Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

optimallashtirish; 

  aktivlar qiymatini baholash

  portfel nazariyasini ham o‘z ichiga oluvchi riskiy boshqaruv. 

Yuqorida  qayd  etilganlarni,  o‘ziga  xos  tarzda,  “Moliya”ning  mustahkam 

poydevori deb ham atash mumkin. Bu har bir asosiy element larning yadrosi qator 

tub  qonunlar  va  prinsiplardan  iboratdirki,  ular  yuqoridagilarning  har  birida 

qo‘llaniladi. 

“Moliya” fanining nima ekanligini anglash, uni to‘g‘ri idrok etish, u xususda 

yaxlit  tasavvur  hosil  qilish  va  tegishli  bilimlarga  ega  bo‘lish  hamda  ulardan 

amaliyotda foydalanish uchun, eng avvalo, quyidagi uch savolning aniq javobiga 

ega bo‘lmoq lozim: 

1. “Moliya” fanining ta’rifi nimalardan iborat? 

2. Nima uchun “Moliya” fanini o‘rganish kerak? 

3.  “moliya”  fani olamida  harakatlanuvchi  ikki  asosiy  “shaxs”  kuchlar kim 

(nima)lar  va  ular  tomonidan  qabul  qilinadigan  qarorlarning  qanday  turli 

ko‘rinishlari mavjud? 

Yuqorida  qayd  etilgan  har  uch  savolning  aniq  javoblariga  ega  bo‘lish 

quyidagi ketma-ketlikda ish tutishni taqozo etadi: 

1. “Moliya” fani ta’rifi va uni o‘rganishning zarurligi; 



10 

2. Uy xo‘jaliklari va firmalar qabul qiladigan moliyaviy qarorlar; 

3. “Moliya”ning fundamental asos (masala)lari.  

Shaxslarning  ma’lum  vaqt  mobaynida  defitsit  pul  resurslari  kirimi 

(daromadi)  va  chiqimi  (xarajati)ni  qanday  boshqarishni  o‘rganishga  moliya 

deyiladi. 

Demak,  “Moliya”  shaxslarning  ma’lum  vaqt  mobaynida  defitsit  pul 

resurslari kirimi va chiqimini qanday boshqarishlari to‘g‘risidagi fan hisoblanadi. 

Moliyaviy qarorlar shunisi bilan ajralib turadiki, kirimlar va chiqimlar:  

a) vaqt oralig‘ida tarqatilgan

b)  odatda,  ularning  bo‘lajak  miqdorini  na  qaror  qabul  qiladiganlar  va  na 

boshqa  biror  bir  odam  bashorat  qila  olmaydi.  Masalan,    o‘z  restoraningizni 

ochishni  baholar  ekansiz,  barcha  xarajatlarni  (xonani  jihozlash,  oshxona 

anjomlari, stol va stullar, hatto antiqa ichimliklarni bezash uchun mo‘‘jaz qog‘oz 

shamsiyalar, qisqasi, barcha zarur asbob-uskuna-larni sotib olish) va Siz bir necha 

yildan  keyin  olishni  rejalashtirgan  noma’lum  daromad  (ya’ni,  bo‘lajak 

daromadingiz)ni imkon qadar (iloji boricha) aniq hisobga olish kerak.  

 “Moliya” nazariyasi shunday doktrinaga asoslanadiki, unga ko‘ra moliyaviy 

tizimning eng asosiy vazifasi insonlar ehtiyojini, shu jumladan oziq-ovqat, kiyim-

kechak  va  uy-joyga  bo‘lgan  barcha  asosiy  hayotiy  ehtiyojlarni  qondirishdan 

iborat.  Iqtisodiy  faoliyatning  har  qanday  sub’ektlari  (firmalar  ham,  barcha 

darajadagi  davlat  hokimiyati  organlari  ham)  ushbu  asosiy  vazifani  bajarishga 

hissa qo‘shish uchun tashkil etil(adi)gan. 

“Moliya” nazariyasi qator konsepsiyalardan iborat bo‘lib, bu konsepsiyalar 

talabalarga  vaqt  omilini  hisobga  olgan  holda  pul  resurslarini  taqsimlash 

masalalarini o‘rganishga tizimlashtirilgan yondoshuvni, shuningdek, yordamida 

barcha  muqobil  variantlar  o‘rganiladigan  va  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilinib, 

hayotga  tatbiq  etiladigan    miqdoriy  modellar  to‘plamini  taklif  etadi.  Mazkur 

asosiy  konsepsiyalar  va  miqdoriy  modellar  moliyaviy  qarorlar  qabul  qilishning 

barcha bosqich-larida: avtomobilni sotib olish yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish 

imkoniyatini 

baholashda, 

yirik 

kompaniyaning 



moliyaviy 

direktori 

telekommunikatsiya  xizmatlari  bozoriga  chiqish  istiqbollarini  belgilayotganda, 

yoki  Jahon  banki  O‘zbekistonda  gidro  yoki  issiqlik  elektrostansiya  qurilishini 

moliyalashtirish masalasini hal etayotganda qo‘llaniladi. 

Misol uchun, mazkur asosiy konsepsiyalar va miqdoriy modellar moliyaviy 

qarorlar qabul qilishning barcha bosqichlarida: avtomobilni sotib (ijaraga) olish 

yoki o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini baholashda, yirik kompaniyaning 

moliyaviy direktori telekommunikatsiya xizmatlari bozoriga chiqish istiqbollarini 

belgilayotganda,  yoki  Jahon  banki  O‘zbekistonda  gidro  yoki  issiqlik 

elektrostansiya  qurilishini  moliyalashtirish  masalasini  hal  etayotganda 



11 

qo‘llaniladi. 

“Moliya”  fanining  obyekti.  Moliya  sohasi  va  moliya  sohasida  yuzaga 

keladigan moliyaviy munosabatlar “Moliya” fanining obyekti hisoblandi.  

“Moliya” fanining predmeti. Moliya sohasida vujudga kelgan va keladigan  

turli moliyaviy munosabatlarni amalga oshirish jarayoni hamda ularning nazariy-

huquqiy asoslari “Moliya” fanining predmeti bo’lib hisoblandi. 

“Moliya”  fanining  asosiy  maqsadi  talabalarda  moliya,  moliyaviy  siyosat, 

moliyaviy  munosabatlar,  pul  oqimlari  harakati,  moliyaviy  boshqaruv,  moliya 

nazariyalari,  moliyaviy  hisobotlar,  moliyaviy  riskalar,  davlat  va  nodavlat 

moliyaviy  muassasalarning  moliyaviy  faoliyati, davlat byudjeti, davlat  byudjeti 

daromadlari  va  xarajatlari, byudjet  jarayoni, byudjetlararo  munosabatlar, davlat 

krediti,  ijtimoiy  himoya,  sug‘urta  va  xalqaro  moliya  munosabatlari  kabi 

moliyaviy  tushunchalar  bo‘yicha  yo‘nalishga  mos  bilim,  ko‘nikma  va  malaka 

shakllantirish hisoblanadi 

Fanining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi: 

–  talabalarga  “Moliya”  fanining predmeti,  obyekti va boshqa  fanlar bilan 

aloqadorligi,  moliyaning  mohiyati  va  vazifalari,  moliya  tizimi,  moliyaviy 

qarorlar, moliyaviy siyosat, uy xo‘jaliklar moliyasi, moliyaviy boshqaruv haqida 

tasavvur ega bo’lishiga yordamlashish, 

–  talabalarga moliyaviy rejalashtirish va tartibga solish, moliyaviy nazorat, 

moliyaviy  hisobot:  mazmuni,  vazifalari  va  turlari,  ijtimoiy  ta’minot,  xalqaro 

moliya  munosabatlari,  moliyaviy  muassasalar  moliyaviy  faoliyat  jarayonini 

bilishi va ulardan foydalana olishni o’rgatish; 

–  talabalarga davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg‘armalari, byudjetlararo 

munosabatlar,  sug‘urta  munosabatlari,  xo‘jalik  yurituvchi  subyektlarning 

moliyaviy resurslari, asosiy va aylanma kapital doiraviy aylanishning moliyaviy 

jihatlari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chiqarish chiqimlari, foydasi va 

rentabelligini hisoblash va amaliyotda qo‘llashni o’rgatish. 


Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish