DAVLATLAR NOMLARINING ETIMOLOGIYASI
BOBURJON MAVLONOV
- 29 -
Tanzaniya - toponim bu mamlakatni tashkil etuvchi ikki davlat - Tanganika va
Zanzibar nomlarining qo'shilishidan hosil bo'lgan. Tanzaniyaning ikkita poytaxti bor:
ma'muriy markazi - tarixiy poytaxti Dor us-Salom, qonun chiqaruvchisi esa 1970-
yillarda hukumatning asosiy organlarni o'tkazilgan shahar Dodoma.
Tonga - Polineziyaning ko'plab tillaridan tarjima qilganda Tonga so'zi "janub"
degan ma'noni anglatadi. Okeaniyada joylashgan bu arxipelag nomini Samoa
orollaridan janubda joylashganligi tufayli olgan. Tonganliklar o'z mamlakatlari nomini
"bog'" deb tarjima qilishadi Ingliz sayohatchisi Jeyms Kuk arxipelagni 1773-yilda
"Do'stlik orollari" (ingl. Friendly Islands) deb atagan.
Trinidad va Tobago - davlat nomi mamlakatning asosiy hududini tashkil etuvchi
ikkita orol nomidan olingan. Trinidad (isp. "La Isla de la Trinidad" - "Uchlik oroli")
oroliga bu nomni X.Kolumb uchinchi safariga chiqishidan oldin bergan. "Tobago" -
mahalliy aholi chekadigan tamaki sharafiga.
U
Uganda - bu toponimni 1894-yilda britaniyaliklar bu hududni bosib olgach
ishlatishgan. Ungacha bu hududning nomi Buganda bo'lgan. Ikkala nomning ham
etimologiyasi bir xil. Toponimdagi u- prefiksi suaxili tilida hududni ifodalash uchun
ishlatiladi. "Ganda" asosi esa mamlakatning eng ko'p sonli xalqlaridan biri bo'lgan
Bantus xalqining nomidir, ya'ni mamlakat “ganda xalqining mamlakati” degan
ma'noni anglatadi.
Ukraina - slavyan tilidan "chegara hududi" degan ma'noni anglatadi (rus tilidagi
"окраина" so‘zini eslang). Rus tilida aksar davlat nomlari jo‘nalish va o‘rin-payt
kelishigi (винительный и предложный) da tuslanganda "в" predlogi(old ko'makchi)
ishlatiladi. Ukraina so‘zi bilan esa "на" predlogi ishlatiladi. Bu ham ushbu so‘zning
"окраина" dan hosil bo‘lganiga isbot. Chunki "окраина" bilan ham "на" predlogi
ishlatiladi)
Urugvay - Mamlakat o'z nomini Urugvay daryosi sharafiga oldi, uning nomi, o'z
navbatida, Guarani hindularining tilidan kelib chiqqan va "rang-barang qushlar
daryosi" deb tarjima qilingan.
V
Vatikan - Italiya hududida anklav tarzida joylashgan, dunyodagi eng kichkina
davlat hisoblangan bu mamlakatning nomi lotincha "Vaticanari" - "bashorat qilmoq"
so'zidan olingan. Bu nom o'zi joylashgan Mons Vaticanus tepaligi nomidan olingan.
Bu tepalik yonbag'ridagi ko’chada Rim imperiyasi davrida folbinlar va bashoratchilar
yashaganligi bunday nomlanishga sabab bo'lgan.
Venesuela - ispanchadan - "kichik Venetsiya". 1499-yilda Alonso de Oxeda
boshchiligidagi Ispaniya ekspeditsiyasi hozirgi Venesuela qirg'oqlariga suzin borib, u
Do'stlaringiz bilan baham: |