Xlorli suvni tayyorlash:
(O’qituvchi tomonidan mo’rili shkafda bajariladi)
Gaz olish asbobidagi probirkaga quruq kaliy permanganat tuzidan 2-3 g solinadi.
Ustiga 5ml konsentrlangan xlorid kislota quyiladi.
Ajralib chiqayotgan xlor gazi naycha orqali distillangan suvli idishga yuboriladi.
Ishni bajarish tartibi:
I . Kaliy bromid hamda kaliy yodid eritmalariga xlorning ta’siri.
Ikkita probirka olib, ularning biriga KBr eritmasidan, ikkinchisiga KJ eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi.
Har ikkala probirkadagi eritmalar ustiga xlorli suvdan 1-2 tomchi tomizilib chayqatiladi.
Talaba (o’quvchi)lar sodir bo’lgan hodisalarni kuzatib, tegishli reaksiyalarning tenglamalarini yozadilar
II. Kaliy yodid eritmasiga bromning ta’siri.
Probirkaga kaliy yodid eritmasidan 3-4 tomchi tomiziladi.
Ustiga bromli suvdan 1-2 tomchi qo’shib chayqatiladi.
Talabalar sodir bo’lgan o’zgarishlarni kuzatib, reaksiya tenglamalrini yozadilar .
Do'stlaringiz bilan baham: |