Davlatiy moliya


-rasm. “Moliya” fanini o‘rganish sabablari



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

 

1-rasm. “Moliya” fanini o‘rganish sabablari 

  o‘z pul mablag‘laridan samarali foydalanish; 

  biznes dunyosida muvaffaqiyatli faoliyat yuritish; 

 

O’z pul 



mablag’-

laridan 


samarali 

foyda-


lanish 

 

Biznes 



dunyosida 

muvaf-


faqiyatli 

faoliyat 

yuritish 

 

Qiziqarli 



va daro-

madli 


karera 

qilish 


Mamlakat 

iqtisodiy 

siyosatiga 

ta’sir 


qiladigan 

ongli 


fuqarolik 

qarorlari 

qabul qilish 

imkoniyatiga 

ega bo’lish

 

 



Dunyoqa-

rashni 


kengay-

tirish 


“Zamonaviy moliya” (fani)ni o’rganish 

sabablari 


13 

  qiziqarli va daromadli karera qilish

  mamlakat  iqtisodiy  siyosatiga  ta’sir  qiladigan  ongli  fuqarolik  qarorlari 

qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘lish; 

  dunyoqarashni kengaytirish uchun o‘rganiladi.  

Shunday  ekan,  yuqoridagilarning  qay  biri  Sizga  maqbul  emas?  Qaysisini 

men  uchun  kerak  emas,  deya  olasiz?  O‘zingizni  ozgina  bo‘lsa-da,  hurmat 

qilsangiz,  yuqorida  qayd  etilgan  har  bir  holatlarga  nisbatan  befarq  qarash 

huquqiga ega emasligingiz ma’lum bo‘ladi. Ularning Siz uchun  har doim, butun 

hayotingiz “sikl”i davomida, “beshikdan  – tobutgacha”  kerakligini his qilasiz. 

Bunga bizning ishonchimiz komil. 

Keling, endi bu sabablarni batafsil o‘rganib chiqaylik. 

Birinchidan,  ma’lum  moliyaviy  prinsiplar  va  qonunlarni  bilish  shaxsiy 

mablag‘dan  to‘g‘ri  foydalanish  imkonini  beradi.  Shunday  ekan,  kim  bunday 

imkoniyatlarga ega bo‘lishni istamaydi, deysiz?! Siz biror bir moliyaviy bilimsiz 

yashay olasizmi? Balki yashay olarsiz. Ammo, odam moliya sohasida butkul omi 

(savodsiz)  bo‘lsa,  boshqalarga  to‘liq  qaram  bo‘lib  qoladi.  Yoki  Siz  bunga 

ishonmaysizmi? Bir aqidani eslang-a?: “Ahmoq puli bilan tez xayrlashadi!”. Bu 

–  bekordan-bekorga  aytilgan  emas.  Bu  ham  hayot  sinovlaridan  muvaffaqiyatli 

o‘tgan – aksioma. U isbot talab qilmaydi. Va aksincha, “Pul bo‘lsa, changalda 

sho‘rva”,  “Vaqt  –  bu  pul”  degan  maqollar  bekordan-bekorga  kundalik 

hayotimizga  shiddat  bilan  kirib  borib,  tobora  dolzarbroq  ahamiyat  kasb 

etayaptimi?!  Ijobiy  ma’noda  “Hammasini  pul  hal  qiladi”,  deb  ham  bejizga 

aytilmayapti-ku?! Bunday sharoitda pulingiz bilan tezda xayrlashadigan ahvolda 

bo‘lsangiz, unda nima qildik? 

Hayotda moliyaviy maslahatchiga biror masalada maslahat so‘rab muro-jaat 

qilinadigan vaziyat ko‘p va tez-tez bo‘lib turadi. Bugungi kunda ko‘plab xususiy 

maslahatchilar va maslahat firmalari: bank xodimlari, fond va sug‘urta brokerlari, 

o‘zaro  fondlarning  qimmatli  qog‘ozlarini  sotuvchi  kompaniya  xodimlari  va 

ko‘plab shu kabi shaxslar shunday xizmatlarni taklif etadilar. Ko‘pincha bunday 

maslahatlar  bepul  beriladi,  chunki  yordam  so‘rab  murojaat  qilgan  mutaxassis 

yaqin  kunlarda  kompaniyaning  yoki  tegishli  mutaxassisning  potensial 

(salohiyatli)  mijozig  bo‘lishi  mumkin.  Ammo,  olingan  maslahatning  sifatini 

qanday  baholasa  bo‘ladi?  Sizni  chuv  tushirib  ketishmadimikan?  Balki,  “oltin 

tog‘” va’da qilinib, qo‘yningiz puch yong‘oqqa to‘ldirilgandir? “moliya” (fani)ni 

chuqur  o‘rganibgina  shunday  obyektiv  baholash  uchun  zarur  asosiy  me’zonlar 

bilan tanishish mumkin. 

Misol: Siz o‘zingiz uchun “Moliyaviy maslahatchining maslahati kerakmi?”, 

degan  savolga  javob  topmoqchisiz.  Buning  uchun  quyidagi  foydali 

maslahatlardan ogoh bo‘lsangiz, foydadan xoli bo‘lmas yoki ayni muddao! 



14 

Faraz  qilaylik,  Siz  50,0  mln.  so‘mlik  moliyaviy  aktivlar  portfeli  (shu 

jumladan,  pensiya  hisob  varaqlari)ga,  uy-joy,  oddiy  qarz  majburiyatlari  va 

aksiyalar  opsioniga  egasiz.  Vaqti  kelib,  Siz  bugungi  kunda  kapital 

qo‘yilmalaringiz  qanchalik  oqilona  ekanini,  pensiya  jamg‘armangiz  yetarlimi 

yoki yo‘qmi va o‘z investitsiyalaringizning samara-dorligini oshirish uchun yana 

qanday  choralar  ko‘rish  (masalan, uzoq  muddatli  sug‘urta  polisi  olish  yoki  o‘z 

hayotingizni  sug‘urta  qilish)  kerakligini  bilishni  istadingiz.  Xullas,  bir  qancha 

reklama  broshyuralarini  o‘qib,  katta  tajribaga  ega  mutaxassisni  tanladingiz. 

Mutaxassis o‘z mijozlaridan olgan tavsiyanomalarni Sizga taqdim etdi. U yaxshi 

inson. Xo‘sh, endi nima qilish kerak? 

Bunday vaziyatda mana nimani kutsa bo‘ladi: moliyaviy maslahatchilarning 

aksariyati – yoki brokerlar, yoki sug‘urta agentlari bo‘ladi. Ularning vazifasi Sizni 

o‘z investitsiyalaringiz tarkibi va yo‘nalishini o‘zgartirishga ishontirishdan iborat 

(axir,  ana  shuning  evaziga  ular  daromad  oladilar-da!).  Bundan  tashqari,  ba’zi 

maslahatchilar  o‘z  xizmat-larini  xuddi  yurist  va  buxgalterlar  kabi  soatbay 

baholaydilar. O‘zini moliya borasida maslahatchi deb ataydiganlarning taklifini 

tushunib olishingiz va to‘g‘ri qaror qabul qilishingiz uchun bir necha maslahat 

beramiz. Ularning eng muhimlari quyidagilardan iborat: 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish