DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 35 -
mo’g’ul bosqini arafasida, Xorazmshohlar davlati davrida ro’y berdi deb hisoblaymiz.
Bosqindan so’ng bu hududda o’rnashgan mo’g’ullar ham ko’p vaqt o’tmay, mana shu
shakllanib ulgurgan turkiylar tarkibiga singib ketdilar. Zero, mo’g’ul qo’shinining
asosini ham turkiy urug’lar tashkil etgani uchun bu jarayoyon juda oson kechadi. Shu
o’rinda mo’g’ul bosqinidan so’ng Amir Temurning parokanda o’lkani yagona
hokimiyatga bo’ysundirishi bilan bog’liq faoliyati mahalliy xalq birligini kuchaytirishga
birlamchi asos bo’lganini unutmasligimiz kerak. Bu paytga kelib davlat hujjatlarini
yagona turkiy tilda yozish rasmiy tus oldi. Bobur mirzo yashagan davrga kelib,
“turkiylar” deganda Amudaryoning janubiy qirg’og’i tevaragida, ikki daryo oralig’ida,
Dashti Qipchoqning janubida yashovchi mahalliy aholining asosiy qismi anglanardi.
Bobur mirzo va boshqa temuriylar shu xalqqa mansub edilar.
O’sha davrdagi o’zbeklar esa mo’g’ullar bosqinidan so’ng Dashti Qipchoq va
Oltin O’rdada yashagan turkiy urug’laridan iborat birlashma edi. Ularning nomini
ko’pchilik tadqiqotchilar Oltin O’rda xoni O’zbek (1312-1342) nomi bilan bog’lashadi.
Bu albatta, g’irt asossiz bir gapdir. Xo’sh, ”o’zbek” so’zining etimologiyasi, «o’zbek»
atamasi qachon va qanday paydo bo’lgan. Bu haqda turlicha qarashlar mavjud.
Mening o’ylashimcha, bu atama qadimiy ajdodimiz O’g’izxon nomi bilan bo’g’liq
bo’lib, «O’g’izbek» so’zining «o’zbek» bo’lib ketgan shakli bo’lsa ajabmas. Nima
bo’lgandayam, «o’zbek» atamasi juda qadimiy davrlarga borib taqaladi.
Miloddan oldingi XII asrga taaluqli Ash-Shira (Ossuriya) bitiklari (O’rta)
Osiyoning bepoyon dashtlaridan bostirib kirgan skiflar (iskitlar) bosqini haqida xabar
berar ekan, bu jangovar ko’chmanchi qabilalar nomini ishgauz, ularning boshlig’ining
ismini Ispak deb ma’lum qiladi. Turkiy xalqlar tarixi bilan juda yaxshi tanish bo’lgan
odam “ishgauz” degan nom aslida “o’g’iz” nomi bilan bog’liqligini, bu nom «icho’g’iz»
ekanini tezda payqaydi.
Ma’lumki, yigirma to’rt urug’dan iborat bu turkiy qabila (uyushma) ikki yirik
guruhdan iborat bo’lib, biri «icho’g’iz» («ichki o’g’iz», ikkinchisi «tasho’g’iz» (tashqi
o’g’iz) deb nomlangan.
«Icho’g’iz» nomining As-Shira bitiklaridagi “ishgauz” so’ziga naqadar
o’xshashiga e’tibor bergan bo’lsangiz kerak. O’sha qadimiy bitiklaridagi Ispak so’ziga
kelsak, ash-shiraliklar bosqinchilarning o’zlariga begona, noma’lum ismlarini buzib
yozishlari tabiiy. Aslida esa skiflar boshlig’ining ismi O’g’izbek yoki shu ismning
qisqargan shakli – “O’zbek” («O’zbak») bo’lganiga shubha yo’q (qolaversa, yon-
atrofdagi boshqa xalqlar ham o’zbeklarni «ozbak” deb atashini e’tiborga olsak, bu
fikrimiz qat’iylashadi). Tarixda bunday buzilishlar juda ko’p uchraydi. Ajdodlarimiz –
saklar, massagetlar va ularga mansub qahramonlar nomi yunon muarrixlari asarlari
orqali buzilib etib kelgan. Bu ismlarning aslida qandayligini bilmaymiz. Qolaversa,
muarrix notanish tilda ishlatgan ismlarning ba’zan naqadar buzilishini juda yaqin
o’tmishimizdan misol bilan isbotlamoqchiman. Xorazmlik buyuk muarrix Bayoniy
ruslarning Xiva shahrini bosib olish bilan bog’liq voqealar bayonida Chor Rossiyasi
Do'stlaringiz bilan baham: |