2. Tajribada o’tkaziladigan kuzatishlar, taxlillar, o’lchashlar. Dala tajribasida
amalga oshiriladigan kuzatish va hisob-kitob ishlari avvaldan tuzilgan reja asosida bajariladi.
Kuzatish agronomiya fanida ilmiy tekshirishning mustaqil usuli hisoblanmaydi,
chunki u hodisalarning mohiyatini aniqlamaydi. Lekin, o’simlikning bir necha belgi-
xususiyatlari o’rtasidagi aloqadorlikni aniqlashga yordam beradi va ilmiy tekshirishning
asosiy usuli – tajribaning eng zarur qismi bo’lib, uni faol kuzatish deyiladi.
Tajribaning kuzatishdan va o’zaro aloqadorlikdan o’ziga xos farqli xususiyati
shundaki, bunda bo’lajak tekshirish ishining shart-sharoitini yaratish uchun oldindan fikr
yuritiladi. Bo’lajak tajriba natijasini oldindan ko’ra bilish ilmiy ishning eng qiyin va
mas’uliyatli qismi hisoblanib, u ilmiy xodimdan chuqur bilimdonlikni, ijodiy fikr yuritish,
hodisalarning aniqlanmagan yo’nalishlarini qidirish, ishda qobiliyatli, sabotli, tirishqoq
yangilik yaratish sari intilishni talab etadi. Tadqiqotchi fikri-zikrini yig’ib, tekshiriluvchi
masalaga yo’naltirishi, u haqda surunkali o’ylashi lozim.
Bilish nazariyasi jihatidan kuzatish bilan tajriba o’rtasida keskin farq mavjud bo’lib,
kuzatishda tashqi muhit ta’siri aks ettiriladi, u miyaga tashqaridan kirib, faktlar qayd qilinadi
– yoziladi, tajriba esa bizning ongimiz, tafakkurimizdan chiqadi va u faraz qilingan narsalarni
dalillar asosida amaliy jihatdan tekshirish orqali hal qilinadi (B.A.Dospexov, 1965).
Tajriba kuzatishga nisbatan ko’proq ustunlikka ega bo’lib, u tabiatdagi hodisalarning
ro’y berish qonuniyati sirini ochishga, hodisalarning mohiyati, kelib chiqish sababini
aniqlashga qaratilgan. Ulug’ olim I.P.Pavlovning ta’riflashicha - «Kuzatishda tabiat taqdim
qilganlar yig’iladi, tajribada esa tabiatdan o’zining maqsadiga mos keladigani, ya’ni keraklisi
ajratib olinadi».
Hodisalarni kuzatish har xil odamda har xil darajada bo’lib, u insonning tabiiy
qobiliyati, mashq qilish darajasi, oilaviy tarbiyasi va obyektni yaxshi bilishiga bog’liq. Aynan
shunday, bilimga tashna, unga qiziqqan va havasi zo’r inson eng qimmatli kuzatuvchi
hisoblanadi (A.L.Sanaqulov, 2003).
Tajriba ishida kuzatish 2 guruhga bo’linadi:
1. O’simlikni o’rab turgan tashqi muhitni, jumladan, ob-havo, tuproq va uning xili,
kimyoviy tarkibi, namlik va issiqligi, sho’rlanish darajasi, kasallik va zararkunandalar,
mikrobiologik va boshqa holatlarni kuzatish;
2. O’simlikning o’zini, nihollarning unib chiqishi, tup qalinligi, o’sish jarayonida
shox, novda, barg, gul va mevalar hosil qilishi, hosili, uning sifati va boshqalarni kuzatish.
Kuzatish jarayonida quyidagilarga ahamiyat berish zarur: u ma’lum maqsad asosida
olib borilishi va faol bo’lishi; kuzatiladigan obyekt yoki ko’rsatkichlarni to’g’ri tanlash va
asosiylariga birinchi galda ahamiyat berish; sezish organlarining xulosasiga ehtiyotkor bo’lish
bilan birga, texnika va asbob-uskunalardan ko’proq foydalanish, kuzatish tufayli yig’ilgan
ma’lumotlarni albatta yozib borish. Shuningdek, olingan ma’lumotlarning anik, xakkoniy va
ishonchli bulishi shart, aks xolda ular isbotlab beradigan kuchga ega bulla olmaydi. Bu fikr
ma’lumotlarning fakat arifmetik jixatdangina (masalan, sm, dona, s, t.) anik bulishi tugrisida
emas, balki ma’lumotlarning obyektiv xakkoniyligi tugrisida borayapti.
O’simliklarda asosan oddiy va fenologik kuzatishlar olib boriladi.
Oddiy kuzatishlar tekshiruvchining hohishi asosida tuziladi, masalan, 1 may, 5 may,
15 may, 25 may va hokazo.
Fenologik kuzatishlar o’simliklarning o’sishi va rivojlanish fazalari bo’yicha olib
boriladi. Fenologik kuzatishlarda fenologik fazalarning boshlanishi va tugash muddati
aniqlanadi. Paykaldagi hamma o’simliklarning 10 %i mazkur davrga (fazaga) kirishi shu
davrning boshlanishini, 75 %da bo’lishi tugashini ko’rsatadi. Fenologik kuzatishlarni bir kishi
doimo ma’lum bir vaqtda o’tkazishi kerak.
Tajribalar natijasi aniq bo’lishi uchun har bir variant va takrorliklarni bir-biridan aniq
farq qilish kerak, buning uchun paykallarga qoziq qoqiladi yoki tajriba mazmunini yorituvchi
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
108
yorliqlar o’rnatiladi. Yorliqlar ixcham, chiroyli qilib bo’yaladi, yozuvlari qisqa va aniq
bo’lishi kerak.
Tajribada o’simliklarda kuzatish va hisobot olib borish uchun har bir paykaldan 100 donadan
(model) o’simliklar ajratiladi. Bunda qator orasi ishlanadigan ekinlar uchun qator boshidan va
oxiridan 33 tadan, qator o’rtasidan 34 ta o’simlik olinadi hamda yorliq bilan belgilanadi.
Yoppasiga ekiladigan ekinlarda har bir paykaldan 1-2 m
2
maydon ajratilab, shunda kuzatish
ishlari olib boriladi. Hamma variantlarda ikki takrorlikda shu tartibda ish bajariladi (1 va 3
yoki 2 va 4- takrorliklarda). Butun vegetasiya davomida bu o’simliklarga teginilmasdan, faqat
kuzatish va hisobot ishlari olib boriladi.
Kuzatish va tajriba ma’lumotlaridan foydalanib, xodimni qiziqtiruvchi o’simlikning
ikki yoki ko’pchilik belgi-xususiyatlarini o’zaro taqqoslash orqali, ular o’rtasidagi bog’liqlik
(korrelyasiya) borligini aniqlash mumkin. Agar o’simlikning bir ko’rsatkichiga bog’liq
Do'stlaringiz bilan baham: |