Dehqonchilik va melioratsiya


Reja: 1. Eroziya turlari. Eroziyani oldini olish tadbirlari. Sel oqimining xosil bo‘lishi va zararlari



Download 6,77 Mb.
bet10/13
Sana12.06.2022
Hajmi6,77 Mb.
#658490
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5199469597308228837

Reja:
1. Eroziya turlari. Eroziyani oldini olish tadbirlari. Sel oqimining xosil bo‘lishi va zararlari.
2. Sel oqimini oldini olish tadbirlari.
2.Suvdan foydalanishni oqilona tashkil qilish va uning adolatli taqsimotini ta’minlash.
3.Ekin maydonlarining maqbul meliorativ holatini ta’minlash. Ekinlarni sug‘orishning suv tejaydigan texnologiyalarini keng joriy qilish.


Tayanch so'z va iboralar: Eroziya, tuproq eroziyasi, suv, shamol va irrigatsiya eroziyasi, qattiq jala, kuchli shamol, noto'g'ri sug'orish, joyning nishabligi, nishablikning uzunligi, ekspozitsiya, tuproqning mexanik tarkibi, suv-fizik xossalar, unumdorlik, o'simliklar qoplami, joyning iqlim sharoiti, tekis yuvish, ariqchalar hosil qilib yuvish, jarlar hosil qilib yuvish, agro-o'rmon melioratsiyasi, agromeliorativ tadbirlar, gidrotexnik tadbirlar, jarliklarni himoya qilish inshoatlarini barpo qilish, sel oqimi.

Suv yoki shamol harakati ta'sirida tuproq qatlamining yemirilishiga tuproq eroziyasi deyiladi. Eroziya uchga bo'linadi: suv, shamol va irrigatsiya eroziyasi.


