(Davlat byudjeti) – davlatning davlat vazifalari va funksiyalarini moliyaviy
jihatdan ta’minlash uchun mo’ljallangan markazlashtirilgan pul
jamg’armasi”
69
.
Davlat byudjetining mohiyatini ochib berishda uning boshqa taqsimlash
instrumentlari va moliya tizimining bo’lin-malari bilan o’zaro aloqalari muhim
rol o’ynaydi. Shu bois ta’kidlash joizki, davlat byudjeti jamiyatning boshqa
taqsimlash instrumentlari (baho, kredit, ish haqi va boshqalar) va moliya
tizimining bo’linmalari bilan uzviy bog’langandir. Bunday o’zaro bog’liqlik
davlat byudjetining mohiyatidan, taqsimlash munosabatlari tizimidagi roli va
o’rnidan kelib chiqadi. Davlat byudjetdan markaziy taq-simlash mexanizmi sifatida
foydalanadi, u ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi nisbat (proportsiya)larni tartibga solishga
yordam beradi.
Davlat byudjetining baho bilan o’zaro bog’liqligi ikki yoqlamalik xarakterga
ega. Bir tomondan, davlat byudjeti baho mexa-nizmidan moliyaviy resurslarni jalb
qilish uchun foyda-lanadi. Masalan, davlat byudjeti daromadlarning bir qismi
qo’shilgan qiymat solig’i shaklida bo’lib, bu soliq bahoning, aniqrog’i, sof
daromadning elementlari tarkibiga kiradi. Bu baho ko’rinishida davlat byudjeti
tomonidan sof daromadning bir qismini davlatning ixtiyoriga olishda alohida
mexanizm rolini o’ynamoqda. Boshqa tomondan esa, davlat byudjeti mol yetkazib
beruvchilarning yo’qotganlarini qoplash yo’li bilan bahoning qiymatdan
farqlanishida moliyaviy imkoniyatlar yaratib, baholarni shakllantirishda ham
ishtirok etadi. Masalan, mamla-katimizda agrar soha uchun qishloq xo’jaligi
texnikalari va mineral o’g’itlar yetkazib berish bu sohada faoliyat ko’r-satuvchi
subyektlarga ularning haqiqiy qiymatidan past baholarda amalga oshirilib,
baholar o’rtasidagi farq davlat byudjeti hisobidan qoplanadi. Bunday hollarda
davlat byudjeti baholarni shakllantirish mexanizmidan foydalangan holda qishloq
xo’jaligi tarmog’ini bilvosita qo’shimcha moliyalashtiradi. Aholi uchun ijtimoiy
ahamiyat kasb etuvchi xizmatlar bahosidagi farqlarni byudjetdan qoplanishi ham
xuddi shu mexanizmga asoslangan.
Davlat byudjetining uzoq va qisqa muddatli kreditlar bilan o’zaro bog’liqligi
ham o’ta muhim ahamiyat kasb etadi. Eng avvalo, amaliyotda davlat byudjeti va
kredit resurslarining o’zaro almashuvchanligi tarkib topganligini e’tirof etish
kerak. Mablag’larning kredit va davlat byudjeti manbalari bir-birini to’ldirib
69
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti kodeksi”: T.: “Adolat”, 2014 y. - 9-b.
261
turishi mumkin. Albatta, bunday o’zaro ta’sirchanlik (bog’liqlik) obyektiv
ravishda o’zining chegara-siga ega bo’lib, undan chetga chiqish iqtisodiy jihatdan
maqsadga muvofiq emas. Masalan, shunday faoliyat sohalari va moliyalashtirish
obyektlari mavjudki, unda faqat davlat byudjeti va aksincha, faoliyatning tijorat
turlarida, asosan, kredit hal qiluvchi rol o’ynashi mumkin.
Davlat byudjeti va kreditning o’zaro bog’liqligi bank-larning kredit
resurslarini shakllantirish jarayonida ham yaqqol namoyon bo’ladi. Davlat
byudjeti, avvalo, zarur hollarda banklarning qat’iy passivlarini shakllantirish-ning
muhim manbai sifatida maydonga chiqadi. Ular, o’z navbatida, uzoq muddatli
kreditlashtirish (ustav fondi, zaxira fondi, banklarning kredit resurslarini to’ldirish
uchun ajratiladigan davlat byudjeti mablag’lari va boshqalar) uchun zarur. Bundan
tashqari, davlat byudjeti hisobvaraqlarida va davlat byudjeti tashkilotlarining
hisobvaraqlarida bo’lgan davlat byud-jetining vaqtincha bo’sh mablag’lari qisqa
muddatli kredit-lashtirish yo’li bilan banklarning kredit resurslarini to’ldirishi
mumkin. Shu bilan birgalikda, banklarning kredit operatsiyalari daromadlarni
shakllantirib, bu ularning daromadining bir qismini byudjetga olishda manba
bo’lib xizmat qiladi.
Iqtisodiy kategoriya sifatida ish haqi ham davlat byudjeti bilan uzviy
bog’langan. Xususan, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlarning ish
haqi fondini shakllantirishda davlat byudjetining mablag’lari hal qiluvchi rol
o’ynaydi.
Davlat byudjeti mamlakatning moliya tizimida markaziy o’rin egallab, uning
barcha bo’linmalari bilan bog’langan. Bunday bog’lanish ikki yo’nalish –
byudjetga to’lovlar va byudjetdan moliyalashtirish orqali amalga oshiriladi.
Davlat byudjeti moliyaning tarkibiy qismi sifatida, uning boshqa
bo’linmalari singari ikki xil funksiyani bajaradi:
1) taqsimlash;
2) nazorat.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi orqali uning mohiyati namoyon
bo’ladi. Bu davlat byudjeti tomonidan amalga oshirilayotgan taqsimlash
munosabatlarining mazmu-nida yaqqol ko’rinadi. Davlat byudjeti orqali amalga
oshiriladigan taqsimlash bu jarayonning ikkinchi (oraliq) bosqichidir. Shuning
uchun ham davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi o’ziga xos bo’lgan
xususiyatga ega bo’lib, undan taqsimlangan yalpi ichki (milliy) mahsulotni qayta
taqsimlashda foydalaniladi. Agar taqsimlashning birinchi bosqichida davlat
byudjeti mablag’lari (byudjetga to’lovlar) milliy daromadda davlatning ulushi
sifatida maydonga chiqsa, uning ikkinchi bosqichida esa ana shu ulush qismlarga
bo’linadi va ko’p sonli kanallar orqali turli tadbirlarni moliyalashtirishga va
fondlarni shakllantirishga yo’naltiriladi.
262
Aholining byudjetga to’lovlari ham qayta taqsimlash xarakteriga ega.
Ularning byudjetga turli soliqlar ko’rinishida kelib tushishi ikkinchi taqsimlash
aktidan iboratdir. Ayniqsa, ijtimoiy sohada faoliyat ko’rsatayotgan xodimlar
tomonidan turli ko’rinishdagi soliqlarning byudjetga to’lanishi ham bu
mablag’larning ko’p sonli taqsimlash bosqichlaridan o’tishini taqozo etadi.
Chunki juda ko’p hollarda bu mablag’lar ancha oldinroq davlat byudjeti
yordamida taqsimlanish bosqichidan o’tib, ijtimoiy sohaga davlat byudjeti
mablag’lari shaklida etib borgan bo’ladi.
Demak, mamlakatda yaratilgan yalpi ichki (milliy) mahsulot (milliy
daromad)ning alohida olingan bir qismi taqsimlashning davlat byudjeti mexanizmi
orqali bir necha marta taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) mumkin. Bu davlat
byudjeti taqsimlash funksiyasining birinchi xarakterli xususiyatidir.
Amalga oshiriladigan operatsiyalar ko’lamining, pul oqimlarining kengligi va
tashkil topadigan maqsadli fondlarning xilma-xilligi davlat byudjeti taqsimlash
funksiyasining ikkinchi xususiyati bo’lib hisoblanadi. Davlat byudjeti yalpi ichki
(milliy) mahsulotning kattagina qismini taqsimlab, turli maqsadlarga mo’ljallangan
turli fondlarni shakl-lantiradi. Davlat byudjeti bilan iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning
barcha bo’linmalari bevosita yoki bilvosita bog’langandir.
Davlat byudjetining taqsimlash funksiyasining uchinchi xarakterli xususiyati
shundan iboratki, bunda taqsimlashning asosiy obyekti bo’lib jamiyatning sof
daromadi (qo’shilgan qiymat solig’i, foyda va boshqalar) maydonga chiqadi. Lekin
bu milliy daromad, yalpi ichki (milliy) mahsulot va milliy boylikning boshqa
elementlarining ham qisman taqsimlanishi mumkinligini inkor etmaydi. Davlat
byudjeti orqali soliqlar shaklida jismoniy shaxslarning daromadlari ham qayta
taqsimlanadi. Shuningdek, davlat byudjeti mexanizmi orqali xo’jalik yurituvchi
subyektlar o’rtasida ham mablag’-lar qayta taqsimlanishi mumkin.
Davlat byudjeti kanallari bo’yicha qiymatning jamg’arish va iste’mol
fondlari tomon harakati sodir bo’ladi. Iqtisodiyotga xarajatlarning ma’lum bir
qismi, markazlash-tirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish va ijtimoiy sohani
saqlash bilan bog’liq bo’lgan xa-rajatlarning asosiy qismi davlat byudjeti
mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi. Davlatning moddiy rezervlari o’sgan
qismining hammasi ham byudjetdan to’liq moliyalash-tiriladi. Davlat byudjeti
ijtimoiy iste’mol fondlarini shakllantirishning asosiy manbai bo’lib xizmat qiladi,
ijtimoiy soha xodimlari uchun iste’mol fondining yaratilishini ta’minlaydi.
Davlat byudjeti orqali taqsimlash jarayoni ko’p bosqichda amalga oshiriladi.
Agar uning birinchi bosqichi iqtisodiyot sohalarida (birlamchi taqsimlash) amalga
oshirilsa, davlat byudjeti orqali yalpi ichki (milliy) mahsulotning ikkilamchi
taqsimlanishi (qayta taqsimlanishi) sodir bo’ladi. Uning uchinchi bosqichi
(byudjetdan moliyalashtirish) iqtisodiyot va ijtimoiy soha-larning bo’linmalarini
263
qamrab oladi. Biroq taqsimlanayotgan yalpi ichki (milliy) mahsulotning ayrim
elementlari davlat byudjeti orqali ko’p martalab ham taqsimlani-shi mumkin.
Masalan, ijtimoiy soha tashkilotlarining ijtimoiy sug’urta fondiga to’lovlari
byudjetli taqsimlashning mahsulidir. Chunki bu soha tashkilotlarida ish haqi fondi
byudjetdan moliyalash-tirish asosida vujudga keladi. Lekin taqsimlashning
ikkinchi bosqichidan o’tib, ular yana ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar shaklida
byudjetga kelib tushadi.
Shunday qilib, davlat byudjetining taqsimlash funksiyasi taqsimlashning ko’p
martaligi bilan xarakterlanadi. U ijtimoiy munosabatlarning barcha sohalarida
namoyon bo’ladi. Jamiyat iqtisodiyot, sog’liqni saqlash, maorif, madaniyat, fan,
san’at, mudofaa va aholining turmush tarzini yaxshilashda undan foydalanadi.
Faqat davlat byudjetidagina yalpi ichki (milliy) mahsulotni taqsimlash-ning ana
shunday xilma-xil shakllari va metodlari namoyon bo’ladi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasi ham o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Davlat byudjetiningmilliy iqtisodiyot bilan uzviy bog’liqligi takror ishlab
chiqarishning barcha bo’linmalarida ahvolning qandayligi to’g’risida ma’lumotlar
bilan doimiy ta’minlab turadi.
Mablag’larning byudjetga kelib tushishi, byudjetdan ajratiladigan
mablag’larning yo’nalishi va ulardan foyda-lanish ishlab chiqarish, taqsimlash,
almashuv va iste’mol-dagi muvaffaqiyat va kamchiliklarni ifoda etadi. Ular milliy
iqtisodiyotda
nomutanosibliklarning
vujudga kelayotganligi,
rivojlanish
sur’atlaridagi buzilishlar, milliy iqtisodiyotda sodir bo’layotgan taqsimlash
jarayon-larining to’g’riligi va o’z vaqtida amalga oshirilayotganligi, ishlab
chiqarishning samaradorligi va hokazolar to’g’risida go’yo signal berib turadi.
Milliy iqtisodiyotning istalgan bir sohasi yoki korxonaning moliyaviy ahvoli,
albatta, davlat byudjeti bilan bo’ladigan o’zaro munosabatlarga – soliqlarga,
to’lovlarga, byudjetdan moliyalashtirish hajm-lariga va hokazolarga ta’sir
ko’rsatadi. Demak, davlat byudjeti orqali rejadan og’ish tufayli tarmoqlararo
moliyaviy aloqalar va davriy qisman disproportsiyalar, jamg’arma-larning hajmi,
mablag’larni o’zlashtirish sur’atlari va boshqalardagi o’zgarishlar yaqqol ko’rinib
turadi. Bularning barchasi davlat byudjetining nazorat funksiyasiga umumiylik,
universallik xarakterini beradi (birinchi xususiyat). Bu esa, o’z navbatida, milliy
iqtisodiyotni boshqarishda davlat byudjetining nazorat funksiyasidan keng
foydalanish uchun sharoit yaratadi.
Davlat byudjetining nazorat funksiyasiga tegishli bo’lgan ikkinchi xarakterli
xususiyat moliyaviy munosabat-larning alohida sohasi sifatida davlat
byudjetining
yuqori
darajada
markazlashtirilganligidan
kelib
chiqadi.
Markazlashtirilganlik har doim yuqori organlar oldida quyi organlarning hisobot
berib turishi-ni, ma’lum ketma-ketlikda bo’ysunishning tizimliligini anglatadi. Bu
264
esa, o’z navbatida, yuqoridan quyigacha davlat moliyaviy nazoratini tashkil
etishga shart-sharoit yaratib beradi.
Kuchli majburiylik, imperativlik davlat byudjetining nazorat funksiyasiga
tegishli bo’lgan uchinchi xususiyatdir. Davlat byudjeti davlatniki bo’lganligi
uchun uning nazorat funk-tsiyasi milliy iqtisodiyotni boshqarish vositalaridan biri
hisoblanadi. Nazorat funksiyasining obyektiv ravishda byudjetga xosligi, uning
iqtisodiy kategoriya sifatidagi xususiyati davlatning huquqiy asosga egaligini
taqozo etadi. Shuning uchun ham davlat byudjeti nazorati o’ta ta’sirchan va
samarali hisoblanadi. Davlat bunday nazoratni amalga oshira borib,
subyektlarning moliyaviy faoliyatiga tezkor ravishda aralashuvi, kerakli hollarda
esa, u yoki bu jazolarni qo’llashi mumkin.
Ob’ektiv ravishda byudjetga xos bo’lgan nazorat funk-tsiyasi faoliyatning
barcha sohalarida davlat tomonidan keng qo’llaniladi. Byudjetni rejalashtirish
jarayonlarida va uni ijro etishda subyektlar faoliyatining barcha tomonlari
tekshirilishi yoki nazorat qilinishi mumkin. Bunday nazorat, odatda, quyidagi
maqsadlarni ko’zda tutadi:
1) davlat byudjetining daromadlarini oshirish uchun pul mablag’larini jalb
qilish;
2) mablag’larni sarflashning qonuniyligini ta’minlash;
3) moliyaviy
(byudjet)
mexanizm
orqali
ishlab
chiqarishning
samaradorligini oshirish.
Davlat byudjetining funksiyalari uning iqtisodiy mohi-yatini ifoda etib,
byudjetni rejalashtirish jarayoni va uni ijro etishda o’zini namoyon etadi.
Davlat byudjetiningtaqsimlash va nazorat funksiyalari o’z harakatlari
davomida miqdoriy va sifat tomonlarga egadir.
Taqsimlash funksiyasining miqdoriy tomoni u yoki bu fondning hajmini
ifodalashi bilan xarakterlanadi. Bunda turli fondlarning nisbatlari va ularning
miqdoriy para-metrlarini to’g’ri aniqlash nazarda tutilayapti. Bu yerda har ikki
funksiyaning harakati bir xilda muhimdir. Agar davlat byudjetiningtaqsimlash
funksiyasi u yoki bu fondni oshirish yoki kamaytirish yo’li bilan uni ko’zlangan
darajaga etkazishga sharoit yaratar ekan, uning nazorat funksiyasi esa ana
shunday taqsimlashning natijasini, uning ijobiy va salbiy tomonlarini aniqlashga
imkon beradi.
Taqsimlashning sifat tomoni davlat byudjeti tomonidan subyektlar
faoliyatiga har tomonlama faol ta’sir ko’r-satadi va o’zida chuqur aloqalarni
ifodalaydi. Byudjetdan moliyalashtirishdan to’g’ri foydalangan holda fondlarning
shakllantirilishi davlat byudjeti mablag’larini iqtisod qilib, ulardan samarali
foydalanishiga, iqtisod rejimiga rioya qilinishiga, subyektning barcha
bo’linmalarida samara-dorlikni oshirishga xizmat qiladi. Bunga davlat
265
byudjetiningtaqsimlash funksiyasi faqat miqdoriy omillarga bo’ysun-dirilganda
emas, balki u sifat ko’rsatkichlariga ham bog’langandagina erishilishi mumkin.
Bu holatda davlat byudjetiningnazorat funksiyasi ham o’z yo’nalishini biroz
o’zgartiradi: u faqat fondlarning miqdoriy jihatdan nomuvofiqligi to’g’risida emas,
balki ana shu nomuvofiq-liklar sifat ko’rsatkichlariga ham ta’sir ko’rsatganligi
to’g’risida signal beradi.
Davlat byudjetining ikkala funksiyasidan foydalanish natijasida davlat
Do'stlaringiz bilan baham: |