Ko'chma polietilen novlardan o'qariq o'rnida foydalanish
Egatlab sug'orishda turli texnik vositalarni qo'llash
Egiluvchan polietilen quvurlar yordamida sug'orish
Tomizgichli shlanglar yordamida sug'orish
• Sug'orishning suv tejovchi istiqbolli usullarini qo'llash:
1. Tomchilatib sug'orish (dalaga suv berish miqdori odatdagidan 35-65 %gacha kamayadi, egat olinmaydi);
2. Yomg'irlatib sug'orish (dalaga suv berish miqdori 20-25 %gacha kamayadi, egat olinmaydi);
3. Yer ostidan sug'orish (dalaga suv berish miqdori 25-30 %gacha kamayadi, egat olinmaydi);
Tomchilatib sug'orish usulini qo'llash
• Sug'orishga ishlatilayotgan suv odatdagi usullarga nisbatan 35-65 % gacha kamayadi
• Hosildorlik ortadi va sifati yaxshilanadi
• Mehnat va resurlar sarfini kamayishi (kul`tivatsiya qilish kamayadi)
• Beriladigan o'g'it miqdori 50 % gacha kamayadi
• Tuproq eroziyasi, yer osti suvi sathi ko'tarilishi va sho'rlanish kamayadi
Tomchilatib sug'orishni qo'llashning afzalliklari
• Odatdagi sug'orish usullariga nisbatan 35-65 % gacha suv tejaladi
• Hosildorlikni ortishi va sifatini yaxshilanishi
• Mehnat va resurlar sarfini kamayishi (kul`tivatsiya qilish kamayadi)
• Beriladigan o'g'it miqdori 50 % gacha kamayadi
• Tuproq eroziyasi, yer osti suvi sathi ko'tarilishi, sho'rlanish kamayadi va boshqalar
• Zamonaviy bog' va sabzavot ekinlarida eng yuqori samaraga erishiladi
Tomchilatib sug'orishda ekinlar hosildorligi
• Paxta - 50-55 s/ga
• Makkajo'xori - 120-130 t/ga (ko'k poya)
• Makkajo'xori - 25-32 t/ga (don)
• Pomidor - 130-140 t/ga (ochiq yerda)
• Pomidor - 500 t/ga gacha (issiqxonada)
• Uzum - 5,0 t/ga
• Olma - 60 t/ga
• Kartoshka - 45 t/ga
Tomchilatib sug'orishning afzalliklari
Mehnat va moddiy resurslar sarfi kamayadi
• Tomchilatib sug'orishda dalaning faqat ekinlar joylashgan qismigina namlanadi, natijada dala tuprog'i qotmaydi,
• Tuproqni yumshatishga (kul`tivatsiya) va ariq olishga hojat qolmaydi.
• Tuprog'i qotmagan maydon mavsum oxirida oson haydaladi.
• O'g'it suv bilan birga berilganligi bois, o'g'itlash uchun texnika ishlatilmaydi.
Natijada mehnat va yonilg'i moylash materiallari tejaladi.
• Dalada suvchilar ketmon ko'tarib ariq to'g'irlab yurmaydi, ya'ni sug'orishdagi qo'l mehnati keskin kamayadi.
Tomchilatib sug'orishning afzalliklari
Suv tejaladi
• Suv dalaning faqat ekinlar ildizi joylashgan qismiga beriladi, dalaning boshqa joylari quruq qoladi;
• Sug'orish rejimi o'simlikning suvga bo'lgan talabiga mos bo'ladi va ortiqcha suv berilmaydi;
• Tuproqdan suv kam bug'lanadi;
• Suv dala bo'ylab tarqalib ketmaydi;
• Suv tuproqqa singib ketmaydi;
• Suv oqavaga tashlanmaydi;
Tomchilatib sug'orishda boshqa sug'orish usullariga nisbatan ekin turiga qarab 20 % dan 80 % gacha suv tejaladi, suv va ozuqa ekin maydoni bo'yicha bir tekis taqsimlanadi; ekin bir xil rivojlanadi va hosili bir vaqtda pishadi; bir xil erta pishgan hosilni yig'ib olish osonlashadi; ekin dalasini yarmi quruq bo'lishi sabzavotlar hosilini terib olishga imkon yaratadi; dalada suv oqmaganligi bois tuproq eroziyasi yo'q; suvni tuproqqa shimilishi kamligi uchun yer osti suvlari sathi ko'tarilib ketmaydi; tuproq sho'rlanmaydi; kichik debetli quduq va buloqlar suvi bilan katta maydonlar sug'oriladi.
Nazorat savollari:
1. Tuproq eroziyasi deb nimaga aytiladi?
2. Eroziya turlarini sanang va ular qaerlarda xosil bo'ladi?
3. Eroziya nimaga bog'liq bo'ladi?
4. Suv eroziyasini oldini olish va qarshi kurashda qanday tadbirlar qo'llaniladi?
5. Sel oqimi va uni oldini olish hamda qarshi kurash choralari nimalardan iborat?
6. Agro-o'rmon tadbirlarini tushuntiring.
7. Agromeliorativ tadbirlarda qanday ishlar amalga oshiriladi?
8. Gidrotexnikaviy tadbirlar nimalardan iborat?
9. Suvdan foydalanishni oqilona tashkil qilish va uning adolatli taqsimotini ta'minlashda qanday tabirlar amalga oshiriladi?
10. Oddiy suv o'lchash vositalarini sanang.
11. Ekin maydonlarining maqbul meliorativ holatini ta'minlashda qanday ishlar
amalga oshiriladi?
12. Zovur tarmoqlari ishchi holatini ta'minlash natijasini tushuntiring.
13. Egatlab sug'orishning suv tejovchi usullari nimalardan iborat?
Foydalanilgan adabiyotlar.
Asosiy adabiyotlar.
1. Chandrasekaran V., Annadurai K., Somasundaram E. A textbook of Agronomy. New Delhi. 2010. New age International (p) Limited, Publi-shers.
2. Charles 1. Mohler and Sue Ellen Johnson. Crop rotation on organic farms. A
planning manual. USA. New York, 2014.
3. The state of the world’s land and water resources for food and agriculture.
Managing systems USA, FAO. 2011. p. 232.
4. Azimboev S.A. Dehqonchilik, tuproqshunoslik va agrokimyo asoslari. (Darslik). T. Iqtisodiyot-moliya 2006. - 180 b.
5. Artukmetov Z.A., Sheraliev X.SH. Ekinlarni sug'orish asoslari. (Darslik). T.:
O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati, 2007. - 312 b.
6. Mo'minov K., Azimboev A., Sanaqulov A., Berdiboev e., Kenjaev YU Dehqonchilik ilmiy izlanish asoslari bilan. (O'quv qo'llanma) - T.: “Turon-iqbol”, 2014-240 b.
7. Norqulov U., Sheraliev X. Qishloq xo'jalik melioratsiyasi. (Darslik). T.: ToshDAU taxr-nashr. bulimi, 2003. - 214 b.
8. To'xtashev B., Azimboev S., Karabaeva T., Berdiboev e., Nurmatov B. Qishloq xo'jalik melioratsiyasi va er tuzish fanidan amaliy va tajribaviy mashg'ulotlar. (O'quv qo'llanma). - T.:
“ToshDAU nashr-taxririyat bulimi”, 2012. - 187 bet.
9. Ermatov A.K. Sug'oriladigan dehkonchilik. (Darslik). T. O'qituvchi 1983. -180 b.
Qo'shimcha adabiyotlar
1.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha harakatlar
strategiyasi”to'g'risidagi farmoni.
2.O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta xom ashyosini yetishtirishda tomchilatib sug'orish texnologiyalaridan keng foydalanish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga oid kechiktirib bo'lmaydigan chora-tadbirlar to'g'risida”gi (27.12.2018 y. PQ-4087) qarori.
Internet resurslari:
1. O'zbek internet resurslarining katalogi: www.uz
2. www.press-uz.info
3. http://www.uforum.uz/
4. Axborot resurs markazi http://www.asss.uz/
5. http://www.xabar.uz
6. www.ziyonet.uz
7. www.edu.uz
MUNDARIJA
Do'stlaringiz bilan baham: |