Nazorat uchun savollar:
Eng kuchli metallmas ftor F2 nima uchun faqat oksidlovchi deyiladi?
Galogenlarning bir-birini siqib chiqarish reaksiyalariga misollar keltiring.
Davriy jadvalda turgan o’rni bo’yicha galogenlar bir-birini siqib chiqarishlarini tushuntiring.
Labaratoriya ishi- B: Xlorid kislota, galogenid kislotalarning tuzlari va yod uchun sifat reaksiyalarini olib borish.
Maqsad: moddalar tarkibidagi galogen ionlarni o’ziga xos reaksiyalar yordamida aniqlash.
Jixozlar: tomchi analizi uchun planshet va to’plam, polipropilen menzurka, 150ml li propilen stakan, shisha tayoqcha, plastik taglik, electron tarozi, pipetka, kolba qizdirgich.
Reaktivlar: xlorid kislotaning (1:5) nisbatdagi suyultirilgan eritmasi, natriy xlorid eritmasi, kraxmal kleysteri, yodning spirtdagi suyuq eritmasi, qo’rg’oshin atsetat tuz eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |