Dunyo ayrim mamlakatlari va uyushmalarida energetika balansi (1998 y.)
AQSh
EES
Sobik sotsialistik mamlakatlar
Neft 35,5%
Ko’mir 10,5%
Tab.gaz 14,0%
Gidro va atom ener. 40,0%
54,5%
22,8%
16,6%
6,1%
36,7%
35,0%
17,9%
10,4%
Lekin ayrim mamlakatlarning yoqilg’i-energetika balansi o’z xususiyatiga ega. Masalan,
Italiyada gidroenergiya katta salmoqqa ega, chunki yoqilg’i juda kam.
Ruminiyada asosiy yoqilg’i tabiiy gaz va neft, chunki u yoqilg’iga boy.
Jahonning neft sanoati - hozirgi zamon industriyasining eng muhim tarmog’i bo’lib, uning
xo’jalik va harbiy ahamiyati beqiyosdir.
Dunyodagi mavjud aniqlangan neft zaxirasi (1993 yil) 150 mlrd.t. Kapitalistik mamlakatlarning
53 tasida neft qazib olinadi, 84 tasida qayta ishlanadi.
Neftning tekshirilgan zahiralarini ko’p qismi 8 ta yirik neft monopoliyalarining mulki yoki
ijaraga olgan hududida joylashgan.
Dunyoda neft zaxiralariining 86%i rivojlanib kelayotgan davlatlar hissasiga to’g’ri keladi. Fors
qo’ltig’i atrofidagi 5 ta davlatga 90 mlrd t neft zahirasi to’g’ri keladi. G’arbiy davlatlarning
malumotiga ko’ra sobiq Ittifoq neft zahiralari 8-10 mlrd t baholanadi. MDH davlatlari o’rtasida
Rossiyaning salmog’i 85%ni tashkil etadi.
Sobik Ittifoqni neft zaxiralari respublikalar bo’yicha quyidagicha taqsimlangan: Qozog’iston-
9%, Ozorbayjon-2,3%, Turkmaniston-2%, Uzbekiston -1%ni tashkil etadi.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida 50,0 mlrd.t. yoki kapitalistik dunyoning 66%i neft, to’g’ri
keladi, shu jumladan: Saudiya Arabistonida 45,8 mlrd t, Kuvayt-13,7 mlrd t, Eron-13,2 mlrd t, Iroq-
12,9 mlrdt, BAA-12,9 mlrd t
1991-1993 yilarda dunyoda neft qazib olish darajasi 3-3,1 mlrd t atrofida bo’lgan, lekin bu
ko’rsatgich ayrim regionlarda o’zgargan. MDH davlatlarida 450 mln t 1992 yilda, 1993 yilda -400
mln t. Ayniqsa Rossiya 390 dan-340 mln t neft qazib olish kamaygan. AQShda ham neft qazib olish
1999 yilda 340 mln t etgan.
Janubi-G’arbiy Osiyo davlatlarida hamda Norvegiyada neft qazib olish ko’paygan. Shuning
uchun 1-chi o’nlikka kiruvchi neft qazib oladigan davlat tarkibi 1993 yilda o’zgargan. Bularga
Saudiya Arabistoni (420 mln t), AQSh, Rossiya, Eron (185 mln t), Meksika (155 mln t), Xitoy (145
mln t), Venesuela (115mln t), Norvegiya (110 mlnt), BAA (110 mln t) va Nigeriya (95 mln t)
kiradi.
Dunyoda qazib olingan neftning 43%i OPEK
azo davlatlariga to’g’ri keladi.
Kapitalistik dunyoda neft qazib olinadigan rayonlar 4 ta ular hozir kapitalistik dunyoning 95%
neftini qazib olmoqda.
1) Shimoliy Amerika
2) Karib dengizi rayoni
3) Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlari
4) Shimoliy Afrika mamlakatlari
Shimoliy Amerika asosiy neft kazib olinadigan rayonlardan hisoblanadi.
54
AQSh (dunyoda ikkinchi o’rinda), 1993 yilda AQShda 370 mln t, 1990 yilda 430 mln t neft
qazib olingan. Keyingi uch yil ichida AQShda neft qazib olish kamaydi. Shuning uchun AQSh har
yili Venesuela, Kanada, Yaqin Sharq mamlakatlaridan 100 mln t neft sotib oladi. Shimoliy
Amerikada neft qazib olishda 2-chi o’rinda Meksika turadi. 1993 yilda Meksikada 155 mln t,
Kanadada 80 mln t neft qazib olingan. Lekin shuni ham aytish kerakki, Meksika va Kanada neftini
AQSh monopoliyalari nazorat qiladi.
Karib dengizi rayonida neft qazib chiqarishda 1-o’rinda Venesuela turadi. 1993 yilda 115 mln t
neft qazib olingan.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida 1993 yilda 810 mln t neft yoki kapitalistik dunyoning
40%dan ko’proq nefti qazib olingan.
Shu jumladan:
1) Eron - 155 mln t
2) Saudiya Arabistoni 325 mln t
3) Quvayt - 60 mln t
4) Iroq - 100 mln t
5) BAA - 105 mln t neft qazib olgan.
Yaqin va O’rta Sharq mamlakatlarida qazib olingan neftning 80%i eksport qilinadi.
Eksportning 50%i G’arbiy Evropa mamlakatlariga, 25%i Yaponiyaga to’g’ri keladi. Shimoliy
Afrika - neft qazib olinadigan eng yosh rayon bo’lib, bu erda neft sanoati Yaqin va O’rta Sharqka
nisbatan tez suratlar bilan rivojlanmoqda.
1993 yilda umuman Afrika bo’yicha 300 mln.t. neft qazib olingan. Asosiy rayonlari: Liviya -
65 mln.t., Nigeriya - 90 mln.t., Jazoir - 35 mln.t., Misr - 45 mln.t. Yuqorida ko’rsatilgan neft
rayonlari ichida Liviya neft rayonlari geografik jihatdan qulay bo’lib, dengizdan atigi 160 km
uzoqlikda joylashgan. Shuning uchun ham bu mamlakatda neft sanoati tez suratlar bilan o’sib
bormoqda.
Jahonda kapitalistik mamlakatlardan keyin sobiq ittifoq neft qazib olish bo’yicha muhim o’rinni
egalaydi. Sobiq Ittifoqda 1995 yilda 491 mln.t. neft qazib olingan bo’lsa,1984 yilda 603 mln.t.,
1988 yilda 603 mln.t. neft qazib olingan. Lekin sobiq ittifoqning bo’linib ketishi, neft qazib
olinishiga katta tasir ko’rsatdi. 1991 yilda jami 503 mln.t. neft qazib olingan.
Dunyodagi mavjud 700 dan ortiq neftni qayta ishlash zavodlarini katta qismi yuqori darajada
taraqqiy etgan. G’arbiy Evropa hamda rivojlanib kelayotgan davlatlarga to’g’ri keladi. Ularning
umumiy kuvvati 3,6 mlrd.t. Shundan AQSh 780, G’arbiy Evropa 720, Yaponiya 200, Lotin
Amerikasi 300, Yaqin va O’rta Sharq 950, Afrika 150 mln.t. quvvatga ega.
Dunyoda neftni qayta ishlashda tub o’zgarishlar yuz bermoqda. Ayniqsa, keyingi yillarda
rivojlanib kelayotgan davlatlar hududida katta siljishlar yuz bermoqda. Bu davlatlarda neftni qayta
ishlash zavodlarini quvvati keyingi yillarda 25%dan 40%gacha ko’paydi.
15 ga yaqin neftni qayta ishlash zavodlarini ishlab chiqarish quvvati 15 mln.t. Shundan 50 %i
Singapur, Saudiya Arabistoni, Venesuela hissasiga to’g’ri keladi.
Eng yirik neftni qayta ishlash zavodlariga ega (quvvati 30 mln.t.bo’lgan) OPEKga qarashli
davlatlarda 400 mln.t. neft qayta ishlanishi kerak. Hozirgi vaqtda Saudiya Arabistonida – 30 mln.t.,
AQShda – 30 mln.t., Kuvaytda - 15 mln.t. neftni qayta ishlash quvvatiga ega bo’lgan ulkan
zavodlar mavjud.
Jahon bozoriga har yili 1,2 mlrd.t dan ko’proq neft va neft mahsulotlari kirib keladi. Jahon
bozorini eksportning uchdan ikki qismini Yaqin va O’rta Sharq davlatlari taminlaydi. Bundan
tashqari eksport qilishda keyingi 10 yil ichida Rossiya, Venesuela, Meksika, Liviya, Nigeriya,
Jazior salmog’i o’sib bormoqda.
Keyingi yillarda Rossiyada neft qazib olish salmog’i kamayib borayotgan bo’lsa ham, eksport
salmog’i o’sib bormoqda. Masalan: 1992 yili Rossiya hududidan 66 mln.t. neft (8,5 mlrd. dollar)
eksport qilingan.
Do'stlaringiz bilan baham: |