Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

davlat byudjeti tizimi deyiladi. Ko’pchilik hollarda, soddaroq tarzda, davlat byudjeti 

tizimi  deyilganda  esa  mamlakatdagi  mavjud  byudjetlar  to’plami  (majmui) 

tushuniladi.  

Davlat byudjeti tizimi mamlakat davlat byudjeti tuzilishining tarkibiy qismi 

bo’lib, uning  ma’lum bir qismini o’zida ifoda etadi. Shu ma’noda, davlat byudjeti 

tizimi  davlat  byudjetiningo’zaro  bog’liqlikda  bo’lgan  bo’g’inlarining  o’zaro 

yig’indisidan iboratdir.  Mamlakatning davlat byudjeti tizimi jamiyatning siyosiy 

tuzilishiga,    davlatning  iqtisodiy  tizimiga  va  uning  ma’muriy-hududiy 

bo’linishiga bevosita bog’liq.  

U  yoki  bu  mamlakatning  davlat  byudjeti  tizimi  ikki  yoki  uch  bo’g’inli 

bo’lishi  mumkin.  Unitar  davlatlarda  davlat  byudjeti  tizimi  ikki  bo’g’indan 

(markaziy  va  mahalliy  byudjetlar),  federativ  davlatlarda  esa  uch  bo’g’indan 




284 

(markaziy byudjet, federatsiya a’zolari byudjetlari va mahalliy byudjetlar) iborat 

bo’lishi mumkin.  

Davlat  byudjeti  tizimi    ma’lum  bir  prinsiplarga  asoslanib  tashkil  etiladi. 

O‘zbekiston Respublikasining “Byudjeti kodeksi”da mamlakatimiz davlat byudjeti 

tizimi shakllantirilishi va  faoliyat yuritishining prinsiplari belgilab berilgan: 

 

davlat byudjeti tizimining yagonaligi;  



 

davlat  byudjeti  tizimining  O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy-hududiy 

tuzilishiga muvofiqligi; 

 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining balansliligi va o’zaro bog’liqligi; 



 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  daromadlarini  prognoz  qilish  va 

xarajatlarini rejalashtirish; 

 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag’laridan  foydalanishning  aniq 



yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati; 

 

davlat byudjeti tizimi byudjetlarining mustaqilligi; 



 

davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag’laridan  foydalanishning 

natijadorligi;  

 

kassaning yagonaligi; 



 

davlat byudjeti jarayoni ishtirokchilarining javob-garligi; 

 

ochiqlik. 



Davlat  byudjeti tizimining  yagonaligi prinsipi huquqiy  bazalar, pul  tizimi, 

davlat  byudjeti  hujjatlari  shakllari,  davlat  byudjeti  jarayoni  prinsiplari,  davlat 

byudjeti  qonunchiligini  buzganlik  uchun  sanktsiyalarning  yagonaligi,  mamlakat 

davlat byudjeti tizimi barcha darajalari byudjetlari xarajatlarini moliyalashtirish va 

davlat byudjeti mablag’lari buxgalteriya hisobini yurgizish tartibining yagonaligi 

bilan belgilanadi. 

Davlat  byudjeti  tizimining  O‘zbekiston  Respublikasi  ma’muriy-hududiy 

tuzilishiga  muvofiqligi  har  bitta  ma’muriy-hududiy  birlikning  o’z  mustaqil 

byudjeti  bo’lishi  shartligi  bilan  izohlanadi.  Ma’muriy  –  hududiy  birlik  o’z 

byudjetini    tashkil  etish  va  uning  mablag’laridan  foydalanishda  muayyan 

vakolatlarga ega bo’ladi. 

 Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarining  balansliligi  va  o’zaro  bog’liqligi 

prinsipining mazmuni shundaki, har bitta davlat byudjeti mutlaqo balansli holda 

tashkil etilishi shart, ya’ni unda amalga oshirilishi mo’ljallangan xarajatlar moliya 

yilida olinajak daromadlar miqdoriga teng bo’lishi kerak. 

Byudjetlarning balansliligi prinsipi byudjetda ko’zda tutilgan xarajatlarning 

hajmi  davlat  byudjeti  daromad-lari  va  uning  defitsitini  moliyalashtirish 

manbalaridan tushadigan tushumlarning jami hajmiga teng bo’lishi kerak-ligini 

bildiradi. 



285 

Byudjetni tuzish, tasdiqlash va ijro etish jarayonida vakolatli organlar davlat 

byudjeti  defitsiti  miqdorini  minimallashtirish    masalasiga  alohida  e’tibor 

berishlari kerak. 

 Bundan  tashqari,  daromadlarni  yig’ish  va  mablag’larni  xarajat  qilishda 

byudjetlarning bir-biriga bo’ysunadigan  yuqori va quyi zvenolari qat’iy o’zaro 

bog’liqlikda harakat qiladi. 

Moliya tizimining tarkibiy qismi sifatida davlat byudjeti tizimi  byudjetlari 

daromadlarini  prognoz  qilish  va  xarajatlarini  rejalashtirish  o’ta  muhim 

prinsiplardan  biri  hisoblanadi.  Daromadlarni  prognoz  qilishning  asosi  bo’lib 

mamlakatni 

ijtimoiy 

–  iqtisodiy  rivojlantirish  dasturlarining  natural 

ko’rsatkichlari  hisoblanadi.  Ular  bazasida  kelgusi  davrda  olinishi  mumkin 

bo’lgan daromad-larning miqdorlari prognoz qilinadi. Xarajatlar ham o’z-o’zidan 

amalga oshirilmaydi, balki oldindan hisob-kitob qilingan aniq miqdorlar asosida 

byudjetlarga  ajratiladi.  Daromadlar  ularning  aniq  manbalari  bo’yicha  prognoz 

qilinsa, xarajatlar yo’nalishlar bo’yicha rejalashtiriladi. 

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag’laridan  foydalanishning  aniq 

yo’naltirilganligi va maqsadlilik xususiyati prinsipi  davlat byudjeti mablag’larini 

konkret  oluvchilar  ixtiyoriga  ularning  aniq  maqsadlarni  moliyalash-tirilishi 

oldindan  belgilangan  holda  bo’lib  berilishini  nazarda  tutadi.  Byudjetda  ko’zda 

tutilgan mablag’lar manzilliligini yoki yo’nalishini ko’zda tutil-magan maqsad-

larga o’zgartirish borasidagi har qanday xatti-harakat mamlakat davlat byudjeti 

qonunchiligini buzish hisob-lanadi

Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlarining  mustaqilligi  prinsipi  qonunchilik  va 



davlat  hokimiyatining  ijroiya  organlari  hamda  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish 

organ-larining  mamlakat  davlat  byudjeti  tizimining  tegishli  darajalarida  davlat 

byudjeti jarayonini mustaqil amalga oshirish borasidagi huquqlarini bildiradi. Bu 

prinsipning  amal  qilishi  qonunchilikka  muvofiq  mamlakat  davlat  byudjeti 

tizimining  har  bir  darajasida  byudjetlar  daro-madlarining  o’z  manbalariga 

egaligini,    byudjetlarning  tartibga  keltiruvchi  daromadlarini,  qonunchilikka 

muvofiq ravishda tegishli byudjetlarning daromadlarini shakllan-tirish bo’yicha 

vakolatlarni,  davlat  hokimiyat  organlari  va  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish 

organlarining  qonunchilikka  muvofiq  ravishda  tegishli  byudjetlar  xarajatlarining 

sarflanish  yo’nalishlarini  mustaqil  aniqlash  huquqini  qonuniy  biriktirilishini, 

byudjet  to’g’risidagi  qonunlarni  ijro  etish  jarayonida  olingan  qo’shimcha 

daromadlar,  davlat  byudjeti  daromadlarining  xarajatlaridan  oshgan  qismi 

summalari  va  davlat  byudjeti  xarajatlari  bo’yicha  iqtisod  qilingan  summalarni 

olishning  mumkin  emasligini,  davlat  byudjeti  to’g’risidagi  qonunlarning  ijro 

etilishi  jarayonida  vujudga  kelgan  daromadlardagi  yo’qotmalar  va  qo’shimcha 

xarajatlarni 

davlat 

byudjeti 

tizimining 

boshqa 


daraja-lari 

hisobidan 




286 

kompensatsiya qilishga yo’l qo’ymas-likni (qonunchilikning o’zgarishiga bog’liq 

holda vujudga kelgan holatlardan tashqari) taqozo etadi. Baxtga qarshi, 2016 yilga 

qadar  o’tgan  davrda  mamlakatimiz  davlat  byudjeti  tizimida  byudjetlarning 

mustaqilligi prinsipiga rioya qilinmagan holatlar yuz berdi.  

 Davlat  byudjeti  tizimi  byudjetlari  mablag’laridan  foydalanishning 

natijadorligi  prinsipining  mazmuni  shundan  iboratki,  unga  muvofiq  ravishda 

vakolatli organlar va davlat byudjeti mablag’larini oluvchilar byudjetlarni tuzish va 

ularning  ijrosini  ta’minlashda,  avvalo,  ko’zda  tutilgan  maqsadlarga  erishishda 

mablag’larning kamroq hajmidan yoki ma’lum bir hajmdagi mablag’lardan foyda-

langan holda yuqori natijaga erishish zarurligidan kelib chiqishi kerak.  