Suv eroziyasi asosan, tog' va tog' oldi hamda adir mintaqalarda tarqalgan bo'lib, u bahor oylarida bo'ladigan qattiq jala natijasida vujudga keladi.
Shamol eroziyasi tekislik mintaqasida tarqalgan bo'lib, kuchli shamol ta'sirida yuz beradi.
Irrigatsiya eroziyasi esa sug'oriladigan yerlarda bo'lib, u qishloq xo'jalik ekinlarini noto'g'ri sug'orish, ya'ni sug'orish normasini oshirish, sug'orish texnikasi va texnologiyasiga rioya qilmaslik oqibatida yuz beradi.
Eroziya joyning nishabligiga, nishablikning uzunligiga, ekspozitsiyasiga, tuproqning mexanik tarkibiga, suv-fizik xossalariga, unumdorligiga, o'simliklar qoplamiga va joyning iqlim sharoitiga bog'liq bo'ladi.
Tuproq eroziyasi yerning nishabligi, janubiy, janubiy-g'arb, janubiy-sharq
ekspozitsiyalarda tez vujudga keladi, chunki bu yerlar quyosh ta'sirida tez qiziydi, namligi tez bug'lanadi va shu tufayli o'simliklar qoplami ham kam bo'ladi. Tuproq eroziyasi bahor oylarida bo'ladigan yomg'irlarning tezligiga (mm/soat), davomiyligiga va miqdoriga (mm) bog'liq bo'ladi. Shuningdek tuproqning mexanik tarkibiga ham bog'liq bo'ladi, qum va qumloq yengil tarkibli suvni yaxshi o'tkazadigan tuproqlarda eroziya sust kechadi, aksincha mexanik tarkibi og'ir,
strukturasiz tuproqlarda eroziya tezlashadi.
O'simliklar qoplami chimli turli butazorlarda va o'rmon daraxtlardan tuzilgan yerlarda eroziya kuzatilmaydi.
Jala yoki qor va muzliklarni jadal erishi natijasida paydo bo'lgan suv tuproqqa ikki xil ta'sir ko'rsatadi: 1.-yalab ketadi,2.-yuvib ketadi.
Eroziya natijasida tuproqda quyidagi yuvilishlar kuzatiladi: tekis yuvish, ariqchalar hosil qilib yuvish, jarlar hosil qilib yuvish.
Tuproqni yalab va oqizib yuvib ketish jarayonida tuproq kuchsiz, o'rtacha va kuchli eroziyalanadi. Tuproqni oqizib kelishi bo'yicha ham 3 xilga: kuchsiz, o'rtacha va kuchli oqizib kelish guruhlariga bo'linadi.
Eroziya natijasida bir yil davomida 3-10 t/ga cha, ba'zan bundan ham ko'p tuproq yuviladi. Tuproqning tarkibidagi gumus, azot, fosfor, kaliy va boshqa oziqa moddalari yuvilib, ular unumsiz holatga tushib qoladi, natijada qishloq xo'jalik ekinlarini hosildorligi kamayadi.
Suv eroziyasini oldini olish va qarshi kurashda quyidagi tadbirlar qo'llaniladi.
1. Agro-o'rmon melioratsiyasi (ixota daraxtzorlari barpo qilish).
2. Agromeliorativ tadbirlar (yerga to'g'ri ishlov berish, chorva-mollarini tartib bilan boqish, himoya almashlab ekishni joriy qilish).
3. Gidrotexnik tadbirlar (terrassalar, loyqa va tosh to'sar inshoatlar, suvni qochirish
tarmoqlarini qurish), jarliklarni himoya qilish inshoatlarini barpo qilish.
Shamol eroziyasi O'zbekistonnning tekislik qismida cho'l va sahro mintaqalarida tarqalgan.
Shamol ta'siri keng front bo'ylab namoyon bo'ladi va tuproqning ustki chirindili va oziqa moddalariga boy unumdor qatlamiga uchirib ketadi. Shu bilan birga shamol ta'sirida ekilgan urug'lar ham uchiriladi yoki usti ochilib unib chiqishga yaroqsiz bo'lib qoladi, o'suv davrida esa barg va poyalarini shikastlaydi, gullash jarayoniga kuchli ta'sir ko'rsatadi.
Shamol eroziyasi ko'proq yengil tarkibli tuproqlarda kuzatiladi. Shamol eroziyasi shamolning tezligiga bog'liq bo'ladi. Agar shamol tezligi 4-5 m/sek bo'lganda kuchsiz, 5-15 m/c bo'lganda o'rtacha, 15 m/c dan ko'p bo'lganda kuchli eroziya hisoblanadi.
Shamol eroziyasini oldini olish va qarshi kurashish uchun quyidagi tadbirlar majmuasi qo'llaniladi.
1.Agro-o'rmon melioratsiya tadbirlari (ixota daraxtlari barpo qilish).
2.Agromeliorativ tadbirlar (tuproqni himoya kilish, almashlab ekish tizimlarini joriy qilish, himoya ekinlarini tanlash va ularni polosalar bo'ylab joylash, chirindi qatlami ko'milib ketgan yerlarda chuqur shudgorlash, yerni ag'darib shudgor qilmasdan faqat yumshatish va hokazo).
Irrigatsiya eroziyasi O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida keng tarqalgan. Bu eroziya turida sug'orish uchun berilgan suv tuproqni yuvib chirindi, oziqa moddalari miqdorini kamaytiradi, tuproqning suv-fizik xossalarini yomonlashtiradi, mikroorganizmlar faoliyati buziladi. Shu tufayli ekinlar hosili kamayadi, ularning sifati buziladi.
Irrigatsiya eroziyasini oldini olish va qarshi kurashda asosan, ilmiy asoslangan sug'orish texnikasi va texnologiyasini qo'llash zarurdir. Bunda eng muhim tadbir yerning nishabligi bo'yicha egat uzunligi va egatga beriladigan suv miqdorini to'g'ri tanlashdir.
Sel oqimi va uni oldini olish hamda qarshi kurash choralari.
Tog', tog' oldi va adir mintaqalarida kuchli jala quyishi yoki qorlarni jadal erishi natijasida qisqa muddatda katta tezlik bilan loy, qum, tosh aralash holda vujudga kelgan suv oqimiga sel deyiladi.
O'zbekistonda sel oqimi Fargona vodiysida, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlaridagi tog'liklarda keng tarqalgan. Bu yerlarda yiliga bahor oylarida 2-5 martagacha sel oqimi vujudga keladi, ularning oqish davomiyligi 2-3 soatdan 10-12 soatgacha davom etadi.
Sel oqimi qishloq xo'jaligiga juda katta zarar kelti radi. Sel aholi yashaydigan
joylarni qishloq xo'jalik binolarini, chorvachilik fermalarini, ekin maydonlarini, suv
omborlarini sug'orish inshoatlarini, temir va avtomobil` yo'llarini, ko'priklarni buzadi. Ularni loyqa, qum, shag'al, tosh aralashmalari bilan ko'mib tashlaydi. Sel oqimi natijasida tuproqning yuvib ketilishi juda kuchli bo'ladi. Nishabligi 2-40 dan ortiq bo'lgan yerlarda bir mavsumdagi sel oqimi natijasida 20-50 t/ga tuproq yuviladi.
Sel oqimi jala yog'inining jadaligiga, davomiyligiga, yerning rel`efiga, o'simlik qoplamiga, tuproqning tarkibiga, suv-fizik xossalariga, unumdorligiga bog'liq bo'ladi. Tog' va tog' yon bag'rilarida tabiiy o'simliklar qoplami (daraxtlar, butazorlar, o'tloqlar) buzilganda, chorva mollarini yaylovlarda boqish tartibiga rioya qilinmaganda, yerlar asossiz shudgor qilinganda sel oqimi paydo bo'lish kuchayadi.
Sel oqimining oldini olish va qarshi kurash uchun agro-o'rmon agromelioratsiya va gidrotexnik tadbirlar majmuasi qo'llaniladi. Agro-o'rmon va agromelioratsiya tadbirlari asosan sel oqimining oldini olishda, gidrotexnika tadbirlari esa qarshi kurashda qo'llaniladi.
Agro-o'rmon tadbirlari tog' va tog' yon bag'rilarida supalar (terrassalar) vujudga keltirib, ularda ko'p yillik o'rmon daraxtlarini barpo qilishni amalga oshiradi. Supalashtirish daraxtlarga yaxshi sharoit vujudga keladi, ular tez o'sib rivojlanadi, tuproqni mustahkamlaydi, suv oqimini rostlaydi, sel oqimining oldini oladi. Supalar ko'tarma bo'ylab ketgan o'zanning kattaligi (umumiy suv yig'ish maydoni) va uning nishabligiga bog'liq holda olinadi. Bunda yig'ilib kelinadigan suvning sathi supa ko'tarmasining qirrasida doimo 10-15 sm pastda bo'lishi hamda to'plangan suv yerga shimilib, supa uzunligi bo'yicha taqsimlanib ketishi kerak.
Supalar orasidagi masofa yon bag'rining qiyaligiga va tuproq - gruntning tarkibiga qarab quyidagicha bo'ladi.
Qiyaligi 0,02-0,12 bo'lgan yerlarda pog'onali qiya, qiyaligi 0,12-0,25 bo'lgan yerlarda pog'onali yotiq va qiyaligi 0,25 dan katta bo'lganda transheyali, ariqli supalar olinadi. Supalar bul`dozer va greyderlar yordamida olinadi.



Yerning

Tuproq

tarkibi

qiyaligi

Qumoq

Qumloq

0,02
0,03
0,04
0,05
0,06
0,08
0,10
0,12

38
30
27
26
25
24
20
18

50
41
38
35
30
26
24
22

Agromeliorativ tadbirlarda tog' va tog' yon bag'rilarida olingan supalardagi daraxtlar ostiga va oraliqlariga ko'p yillik o'tlar urug'ini ekish, ularni parvarishlash, keng supalarda shudgorlangan (5-10 sm) va shudgorlanmagan (1m), chuqur yumshatilgan va yumshatilmagan polosalar, nam to'plash egatlari hosil qilish, tuproq unumdorligini oshirish, chorva mollarini boqishni tartibga solish kabi ishlarni o'z ichiga oladi.


Gidrotexnikaviy tadbirlar sel oqimi vujudga keladigan o'zanlarda va o'zanlarning oldi qismlarida hamda tik nishabli yerlarda, jarliklarda maxsus gidrotexnik inshoatlar qurishdir. Bunday inshoatlarga jala suvlarini oqizib yuboruvchi ariqlar, dambalar, tosh tutgich inshoatlar, o'zanlarni mustahkamlash (tosh, beton plitalar, daraxt shohlari) kiradi.
Suvdan foydalanishni oqilona tashkil qilish va uning adolatli taqsimotini ta'minlash.
Bunda quyidagi tabirlar amalga oshiriladi;
A) Ekinlarni joylashtirishda suv resurslarining bashoratlangan miqdori va irrigatsiya tarmoqlarining texnik holati to'g'risidagi ma'lumotlarni inobatga olinishiga erishish;
B) Har bir suv ist'emolchisi bo'yicha suv ist'emoli rejalarini ishlab chiqish va ularni
aniqlashtirish;
V) Suv taqsimotini aniqlashtirilgan suv ist'moli rejasi asosida amalga oshirish;
G) Har bir suv ist'emolchisi suv olish quloqlarini suv o'lchash vositalari bilan jihozlash.
Suvning kat`iy xisob-kitobini joriy qilish:
• Barcha suv berish va olish quloqlarini suv oqimini rostlovchi va suv o'lchovchi moslamalar bilan jihozlash
• Suvning oldi berdi hisob-kitoblarini to'liq yuritish
Oddiy suv o'lchash vositalari
Chipoletti vodoslivi

Тоmson vodoslivi

SANIIRI suv o'lchash novi
Suvdan foydalanishni tashkil qilish va uning taqsimotini ta'minlash
• Sug'orish tarmoqlarini tozalash va ta'mirlash:
– Sug'orish ariqlarini loyqa va begona o'tlardan tozalash dalalar suv ta'minotini
yaxshilaydi.
– Beton va nov ariqlarning singan, yorilgan va teshilgan joylarini ta'mirlash va yamash ishlarini ekish mavsumiga qadar o'tkazish sug'orish mavsumida suvni uzilishlarsiz yetkazib berilishiga imkoniyat yaratadi.
– Fermer xo'jaliklarining suv olish quloqlarini suvni boshqarish (darg'otlar) va o'lchash inshootlari bilan jihozlash suvni adolatli taqsimlash imkoniyatini yaratadi.
• Dalalarda nam zahirasini yaratish:
– Erta bahorda yoki ekish oldidan o'tkazilgan nam to'plovchi sug'orishlar g'o'zalarni birinchi sug'orishsiz bir tekis undirib olishga to'liq imkon beradi.
Nam to'plovchi sug'orishlarning me'yorlari:
– og'irsozli tuproqlarda 1000–1200 m3/ga;
– soz va qumoq kabi yengil tuproqlarda 800 –900 m3/ga
Suvdan foydalanishni tashkil qilish va uning taqsimotini ta'minlash
• Agrotexnik tadbirlarni suv berish grafigiga mos ravishda olib borish:
– Dalalarga egat olish ishlari suv berish grafigi bilan mos ravishda olib borilishi lozim. Buning uchun fermerlar dalalarga egat olishni suv ist'emolchilari uyushmasi bilan maslahatlashgan holda olib borishi lozim
• Fermerlar orasida suvni navbatma-navbat ishlatishni tashkil qilish:
– Agar kanaldan olinayotgan suv bo'linib ko'pchilikka tarqatib yuborilsa uning shimilishi va bug'lanishi ko'payib bir gektarni sug'orish uchun sarflanayotgan umumiy suv miqdori ortib va sug'orish vaqti cho'zilib ketadi.
– Ekin dalalari navbatma-navbat sug'orilsa, ya'ni katta miqdordagi suv avval bir, keyin boshqa dalaga uzatilishi natijasida sug'orish kanallaridagi suv isrofi 10-20 % ga, dala o'qariqlaridagi suv isrofi 30-35 % gacha kamayadi.
Ekin maydonlarining maqbul meliorativ holatini ta'minlash



Dalalarni kapital tekislash
Ekin dalalarini tekislash natijasida dalada suv ravon oqadi va tuproq bir tekis namlanadi. Yaxshi tekislangan dalada suvning ko'llashi va behudaga yerga singishi bartaraf qilinadi. 10-15 % miqdordagi suv tejaladi

Ekin dalalari meliorativ holatini (tuproq sho'rlanganligini) tezkor aniqlash asboblari



Tuproq sho'rlanganligini baholash uchun elektrokonduktometrlardan foydalanish qimmatbaho kimyoviy tahlillarni o'tkazish va tuproq namunalarini ko'tarib yurishga hojat qoldirmaydi. Bunda mehnat unumdorligi 14 martagacha ortadi, asosiysi katta maydondagi yerlar meliorativ holatini tezkor boshqarishga imkoniyat yaratiladi

Zovur tarmoqlari texnik holatini yaxshilash (tozalash)




Zovur tarmoqlari ishchi holatini ta'minlash natijasida zovurdagi suv tiqilmay ravon oqadi; daladagi ortiqcha namlik o'z vaqtida olib chiqiladi;
grunt suvlari sathi maqbul sathda ushlab turiladi; ekin o'suvi uchun normal sharoit yaratiladi; zahlamagan dalada sho'rlanish ham bartaraf bo'ladi.

Ekinlarni sug'orishda suvdan tejamli foydalanish


• Egatlab sug'orishning suv tejovchi usullari:
– egat oralatib sug'orish (umumiy suv berish miqdori 20-25 foizgacha kamayadi);
– kalta egatlar bilan sug'orish (oqava suvlar miqdori 15-20 % ga kamayadi, egatlar butun uzunligi bo'yicha bir tekis namlanadi);
– avval ko'p suv berib, oqava chiqqanda suvni kamaytirish (suv berish miqdori 15-20 % ga kamayadi);
– sug'orish vaqtida avval kam suv berib, so'ngra ko'paytirib va yana kamaytirish (oqava suvlar miqdori 15-20 % ga kamayadi, egatlar butun uzunligi bo'yicha bir tekis namlanadi); – oqava suvini chiqarmaslik uchun egat oxirini to'sib, to'silgan suvni teskari oqizib egatlar oxirini namlash (umumiy suv berish hajmi 15-20 % ga kamayadi).

Ekin dalasidagi tuproq namligini tezkor boshqarish






Tuproq namligini tenziometrlar yordamida tezkor boshqarish natijasida


daladagi namlikni maqbul holatda bo'lishi ta'minlanadi; dalada ishlatilayotgan suvni 5-15 % gacha tejash imkoniyati yaratiladi Egatlab oddiy usulda sug'orish
Kalta egatlar bilan sug'orilganda: oqava suvlar miqdori 15-20 % ga kamayadi,
egatlar butun uzunligi bo'yicha bir tekis namlanadi.





Download 6,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish