Декабрь 2020 17-қисм
Тошкент
O’QUVCHILARNI MATEMATIKA FANIGA QIZIQISHINI OSHIRISH
Aminova Feruza
Xorazm viloyati Xonqa tumani
18-son maktab matematika fani o’qituvchisi
Tel: +998999608369
Аnnotatsiya: Mazkur maqolada o’quvchilarni matematika faniga qiziqishini oshirish yo’llari,
pedagogik texnologiyalarni o’quvchilarga nechanchi sinfdan va qay tartibda qo’llanish usullari
haqida mulohaza yuritilgan.
Kalit so’zlar: qiziqish, interfaol metodlar, AKT, amaliyot, taksonomiya, fikr.
Matematika fanining bugungi kundagi dolzarb vazifalaridan biri bu-matematika darslarida
innavatsion pedagogik va axborot komunikatsiya texnologiyalardan to’laqonli foydalanishni
yo’lga qo’yishdir. Ayniqsa o’quvchilarda teorema yoki qiyinroq masalalarni hal etish davomida
miyaning qabul qilish darajasi susayib, ularda zerikish alomatlari sodir bo’la boshlaydi, bu
darsdan esa kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi. Matematika darslarini innovatsion pedagogik
va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanib tashkil qilishda esa, o’quvchilarning
fanga bo’lgan qiziqishi ortib, matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor
bo’lish hamda foydalanish kompetensiyalari rivojlanib boradi. Bir so’z bilan aytganda, o’quv
jarayoni markazida o’quvchi bo’lmog’i lozim va o’quv jarayoni unga qaratilgan, yo’naltirilgan
bo’lishi talab etilmoqda. Bunday ta’lim o’qituvchi va o’quvchiga doimiy ijodiy izlanish,
uzluksiz o’z ustida ishlash imkoniyatini beradi. Bu holatning ijobiy kechishi ta’limda sifat va
samaradorlikning kafolatidir.
Matematika darslarida o’quvchilarda ijodiy tafakkur etish ko’nikmasini shakllantirish,
matematikaga oid atama va tushunchalarning mazmun-mohiyati ko’nikma va malaka darajasida
o’zlashtirilishi, olingan bilimlarni amaliyotga tatbiq etish darajasi yuqori bo’lishi, ya’ni yuqori
darajada tafakkur etish qobiliyati rivojlanishi uchun o’qituvchidan 5-6- sinflarda matematika
o’qitish, 7-9-sinflarda algebra va geometriya kursini o’qitish maqsadlari va mazmuniga mos
ravishda texnologiyalarni tanlash hamda qo’llash talab etiladi. Tafakkurni yuqori darajada
rivojlantirish uchun va bunga mos ravishda texnologiyalarni tanlashda Blum taksonomiyasidan
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Blum taksonomiyasiga ko’ra u tafakkurni 6 ta darajaga bo’ladi:
bilim, tushunish, qo’llash, analiz, sintez, baholash. Taksonomiya asosida quyi darajadan boshlab
tafakkur doiralariga mos ravishda misol va masalalar, topshiriqlar va ularning o’zlashtirilishi
uchun interfaol metodlar tanlanadi. Matematika darslarida uzviylashtirilgan DTS talablariga
erishish uchun darslar zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o’tilishi, darslarda interfaol
metodlarni tanlash va ularni qo’llash samarali natija beradi.
Matematika fani o’qituvchisining 5-6-sinf matematika darslarida tushunchalarning mazmun-
mohiyatini o’quvchilar chuqur o’zlashtirishlari uchun interfaol metodlarni tanlashda dars
jarayonida asosan o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirishlari uchun yo’naltirishi, o’rgatishi,
yordam berishi, qo’llab-quvvatlashi, maslahat berishi kabi boshqarish funksiyalarini amalga
oshirishda “Tushunchalar tahlili”, “Sinkveyn”, “Klaster”, “Zinama-zina” kabi metodlarni
qo’llashlari maqsadga muvofiq bo’ladi.
Matematika fani o’qituvchilarining 7-9-sinf algebra va geometriya darslarida bevosita
1-9-sinflarda matematikaga oid dastlabki bilimlarni mustahkamlash va ularni rivojlantirish uchun
darslarda BBB, Baliq skeleti, Tushunchalar tahlili, Venn diagrammasi, Blok-so’rov metodlari,
FSMU, Loyiha texnologiyalarini qo’llashlari orqali o’quvchilar faolligini oshirish, vazifa qo’yish,
qo’llab-quvvatlash, rahbarlik qilish, kuzatish, talab qilish, ko’rsatma berish kabi o’quv jarayonini
boshqarish funksiyalarini amalga oshiradi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, o’qituvchining intellektual salohiyati, ijodkorlik mahorati
orqali matematikadan tashkil etiladigan dars jarayonida o’quvchilarning faol ishtiroklari, ijodiy
bilim darajalari ortishiga va o’z navbatida, jamiyatimizning erkin, mustaqil fikrli, barkamol avlod
vakili bo’lib shakllanishlariga zamin yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. S. Alixonov Matematika O’qitish metodikasi.
2. N.N.Azizxo’jayeva Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat.
3. www.matematika.uz
35
Do'stlaringiz bilan baham: |