Kassaning yagonaligi prinsipi davlat byudjeti tizimi byudjetlarining barcha 

daromadlari  Yagona  g’azna  hisobva-rag’iga  kiritilishi  va  ularning  xarajatlarini 

to’lash ushbu hisobvaraqdan amalga oshirilishini anglatadi. 

Davlat  byudjeti  jarayoni  ishtirokchilarining  javobgar-ligi  prinsipi  davlat 

byudjeti  jarayonining  har  bir  ishtirokchisi  davlat  byudjeti  jarayonining  har  bir 

bos-qichida o’z harakatlari uchun javobgar bo’lishidan iboratdir. 

Davlat byudjeti tizimidagi ochiqlik prinsipi  ochiq matbuotda tasdiqlangan 

davlat byudjeti va uning ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni, albatta, e’lon qilinishini, 

davlat  byudjeti  ijrosi  jarayonida  ma’lumotlarning  to’liq  va  to’g’ri  berilishini, 

davlat  hokimiyati  qonunchilik  organlari  va  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish 

organlarining  qarorlariga  oid  boshqa  ma’lumotlarni  olish  imkoniyatining 

yaratilganligini,  davlat  byudjeti  loyihasi  bo’yicha  qarorlarni  ko’rib  chiqish  va 

qabul qilish tartiblarining (jumladan, davlat hokimiyati qonunchilik organi ichida 

yoki davlat hokimiyatining qonunchilik va ijroiya organlari o’rtasidagi qarama-

qarshiliklarni ifodalovchi masalalar bo’yicha ham) jamiyat va ommaviy axborot 

vositalari uchun albatta, ochiq bo’lishini ko’zda tutadi.  Bundan tashqari, Davlat 

byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari ijrosi to’g’risidagi axborot  

Moliya  vazir-ligining  rasmiy  veb-saytida  ham  joylashtirilishi  va  yangilanib 

borishi kerak. 

Maxfiy  moddalarni  tasdiqlash,  odatda,  faqat  respublika  byudjeti  tarkibida 

amalga oshiriladi.

 

Mamlakat  davlat  byudjeti  tizimini  boshqarish  sohasida  tegishli  hokimiyat 



organlari alohida vakolatlarga egadir. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 

Mahkamasining  davlat  byudjeti  tizimini  boshqarish  sohasidagi  vakolatlari 

quyidagilardan iborat

71



                                                           

71

 O‘zbekiston Respublikasining  2013-yil 26-dekabrdagi “Byudjeti kodeksi”, 25-modda. O‘zbekiston Respublikasi qonun 



hujjatlari to‘plami. 8.03.2020-y., 03/20/612/0326-son. 


287 

 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek 



soliq  va  davlat  byudjeti  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari  loyihalarini  ishlab 

chiqish jarayonini tashkil etadi hamda muvofiqlashtirib boradi; 

 

Davlat byudjeti va davlat maqsadli jamg’armalari byudjetlari, shuningdek 



soliq  va  davlat  byudjeti  siyosatining  asosiy  yo’nalishlari  loyihalarini  ko’rib 

chiqish hamda tegishli xulosa taqdim etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Hisob 

palatasiga yuboradi; 

 

byudjetnoma loyihasini ko’rib chiqadi va tasdiqlaydi; 



 

byudjetnomani  O‘zbekiston  Respublikasi  Oliy  Majlisining  palatalariga 

taqdim etadi; 

 

davlat  boshqaruvi  organlarining  Davlat  byudjetini  va  davlat  maqsadli 



jamg’armalari  byudjetlarini  ijro  etish  borasidagi  faoliyatini  muvofiqlashtirib 

boradi hamda nazorat qiladi; 

 

Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining 



ijrosi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib chiqadi; 

 

o’tgan  moliya  yili  uchun  Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli 



jamg’armalari  byudjetlarining  ijrosi  to’g’risidagi  hisobotlarni  tashqi  audit 

o’tkazish  hamda  baholash  uchun  O‘zbekiston  Respublikasi  Hisob  palatasiga 

yuboradi; 

 

Davlat  byudjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  byudjetlarining 



tegishli  davrdagi  ijrosi  to’g’risidagi  hisobotlarni  tasdiqlash  uchun  O‘zbekiston 

Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga taqdim etadi; 

 

Qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda moliya yili mobaynida Davlat 



byudjeti  va  davlat  maqsadli  jamg’ar-malari  byudjetlari  parametrlariga 

o’zgartirishlar kiritish to’g’risidagi takliflarni ko’rib chiqadi; 

 

O‘zbekiston 



Respublikasi 

respublika 

byudjetining 

qo’shimcha 

manbalaridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi; 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Vazirlar  Mahkamasining  zaxira  jamg’armasi 



mablag’laridan foydalanish to’g’risida qarorlar qabul qiladi. 

 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq 



davlat byudjeti sohasida boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish