Davlat va jamiyat



Download 353.35 Kb.
bet4/8
Sana11.01.2017
Hajmi353.35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

Mustaqillik yilnomasi 1997

DAVLAT VA JAMIYAT

 

http://www.press-service.uz/img/menu/32/1997a.jpg

3 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining "O‘qituvchilar va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi. Bu kun Qonun bilan 1 oktyabr deb belgilandi va bayram (dam olish) kuni hisoblanadi.

7 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Iqtidorli yoshlarning chet elda ta’lim olishini qo‘llab-quvvatlash "Umid" jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqaradi.



 
4 may. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis VIII sessiyasida qabul qilingan "Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi.

22 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston belgisi" ko‘krak nishoni ta’sis etish to‘risida" Farmon chiqardi.

9 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti oilaning jamiyatni rivojlantirishdagi rolini oshirish, uning iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy va huquqiy manfaatlarini ta’minlash, 1998 yildi har bir oilaning farovonligini yaxshilash, milliy va siyosiy ongni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha aniq davlat dasturini ishlab chiqish maqsadida respublika komissiyasini tuzish yuzasidan Farmoyish chiqardi.

IQTISODIYOT

 

http://www.press-service.uz/img/menu/32/1997b.jpg

2 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Koreya Respublikasi "DEU" kompaniyasi guruhining raisi Kim U Jung boshchiligidagi shu guruh delegatsiyasi a’zolarini qabul qildi. Suhbat chog‘ida "O‘zDEUavto" zavodida ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, uni butlovchi materiallar bilan ta’minlash, to‘qimachilik majmuini barpo etish, telekommunikatsiyalarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

 
11 fevral. Toshkentda Markaziy Osiyo respublikalari temir yo‘l idoralari hamda Kaspiy dengizi kemachiligi rahbarlarining TRASEKA loyihasini amalga oshirish masalalarini muhokama qilish yuzasidan birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv Qora dengizga olib keladigan temir yo‘l marshrutini barpo etish vositasida MDH janubiy davlatlarining jahon iqtisodiyotiga kirib borishiga ko‘maklashuvi lozim.

9 mart. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviokompaniyasi Amerikaning Sietl shahridagi "Boing" samolyotsozlik korporatsiyasidan sotib olgan ikkinchi "Boing-767" samolyoti Toshkent aeroportiga kelib qo‘ndi. Yangi reaktiv layner qadimiy o‘zbek shahri - "Xiva" nomi bilan ataldi.

19 mart. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida eng yaxshi tadbirkor, eng yaxshi hunarmand va eng yaxshi fermer uchun navbatdagi "Tashabbus-96" tanlovi bo‘lib o‘tdi. Samarqanddagi "Umid" xususiy firmasining direktori Olim Rajabov eng yaxshi tadbirkor, deb tan olindi. Unga "Neksiya" avtomobili kaliti topshirildi. Hunarmandlar orasida Qibraydagi "Ijod" firmasi xodimi Ergash Safarov birinchi o‘rinni oldi. Unga "Tiko" avtomobili taqdim etildi. Andijon viloyati Marhamat tumanidagi "Shuhrat" fermer xo‘jaligining rahbari Toshmirza Nuriyev eng yaxni fermer unvoniga sazovor bo‘ldi. U "Damas" mashinasi sohibi bo‘ldi.

Mart. Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida tashkil etilgan "O‘zDEU to‘qimachilik" qo‘shma korxonasi dastlabki mahsulotni berdi.

2 aprel. O‘zbekiston hukumati BMTning taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlikda birinchi hukumatlararo global tarmoq loyihasini rasman tuzib chiqa boshladi. U axborotlar almashinuvi jarayonini yengillashtirish va jahon "Internet" tarmog‘ining ulkan axborot zaxiralaridan foydalanish imkoni tug‘diradi. Shu munosabat bilan bo‘lib o‘tgan marosimda mazkur strategik jihatdan muhim sohada xalqaro hamkorlik shart-sharoitlarini belgilab beruvchi hujjat loyihasi imzolandi.

