95
hisoblanadi. Bu esa sxemaning har qaysi variantida tajriba uchastkasining xilma xilligini
to’liqroq bilib olishga imkon beradi.
Takrorliklar aniqlikni oshirishdan tashqari, tasodifiy xatoliklarni miqdoriy jihatdan
aniqlashga imkon beradi, bu nazorat bilan taqqoslashga qaraganda tajriba variantlarini turli
taqqoslashning matematik jihatdan to’g’ri ekanligini bilishga imkoniyat yaratadi.
Tajriba vazifalariga, tuproqning xilma-xilligiga, paykalning katta- kichikligi va tajriba
qancha davom etishiga qarab, takrorlikning zaruriy soni aniqlanadi. Odatda, sug’oriladigan
sharoitda doimiy (stasionar) uchastkalarda o’tkaziladigan agrotexnikaviy tajribalarni kamida 4
takrorlikda qo’yish kerak. Ba’zi hollarda unumdorligi va relyefi jihatidan bir xillashtirilgan
maydonlarda, paykallar katta va tajriba variantlarining farqi kam bo’lganda tajribani 3
takrorlikda o’tkazish bilan cheklanish mumkin.
Tajribani vaqt bo’yicha takrorlash. Har qanday dala tajribasining natijasi yilning ob-
havo sharoitiga juda ham bog’liq bo’ladi. Shuning uchun ko’pchilik hollarda ishonchli natija
olish uchun tajribani maydonlarda takrorlash bilan bir qatorda yillar (zamon) bo’yicha ham
takrorlash zarur.
Bu faqat tajriba xulosalarining ishonchliligini oshirib qolmay, balki ayrim quruq, nam
yillarda o’rganiladigan usullarning nisbatan samaradorligi to’g’risida juda qimmatli,
qo’shimcha ma’lumot olishga ham imkon beradi.
Tajribalar davomiyligiga ko’ra qisqa muddatli, ko’p yillik va surunkali (stasionar)
guruhlarga bo’linadi. Qisqa muddatli tajribalarda 1 yildan 3 yilgacha biror bir ko’rsatkichning
ta’siri va so’nggi ta’siri o’rganiladi. Ko’p yillik dala tajribalarning vaqt bo’yicha takroriyligi
uch yildan kam bo’lmasligi kerak. Ko’pchilik hollarda dala tajribalarining natijalari har yili
o’zgarib turadigan ob-havo sharoitiga bog’liq. Shu sababli bu xildagi tajriba bir necha yil
davom ettiriladi. Bundan tashqari, ob-havoning ma’lum salbiy elementlari: qurg’oqchilik,
kech yoki erta tushadigan qora sovuqlar, yuqori harorat, qor qoplamining kamligi va
boshqalarga qarshi kurashga qaratilgan usullarni o’rganish mumkin. Tabiiyki, bular har yili
takrorlanmaydi va bu ob-havoiing muayyan usuli uchun xarakterli bo’lgan ma’lumotlar
to’planmasligi sababli tajriba yana davom ettiriladi. Almashlab ekishdagi tekshirishlar, turli
agrotexnikaviy usullarni qo’llanishi natijasida gumus (chirindi) zaxirasining yoki tuproq
unumdorliginiig o’zgarishi kabi sekin kechadigan hodisalarni kuzatish, o’g’itlar yoki yerga
ishlov berish tizimini ishlab chiqish surunkali – stasionar tajribalar o’tkazishni talab etadi.
Ko’pincha bunday tajribalar 50-100 yil va undan ortiq davom etadi.
1.
Dala tajribasi oldiga qo’yilgan asosiy talablar nimalardan iborat.
2.
Variant va takrorliklar orasida qanday farq mavjud.
3.
Tajribani vaqt bo’yicha takrorlashni qanday tushunasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: