DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 37 -
ma’lumotlar bor. Ayni O’g’uzxon davrlarida qavmlarga (oilalarga) nom berilgan:
uyg’ur, qorliq, qibchoq, qang’li…(bu tarixga qiziqqanlar Mirzo Ulug’bekning “To’rt
ulus tarixi” asaridan bahramand bo’lsalar durust). Bizningcha «o’zbek” – O’g’uz begi
demakdir. Ya’ni O’g’uzxon saroyiga yaqin oila shunday atalgan. Bu hol Yevropada
ham bo’lgan. Masalan, Rossiyada «dvoryanin” degan tabaqa bo’lgan, ya’ni
“приближенный к царственному двору” – podsho saroyiga yaqin bo’lgan kishi.
Yana Yevropada lord, gersog, baron… kabi tabaqalar borki, barchasi hukmdorga
qanchalik yaqinlikni ajratib turadi. O’g’uz beklari ham saroyga shunday yaqin
bo’lganlar.
Tarixchi olimlarimiz o’zlarining Yakubovskiy, Bartolt, Bertels kabi ustozlarining
aytganlarini mahkam ushlab olmasdan asl manbalarni o’rganib, tahlil qilib fikr
yurutsalar durust bo’lardi. Bizning tariximizni o’rganib, kitob yozganlari uchun u
zotlardan minnatdormiz. Biroq bu borada bir haqiqat mavjud: bir millat tarixini
o’rganib baho berayotgan boshqa millat vakilining bayon etilgan fikrida albatta o’z
millati manfaati yotadi. Ana shu manfaat xolislik yo’lini to’sadi.»
Shuningdek, «o’zbek» so’zi etimologiyasining o’g’uz so’zi bilan bog’liqligi
xususida tarixchi olimlar N.Norqulov va O’.Jo’raevlar sakkizinchi sinflarning
«O’zbekiston tarixi» darsligida aytib o’tgan nuqtai nazari ham mavjud.
Yuqoridagi keltirilgan «o’zbek» atamasining kelib chiqishi bilan bog’liq bir
farazning bir necha shaxs tomonidan bir xil asosga tayanib bildirilishi bejiz bo’lmasa
kerak. Menimcha, bunda aniq bir tarixiy haqiqat namoyon bo’lmoqda."
8-sinf "O'zbekiston tarixi" darsligida esa quyidagicha ma'lumot berilgan.
Movarounnahr va Xorazmda o‘zbek xalqi IX — XII asrlarda shakllangan. To'g'ri,
bu hududlarda yashagan ajdodlarimiz XVI asrgacha hali yoppasiga o'zbeklar deb
atalmaganlar. Qadim-qadimdan tarixiy turkiy etnik guruhlar nafaqat bizning ona
zaminimizda, balki boshqa o'lkalarda, shu jumladan, Dashti Qipchoqda ham uzoq
yillar davomida yashab kelganlar. Dashti Qipchoqni XIII asr boshlarida zabt etgan
mo‘g‘illar bu o‘lkada yashovchi turkiy qabilalar tarkibiga singib ketganlar va o'z
milliyligini yo‘qotganlar. Shayboniylar yurtimizni egallagach esa Dashti Qipchoqda
yashovchi turli o'zbek qabilalari Movarounnahr va Xorazmga kо'chib kela
boshlaganlar. Bu hodisa Vatanimiz hududidagi etnik jarayonga ta’sir etmay qolmagan.
Chunonchi, XVI asrdan boshlab Dashti Qipchoqda ham yashovchi o‘zbek qabilalari
ko‘chib kela boshlagach, yurtimizda o‘zbek xalqining tarkibi kengayib bordi.
Ikkinchidan, ko‘chib kelgan turli o‘zbek qabilalari iqtisodiy va madaniy taraqqiyot
jihatidan o‘zlaridan ustun bo‘lgan mahalliy qardoshlari bilan tabiiy suratda
yaqinlashdilar. Uchinchidan, ular o‘troq hayotga moslashib, shu turmush tarziga xos
hamma ijobiy jihatlarni qabul qildilar va bora-bora Movarounnahr va Xorazmda
avvaldan yashab kelayotgan qardoshlari tarkibiga singib ketganlar. Faqat hukmron
qabila sifatida ulardan mahalliy aholiga "o‘zbek" degan etnik nom o‘tgan, xolos. Shu
tufayli, XVI asrdan boshlab Movarounnahr va Xorazmning mahalliy aholisi ham
Do'stlaringiz bilan baham: |