DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 27 -
bo'lgan, ya'ni mamlakat qirollik xonadonining xususiy mulki hisoblanadi. Saud
sulolasining kelib chiqishi XVIII asrga borib taqaladi.
Hozirda Saudiya Arabistoni hukmronlik sulolasi sharafiga nom berilgan uchta
davlatdan biridir. Bular: Iordaniya Hoshimiylar Qirolligi (Hoshimiylar sulolasi
hokimiyatda) va Lixtenshteyn knyazligi (von und zu Lixtenshteyn knyazlari mulki)
Salvador - Ispan tilidan "xaloskor". Iso Masih sharafiga nomlangan.
Samoa - Samoaliklar tilida "Moa" so'zi "markaz" yoki "tovuq" degan ma'noni
anglatadi. Shunday qilib, davlatning nomi samoa tilidan "koinotning muqaddas
markazi" yoki "moa joyi" (moa - tovuqga o'xshash mahalliy parranda) deb tarjima
qilinishi mumkin.
San-Marino - afsonaga ko’ra, 301-yilda o'z nomi bilan ataluvchi shaharga asos
solgan Avliyo Marino sharafiga. ('San' so’zi inglizcha 'Saint' - "avliyo" so’zining
talaffuzdagi shaklidir)
Seyshel orollari - Frantsiya qiroli Lyudovik XV ning moliya vaziri bo'lgan Jan
Moro de Seyshel sharafiga.
Singapur - bu nom malay tiliga sanskrit tilidan kirib kelgan 'Singapura' degan
so'zdan kelib chiqqam va "sher shahri" degan ma'noni anglatadi. Sanskrit tilida siṃha
(स िंह) so'zi "sher", pūra ( ) esa "shahar" degan ma'noni anglatadi (bu qo'shimcha
Hindistonning ko'pgina joy nomlarida ham keng tarqalgan). Shunisi qiziqki,
Singapurda arslonlar yo‘q. Afsonalarga ko‘ra, Sumatra shahzodasi Sang Nila Utama
Singapurda ovga chiqib, qandaydir yirtqichga duch kelgan va uni sher (singa) deb
o‘ylagan - orol nomi shu tariqa kelib chiqqan.
Sloveniya - umuman olganda, bu toponimning asosi "slavyan" nomiga borib
taqaladi. "Slavyan" so'zi slavyan tilida "bizning tilda so'zlaydiganlar" ma'nosini
anglatgan (slavyan tillariga kiruvchi rus tilidagi "слово", "православ" so'zlarini
eslang). Slavyanlar o'zining tilida gapirmaydiganlarni "Nemec" (немец) deb atashgan.
Shuning uchun ham hozirgi Germaniya aholisini inglizlar "German" desa, ruslar
"немец" deyishadi (boshqa slavyan tillarida ham shunga o'xshash versiyalar).
Somali - bu toponim davlat va Afrikaning sharqidagi xuddi shu nomdagi yarim
orolga tegishli bo'lib, mavjud hisob-kitoblarga ko'ra, mamlakat aholisining asosiy
etnik guruhi bo'lgan Somali etnonimi nomidan kelib chiqqan va kushit tilidan(afro-
osiyo tillar oilasiga kiradi) "qora" degan ma'noni anglatadi.
Suriya - bu nom qadimda Old Osiyoda mavjud bo'lgan Ossuriya davlati
nomidan kelib chiqqan.
Surinam - Niderlandiyaning sobiq mustamlakasi hisoblanmish Niderlandiya
Gvianasi 1975-yilda o'z mustaqilligini e'lon qildi va "Surinam" nomini oldi. Bu nom
Do'stlaringiz bilan baham: |