Mustaqillik yilnomasi 1994
DAVLAT VA JAMIYAT
|
11 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIV sessiyasida qabul qilingan "Vatan himoyachilari Kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi. Bu kun har yili 14 yanvarda nishonlana boshladi.
22 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Navro‘z umumxalq bayramini nishonlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
|
5-6 may. Toshkentda Oliy Kengashning XV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini joriy qilish va "Oltin Yulduz" medalini ta’sis etish, "Mustaqillik", "Do‘stlik" ordenlarini, "Jasorat", "Shuhrat" medallarini ta’sis etish to‘risida, "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlar to‘g‘risida", "Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida" O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va boshqa qonun hujjatlari qabul qilindi.
5 may. Suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar demokratik, huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvligini ta’minlish ishiga qo‘shgan ulkan hissasi hamda bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Islom Karimovga "O‘zbekiston Qahramoni" unvonini berish to‘g‘risida Oliy Kengashning Qarori qabul qilindi.
11 may. O‘zbekiston Respublikasining "Mustaqillik" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Do‘stlik" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Jasorat" medalini ta’sis etish to‘g‘risida"gi, "Shuhrat" medalini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Qonunlari e’lon qilindi.
13 may. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XV sessiyasida qabul qilingan "Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi.
16 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasining milily valyutasini muomilaga kiritish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so‘m respublika hududlarida 1994 yil 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qiymati 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100 so‘m bo‘lgan bank qog‘oz pullari (banknotlar) va 1, 3, 5, 10, 20, 50 tiyin bo‘lgan metal tangalar holida naqd pul muomilaga chiqariladi.
5 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi to‘g‘risida Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi.
10 oktyabr. Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek tavalludining 600 yilligi nishonlanishiga bag‘ishlangan esdalik yubiley tangasi muomilaga chiqarildi.
7 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston temir yo‘llari" Davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
IQTISODIYOT
|
9-12 fevral. Jahondagi eng yirik banklardan biri - J.P.Morgan banki (AQSH)ning bank boshqaruvchi direktori janob Alfredo Gutiyerres, vitse-prezidenti janob Robert Grey va iqtisodchisi janob Peter Vorfingtondan iborat delegatsiyasi Toshkentda bo‘ldi.
|
17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston metallurgiya zavodini O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Shu kunning o‘zida Prezident "O‘zbekiston metallurgiya zavodi ishchi va xizmatchilaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
21-26 fevral. Toshkentda chet el firmalari konserni "Teksuna kompaniyasi guruhi" xalq iste’mol mollarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Fevral. Qo‘qon to‘qimachilik mashinasozligi zavodi O‘zbekistonda birinchi bo‘lib "Tiko" rusumli avtomobillarga domkratlar chiqara boshladi.
Fevral. Toshkentda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-yapon qo‘mitasi tuzildi.
9-10 mart. Toshkentda chet el investitsiyalarini O‘zbekistonga jalb etish muammolari bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya qatnashchilaridan bir guruhini O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qabul qildi.
11 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyaning O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘yicha Fransuz Milliy Kengashi Prezidenti, Fransiya tadbirkorlari Milliy Kengashi vitse-prezidenti Filipp Jiskar d'Esten boshchiligidagi tadbirkorlar guruhini qabul qildi.
Mart. Toshkentda yangi texnika va ilg‘or texnologiya bo‘yicha O‘zbekistonda birinchi "Innovatsiya-94" ko‘rgazmasi ochildi.
25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Meredit Jons grupp" Britaniya kompaniyasi raisi Nayjel M.Jonsni qabul qildi.
13 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Britaniyaning "Lonro" kompaniyasi prezidenti Diter Bokni va ushbu kompaniya direktori Jon Plats-Milsni qabul qildi.
May. "Andijonirmash" zavodi negizida tashkil etilgan "O‘zEKS" O‘zbekiston - Rossiya qo‘shma korxonasi jamoasi dastlabki besh ekskovatorni tayyorladi. Ilgari bunday ekskovatorlar faqat Kiyev va Tverda chiqarilardi.
May. Buxoro viloyati Jondor tumanida yigirma kilometrli kanal foydalanishga topshirildi. Bu kanal orqali bir vaqtlar qaqroq dasht bo‘lgan Varaxsha va Moxonko‘l kengliklariga suv yetib bordi.
4-12 iyun. Toshkentda "Gretsiya tovarlari" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Gretsiyaning 34 ta yetakchi firmalari mollari namoyish qilindi.
5-8 iyun. Toshkentda "Xalq iste’moli mollari-94" Xalqaro savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Gremaniya, Italiya, Belgiya, Gollandiya, Kipr, Pokistondan firmalar ishtirok etishdi.
18 iyun. Xorazm viloyati Do‘stlik shahrida avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha o‘zbek-german qo‘shma korxonasida dastlabki yuzta "Mersedes-Bens" yuk mashinasi yig‘ilgani to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.
28 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov janob Tomas Sveyn boshchiligidagi Amerikaning "Cheyz Manxetten bank" delegatsiyasini qabul qildi.
Iyun. O‘zbekiston Istambulda bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
14 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning "Marubeni korporeyshn" kompaniyasi delegatsiyasi rahbari, boshqaruvchi direktor Xirosi Matsumurani qabul qildi.
18 iyul. Toshkentda Xalqlar do‘stligi saroyida Markaziy Osiyo mamlakatlari - O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘izistonda Germaniyaning Konrad Adenauer fondi faoliyatining boshlanishi munosabati bilan uning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
19 iyul. Toshkentda o‘zbek-german "Sharq yulduzi" qo‘shma korxonasining "Mersedes-Bens" firmasi avtomobillariga xizmat ko‘rsatuvchi O‘zbekistonda birinchi texnikaviy xizmat stansiyasi ochildi.
4 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov yapon-o‘zbek iqtisodiy hamkorligi Qo‘mitasi raisi, "Mitsui" kompaniyasi prezidenti Naoxiko Kumagai boshchiligidagi yapon delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi.
10 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyo - Amerika tadbirkorlik jamg‘armasi raisi Stefan Solarzni qabul qildi.
10 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Amerika Qo‘shma Shtatlari AIS kompaniyasi boshqaruvi raisi Moris Grinbergni qabul qildi.
16 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov G‘arbiy Yevropa ishbilarmonlarining Klaus Yakobs boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
Sentyabr. Urganchda jahon ekstra-klass raqamli elektron texnika aloqasi - uyali radiotelefon aloqa ishga tushdi.
Sentyabr. Tokioda iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha o‘zbek-yapon va yapon-o‘zbek qo‘mitalarining birinchi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
4-6 oktyabr. Madridda Xalqaro valyuta jamg‘armasi va Jahon bankining yillik yig‘ilishi bo‘ldi. Uning ishida O‘zbekiston delegatsiyasi ham ishtirok etdi.
20 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shveytsariyaning "ABB" kompaniyasi prezidenti R.Barnevikni, shuningdek, shu kompaniyaning Markaziy Osiyo va Qozog‘iston bo‘yicha vakolatxonasi boshlig‘i K.Makkartnini qabul qildi.
Oktyabr. Fransiyada "Farnbero-94" Xalqaro aviatsiya ko‘rgazmasida hamda Le-Burjedagi aviatsiya salonida O‘zbekistonda tayyorlangan aviatsiya texnikasi ilk bor namoyish etildi. Ko‘rgazmada V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi mahsulotlari - IL-114, IL-76 MB samolyotlari namoyish etildi.
1 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AQShning "Danovant enterprayzis ink" kompaniyasi rahbari V.B.Danovant boshchiligidagi tadbirkorlar delegatsiyasini qabul qildi.
4 noyabr. YUqori sifatli, jahon bozorida raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarilganligi uchun Farg‘ona "Azot" ishlab chiqarish birlashmasi "Oltin Globus" Xalqaro mukofotiga sazovor bo‘lganligi haqida xabar e’lon qilindi. Ushbu mukofot AQSH xususiy tadbirkorlarining tashabbusi bilan tashkil etilgan "Sharq taraqqiyoti" xalqaro tashkilotining tavsiyasiga binoan beriladi.
17 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning "Sumitomo" korporatsiyasi boshqaruvining boshqaruvchi direktori Tatsuo Nishida boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.
23 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki direktorlar kengashi a’zolaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.
29 noyabr. Toshkentda "O‘zbekiston - Koreya" hamda "Koreya - O‘zbekiston" savdo va iqtisodiy hamkorlik qo‘mitalari vakillarining birinchi qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Noyabr. Buxoro neftni qayta ishlash zavodini barpo etish bo‘yicha qurilish ishlari boshlandi.
Noyabr. Samarqandda "Karvon-94" Xalqaro savdo ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda dunyoning 30 dan ziyod davlati firma va korporatsiyalari mahsulotlari namoyish etildi.
Noyabr. Londonda har yilgi an’anaviy Butunjahon turistik yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zbekturizm" Milliy kompaniyasi xorijlik turistlarni qabul qilib olish va o‘z sayohat ishqibozlarimizni xorijga yuborish bo‘yicha 56 shartnomani imzoladi.
15 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Jahon bankining Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘limi direktori Yukon Xuangni qabul qildi.
Dekabr. "Nukus-Moskva" yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar poyezdlarning muntazam qatnovi boshlandi.
IJTIMOIY HAYOT
|
Ta’lim. Fan
19 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "1994 yilni Mirzo Ulug‘bek yili deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
Iyun. Istambulda Ulug‘bekning 600 yilligi hamda Kandil rasadxonasining 125 yilligiga bag‘ishlab Turkiyada va islom olamida fan va texnologiya bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Simpozium ishida O‘zbekiston olimlari ham ishtirok etdi.
|
2 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi tashkil etildi.
28 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Umumta’lim maktablari o‘qituvchilarining mehnatini rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
Sentyabr. Jizzaxda oliy harbiy bilim yurti ochildi.
13 oktyar. Toshkentda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yilligiga bag‘ishlangan "Mirzo Ulug‘bek va uning jahon taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi" mavzuida Xalqaro ilmiy konferensiya ochildi. Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik yo‘lladi.
Oktyabr. Toshkentda O‘rta Osiyoni o‘rganish bo‘yicha Fransiya instituti tashkil etildi.
8 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Samarqand Davlat chet tillar institutini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
25 noyabr. Toshkentda Misr fan va ta’lim markazi ochildi.
Noyabr. Toshkentda mustaqillik mafkurasiga bag‘ishlangan birinchi Respublika ilmiy-nazariy va amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
Madaniyat va ijtimoiy hayot
1-11 yanvar. Tehronda XII Xalqaro kinofestival bo‘lib o‘tdi, unda O‘zbekiston filmlari birinchi marta namoyish etildi. Festivalda o‘zbek kinemotografchilaridan rejissyor M.Qayumovning "Ismoil Buxoriy", N.Mahmudovning "Bahouddin Naqshband" hujjatli filmlari va 1945 yilda N.G‘aniyev suratga olgan "Tohir va Zuhra" badiiy filmi namoyish etildi.
3 yanvar. O‘zbekiston aholisi ilk bor olis Hindistondan bevosita uzatilgan televizion dasturni tomosha qildi. Bu dastur Dehlidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning Hindistonga tashrifini yorituvchi reportaj bilan ochildi.
4 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Adabiyot, san’at va arxitektura sohasida 1994 yilgi Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
Mart. Toshkentda Ukrainaning "Batkivshina" madaniy markazi tuziildi.
Mart. Toshkentda "Navro‘z, yoshlik, do‘stlik" shiori ostida o‘quvchi yoshlarning Xalqaro baynalmilal festivali bo‘lib o‘tdi.
23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublika Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
Aprel. Bonnda "Germaniya-O‘zbekiston" jamiyatining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
25-29 may. Toshkentda Xalqaro modalar yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
May. Toshkentda Yevropa kunlari bo‘lib o‘tdi.
May. O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligi tennis bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi musobaqalariga bag‘ishlangan markalarni pochta muomilasiga chiqardi.
1-3 iyun. Toshkentda Markaziy Osiyo mamlakatlari Bolalar folklor-etnografik festivali bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov uning ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
Iyun. Kuala-Lampurda (Malayziya) Xalqaro islom madaniyati festivali bo‘lib o‘tdi. Festival davomida O‘zbekiston kunlari ham bo‘lib o‘tdi.
3 oktyabr. Toshkentdagi Xalqlar do‘stligi saroyida Jahon sayyohlik tashkilotining "Ipak yo‘li" Xalqaro konferensiyasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov uning ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Xalqaro uchrashuv o‘z ishini 6 oktyabrda Samarqandda tugalladi. Shu yerda "Ipak yo‘li bo‘ylab sayyohlik bo‘yicha Samarqand Deklaratsiyasi" qabul qilindi.
6 oktyabr. Nukusda buyuk olim, atoqli astronom Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bek haykali ochildi.
15 oktyabr. Samarqandda Mirzo Ulug‘bek tavalludining 600 yillik yubileyi tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
24 oktyabr. Parijda YUNESKOning majlislar o‘tkaziladigan zalida "Ulug‘bek va buyuk Temuriylar davri" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi hamda "Ulug‘bek va an’anaviy san’at" ko‘rgazmasi ochildi.
7 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Milliy qadriyatlarni tiklash va madaniyatni yuksaltirish, Zahiriddin Muhammad Bobur merosini o‘rganish va targ‘ib qilishdagi fidokorona xizmati uchun respublika madaniyat xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
3 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "1994 yil uchun adabiyot, san’at va me’morchilik sohasida Abdulla Qodiriy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlarini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
29 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Amir Temur tavalludining 660 yilligini bayram qilish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
Sog'liqni saqlash. Sport.
25 fevral. O‘zbekistonlik xalqaro toifadagi sport ustasi, fristayl bo‘yicha Jahon chempioni va kubogi sohibi Lina Cheryazeva Norvegiyaning Lillexammer shahrida bo‘lib o‘tgan XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida chempion bo‘lganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. qishki olimpiadalar tarixida birinchi marta chempion sharafiga mustaqil O‘zbekiston Respub-likasining Davlat Madhiyasi yangradi.
14 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XVII qishki Olimpiya o‘yinlari qatnashchilarini mukofotlash to‘g‘risida Farmon chiqardi.
13 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov XOq Prezidenti Xuan Antonio Samaranch rahbarligidagi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi delegatsiyasini qabul qildi.
3 may. Toshkentda "Buyuk Ipak yo‘li" nomi ostida tennis bo‘yicha Xalqaro musobaqa ochildi. Musobaqada 22 mamlakatdan sportchilar qatnash-dilar.
14 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublikada dori-darmon vositalarini sotishni tartibga solish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
27-30 sentyabr. Toshkentda "Tibbiyot-94" Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
3 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Bu-tunjahon turistik tashkiloti bosh kotibi Antonio Enrikes Savinyakni qabul qildi.
14 oktyabr. Toshkentda pediatrlarning ikkinchi Xalqaro kongressi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov kongress I ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.
17 oktyabr. Toshkent aeroportida Xirosimada o‘tkazilgan XII Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni kutib olish ma-rosimi bo‘ldi. Sportchilarimiz 10 ta oltin, 11 ta kumush va 19 ta bronza - jami 40 ta medalni qo‘lga kiritdilar.
TASHQI SIYOSAT
|
3-5 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov hindistonga davlat tashrifi bilan bordi. Uch kunlik tashrif davomida o‘zbek-hind munosabatlarini yanada kengaytirishga qaratilgan bir qancha bitimlar, shu jumladan, savdo-iqtisodiy, madaniy sohadagi, pochta aloqasi va telekommunikatsiyalar, fan va texnika sohasidagi Bitimlar imzolandi,
16 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bosh-chiligidagi rasmiy delegatsiya amaliy tashrif bilan Bishkekda bo‘ldi.
|
Ma’naviyatni qayta tiklashga ko‘maklashish bo‘yicha "Ruhoniyat" uyushmasi prezidenti Islom Karimovga "Xalqlar o‘rtasida tinchlik va hamjihatlik uchun" xalqaro mukofotni topshirdi.
27-31 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Hveytsariyaga tashrif bilan bordi. Bu yerda u Davosda bo‘lib o‘tgan Butunja-hon iqtisodiy anjumanining yillik majlisida ishtirok etdi.
24 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Butunjahon pochta Uyushmasi a’zosi bo‘ddi.
25-27 aprel. Fransiya Respublikasi Prezidenti Fransua Mitteranning O‘zbekistonga davlat tashrifi bo‘lib o‘tdi. Uning O‘zbekiston Res-publikasi Prezidenti Islom Karimov bilan olib borgan muzokaralari natijasida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida Bitim, fuqarolarning erkin borib-kelishi to‘g‘risida Bitim, havo transporti sohasida hamkorlik qilish to‘g‘risida Deklaratsiya imzolandi.
16-19 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ras-miy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ldi.
1 sentyabr. Bonnda (GFR) O‘zbekiston Respublikasining Yevropada birinchi elchixonasi ochildi.
14-15 sentyabr Falastin Ozodlik Tashkiloti ijroiya qo‘mitasining Raisi Yosir Arofatning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Mehmonni davlatimiz boshlig‘i Islom Karimov qabul qildi.
28-30 sentyabr. Toshkentda Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashi umumiy muammolariga bag‘ishlangan Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov seminar qatnash-chilariga tabrik yo‘lladi.
24-26 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasiga bordi.
5 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Buda- peshtda bo‘lib o‘tgan Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik Kengashi majli-sida ishtirok etdi.
19 dekabr. Toshkentda YUNISEF bilan O‘zbekiston Respublikasi O‘rtasida O‘zbekistonning BMTning rivojlanayotgan davlatlarga yordam ko‘rsatadigan Xalqaro bolalar jamg‘armasi (YUNISEF)ga a’zo bo‘lib ki-rishini nazarda tutadigan Bitim imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |