4. Davlat byudjeti defitsiti
va uni moliyalashtirish
Nazariy jihatdan olib qaralganda davlat byudjetining sog’lom (normal)
faoliyat ko’rsatishi unga tegishli bo’lgan daro-madlar va xarajatlarning tengligini
taqozo etadi. Haqi-qatdan ham u yoki bu miqdordagi xarajatlarni amalga oshirish
uchun davlat byudjeti shu miqdordagi daromadlarga ega bo’lishi kerak. Aks holda
bu xarajatlarni to’la amalga oshirishning iloji bo’lmaydi. Davlat byudjeti
daromadlari va xarajatlari miqdorlarining o’zaro tengligi davlat byudjetining
muvozanatlashtirilganligidan (balanslashtirilganligidan) dalolat beradi.
Amaliyotda davlat byudjeti daromadlari va xarajatlari hajmlarining
tengligiga hamma vaqt ham erishilavermaydi. Ayrim hollarda davlat
byudjetiningdaromadlari uning xara-jatlaridan ko’p bo’lishi mumkin. Bunday
davlat byudjeti profitsitli davlat byudjeti deyiladi. Aksincha, ba’zi hollarda esa
davlat byudjetiningxarajatlari uning daromadlaridan ko’proq bo’ladi. Shunga
muvofiq ravishda davlat byudjeti xarajatlarining davlat byudjeti daro-madlaridan
ko’p bo’lishi davlat byudjeti defitsiti deyiladi.
Boshqa hollar teng bo’lgan sharoitda, davlat byudjeti defitsiti vujudga
kelishining eng umumiy sabablari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:
iqtisodiyotni rivojlantirish uchun yirik hajmdagi davlat kapital
qo’yilmalarini ishlatish amaliyotining mavjudligi;
favqulodda hodisalar yuz berishi;
iqtisodiyotdagi inqiroz holatlar, uning emirilishi;
moliya-kredit tizimlarining etarli darajada samarali emasligi;
hukumatning mamlakatdagi moliyaviy holatni etarli darajada nazorat
qilolmasligi;
ijtimoiy ishlab chiqarishning samaradorligi nisbatan pastligi;
tashqi iqtisodiy aloqalarning natijasi nomaqbul ekanligi;
davlat byudjeti xarajatlari tarkibiy tuzilishi (strukturasi)-ning oqilona
emasligi;
mamlakat miqyosida mavjud bo’lmagan mablag’lar hisobidan yashashga
intilish;
280
harbiy xarajatlar darajasining nisbatan kattaligi;
real ichki imkoniyatni etarli darajada hisobga olmagan holda boshqa
mamlakatlarga yordam berilishi;
davlatga iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivoj-lantirishga rag’batlantiruvchi
sifatida foydalanish imkonini bermaydigan va etarli darajada samarali bo’lmagan
davlat byudjeti mexanizmining mavjudligi;
boshqa sabablar.
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelganda unga nisbatan stra-tegik
yondashuv (strategiya) quyidagi holatlarga alohida e’tibor berilishini taqozo
etadi:
davlat byudjeti defitsitining mavjudligini matematik yo’l bilan hal qilishga
harakat qilmaslik kerak. Chunki, bu holda iqtisodiyotning “davolanish”i o’rniga
“kasalligi” kuchayadi;
davlat byudjetiningbalansliligi, daromadlarning xarajat-lardan ko’pligi
ba’zan iqtisodiyotning sog’lom va uzluksiz rivojlanayotganligidan dalolat bermaydi;
davlat byudjeti defitsitining darajasi, odatda, mamlakat yalpi ichki (milliy)
mahsuloti miqdorining 2-3%idan oshmasligi lozim. Ana shu chegaradan oshilsa, uni
tezroq kamaytirish (yoki shu darajaga keltirish) choralarini ko’rish kerak;
davlat byudjeti defitsitini qoplash uchun, eng avvalo, davlat kreditining turli
shakllaridan foydalanmoq lozim. Shuningdek, davlat qimmatbaho qog’ozlarini
moliyaviy bozorga joylashtirish ham maqsadga muvofiq. Muomalaga ko’proq
miqdorda pul chiqarish yo’lidan esa foydalanmaslik kerak;
davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish
uchun, birinchi navbatda, iqtisodiyotning o’zini “davolamoq” lozim. Aks holda, ana
shu maqsadga erishish uchun ko’zda tutilgan har qanday tadbir, albatta, muvaffa-
qiyatsizlikka uchraydi.
Davlat byudjeti defitsitining darajasini kamaytirish yoki unga barham berish
borasidagi amalga oshirilishi lozim bo’lgan chora-tadbirlarning eng asosiy
yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
davlat byudjeti mablag’larining investitsion yo’nalishini o’zgartirish, ularni
eng ko’p samara beradigan tarmoq va sohalarga sarflash;
xo’jalik yuritishning o’ziga xos xususiyatlarini hisobga oluvchi moliyaviy
imtiyoz va jazolardan keng foydalanish;
Davlat byudjetidan moliyalashtirish va davlat iqtisodiyoti sohasini
qisqartirish;
harbiy xarajatlar miqdorini kamaytirish;
eng muhim ijtimoiy dasturlarnigina moliyalashtirishni saqlab qolish, yirik
davlat byudjeti xarajatlarini talab etuvchi dasturlarni qabul qilishni to’xtatib turish;
281
Markaziy bankning qarzlarni davlat qimmatbaho qog’ozlari shaklida
rasmiylashtirmasdan turib hukumat organlariga kredit berishini taqiqlab qo’yish;
xorijiy sarmoyalarni jalb etish;
Davlat byudjeti defitsiti vujudga kelgan paytda uni moliyalashtirish
manbalarini aniqlab olmoq zarur. Uni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan
biri davlatning qarz olishidir.
Davlatning qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro
moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan iborat bo’lib,
hukumat oldida qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni qaytarishi
bo’yicha kafolatchi sifatidagi majburiyatlari vujudga keladi.
Davlatning ichki qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilotlardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan
iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni
qaytarish bo’yicha ham kafolatchi sifatida hukumatning o’z milliy valyutasida
ifodalangan qarz majburiyatlari paydo bo’ladi.
Davlatning tashqi qarz olishi jismoniy va yuridik shaxslar, xorijiy davlatlar,
xalqaro moliyaviy tashkilot-lardan jalb qilinadigan zayom va kreditlarni olishdan
iborat bo’lib, ular bo’yicha qarz oluvchi yoki boshqa qarz olganlarning qarzlarni
qaytarish bo’yicha kafolatchi sifatida hukumatning xorijiy valyutada ifodalangan
qarz majburiyatlari vujudga keladi.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-lari jalb qilingan
mablag’larning asosiy turlari bo’yicha navbatdagi moliyaviy yilga mo’ljallangan
davlat byudjeti to’g’risidagi qonunda qonunchilik hokimiyati organlari tomonidan
albatta tasdiqlanishi kerak.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning manbai sifa-tida mamlakat
Markaziy bankining kreditlari va Markaziy bank tomonidan hukumatning sotib
olingan qarz majbu-riyatlari maydonga chiqishi maqsadga muvofiq emas.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning barcha manba-larini ikki
guruhga bo’lish qabul qilingan:
1) ichki manbalar;
2) tashqi manbalar.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning ichki manba-lari sifatida
quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
mamlakat hukumati tomonidan shu mamlakatning milliy valyutasida kredit
tashkilotlaridan olingan kreditlar;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali
amalga oshirilayotgan davlat zayomlari;
davlat mulkiga tegishli bo’lgan mol-mulkni sotishdan olingan tushumlar;
282
davlat zaxiralari va rezervlar bo’yicha daromad-larning xarajatlardan o’sgan
qismi summasi;
davlat byudjeti mablag’larini hisobga oluvchi hisobvaraq-laridagi
mablag’lar qoldig’ining o’zgarishi.
Davlat byudjeti defitsitini moliyalashtirishning tashqi manba-lari qatoriga
quyidagilar kiradi:
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali
xorijiy valyutada amalga oshirilgan davlat zayomlari;
xorijiy valyutada taqdim etilgan va mamlakat hukumati tomonidan jalb
qilingan xorijiy davlatlar, banklar va firmalar, xalqaro moliyaviy tashkilotlarning
kreditlari.
Yuridik va jismoniy shaxslar, xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar va xalqaro
huquqning boshqa subyekt-lari oldidagi (davlat kafolatlari bo’yicha
majburiyatlarni qo’shgan holda) mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari
hukumatning davlat qarzini vujudga keltiradi. Bu qarz davlat byudjetini tashkil
etadigan davlat mulki bilan to’liq va hech qanday shartsiz ta’minlanishi kerak.
Bunda davlat hokimiyati organlari mamlakat hukumatining qarz majburiyatlari va
davlat qarziga xizmat qilish uchun respublika byudjetining daromadlarini
shakllantirish bo’yicha barcha vakolatlardan foydalanadilar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
qarz oluvchi sifatida mamlakat hukumati nomidan kredit tashkilotlari, xorijiy
davlatlar va xalqaro moliyaviy tashkilotlar bilan tuzilgan kredit bitimlari va
shartnomalari;
mamlakat hukumati nomidan qimmatbaho qog’ozlarni chiqarish orqali
amalga oshirilgan davlat zayomlari;
mamlakat hukumati tomonidan davlat kafolatini berish to’g’risidagi
shartnomalar;
o’tgan yillardagi mamlakatning qarz majburiyatlarini restrukturizatsiya
qilish va muddatini o’zgartirish to’g’risi-dagi mamlakat hukumati nomidan tuzilgan
(shu jumladan, xalqaro) bitimlar va shartnomalar.
Mamlakatning qarz majburiyatlari o’zining muddatiga qarab qisqa muddatli
(bir yilgacha), o’rta muddatli (bir yildan ortiq va besh yilgacha) va uzoq muddatli
(besh yildan yuqori) bo’lishi mumkin. Ular zayomning konkret shartlariga
muvofiq ravishda (zayom shartlarini, jumladan, to’lov muddatlari, foiz
to’lovlarining miqdori, muomala muddatlarini o’zgartirmasdan) qaytarilishi kerak.
Mamlakat hukumatining davlat ichki qarzlari quyidag-ilardan iborat bo’lishi
mumkin:
283
hukumatning davlatni qimmatbaho qog’ozlari bo’yicha qarzining asosiy
nominal summasi;
hukumatga taqdim etilgan kreditlar bo’yicha asosiy qarzning hajmi;
mamlakat hukumati tomonidan berilgan kafolatlar bo’yicha majburiyatlar
hajmi.
O‘z navbatida, hukumatning davlat tashqi qarzlari:
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro
moliyaviy tashkilotlarga mamlakat hukumati tomonidan taqdim etilgan davlat
kafolatlari bo’yicha majburiyatlar hajmi;
xorijiy davlatlar hukumatlari, kredit tashkilotlari, firmalar va xalqaro
moliyaviy tashkilotlardan hukumat olgan kreditlar bo’yicha asosiy qarz hajmidan
iborat bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |