘qishga o‘rgatish — zamonaviy boshlang‘ich sinflarning muhim vazifasi hisoblanadi.
Xulosa qilib aytilgandaAKTdan foydalanishning afzalliklari quyidagilar:
1. O’rganishga tayyorlik darajasidagi turli darajadagi o’quvchilarga tabaqalashtirilgan
yondashuvni amalga oshirish qobiliyati.
2. Darsda vizual, audiovizual va video hamkasblaridan foydalanish.
3. Darslarning yuqori sur’atlarini saqlash.
4. O’qituvchi va o’quvchilar o’rtasida samarali aloqani ta’minlash.
5. O’quvchilar ta’limi bo’yicha tezkor nazoratni amalga oshirish.
6. O’quvchilarni sifatli o’qitishiga erishish.
Sinflarda, o’quvchilar bilan darsdan tashqari va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda AKT
texnologiyalarining quyidagi turlari qo’llaniladi: taqdimotlar, interfaol testlar, Internetda
ma’lumot topish bo’yicha ishlar, loyihalarni tayyorlash, tayyor elektron manbalar, raqamli ta’lim
resurslaridan foydalanish.
Foydalanilgan adabiyotlar:
internet ma’lumotlar.
36
Do'stlaringiz bilan baham: |