6-mavzu: SIZOT SUVLAR REJIMI, BALANSI VA ULARNING KRITIK CHUQURLIGI. TUPROKNING TUZ VA SUV REJIMI.
Reja:
1.Tuproq suvlari, sizot, er osti va artezan suvlar.
2.Sizot suvlar rejimi va unga ta’sir etuvchi sharoitlar.
3.Sug‘oriladigan erlarning meliorativ rejimlari.
4.Sizot suvlar maqbul chuqurliklari va ularni belgilovchi omillar.
5.Sizot suvlar balansi. Tuproqning tuz balansi.
Tayanch so'z va iboralar: Yer osti suvlari, tuproq suvlari, tuproq-grunt qatlami, kapillyar va nokapillyar g'ovaklar, muallaq (verxovodka) suvlar, sizot suvlari, bosimsiz yer osti suvlari, suv o'tkazmaydigan qatlam, kapillyar zaxlanish, bosimli yer osti (artizan) suvlari, sizot suvlar rejimi, sizot suv sathining o'zgarish amplitudasi, gidrologik tip, iqlim tipi, irrigatsiya - iqlim tipi, irrigatsiya tipi, sizot suv sathining maqbul (kritik) chuqurligi, sizot suv sathining o'zgarishi, sizot suvlarining maqbul sathi.
Yer osti suvlari.
Yer osti suvlari joylashish chuqurligi va tarqalishi xarakteriga ko'ra, tuproq, muallaq (verxovodka), sizot va artizan suvlariga bo'linadi.
Tuproq suvlari.
Bu suvlar bug'simon, suyuq va qattiq (muz) holatda bo'lib tuproq-grunt qatlamidagi kapillyar va nokapillyar g'ovaklarda mavjud bo'ladi, ular atmosfera yog'ingarchiligi, sug'orish hamda kondensatsiya namligi hisobiga vujudga keladi.
Tuproq suvlari qishloq xo'jalik ekinlarini suv bilan ta'minlashda asosiy manbaa xisoblanadi.
Muallaq (verxovodka) suvlar.
Bu suv ham tuproq suvlari singari bo'lib, u yer yuzasiga yaqin joylashgan suvni kam o'tkazadigan qatlamlar ustida har xil kattalikdagi linza shaklida vaqtinchalik to'planadi va tuproqda me'yoridan ortiqcha namlik vujudga keltiradi.
Sizot suvlari.
Bu suvlar tuproq ostidagi birinchi suv o'tkazmaydigan qatlam ustida to'planadi va yer usti suvlari (daryo, ko'l, suv omborlari, sug'orish tarmoqlaridan shimilgan suvlar va sug'orish natijasida) hisobiga paydo bo'ladi.
Bosimsiz yer osti suvlari.
Bu suvlar yer osti suv o'tkazmaydigan qatlamlar orasidagi bo'shliqda to'plangan bo'lib, bo'shliqlar yer yuzasi bilan bog'langan va yer usti suvlari hisobiga paydo bo'ladi.
Suv o'tkazmaydigan qatlam yuzasining sizot suvlari to'plangan qismi to'yinish deyiladi. Sizot suvlarining to'yinishi qismidan tuproq kapillyarlari orqali zaxlanishi kapillyar zaxlanish deyiladi.
Kapillyar zaxlanish qismidan yerning yuzasigacha bo'lgan masofa tuproq va tuproq osti qatlamining aerotsiya qismi deyiladi.
Kapillyar zaxlanish qismidan yerning yuzasigacha bo'lgan masofa tuproq osti qatlamining aeratsiya qismi deyiladi
Bosimli yer osti (artizan) suvlari.
Bu suvlar chuqur yer osti bo'shliq qatlamlarida to'plangan bo'lib, bo'shliqlarning ustki va ostki qatlamlari suv o'tkazmaydigan jinslardan iborat.
Ularning paydo bo'lishi va o'zgarishi gidrogeologik sharoitlarga bog'liq bo'ladi.
Sizot suvlar rejimi.
Sizot suvlarining ma'lum vaqt (sutka, oy mavsum, yil va asr davomida) ichida
joylashish sathi va minerallanish darajasining o'zgarishi uning o'zgarish tartibi (rejimi) deyiladi.
Sizot suvlari ikki xil sathga ega bo'ladi - minimal va maksimal. Ma'lum vaqt
davomida yer yuzasiga eng yaqin joylashgan sizot suv sath maksimal ko'tarilgan sath, eng chuqur joylashgan sath minimal sath deyiladi.
Sizot suvining maksimal va minimal sathlari orasidagi farq sizot suv sathining o'zgarish amplitudasi deyiladi.
Sizot suvlarning tartibiga quyidagi omillar ta'sir ko'rsatadi:
Iqlim atmosfera yog'inlari tuproq va havoning harorati, namligi, bug'lanish,
shamolning esishi.
Gidrologik yer usti suvlari va ularning to'planish sharoiti, yerga singib kirish miqdori.
Geologik - joyning geologik tuzilishi, jinslarning xususiyatlari. Gemorfologik-joyning sirt shakli (rel`ef). Biologik - daraxt va o'simliklarning turi, qalinligi, yoshi.
Irrigatsiya - xo'jalik - sug'orish tarmoqlaridan suvning shimilishi (fil`tratsiya), Kollektor - zovur tarmoqlari orqali sizot suvlarining chiqib ketishi. Agromeliorativ - qishloq xo'jalik ekinlarini sug'orish tartiblari (sug'orish soni, muddatlari va me'yorlari) sug'orish usullari va texnikalari.
Sizot suvlarining mavsumiy tartibi quyidagi to'rt tipga bo'linadi.
(A.G. Vladimirov bo'yicha).
Gidrologik tip
Iqlim tipi
Irrigatsiya - iqlim tipi
Irrigatsiya tipi
Gidrologik tip
Gidrologik tip
Sizot suvlarining bunday tipda o'zgarishi daryo sohillarida yuz berib, dayor suvining ko'payishi va kamayishiga bog'liq bo'ladi. Daryo suvi ko'paygan davrda sizot suvlari ham ko'tariladi, aksincha daryo suvi kamayishi bilan sizot suvlarining sathi ham chuqurlashadi.
Iqlim tipi.
Bu tipdagi sizot suvlar qurg'oqchil mintaqaning sug'orilmaydigan yerlarida tarqalgan. Iqlim ta'sirida qish va bahor mavsumida ko'tariladi, yoz va kuz oylarida pasayadi.
Irrigatsiya - iqlim tipi.
Sug'oriladigan past tekislik mintaqalarida tarqalgan bo'lib, yil davomida ikki marta ko'tariladi, yog'ingarchilik ta'sirida bahor oylarida va ekinlarni sug'orish natijasida yoz oylarida.
Irrigatsiya tipi.
Yangi o'zlashtirilgan yerlarda mavjud bo'lib, sizot suvlari sug'orish va irrigatsiya tarmoqlari o'tkazilganga qadar chuqurda joylashgan (5-30 m), yerlar o'zlashtirilib sug'orila boshlagandan keyin esa ko'tarila boshlaydi
Sizot suv sathining maqbul (kritik) chuqurligi.
Sizot suv sathining maqbul (kritik) chuqurligi deb-sizot suvining tuproq-grunt
kapillyar naychalari orqali ko'tarilib ekinlarning ildizi tarqalgan qismini sho'rlantirish yoki botqoqlantirish chuqurligiga aytiladi.
Sizot suvlari satxini o'zgarishi.
Mirzacho'l va Qashqadaryo viloyatining qadimdan sug'oriladigan, tuzilishi jihatidan bir xil bo'lgan sizot suvlarning kapillyar ko'tarilishi jadal kechadigan les va lessimon qumoq tarkibli yerlarida sizot suvining maqbul sathi mavsum boshida 1,5-2,0m., keyinchalik esa, ya'ni o'suv davri oxirida 4,0 m. gacha chuqurlashishi kerak.
Amudaryoning quyi, markaziy Farg'ona, Buxoro viloyati, Qarshi va Sherabod cho'llarining sug'oriladigan yerlarida sizot suvlarining maqbul sathi mavsum boshida 1,5-2,0 m., sho'r yuvish davrida esa 2,5-3,0 m. bo'lishi kerak.
Chirchiq-Ohangaron, Zarafshon va Farg'ona vodiylarida (o'tloqi-soz tuproqlarda) sizot suvlarining maqbul chuqurligi o'suv davrida 1,3-1,6m., sho'r yuvish yoki nam to'plash uchun sug'orish davrida esa 1,8-2 m. bo'lgani ma'qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |