94
Ekinlar bo’yicha paykallarning maqbul maydoni quyidagicha bo’lganda tajriba
aniqligiga erishish mumkin: qator orasi ishlanadigan ekinlarda 100-250 m, g’alladoshlarda
50-100 m, zig’irda 25-50 m. Paykallarni kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin.
Seleksiyada 0,5-2 m
2
kattalikda, kichik nav sinashlarda esa 5-10 m
2
kattalikdagi
paykallarda tajribalar olib boriladi.
Yerga yaxshi ishlov berilganda tajribada yuqori aniqlikka erishiladi. Shuning uchun
konkurs nav sinashlarda 50-100 m
2
li va kamdan kam 200 m
2
li maydonlarda tajriba
o’tkaziladi.
Yerga ishlov berishning har qaysi paykalida alohida mashina va qurollardan
foydalanishni talab etadigan usullarni o’rganishda uning kattaligi ba’zan 300 m
2
gacha va
hatto 1000 m
2
gacha oshirilishiga to’g’ri keladi. Ishlab chiqarish sharoitida keng doirada
o’tkaziladigan tajribalarda paykallarning kattaligi 100 dan 3000 m
2
gacha va undan katta
bo’ladi.
Paykalning shakli deyilganda, enining bo’yiga nisbati tushuniladi. Sug’oriladigan
dehqonchilik sharoitida paykalning eng qulay shakli paykal ening bo’yiga nisbati 1:10 - 1:15
bo’lganligi ma’kul bo’lib, uzunchoq to’g’ri burchak bo’lishi kerak bo’lgan holda uzun tomoni
nishablik bo’ylab joylashadi. Paykallarni bunday joylashtirishning sababi shundaki,
ko’pchilik hollarda tuproqning unumdorligi uchastkaning nishabligi bo’ylab o’zgaradi.
Paykalning eni chigit (urug) ekiladigan seyalkaning asosiy ish eniga muvofiq bo’lishi
kerak. Qator oralari 60 va 90 sm bo’lgan 4 qatorli va 8 qatorli chigit seyalkalarining ish eni
yuqoridagiga mos ravishda 2,4 va 3,6 m, 4,8 va 7,2 m bo’ladi.
Tajribaning har qaysi paykalida eni bo’yicha seyalkaning to’liq borib-kelishidan hosil
bo’lgan ma’lum sondagi qatorlar bo’lishi kerak. Bu bilan o’rganiladigan variantlar natijalarini
o’zaro taqqoslashga katta sharoit yaratiladi.
Yerga ishlov berish tajribalarida paykallarning minimal kengligi kamida 8 qatorni
tashkil etib, shundan 4 qatori hisobga olinadigan, 4 qatori himoya (paykalning har qaysi
tomonidan 2 qatordan) hisoblanadi.
Har qaysi paykalda 8-12-16 qator o’simlik joylashtirish maqbul hisoblanadi.
Paykallarning eni quyidagicha bo’lishi mumkin: qator orasi 60 sm bo’lganda 4,8 m - 8 qator,
shundan 4 qatori hisobga olinadigan, 7,2 m - 12 qator, shundan 8 qatori hisobga olinadigan,
9,6 m - 16 qator, shundan 12 qatori hisobga olinadigan; qator orasi 90 sm bo’lganda 7,2 m - 8
qator, shundan 4 qatori hisobga olinadigan, 10,8 m - 12 qator, shundan 8 qatori hisobga
olinadigan, 14,4 m - 16 qator, shundan 12 qatori hisobga olinadigan.
Paykalning uzunligi sug’orish egatining uzunligiga mos kelishi kerak. Paykal
o’rtasidan o’qariqlar ochishga ruxsat etilmaydi. Agar takrorliklar yaruslar bo’yicha
joylashtirilsa, o’qariklarni yaruslar o’rtasidan ochish kerak.
Tajriba takrorliklari (qaytariqlari). Paykalning katta-kichikligi, shakli va yo’nalishidan
tashqari, tajriba aniqligini oshirishda ularning takrorlanishi ham katta rol o’ynaydi, ya’ni
dala
Do'stlaringiz bilan baham: