Davlatiy moliya



Download 10,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/540
Sana27.06.2021
Hajmi10,62 Mb.
#102874
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   540
Bog'liq
moliya umk sirtqi

4. Moliyaning funksiyalari 

Moliya  quyidagi ikki funksiyani bajaradi: 

1) taqsimlash;  

2) nazorat.  

Bu funksiyalar moliya tomonidan bir vaqtning o’zida amalga oshiriladi. Har 

qanday  moliyaviy  operatsiya  YaIM  va  MDni  taqsimlash  va  shu  taqsimlash 

ustidan nazoratning amalga oshirilishini anglatadi. 

Moliyaviy munosabatlarning asosiy tavsifi ularning taqsimlash xarakteriga 

ega  va  shunga  muvofiq  ravishda  moliyaning  bosh  yoki  asosiy  funksiyasi 

taqsimlash  funksiyasidir.  Moliya  yordamida  amalga  oshirilishi  lozim  bo’lgan 

taqsimlash  jarayoni  murakkab  va  ko’p  qirrali  jarayondir.  Moliya  YaIMni 

taqsimlashning  turli  bosqichlariga  xizmat  qilib,  uni  birlamchi  taqsimlashda  va 

qayta taqsimlashda ishtirok etadi. 

Moliyaviy  metod  orqali  taqsimlash  iqtisodiyotni  boshqarishning  turli 

darajalarini (mamlakat, uning alohida olingan mintaqalari va mahalliy o’zini o’zi 

boshqarish  organlari  miqyosida)  qamrab  oladi.  Unga  taqsimlashning  turli 

ko’rinishlarini  (xo’jalik  ichida,  tarmoq  ichida,  tarmoqlararo,  hududlararo  va 

boshqa) tug’diruvchi ko’p bosqichlilik xosdir.  




25 

Eng avvalo, moliyaning taqsimlash funksiyasi MDni taqsimlashda, “asosiy 

yoki  birlamchi  daromadlar”

 

deb  nom  olgan  daromad  va  jamg’armalarni 



(fondlarni)  tashkil  etish  sodir  bo’lganda  namoyon  bo’ladi.  Ularning  yig’indisi 

MDga tengdir. Asosiy daromadlar MDni moddiy ishlab chiqarish ishtirokchilari 

o’rtasida taqsimlash jarayonida shakllanadi. Ular ikki guruhga bo’linadi: 

  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasida  band  bo’lgan  ishchi  va      

xizmatchilarning ish haqi, fermer va boshqalarning daromadlari

  moddiy ishlab chiqarish sohasidagi korxonalarning daromadlari.  

Biroq,  bunda  birlamchi  daromadlar  milliy  xo’jalik  ustuvor  tarmoqlarini 

rivojlantirish,  mamlakat  mudofaa  qudratini  ta’minlash,  aholining  moddiy  va 

madaniy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  ijtimoiy  pul  fondlarining  shakllanishini 

ta’minlay  olmaydi.  Buning  uchun  quyidagilar  bilan  bog’langan  holda  MDni 

yanada taqsimlash va qayta taqsimlash zarur: 

  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  daromadlari  va  jamg’armalaridan  eng 

samarali va oqilona foydalanish maqsadida mablag’larni tarmoqlararo va hududiy 

qayta taqsimlash bilan

  ishlab  chiqarish  sohasi  bilan  bir  qatorda  noishlab  chiqarish  sohasining 

(maorif, sog’liqni saqlash, ijtimoiy sug’urta va ijtimoiy ta’minot, boshqaruv va 

h.k.) ham mavjudligi bilan;  

  aholining turli ijtimoiy qatlamlari o’rtasida daromadlarni qayta taqsimlash 

bilan. 

Yuqorida


 

bayon etilgan qayta taqsimlashlar natijasida ikkilamchi yoki “kelib 

chiquvchi”

 

  daromadlar tashkil topadi. Bunday daromadlarga noishlab chiqarish 



sohasi  tarmoqlarida  olingan  daromadlar,  soliqlar  (jismoniy  shaxslardan 

olinadigan daromad solig’i va boshqalar) kiradi. Ikkilamchi daromadlar MDdan 

foydalanish borasidagi yakuniy nisbatlarni shakllantirish uchun xizmat qiladi. 

MDni  taqsimlash  va  qayta  taqsimlashda  faol  ishtirok  etib,  moliya  MDni 

birlamchi taqsimlashda vujudga kelgan nisbatlarni ularning yakuniy foydalanish 

nisbatlariga  aylanishiga  ta’sir  ko’rsatadi.  Bunday  qayta  taqsimlash  natijasida 

yaratiladigan  daromadlar  moddiy  va  moliyaviy  resurslar    va,  eng  avvalo,    bir 

tomondan  pul  fondlarining  miqdori  va  ularning  tarkibiy  tuzilmasi,  ikkinchi 

tomondan  esa  ishlab  chiqarish  vositalari  va  iste’mol  predmetlarining  hajmi  va 

tuzilmasi o’rtasidagi muvofiqlikni ta’minlashi kerak. 

Odatda,  har  bir  mamlakat  doirasida  MDni  qayta  taqsimlash  milliy 

iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarini (qishloq 

xo’jaligi, transport, energetika va h.k.) rivojlantirish  maqsadlarida, aholining eng 

kam ta’minlangan qatlamlari (pensionerlar, talabalar, yolg’iz va ko’p bolali onalar 

va h.k.) foydasiga amalga oshiriladi. 



26 

Shunday qilib, MDni qayta taqsimlash milliy xo’ja-likning ishlab chiqarish 

va noishlab chiqarish sohalari, moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari, mamlakatning 

alohida  mintaqalari,  mulkchilik  shakllari  va  aholining  turli  ijtimoiy

 

guruhlari 



o’rtasida sodir bo’ladi. 

Moliya yordamida amalga oshiriladigan YaIM va MDni taqsimlash va qayta 

taqsimlashning pirovard maqsadi iqtisodiyotni rivojlantirish va aholining yuqori 

turmush darajasini ta’minlashdan iboratdir. Bu jarayonlarda moliyaning roli kam 

xarajat  qilib  eng  yuqori  natijalarga  erishish,  moliya-xo’jalik  faoliyatini  yanada 

yaxshilashda  xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  har  bir  xodimi  va  jamoa-sining 

moddiy manfaatdorligi va qiziquvchanligini oshirish vazifalariga yo’naltirilgan. 

Moliyaning taqsimlash funksiyasi yordamida davlat faqatgina MDni qayta 

taqsimlashga emas, balki ishlab chiqarishga, kapitalning jamg’arilishiga, iste’mol 

sohasiga ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Shu ma’noda,  moliya iqtisodiyotning davlat 

va xususiy sektorlarini, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastrukturani, ilmiy-texnika 

taraqqiyotini va boshqalarni rivojlantirishda  hal qiluvchi rolni o’ynaydi. 

Umuman, moliyaning taqsimlash funksiyasi:  

  xo’jalik  subyektlari,  aholi,  davlat  va  mahalliy  o’zini  o’zi  boshqarish 

organlari darajasida maqsadli pul mablag’lari fondlarini shakllantirishga; 

  xo’jalik  ichida,  tarmoq  ichida,  tarmoqlararo,  hududlar-aro,  shuningdek 

ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalari, aholi ijtimoiy guruhlari o’rtasida 

qayta taqsimlashni sodir etishga

  xo’jalik  subyekti  va  davlat  darajasida  zaxiralar  yaratishga,  fuqarolar 

tomonidan  jamg’arishni  amalga  oshirishga  imkoniyat  va  shart-sharoit  yaratib 

beradi. 

Pul daromadlari va fondlarini shakllantirish hamda foydalanishning vositasi 

sifatida  moliya  taqsimlash  jarayonining  amalga  oshirilishini  obyektiv  ravishda 

o’zida aks ettiradi. Uning nazorat funksiyasi YaIMni tegishli fondlarga taqsimlash 

va  ularning  maqsadga  muvofiq  sarflanishi  ustidan  nazoratni  amalga  oshirish 

orqali  namoyon  bo’ladi.  Shu  ma’noda,  moliyaning  taqsimlash  va  nazorat 

funksiyalari yagona iqtisodiy jarayonning ikki tomonidir. 

Moliya  nazorat  funksiyasining  asosini  moliyaviy  resurslarning  harakati 

tashkil etadi. Ana shu harakatning xarkteridan kelib chiqqan holda jamiyat  pul 

mablag’larini taqsimlashda qanday nisbatlarning vujudga kelayotganligi, xo’jalik 

yurituvchi subyektlar ixtiyoriga moliyaviy resurslarning o’z vaqtida kelib tushishi 

qanday  ta’minlanayotganligi  xususida  ma’lumotga  ega  bo’lishi  kerak.  Agar 

moliyaning  nazorat  funksiyasi    amalga  oshirilmasa,  moliya  taqsimlash 

funksiyasining  samaradorligini  baholashning  ham  iloji  yo’qki,  bu  holat 

amaliyotda  har  ikkala  funksiya  harakati  o’zaro  muvofiqlashtirilishining 

zarurligidan dalolat beryapti. 




27 

Bozor  iqtisodiyotiga asoslangan har qanday jamiyatda moliyaning nazorat 

funksiyasi  ijtimoiy  va  xususiy  ishlab  chiqarishning  dinamik  rivojlanishini 

ta’minlashga,  ilmiy-texnika  taraqqiyotini  jadallashtirishga,  milliy  xo’jalik-ning 

barcha  bo’g’inlarida  ish  sifatini  uzluksiz  yaxshilashni  moliyaviy  ta’minlashga 

yo’naltirilgan. U ishlab chiqarish va noishlab chiqarish sohalarini to’liq qamrab 

oladi. Iqtisodiy rag’batlantirishni oshirish, moddiy, mehnat, moliyaviy resurslar 

va  tabiiy  boyliklardan  oqilona  va  tejamkor  foydalanish,  noishlab  chiqarish 

xarajatlari va yo’qotmalarni qisqartirish, xo’jasizlik va isrofgarchilikning oldini 

olish moliya nazorat funksiyasining maqsadlaridandir. 

Moliya  nazorat  funksiyasining  eng  muhim  vazifalaridan  biri  moliyaviy  

masalalar  bo’yicha  qonunchilikning  belgilangan  muddatlarda,  aniq  va  to’la 

hajmda  ijro  etilishini,  byudjet  tizimi,  soliq  xizmati,  banklar  oldidagi  moliyaviy 

majburiyatlar,  shuningdek,  hisob-kitoblar  va  to’lovlar  bo’yicha  xo’jalik 

yurituvchi  subyektlarning  o’zaro  majburiyatlari bajarilishining ham  o’z  vaqtida 

va to’la  amalga oshirilishini tekshirish hisoblanadi. 

Moliyaning nazorat funksiyasini bajarish jarayonida moliya, bank, sug’urta,  

bojxona va soliq organlari muhim rol o’ynaydi. Mazkur xizmatlarning xodimlari 

moliyaviy rejalashtirish jarayonida, byudjet tizimining daromadlar va xarajatlar 

qismining  bajarilishida  moliyaviy  nazoratni  amalga  oshiradilar.  Bozor 

munosabatlarining  rivojlanishi  sharoitida  nazorat  ishlarining  yo’nalishi, 

moliyaviy nazoratning shakl va metodlari tubdan o’zgaradi. 

Moliyaning  funksiyalari  moliya  mexanizmi  orqali  amalga  oshiriladi.  Bu 

mexanizm  milliy  xo’jalikdagi  moliyaviy  munosabatlar  tashkiliy  shakllarining 

majmuini,  markaz-lashtirilgan  va  markazlashtirilmagan  pul  mablag’lari 

fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini, moliyaviy rejalashtirish 

metodlarini,  moliya  va  moliyaviy  tizimni  boshqarish  shakllarini,  moliyaviy 

qonun-chilikni  o’z  ichiga  oladi.  Bozor  islohotlarini  chuqurlashtirish  sharoitida 

sifat  jihatidan  yangi  bo’lgan  moliya  mexanizmi  qo’llaniladi.  Bu,  eng  avvalo, 

xo’jalik  yurituvchi  subyektlar  va  aholining  byudjet  tizimi,  nobyudjet  fondlari, 

mulkiy  va  shaxsiy  sug’urta  organlari  va  boshqalar  bilan  bo’lgan  o’zaro 

munosabatlariga tegishlidir. 




Download 10,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   540




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish