4. Pichanzor va yaylovlarda dala tajribalarini o’tkazganda, shu zona uchun tipik
xususiyatlarga ega bo’lgan uchastkani tanlash juda muhimdir. Tajriba uchastkasining
o’simliklariga tavsif berish uchun paykalda o’suvchi o’simliklar geobotanik ko’rikdan
o’tkaziladi. Buning uchun tanlangan uchastkadagi o’simliklar to’lik ro’yxat qilinib, ularning
miqdori Remenskiy, Drude yoki har bir o’simlik og’irligining bir-biriga nisbatan og’irligini
foiz hisobida aniqlash orqali topiladi.
Pichanzor va yaylovlarda o’tkaziladigan tadqiqotning maqsadi va vazifasi, tajribada
qo’llaniladigan texnikaga bog’liq holda paykallarning maydoni tanlanadi. Amaliyotning
ko’rsatishicha, ishdagi eng yaxshi ko’rsatkichlar 4-6 takrorlikda, hisob maydoni 50-100 m
2
dan kam bo’lmagan tajribalarda olinadi. Lekin, tajribani bir jinsli maydonlarda o’tkazish
maqsadida hisob maydonini 4-6 takrorlikdagi tajribalarda 50 va hatto 25-10 m
2
gacha
qisqartirish mumkin. Ayrim holatlarda esa (tuproqlarga keng gabaritli mashina va qurollar
bilan ishlov berish tajribalarida) aksincha, tajriba hisob maydonini 400-500-1000 m
2
gacha
oshirish talab qilinadi. Bunda takrorliklarni 2 ta qoldirish mumkin, biroq har bir dalani 25-50
m
2
li qilib 2-3 ta hisob maydoniga bo’lish kerak. Bu hisob maydonchalari butun tajriba
davomida saqlanadi.
Pichanzor va yaylovlarda o’tkaziladigan tajribalarda paykalchalarni joylashtirishni
ilmiy tekshirish institutlari quyidagicha tavsiya etadi:
1. Kengaytirilgan zagon usuli. Har bir variant zagon ichiga joylashgan bo’ladi, tajriba
mustaqil zagon ichida o’tkaziladi. Yaylov ichida 6-8 ta zagon bo’ladi. Har bir zagon – yaylov
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
88
uchun boqishga tajriba o’tkaziladigan hayvonlar berkitiladi: hayvonlar o’tlatiladi.
Paykalchaning maydoni bir necha marta qisqartiriladi.
3. Bir zagon ichiga hamma variantlarni joylashtirish usuli. Tajriba o’tkazish uchun bir
yoki bir necha zagon olish mumkin. Har bir zagon ichiga hamma variantlar joylashgan
bo’ladi. Bunda bir guruh tajribaga mo’ljallangan hayvonlar ajratiladi. Bu usulning kamchiligi
– bir vaqtda hamma variantlarni chorva mollari boqishni talab qiladi. Chorva mollarini tanlash
muhimdir, ayniqsa, guruhda ularning soni, tajriba yaylovining maydoni va sonini e’tiborga
olish zarur. Rezerv uchun yaylov ajratib qo’yilishi shart. Zagonlar elektr to’siq bilan ajratilib
olinadi.
Pichanzorlarda va yaylovlarda tajriba o’tkazishda hosil yoppasiga yig’ishtirish usulida
yig’ib olinadi. O’tlar paykallar bo’yicha 6-7 sm balandlikda kasilka yordamida (kichik
gabaritli frontal motokasilka bilan o’rish qulay) o’rib olinadi. Har bir paykalchadan olingan
pichan tortiladi; botanik taxlilidan o’tkazish uchun har-har joydan 0,5 kg atrofida o’rtacha
namuna olinadi.
Har bir paykal bo’yicha o’rtacha quruq va havoda quritilgan o’tlarning og’irligi
aniqlanadi va uni bir gektardagi hosilga aylantiriladi.
Havoda quritilgan o’t hosilini 1 ga dagi hosilga aylantirishda quyidagi formuladan
foydalaniladi:
AD • 100
V-------------;
VS
bunda, A – o’rilgan o’t massasi, kg;
V – paykaldan olingan namuna bog’ massasi, kg;
S – paykal maydoni, m
2
;
D – quritilgandan keyingi namuna bog’ massasi, kg.
Masalan, 250 kg o’t (A) 200 m
2
paykaldan (S) o’rib olindi. Bu paykaldan olingan
namuna bog’ og’irligi (V) 1,2 kg, quritilgandan keyin (D) esa 0,435 kg bo’ldi. Bunda bir
gektardagi hosil quyidagicha bo’ladi:
250-0,435-100
V =-----------------------= 45,3 s.
1,2-200
Hosilni 16 % dagi standart namlikka o’tkazishda ushbu formuladan foydalaniladi:
U(YuO-V) 66 ;(100-30)
X=----------------- = ------------------ = 55 s/ ga
100-16 84
X – 16 % namlikdagi pichan hosili, s/ga;
V – namlik hisoblanmagandagi pichan hosili, s/ga;
V – quritilgandan keyingi pichan namligi, %.
Yaylovlarning hosilini hisoblashda ikki xil usuldan foydalaniladi:
1. O’rish usuli – chorva mollarini boqishdan oldin har joydan 2,5 m
2
maydonchaning
o’tlari o’rilib, tortiladi, quritiladi va undan quritib namligini aniqlash uchun 1 kg namuna
olinadi. Hosildorlik quruq holda gektariga aylantirilib hisoblanadi yoki oziqa birligi hisobida
yoki proteinga, oqsilga aylantirish koeffisiyenti orqali hisobga olinadi.
2. Zootexnik baho – umumiy oziqa birligi bir gektar hisobiga aylantiriladi. Chorva
mollarini boqish davrida mahsulotlar (sut, go’sht, tirik vazn o’sishi, jun va boshqalar) olishga
sarflangan ko’rsatkichlar hisobga olinadi. Olingan ma’lumotlar taxlil qilinib, bir kg sut, tirik
vazn, go’shtga ketgan oziqa birligi aniqlanadi.
Yakuniy ko’rsatkich bo’lib, yaylovdan oziqa birligi hisobida olingan va gektariga
aylantirilgan hosildorlik hisoblanadi. Bu ko’rsatkich varantlar bo’yicha taqqoslanadi.
Bulardan tashqari, bir qancha kuzatishlar olib boriladi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
89
Do'stlaringiz bilan baham: |