Давлатов Алишер 4-51 грурух


Piyozni o’g’itlash va sug’orish



Download 1,37 Mb.
bet11/19
Sana14.07.2022
Hajmi1,37 Mb.
#795769
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Piyozning juda ertapishar “Bahoroy” navining yetishtirish muddatlari

2.4. Piyozni o’g’itlash va sug’orish.
Piyozdan yuqori va sifatli yaxshi saqlanadigan hosil olish uchun ekinlarni o’z vaqtida va to’g’ri o’g’itlash lozim. (V.Zuyev, A.Abdullayev, 1977 y). Bu masala bo’yicha quyidagilarni tavsiya etadilar.
O’g’it berish har bir gektar yerdan 20,00-23,00 t hosil olish uchun quyidagi miqdorda mineral ozuqalar berish: bo’z tuproqli yerlarning gektariga 200 kg azot, 160 kg fosfor, 80 kg kaliy, fosforli hamda mineral moddalar bilan ham taminlangan yerlar uchun mo’ljallangan, shu boisdan ularni o’simliklarni talabiga va holatiga qarab moslab borish kerak. (Nuriddinov A.I., Boqiyev A.B., 1987 y).
Piyozni o’g’itlashda o’simliklarni tuproqdan ozuqa elementlarini olishiga e’tibor berish lozim.
Solinadigan o’g’itlar va ularni me’yori belgilashda piyoz ekinlarining mineral ozuqa olishi va tovar hosil qilishi, hamda ularni nisbati hisobga olinadi (jadval 13.).

2.4.1-Jadval .


Sabzavot ekinlarining mineral oziqa olishi va tovar hosil qilishi hamda ularning nisbati
(B.J.Azimov, X.CH.Bo’riyev, B.B.Azimov, 2001 ma’lumotiga ko’ra)



Ekinlar

Hosil, ga/t

1 ga dan olingan miqdori, kg

1 s hosil uchun kecha-kunduzda o’rtacha olishi, g.

NP2O5K2O taxminiy nisbati

N

R2O5

K2O

N

R2O5

K2O

Boshli piyoz

25

111

29

53

4,4

1,2

2,1

6:1:3

O’zbekiston sharoitida quyidagilarni tavsiya etadilar.O’g’itlashda 1 t hosil olish uchun yerga 10,6 kg azot, 7,3 kg fosfor, 3,6 kg kaliy solish zarur. Planlashtirilayotgan hosil tuproqning hili qo’llaniladigan agrotexnika o’tmishdagi o’simliklarga qarab o’g’itlar to’g’risidagi bo’limda aytilganidek, tegishli o’zgarishlar kiritiladi.


O’g’it berish muddatlari: yillik fosfor normasining 75 % ni va kaliy dozasining hammasi kuzgi shudgorga fosforning qolgan qismi ekish oldidan boronalash davrida beriladi. Azotli o’g’itlar teng ikki qismga bo’linib har qismi o’toqdan keyin bitta-ikkita chinbarg paydo bo’lganida, ikkinchi qismi piyozchalar tugilib kelayotgan mahalda solinadi.
O’zbekistonning sug’oriladigan yerlari sharoitida piyozni yuqori agrotexnika asosida o’stirish va o’z vaqtida to’g’ri sug’orish – piyozni uzoq saqlashda muhim rol’ o’ynaydigan omillardan hisoblanadi. Hosilni yig’ishtirish oldidan kechiktirib sug’orilgan piyozning yetilishi ham cho’ziladi, bunday piyozni ancha uzoq quritishga to’g’ri keladi, u saqlanadi, zamburug’ kasalliklariga ham bardosh bera oladi. Sernam piyozda tinim davri qisqaradi va u tez o’sa boshlaydi. Quritilganda sirtqi po’sti boshdan oson ajraladi, yalang’ochlangan piyoz saqlanganida tez o’sib ketadi va chiriydi. SHuning uchun uzoq saqlashni hosil yetishtirishga tushishdan 2-3 hafta ilgari to’xtatish lozim.
Cho’ziq uchli piyoz navlari yaxshi saqlanadi, ular haroratning o’zgarishini yengil o’tkazadi, noqulay sharoitlarga piyoz omborining gaz tarkibiga yaxshi chidaydi va hokazo. (A.Martinenko, A.Rasulov 1969 y. A.I.Nuritdinov, A.B.Boqiyev 1987 y). Bu masala bo’yicha quyidagicha sug’orishi usullarini tavsiya etilgan.
Piyoz ildizi yer yuzasida joylashganligi uchun tuproq namligi va oziqasiga talabchan. Bir tonna hosil olish uchun tuproqqa 10,6 kg azot, 7,3 t fosfor, 3,6 kg kaliy solish zarur. Bo’z tuproqlarda gektariga 200 kg azot, 150 kg fosfor, 75 kg kaliy; o’tloq va o’tloqi botqoq tuproqlarda 160 kg azot, 160 kg fosfor, 80 kg kaliy mineral o’g’itlarni solish lozim. Fosfor yillik me’yorining 75 % hamda kaliyning hammasi shudgorlash oldidan, fosforni qolgan 25 % ekisholdi yoki ekishda beriladi. Azotli o’g’itlarning 50 % o’toqdan so’ng 1-2 chinbarglik davrida, qolgan 50 % piyozboshlar shakllanish davrida solinadi. (V.Zuyev, O.Qodirxo’jayev, M.Adilov, U.Akromov, 2010 y)
Piyoz urug’lari unib chiqayotgan va piyozchalar tugilib kelayotgan mahalda namga talabchan bo’ladi, piyozlar yetilib qolgan paytda namga bo’lgan talabi kamayadi. SHu sababli piyozchalar hosil bo’la boshlaguncha ko’proq namligini dala namlik sig’imining 80 % piyozchalar shakllanib kelayotgan davrda esa 80-90 % atrofida saqlab turishi tavsiya etiladi.
Avgust va sentyabr oylarida piyoz yoppasiga va qalin unib chiqish uchun suvni singib boradigan qilib (jo’yaklarning obdon nam bo’lguncha ) beriladi. Piyoz barra bo’lguncha tuproqni nam holda saqlanadi. Avgustda ekilgan piyozni kuzda ikki-uch marta, sentyabrda ekilganini bir-ikki marta sug’oriladi.
Piyoz kuzda va erta bahorgi muddatlarda ekilgan bo’lsa, yog’in-sochin bo’lmay qolgan mahalda yerga sindirilgan qilib sug’oriladi. Birinchi suv baxorgi yog’ingarchiliklar to’xtagach beriladi. Bahorning oxiridan piyoz tugiladigan davrgacha, sizot suvlari chuqur joylashgan bo’z tuproqli yerlarda oradan 7-10 kun o’tkazib sug’orib turiladi. Iyulning ikkinchi yarmida (piyoz boshlarining o’sishi to’xtaydigan davrda) oradan 12-14 kun o’tkazib suv berib boriladi va hosilni yig’ishtirib olshga bir oy qolganida sug’orish to’xtatiladi.(V.Zuyev, B. Azimov, X. Umarov 1978).
Vegitatsiya davri mobaynida piyoz xammasi bo’lib 18-20 marta sug’oriladi. Sug’orish normasi piyozchalar hosil bo’ladigan mahalgacha gektariga 400-4500 m 3 va piyozchalar hosil bo’lib kelayotgan davrida 300-600m3 dir. Ana shunday namlik piyozdan yuqori hosil yetishtirishga imkon beradi. (Balashev N.N., Zeman T.O. 1977 y ) bu masala bo’yicha shunday tavsiya ekishgan.
Piyoz bargining satxi kichik bo’lganligi uchun suvni kam bug’lantiradi. Piyoz ayniqsa urug’ning unishi va piyoz boshi shakllanish vaqtida namni ko’p talab qiladi. O’suv davrining oxiri yetilish vaqtida uning suvga talabchanligi keskin kamayadi. Bu vaqtda nam ko’p bo’lsa, piyozboshining yetilishi kechikadi va u yaxshi saqlanmaydi. Avgustda ekilgan piyoz kuzdayoq, kech kuzda va bahorda ekilganlari esa aprel oyidan boshlab, bahorgi yog’ingarchilik to’xaganidan keyin sug’oriladi. yer osti suvlari chuqur joylashgan bo’z tuproqli yerlarda piyoz may-iyun’ oylarida xar 8-10 kunda bir marta sug’oriladi. So’ngra piyozbosh esishdan to’xtaganda xar 12-15 kunda sug’orilib pishishga bir oy qolganda esa to’xtatiladi. yer osti suvi chuqur joylashgan bo’z tuproqli yerlarga ekilgan piyoz taxminan 12-13 marta yer osti suvi 1-2 m chuqurlikda joylashgan uchastkalarda 7-9 marta sug’oriladi.
Piyozni avgustda ekilganing bir qismi, odatda erkaklab gulpoya chiqadi. Ularni o’z vaqtida olib tashlanmasa piyozboshi mayda bo’lib hosili kamayadi. YUqorida yozilganlarni hisobga olib piyoz mahsulotini sifatli tovarbop, saqlanuvchan bo’lishini taminlash uchun sug’orish va o’g’itlash tadbirlarini o’z vaqtida va belgilangan me’yorida o’tkazish muhimdir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish