110
o’g’itlash me’yori va muddatlari o’rganiladigan bo’lsa, hosil yetilishiga qarab, lekin barcha
paykallarda bir xil usulda yig’ib olinishi kerak.
Hosilni hisobga olishning 2 usuli: yoppasiga va namuna bog’larga ko’ra hisobga olish
usuli qo’llaniladi.
Hosilni yoppasiga hisobga olish usuli eng aniq usul bo’lib, ko’p dala tajribalarida
qo’llaniladi. Har bir paykaldagi barcha hosil alohida-alohida yig’ib olinadi va alohida
tortiladi.
Hosilni namuna bog’larga ko’ra hisobga olish yoki bilvosita usul yoppasiga ekiladigan
ekinlar (g’alla, zig’ir, o’tlar)da qo’llaniladi. Bunda hosili hisobga olinadigan paykaldagi
o’simliklar o’riladi yoki yulib olinadi va barcha hosil darhol tortiladi. Paykalning har 50-100
joyidan ikki bog’ (har biri 5-7 kg dan) o’simlik olinadi. Bog’lar juda aniq tarozilarda tortilib,
ularga etiketka (yorliq) osiladi. So’ngra ehtiyotlik bilan (nobud qilmay) daladan olib ketilib,
yaxshi shamollatiladigan binolarda quritiladi. Quritgandan so’ng bog’lar yana tortiladi,
yanchiladi va donining vazni aniqlanadi.
Keyin quyidagi formulaga muvofiq har qaysi paykaldan olingan donning vazni
hisoblab topiladi (kg hisobida):
V
X = A-----;
B
Bu yerda: A – har qaysi paykaldagi umumiy hosilning vazni (namuna bog’lar hosili
ham kiradi);
B – yangi o’rib olingan namuna bog’larning vazni;
V – namuna bog’lardan olingan donning vazni.
Ob-havo sharoitiga ko’ra, barcha hosilni quritib, tortish imkoniyati bo’lmagan hollarda
hosilni namuna bog’larga qarab hisobga olish usuli qo’llaniladi. Juda aniq tajribalar uchun bu
usul qo’llanilmaydi, chunki bunda yoppasiga hisobga olish usuliga qaraganda g’alla
o’simliklarida 5-7 % farq bo’ladi. Hisob yanada aniq bo’lishi uchun paykaldan 5-8 ta namuna
bog’ olish zarur. Biroq bunda ham hisoblash yengillashmaydi, agar imkon bo’lsa, yoppasiga
hisobga olish usulini qo’llash maqsadga muvofiqdir.
Hosilni namuna maydonchalariga ko’ra hisobga olish. Bu usul aniq dala tajribalari
uchun qo’llanilmaydi. Bunda hosil paykalning bir necha joyida uncha katta bo’lmagan
maydonchada hisobga olinadi. Bu usulda yo’l qo’yiladigan xato yoppasiga hisobga olish
usulidan 1,5 marta ko’p bo’ladi.
Shunday qilib, hosilni namuna bog’lar va namuna maydonchalarga ko’ra hisobga olish
usuli barcha hosilni yig’ib, tortish imkoni bo’lmagan taqdirda qo’llaniladi. Barcha dala
tajribalarini hosilni yoppasiga hisobga olish mumkin qilib o’tkazish kerak. 2-3 gektar
keladigan paykallarda tajriba o’tkazish asossizdir. 100-200 m kattalikdagi 2-3 ta
maydonchadagi hosilni hisobga olinadigan maydonchalar bir-biridan ancha narida bo’lib,
ularni taqqoslash qiyinlashadi, tajribaning aniqligi kamayadi va o’rganiladigan usul yoki
tuproq unumdorligiga ko’ra variantlar o’rtasidagi farqqa qarab yakun chiqarib bo’lmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: