Davlatiy moliya


 Davlat byudjetining daromadlari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

2. Davlat byudjetining daromadlari 

Davlat byudjetining daromadlari mamlakat yalpi ichki (milliy) mahsulotini 

taqsimlash va qayta taqsimlash umumiy jarayonining elementlaridan biri bo’lib, 

ular  oraliq  xarakterga  ega. Ular  yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo’lgan 

daromadlar  va  jamg’armalarning  bir  qismini  byudjetga  o’tkazilishi  natijasida 

vujudga  keladi.  Davlat  byudjeti  daromadlarining  moddiy-buyumlashgan 

mazmunini davlatning ixtiyoriga borib tushgan pul mablag’-lari tashkil etadi. Bu 

moliyaviy kategoriyaning namoyon bo’lish shakli byudjetga borib tushuvchi turli 

soliqlar, to’lovlar, yig’imlar, bojlar va ajratmalardan iborat. 

Miqdoriy  jihatdan  davlat  byudjetining  daromadlari  yaratilgan  yalpi  ichki 

(milliy)  mahsulotda  (milliy  daromadda)  davlatning  ulushini  ko’rsatadi.  Ularning 

absolyut hajmi va salmog’i  mamlakatning yalpi ichki (milliy)  mahsuloti (milliy 

daromadi)ning umumiy hajmi, u yoki bu davrda davlatning oldida turgan siyosiy, 



267 

iqtisodiy, ijtimoiy, mudofaa va boshqa vazifalar bilan belgilanadi. Ana shularga 

muvofiq  davlat byudjetida  mablag’larni  yig’ish  miqdori  va ularni undirishning 

shakl va usullari aniqlanadi. 

Davlat  byudjeti  daromadlarini  shakllantirish  jarayonining  quyidagi 

prinsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir: 

  soliqlarning  byudjetga  olinishi    mamlakat  milliy  boyligi  manbalarining 

tugashiga olib kelmasligi kerak; 

  soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim; 

  soliqlarni  ishlab  chiqaruvchilarning  aylanma  fondlari  hajmiga  ta’sir 

ko’rsatmasligi; 

  soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi; 

  davlat  uchun  soliqlarning  undirilishi  iloji  boricha  kam  xarajat  bo’lishi 

lozim; 


  soliqlarning  undirilish  jarayoni  xususiy  sektorni  siqib  chiqarmasligi 

kerak;  


  subyektlarning  mustaqil  faoliyat  ko’rsatishiga  sharoit  yaratish.  Ya’ni, 

subyektlarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat byudjetiga olinishi 

ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Chega-radan 

o’tib  ketilganda  subyektlarning  mustaqilligini  yo’qotishiga,  kasodga  uchrash 

hollarining  vujudga  kelishiga,  ichki  rezervlarni  qidirib  topishga  va  ishlab 

chiqarishning  o’sish  sur’atlarini  ta’minlashga  intilish  susayadi,  xufyona 

iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi; 

  subyektlarning  xatti-harakati  va  intilishiga  bog’liq  bo’lmagan  holda 

vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman  byudjetga olinishi. Ma’lum bir 

xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan  barcha  daromadlar  davlatning ixtiyoriga 

o’tishi kerak. Bu prinsipning ta’siri ostiga subyektlar ma’muriyatining noto’g’ri, 

noqonuniy harakati  natijasida olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim; 

  ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning 

rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga  olish.  Bu  prinsip  davlat 

byudjeti  daromadlarini  davlat  korxonalarining  mablag’lari  hiso-bidan  tashkil 

etishda  qo’llanilishi  mumkin.  U  davlat  korxonalarining  moliyaviy  holatini 

tartibga soladi va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlat-ning 

manfaatlarini ta’minlaydi; 

  davlat  byudjeti  mexanizmining  rag’batlantiruvchi  ta’sirini  ta’minlash. 

Mablag’larni subyektlar ixtiyoridan byudjetga o’tkazilishi ularni samarali faoliyat 

ko’rsatishga  rag’batlantirishi  kerak.  Bunda  maqsad  faqat  davlat  byudjeti 

daromadlarini miqdoriy jihatdan ta’minlash emas, balki shu yo’l bilan korxonada 




268 

faoliyat  ko’rsatayotgan  mehnat  jamoalarining  manfaatlariga,  ular  faoliyatining 

sifat ko’rsatkichlariga to’lovlarning ta’sirchanligini kuchaytirish-dir; 

  davlat byudjeti daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu 

prinsip davlat byudjeti daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda 

qo’llanilib, uning natijasida aholi daromadlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi 

byudjetga o’tkaziladi. 

Kezi kelganda shuni  ham  alohida qayd etish kerakki, davlat byudjetini adolat 

prinsiplari  asosida  tashkil  etish  masalasiga  xalqimizning  buyuk  mutafakkirlari  va 

davlat arboblari juda katta hissa qo’shishgan

.

 

Davlat  byudjetining  daromadlari  o’zlarining  manba-lari,  ijtimoiy-iqtisodiy 



xarakteri,  mulkchilik  shakli,  soliq  va  to’lovlarning  turi,  mablag’larning  tushish 

shakli va ularni byudjetga undirish usullariga muvofiq tasniflanishi mumkin. 

Davlat byudjetining daromadlari o’z manbalariga ko’ra quyidagi guruhlarga 

bo’linadi: 

  soliq tushumlari (soliq shaklidagi daromadlar); 

  soliq bo’lmagan daromadlar; 

  tiklanmaydigan (qaytarilmaydigan) tarzda o’tkaziladigan pul mablag’lari. 

Davlat  byudjetiningsoliq  shaklidagi  daromadlari  tarkibi  mam-lakat  soliq 

qonunchiligiga muvofiq umumdavlat soliqlari va yig’imlari, mahalliy soliqlar va 

yig’imlar,  bojxona  bojlari,  boj  yig’imlari  va  boshqa  boj  to’lovlari,  davlat  boji, 

penya va jarimalardan iborat.  

Davlat  byudjetining  soliq  bo’lmagan  daromadlari  tarkibiga  quyidagilar 

kiradi: 

  davlat  mulkidan  foydalanish  tufayli  olingan  daromadlar  (soliqlar  va 

yig’imlar  to’g’risidagi  qonunchilikka  muvofiq  to’langan  soliq  va  yig’imlardan 

so’ng); 


  davlat byudjeti tashkilotlari tomonidan ko’rsatilgan to’lovli xizmatlardan 

kelgan  daromadlar  (soliqlar  va  yig’imlar  to’g’risidagi  qonunchilikka  muvofiq 

to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 

  fuqarolik-huquqiy,  ma’muriy  va  jinoiy  choralarni  qo’llash  natijasida 

olingan mablag’lar, jumladan, jarimalar, musodaralar, tovon to’lashlar va davlat 

subyektlariga  yetkazilgan  zararlarni tiklash  bo’yicha  olingan mablag’lar  hamda 

majburiy undirilgan boshqa mablag’lar; 

  moliyaviy yordam ko’rinishidagi daromadlar (davlat byudjeti ssudalari va 

davlat byudjeti kreditlaridan tashqari); 

  boshqa soliq bo’lmagan daromadlar. 

Tushumlarning quyidagi ko’rinishlari ham davlat byudjeti daro-madlarining 

tarkibida hisobga olinishi mumkin: 




269 

  davlat mulkini vaqtinchalik foydalanishga berish natijasida ijara haqi yoki 

boshqa ko’rinishda olinadigan mablag’lar; 

  kredit muassasalaridagi hisobvaraqlarda davlat byudjeti mablag’larining 

qoldig’i bo’yicha foizlar ko’rinishida olinadigan mablag’lar; 

  davlat  mulkiga  tegishli  bo’lgan  mol-mulkni  garovga  yoki  ishonchli 

boshqaruvga berishdan olinadigan mablag’lar; 

  qaytarish  va  haq  olish  asosida  boshqa  byudjetlarga,  xorijiy  davlatlarga 

yoki  boshqa  yuridik  shaxslarga  berilgan  davlat  byudjeti  mablag’laridan 

foydalanganlik uchun haq; 

  davlatga qisman  tegishli bo’lgan xo’jalik jamiyatlari  ustav kapitalining 

hissasiga  yoki  aktsiyalar  bo’yicha  divi-dendlarga  to’g’ri  keladigan  foyda 

ko’rinishidagi daromadlar; 

  davlat  unitar  korxonalari  foydasining  bir  qismi  (soliqlar  va  yig’imlar 

to’g’risidagi qonunchilikka muvofiq to’langan soliq va yig’imlardan so’ng); 

  davlatga tegishli bo’lgan mol-mulkdan foydalanish natijasida olinadigan 

qonunchilikda ko’zda tutilgan boshqa daromadlar. 

Davlat  byudjetiningdaromadlar  qismini  to’ldirishning  manbalaridan  biri 

davlat  byudjeti  tizimida  boshqa  darajada  turgan  dotatsiyalar,  subventsiyalar  va 

subsidiyalar  yoki  mablag’larni  qaytarilmaslik  va  tiklamaslikning  boshqa 

shakllarida  olinadigan  moliyaviy  yordamdir.  Bunday  moliyaviy  yordamlar 

mablag’larni oluvchi davlat byudjetiningdaromadlarida o’z ifodasini topishi kerak. 

Jismoniy  va  yuridik  shaxslardan,  xalqaro  tashkilotlar  va  xorijiy  davlatlar 

hukumatlaridan qaytarilmaydigan yoki tiklan-maydigan shaklda o’tkazilayotgan 

mablag’lar ham davlat byudjetiningshunday daromadlari tarkibiga kiradi.  

Hozirgi  amaliyotda  davlat  byudjetining  daromadlari  quyidagi  tartibda 

tasniflanadi (klassifikatsiyalanadi): 

1.  To’g’ri  (bevosita)  soliqlar.  Ularning  tarkibiga  yuridik  shaxslarning 

foydasidan  olinadigan  soliq;  savdo  va  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  uchun 

yagona  soliq  to’lovidan  davlat  byudjetiga  ajratmalar;  yagona  soliq  to’lovidan 

(mikro-firmalar  va  kichik  korxonalar  bilan  birgalikda)  davlat  byudjetiga 

ajratmalar;  jismoniy  shaxslarning  daroma-didan  olinadigan  soliqlar  va 

tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanayotgan yuridik va jismoniy shaxs-larning 

daromadidan olinadigan qat’iy soliqlar kiradi. 

2. Egri (bilvosita) soliqlar. Bu soliqlarning tarkibi qo’shilgan qiymat solig’i; 

aksizlar;  bojxona  bojlari;  jismoniy  shaxslardan  olinadigan  yagona  boj  to’lovi;  

transport  vositalari  uchun  benzin,  dizel  yoqilg’isi  va  gaz  iste’moliga  jismoniy 

shaxslardan olinadigan soliqdan iborat. 




270 

3.  Resurs  to’lovlari  va  mol-mulk  solig’i.  Bu  guruhga  kiruvchi  soliqlar  va 

to’lovlar  mol-mulk  solig’i;  yyer  solig’i;  er  osti  boyliklaridan  foydalanganlik 

uchun soliq va suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni o’z ichiga oladi. 

4. Ustama foydadan olinadigan soliq. 

5. Boshqa daromadlar. 

O‘zining ijtimoiy-iqtisodiy belgisiga ko’ra davlat byudjetining daromadlari 

ikki guruhga bo’linishi mumkin: 

  xo’jalik yurituvchi subyektlardan olinadigan daromadlar; 

  aholidan tushumlar. 

Mulkchilik  shakliga  ko’ra  davlat  byudjetining  daro-madlari  quyidagi 

ko’rinishlarda bo’lishi mumkin: 

  nodavlat sektordan  olinadigan daromadlar; 

  davlat xo’jaliklaridan olinadigan daromadlar; 

  aholidan olinadigan mablag’lar. 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  yuqorida  sanab  o’tilgan  har  bir  guruhlari 

daromadlarning  manbalari,  to’lovlarning  turlari  va  hokazolar  bo’yicha  kichik 

guruhlarga  bo’linishi  ham  mumkin.  Masalan,  davlat  xo’jaliklaridan  olinadigan 

daromadlarga  davlat  korxona  va  tashkilotlarining  to’lovlari,  davlat  mulkini 

sotishdan  olinadigan  daromadlar, davlat  tashkilotlari  tomonidan  ko’rsatiladigan 

xizmatlardan olinadigan daromadlar kiradi. Aholidan byudjetga kelib tushadigan 

mablag’lar esa soliqlar va boshqa ixtiyoriy to’lov-lardan iborat bo’lishi mumkin. 

O‘z  navbatida,  har  bir  kichik  guruhlarga  biriktirilgan  davlat  byudjetining 

daromadlari  tushumlarning  alohida  turidan  iborat.  Masalan,  davlat  korxonalari 

tomonidan byudjetga o’tkaziladigan daromad-larning tarkibiga qo’shilgan qiymat 

solig’i, aksizlar, daromad (foyda) solig’i va boshqalar kiradi.  

Shuningdek,  davlat  mulkidan  olinadigan  daromadlar  tar-kibi  bojxona 

daromadlaridan, egasiz va musodara qilingan mol-mulkni, talab qilib olinmagan 

yuklar  va  pochta  jo’natmalarini,  meros  huquqi  bo’yicha  davlatga  o’tgan  mol-

mulklarni realizatsiya qilishdan olingan tushumlardan iborat. Davlat tashkilotlari 

va  muassasalari  tomonidan  ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  olingan  daromadlarga 

davlat  avtomobil  inspeksiyalari  tomonidan  undiriladigan  yi-g’imlar,  tovar 

belgilarini  qayd  etganlik  uchun  yig’imlar,  o’lchov  asboblarini  davlat 

tekshiruvidan o’tkazilganligi uchun haq, sud va arbitraj organlari hamda notarial 

idoralari  tomonidan  aholiga  ko’rsatilgan  xizmatlar  uchun  olinadigan  haq  va 

boshqalar kiradi. 

Davlat  byudjetining  daromadlari  majburiy  yoki  ixtiyoriy  tarzda  olinishi 

mumkin.  Bunda  daromadlarni  majburiy  shaklda  jalb  qilish  hal  qiluvchi  rol 

o’ynaydi.  Ixtiyoriy  shakldagi to’lovlarga davlat  obligatsiyalarini va  pul-buyum 

lotereyalarini  realizatsiya  qilishdan  olingan  tushumlar  kiradi.  Davlat  byudjeti 




271 

daromadlarini  shakllantirishdagi  majburiylik  yuridik  va  jismoniy  shaxslar 

tomonidan ma’lum bir mablag’lar belgilangan muddatlarda byudjetga o’tkazilishi 

zarurligini anglatadi. U yoki bu to’lovni qonun tomonidan majburiy deb e’tirof 

etilishi to’lanmagan summalarning majburiy undirilishini ko’zda tutadi. Bu holat 

davlat byudjetiningijrosi uchun juda katta ahamiyatga ega bo’lib, mablag’larni to’liq 

va o’z vaqtida byudjetga jalb etish uchun xizmat qiladi. 

Sub’ektlarning daromadlari davlat byudjeti ixtiyoriga ikki xil usulda olinishi 

mumkin: 

1)  soliq usulida; 

2)  soliq bo’lmagan usulda. 

Soliq usuli uchun mablag’larning davlat byudjeti foydasiga aniq belgilangan 

miqdorlarda va oldindan o’rnatilgan muddatlarda undirilishi xarakterlidir. Soliq-

larning  undirilishi  mamlakat  yalpi  ichki  (milliy)  mahsuloti  va  milliy 

daromadining  taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi bilan bog’liq. Ular yordamida 

xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  va  aholiga  tegishli  bo’lgan  mab-lag’larning  bir 

qismi  davlat  ixtiyoriga  o’tkaziladi.  Soliqlarning  tarkibiga  qo’shilgan  qiymat 

solig’i, aksizlar, daromad (foyda) solig’i,  yer solig’i, mol-mulk solig’i va boshqa 

soliqlar kiradi. 

Soliq  xarakteriga  ega  bo’lmagan  daromadlar  davlatga  tegishli  bo’lgan 

korxona va tashkilotlardan olinadigan to’lovlardir. 

Davlat mulkiga aylanadigan va qaytarishni talab etmaydigan mablag’lar ham 

davlat byudjetining daromadlari bo’lishi mumkin. Biroq ayrim to’lovlar davlatning 

ixtiyoriga vaqtinchalik foydanish uchun o’tkazilishi ham mumkin. Bunday holda 

davlat olingan mablag’larni sarf etsa-da, u bu mablag’larni belgilangan muddatlarda 

va  to’liq  ravishda  qaytarishga  majbur.  Ana  shunday  davlat  byudjeti 

daromadlarining  ko’rinishlaridan  biri  davlat  obligatsiyalarini  sotishdan  olingan 

tushumlar  hisoblanadi.  Davlat  byudjetining  daromadlariga  ular  shartli  ravishda, 

faqat shu yilning byudjeti daromadlari nuqtai nazaridan kiritilishi mumkin. 

Davlat byudjeti daromadlarining deyarli barchasi sarflanish nuqtai nazaridan 

oldindan mo’ljallangan maqsadlarga ega emas. Ular umumiy fondga tushiriladi 

va  odatdagi  moliyalashtirish  tartibida  foydalaniladi.  Byud-jet  daromadlarining 

faqat ba’zi birlarigina oldindan belgilangan maqsadlar uchun mo’ljallangan. Ularning 

tarki-biga ijtimoiy sug’urta badallarini kiritish mumkin. 

Soliqlar,  to’lovlar,  yig’imlar,  bojlar  va  majburiy  ajratmalarning  alohida 

shakllari va turlarining yig’indisi davlat byudjeti daromadlarining yagona tizimini 

tashkil etadi. Turli subyektlardan kelib tushadigan davlat byud-jetining daromadlari 

umumdavlat ehtiyojlarini ta’minlab, bir-biri bilan o’zaro bog’langandir. 




272 

Davlat  byudjeti  daromadlarining  tarkibi  va  uning  tuzilmasi  doimiy  emas. 

Ular  mamlakat  taraqqiyoti  va  davlatning  oldidagi  vazifalarning  o’zgarishiga 

muvofiq ravishda  o’zgarib boradi. 

Milliy iqtisodiyotda qo’llanilayotgan davlat byudjeti daromadlari tizimining 

samaradorligi  mablag’larning  byudjetga  tushumini  tashkil  etishga  bevosita 

bog’liq. Bu jarayon o’z ichiga quyidagilarni oladi: 

  byudjetga tegishli bo’lgan daromadlarni (soliqlar, to’lovlar, bojlar, ajratmalar va 

boshqalar) huquqiy jihatdan rasmiylashtirish; 

  mablag’lar tushumining hajmi va muddatlarini aniqlash tartibi; 

  daromadlarni (to’lovlarni) byudjetga o’tkazish tartibi; 

  byudjetga daromad o’tkazuvchilarni hisobga olish; 

  byudjetga daromad o’tkazuvchilarning javobgarligi; 

  byudjetga daromadlarni o’z vaqtida va to’liq o’tkazilishini ta’minlashga 

yo’naltirilgan chora-tadbirlar tizimi; 

  byudjetga  daromadlarni  undirishda  soliq  organ-larining  huquq  va  

majburiyatlari. 

Yuqorida bayon etilgan choralarni ishlab chiqish va amalga oshirishda davlat 

va byudjetga daromadlarni to’lovchilar o’rtasidagi manfaatlarning oqilonaligini 

ta’minlashga katta e’tibor bermoq lozim. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish