20–Mavzu
DALA TAJRIBASIDA VARIATLARNI JOYLASHTIRISH
USULLARI
Reja:
1.
Variantlarni standart usulda joylashtirish. Qo’yilgan tajribaning to’g’riligi ko’p
jihatdan takrorlik va variantlarni joylashtirishga bog’liq.
1.Variantlarni standart usulda joylashtirish.
2. Variantlarni sistematik usulda joylashtirish.
3. Rendomizasiya (tasodifiy) joylashtirishning o’ziga xosligi.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
96
Tajriba ishlari uslubida takrorliklarni joylashtirishning ikki xil ko’rinishidan, ya’ni
yig’ma (yaxlit) va sochma usullaridan foydalaniladi (4-rasm).
Yig’ma usulda barcha takrorliklar yaxlit bitta maydonda joylashtiriladi. Ular bir
biridan faqatgina bir va ikki yarusli ko’rinishida joylashganligi bilan farq qiladi.
Sochma usulda joylashtirilganda esa, takrorliklar bitta maydonning turli joylarida va
hattoki boshqa-boshqa maydonlarda ham joylashtirilishi mumkin. Lekin, kuzatish ishlarining
murakkablashishi tufayli tadqiqotlarda bunday usuldan kamdan kam hollarda foydalaniladi.
Variantlarni takrorliklar ichida joylashtirish asosan 3 ta: standart, sistematik va
tasodifiy usullarga bo’linadi (5-rasm). Tajriba maydonidagi tuproq unumdorlik darajasining
xilma xilligiga qarab variantlarni joylashtirishda u yoki bu usul qo’llaniladi.
Standart usulning o’zi ham o’z navbatida 3 guruhga ajratiladi: a) Yamb uslub; b)
Daktel uslub; v) Akademik Konstantinovning «qo’shaloq uslubi».
Standart usulida bitta yoki ikkita tajriba variantlari bilan nazorat varianti almashinib
keladi. Nazorat varianti bitta tajriba varianti bilan almashinib kelsa – «Yamb», ikkitasi bilan
almashinib kelsa «Daktel» usuli deyiladi.
Yamb grek tilidan olingan bo’lib, bir demakdir.
Daktel ham grekcha so’z bo’lib, ikki ma’nosini bildiradi.
Yamb va Daktel usullari nav sinash tajribalarida va boshqa ko’plab tajribalarda
qo’llaniladi. Chunki tajribada qanchalik ko’p nazorat varianti bo’lsa tajriba aniqligi shunchalik
yuqori bo’ladi.
Bu usullarning afzalliklari bilan birga qator kamchiliklari ham mavjud:
1. yonma-yon joylashgan qatordagi o’simlik yoki paykal hosili o’rtasidagi boqliqlik
darajasi aksariyat holatlarda aniq bo’lmaydi;
2. variantlar soni ko’p (10-12 ta) bo’lsa, bir biridan uzoq joylashgan o’simlik yoki
paykallarni taqqoslashda to’liq ishonch hosil bo’lmaydi;
3. tajriba paykallarining 33-50 % gachasi nazorat variantidan iborat bo’lganligi
tufayli ko’proq yer maydoni, o’simliklar miqdori, pararish qilish, kuzatishga ortiqcha mehnat
va xarajat sarflanadi.
Akademik Konstantinovning «qo’shaloq uslubi»da tajribada uchraydigan
xatoliklarni kamaytirish uchun tajriba sxemasida nechta variant bo’lishidan qat’iy nazar ikkita
nazorat varianti qo’llaniladi. Shuning uchun qo’shaloq uslub deb ataladi. Masalan, 1) nazorat,
2) N20(^40, 3) Ы
20
oRbo, 4) RLo, 5) ЫgooRedKbo 6)
t
24oR9oK
60
, 7) M
2
4oR12oKbo, 8)
nazorat.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
97
Do'stlaringiz bilan baham: |