21 aprel. Madridda Andijondagi ip-gazlama ishlab chiqarish bo‘yicha Bobur nomli aksionerlik jamiyatiga sifatli mahsuloti uchun "Yevropa arkasi" Xalqaro sovrinini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Aprel. Sharjada yuk tashish masalalari bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy aviokompaniyasi bu qadar mo‘tabar anjumanda faqat birinchi marta ishtirok etib qolmasdan, shu bilan birga uning mukofatiga, ya’ni 1996 yilda charter reyslarida yuk tashish bo‘yicha eng yaxshi avikompaniya unvoniga sazovor bo‘ldi.

13-16 may. Toshkentda qishloq uchun zamonaviy mini-texnologiyalar va jihozlarning respublikada birinchi ko‘rgazma-savdosi bo‘lib o‘tdi.

15 may. Toshkentda xalqaro aksionerlik tijorat "O‘zDEUbank" taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

21-23 may. Toshkentda "Neft va gaz-97" birinchi O‘zbekiston Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning 30 mamlakatidan yuzga yaqin ixtisoslashgan kompaniya va firmalar vakillari qatnashdi.

27-29 may. Samarqandda "Buyuk ipak yo‘li" xalqaro amaliy hamkorlik anjumani bo‘lib o‘tdi.

avgust. Yangiyo‘l paxta tozalash zavodi ishga tushirildi. Unda Amerika jihozlari o‘rnatilib, O‘zbekistonda birinchi marta paxta tolasini tozalash va presslash bo‘yicha Amerika texnologiyasi qo‘llana boshladi.

avgust. Moskva ostonasidagi Jukovsk shahrida uchinchi xalqaro aviokosmik salon (Maks-97) bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning 328 yetakchi aerokosmik firmalari qatnashdi. O‘zbek aviasozlar saloni katta qiziqish uyg‘otdi, bu yerda yuk tashuvchi "IL-76" va o‘rtacha masofaga qatnaydigan "IL-114" yo‘lovchi samolyotlari namoyish qilindi.

avgust. Jizzaxda tomat pastasi ishlab chiqaradigan "Jizzax-Chexiya" qo‘shma korxonasi ishlay boshladi.

17 sentyabr. "Toshkent traktor zavodi"ning 19-traktor yig‘uv sexi bosh konveyyeridan Amerika "Komminz" firmasining 92 ot kuchiga ega bo‘lgan dvigateli - 1001 traktor chiqdi.

19 sentyabr. Urganchda shahar aeroportining qayta qurilishi nihoyasiga yetganiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Endi bu aeroport xalqaro havo yo‘llarida qatnaydigan samolyotlarni qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi. Aeroportning qayta qurilishida Yaponiyaning "Mitsubisi-Mitsui-Shimidzu" konsorsiumi, "Japan ayrport kansalting", Germaniyaning "Simens", Turkiyaning "Ay-sel", Fransiyaning "Konsul" firmalari qatnashdi.

Sentyabr. Toshkentdagi "Foton" aksionerlik birlashmasi "SONY" rangli televizorlarini chiqarishga kirishdi.

Sentyarb. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Davlat aksionerlik kompaniyasida TASIS dasturiga kiradigan TRASEKA loyihasi doirasida Markaziy Osiyo respublikalari bilan Xitoy o‘rtasida transport yo‘llarini tadqiq etish va takomillashtirishga bag‘ishlangan birinchi muvofiqlashtiruvchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Qirg‘iziston mutaxassislari bilan birga BMT, Osiyo banki va yirik xorijiy kompaniyalarining vakillari ishtirok etdi.

23 oktyabr. Toshkentda "Korfarmsanoat" o‘zbek-hind qo‘shma korxonasining, shuningdek, "Kor Xelsker" limited" hind sanoat kompaniyasi ishlab chiqarayotgan tibbiy texnikaning tadqimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Noyabr. Toshkent telefon tarmog‘ida Germaniyaning "SIMENS AG" firmasi bilan tuzilgan shartnoma asosida umumiy soni 40 ming nomer bo‘lgan raqamli 137, 162, 191, 195-ATSlar ishga tushirildi.

Noyabr. O‘zbekiston hududlaridan o‘tuvchi Trans-Osiyo-Yevropa optika tolali kabel magistralining qurilishi nihoyasiga yetdi. U Frankfurt-na-Maynni Shanxay bilan bog‘ladi. Mazkur magistralda 926 kilometr optik tolali kabel yotqizildi.

Noyabr. Madriddagi Xalqaro kengashda turli mamalakatlarnig 500 dan ortiq firma va kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etdilar. "Quvasoy sement" aksionerlik jamiyatining mahsulotlari - sement, shifer, alebaster "Sifat uchun Xalqaro Oltin yulduz" nishoniga sazovor bo‘ldi. "O‘zpaxtasanoatsotish" assotsiatsiyasining Qoraqalpog‘iston birlashmasiga qarashli Xalqobod va Beruniy paxta tozalash korxonalarining paxta tolasi ham yuqori baholandi. O‘zbekiston tolasiga, shuningdek, "Sifat uchun Xalqaro Oltin yulduz" nishoni topshirildi.

Dekabr. AQSH Federativ aviatsiya ma’muriyati komissiyasi "O‘zbekiston havo yo‘llari" kompaniyasiga Atlantika okeani orqali parvoz qilish huquqini beruvchi sertifikatni taqdim etdi. Birinchi parvoz 5 dekabrda bo‘lib o‘tdi. Bunga qadar avialaynerlarning texnikaviy imkoniyatlari va o‘zbekistonlik uchuvchilarning kasbiy darajasi tekshiruvdan o‘tkazildi.
TASHQI SIYOSAT

 


http://www.press-service.uz/img/menu/32/1997c.jpg

13 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mam-lakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan NATO Bosh kotibi Xavyer Solanuni qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan NATO o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi bilan bog‘liq masalalar, xususan, "Tinchlik yo‘lidagi sheriklik" dasturi asosida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

16 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Osiyo-Tinch okeani mintaqasida nogironlarning ijtimoiy hayotda to‘laqonli va tenghuquqli ishtiroki to‘g‘risidagi BMT Deklaratsiyasiga qo‘shildi. O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligida ushbu Deklaratsiyani imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

13-14 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ashgabadga bordi. U yerda Prezident Iqgisodiy hamkorlik Tashkiloti (IHT)ga a’zo mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining navbatdan tashqari uchrashuvida ishtirok etdi.

15 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Osiyo Olimpnya kengashi (OOK) prezidenti Shayx Ahmad as-Saboh boshchiligidagi shu tashkilot delegatsiyasini qabul qildi. Uchrashuv yakunida Shayx Ahmad as-Saboh olimpiya harakati va milliy sportni rivojlantirishdagi katta xizmatlari uchun Prezident Islom Karimov OOKning Oltin medali bilan mukofotlanganligini aytdi. U O‘zbekiston Prezidentiga mukofotni topshirdi.

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov YEXhT raisi, Daniya qirolliganing tashqi ishlar vaziri Nils Xelveg Peter-senni qabul qiddi. Suhbat jarayonida O‘zbekiston bilan YEXHT o‘rtasidagi hamkorlikni, O‘zbekiston bilan Daniya o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashuvlar bo‘ldi.

15 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov BMT Bosh kotibining o‘rinbosari Vladimir Petrovskiyni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan BMT o‘rtasida har tomonlama hamkor-likni yanada kengaytirish, mintaqaviy xavfsizlik masalalari yuzasidan fikr almashuvlar bo‘lib o‘tdi.

17-18 sentyabr. Italiya Respublikasi Vazirlar kengashi raisi Roma-Prodi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ldi. Tashrif jarayonida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bilan Romano Prodi do‘stlik va birdamlik O‘zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risida Shartnoma, ikki Respublika o‘rtasida investitsiyalarni rag‘batlantirish va himoya qilish to‘g‘risida Bitim, shu-ningdek, Toshkent viloyati hokimiyati va Italiyaning "Fata-grupp" kompaniyasi o‘rtasida Toshkent viloyatida avtosanoat kompleksini rivojlantirish dasturini amalga oshirishda hamkorlik qilish, O‘zbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi bilan Italiyaning "Stet telekom interneyshnl" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki bilan Italiyaning "Kommerchiale Italyano" banki o‘rtasida hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandumlar imzolaqsi.

9 dekabr. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasining 52-sessiyasi majlisida uning ishtirokchilari "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud yaratish" to‘g‘risidagi rezolyutsiyani qabul qildilar. Bunday hudud yaratish tashabbusini birinchi bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1997 yil fevralida BMT Bosh Assambleyasining 48-sessiyasida olg‘a surgan edi.

IJTIMOIY HAYOT

 


http://www.press-service.uz/img/menu/32/1997d.jpg

Ta’lim. Fan

 

13 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Iste’dodli yoshlarning chet ellarga borib o‘qishini qo‘llab-quvvatlish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Umid" jamg‘armasini tashkil etish bo‘yicha tashkiliy tadbirlar to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.



10 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ishlab chiqish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

8 aprel. Toshkent Davlat Jahon tillari universitetida yapon tili markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Yaponiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamkorligida ochilgan markazga Yaponiya tomoni Quyosh chiqish mamlakati hayotining turli sohalariga oid zarur adabiyotlar, televizorlar, audio va video apparatlar, ko‘paytirish texnikasini in’om etdi.

8 may. Toshkentda "Davlat, oila va tarbiya muammolari" mavzuida Respublika konferensiyasi ochildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov konferensiya ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

May. Toshkentda "Mustaqil O‘zbekiston: falsafiy va huquqiy fanlarning dolzarb muammolari" mavzuida IV Respublika ilmiy-nazariy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

May. Andijonda Bobur nomidagi Xalqaro jamg‘arma hamda uning nomi bilan atalgan Xalqaro ilmiy ekspeditsiya tashkil etilganining besh yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.

May. Toshkentda Davlat Yuridik institutida Markaziy Osiyo bilan aloqalar bo‘yicha YEXHT Byurosi tashabbusi bilan tashkil etilgan inson huquqlari bo‘yicha kurslar o‘z faoliyatini boshlab yubordi.

10 iyun. Toshkentda quyosh energiyasidan foydalanish bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda yigirma mamalakatdan, shu jumladan, Avstriya, Buyuk Britaniya, Germaniya, AQSH, Fransiya, Shveytsariyadan olimlar va mutaxassislar ishtirok etishdi.

25 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Aholining huquqiy tarbiyasini yaxshilash, huquqiy madaniyati darajasini oshirish, huquqshunos kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, jamoatchilik fikrini o‘rganish ishlarini yaxshilash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

Iyul. Toshkentda "Ijtimoiy fikr" jamoatchilik markazini tashkil eitsh bo‘yicha ta’sis yig‘ilishi o‘tkazildi.

Bu markaz mustaqil ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy muassa hisoblanadi. Uning asosiy maqsadi va vazifasi O‘zbekistonda huquqiy, demokratik davlat barpo etish sohasida amalga oshirilayotgan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashdir.

30 sentyabr. O‘zbekiston Rsepublikasining Oliy Majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va joriy etildi.

6 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni tarbiyalash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

11 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Xorazm Fanlar akademiyasini tiklash to‘g‘risda" Farmon chiqardi. Qadimda "Ma’mun" deb atalgan bu akademiya fan, ta’lim va madaniyat markazi hisoblanib, insoniyat tarixida dastlabki ilm markazlaridan biri bo‘lgan.

Ushbu Farmon ilm-fanni rivojlantirish, xalqimizning ma’naviy va intellektual qadriyatlarini taklash hamda qo‘paytirish haqida qilinayotgan g‘amxo‘rlikning yorqin dalillaridan biri bo‘ldi.

17-18 noyabr. Toshkentda iqlim o‘zgarishlari muammolari bo‘yicha BMT Konvensiyasi doirasida Markaziy Osiyo respublikalarining faoliyatiga bag‘ishlangan Halqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

30 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Respublika "Ustoz" jamg‘armasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘isida" Qaror qabul qildi.

Madaniyat va ijtimoiy hayot

3 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining "O‘qituvchilar va murabbiylar kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi. Qonun bilan bu kun 1 oktyabr deb belgilandi va bayram (dam olish kuni) hisoblanadi.

8 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekistonda milliy raqs va xoreografiya san’atini rivojlantirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

23 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Ushbu Farmon bilan xalq hunurmandchiligi, tasviriy va amaliy san’at sohasidagi eng yaxshi asarlar uchun Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat mukofoti ta’sis etildi.

Yanvar. Parijda "Islom, Fransiya va Yevropa: umumiy kelajagimizni qanday quramiz" mavzuida Xalqaro anjuman bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston vakillari ham ishtirok etishdi.

10-17 fevral. Toshkentda "Navro‘z arafasida-97" shiori ostida Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan Respublika teatr san’ati festivali bo‘lib o‘tdi.

11 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

20 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyotini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

Mart. Toshkenntda Fransiya madaniyat Uyi ochildi.

26 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston chet ellar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar Jamiyati kengashini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

May. "O‘zbekiston nashriyoti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobini o‘zbek va rus tillarida nashr etdi.

May. Andijonda Bobur nomidagi Xalqaro jamg‘arma va shu buyuk ajdodimiz nomidagi Xalqaro ilmiy ekspeditsiya tashkil etilganining besh yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.

16 iyun Parijda Marini teatrida "Buyuk ipak yo‘li" spektakli bilan O‘zbekiston madaniyat kunlari ochildi. U Buxoro va Xivaning 2500 yilligi munosabati bilan YUNESKOning yubiley tadbirlari doirasida o‘tkazildi. Shu kuni Buxoro va Xivaga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi, YUNESKO bosh qarorgohida O‘zbekiston san’at ustalari konserti bo‘ldi.

27 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlariga Milliy matbuot kuni bilan yo‘llagan tabrigi e’lon qilindi.

30 iyul. Davlat san’at muzeyida do‘ppilar ko‘rgazmasi ochildi. Unda bu qadimiy bosh kiyimning eng noyob turlari namoyish etildi.

26 avgust - 1 sentyabr. Samarqandda Xalqaro "Sharq taronalari" festivali bo‘lib o‘tdi.



avgust. Toshkentda "Jamiyat va boshqaruv" nomli yangi jurnalning birinchi soni chiqdi. U Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining nashridir.

10 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobiga bag‘ishlangan katta formatdagi rangli albom o‘zbek, ingliz va rus tillarida nashr etilganligi to‘g‘risidagi xabar e’lon qilindi. Mazkur nashr katta hajmdagi axborotni qamrab olgan bo‘lib, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatidagi asosiy yo‘nalishlar va tamoyillarni ochib beradi.

12 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekiston Respublikasi "Tasviriy oyna" ijodiy uyushmasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

5-12 oktyabr. Toshkentda Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi madaniyat kunlari bo‘lib o‘tdi.

19 oktyabr. Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Poyi Kalon maydonida ulkan teatrlashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tdi, u yorqin badiiy shakllarda Sharqning eng qadimgi shahari tarixi, shahar mehnatkashlarining bugungi kuni haqida hikoya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantana ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi.

20 oktyabr. Xiva shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Ark maydonida Xivaning qadimiy tarixi va bunyodkorlik ishlari bilan to‘libtoshgan bugungi kuni haqida hikoya qiluvchi teatrlashtirilgan tomosha namoyish etildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tantana qatnashchilarini shahar bayrami bilan qizg‘in qutladi.

20 oktyabr. Xivada "Xiva va uning jahon tarixidagi o‘rni" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, 9 oktyabrda Buxoroda o‘z ishini boshlagan "Bashariyatning ilmiy va madaniy merosi - uchinchi ming yillikka" mavzuidagi Xalqaro simpoziumning yakuniy majlisi o‘tkazildi.

27 noyabr. O‘zbekiston Rsepublikasi Vazirlar Mahkamasi "Ahmad al-Farg‘oniy tavalludining 1200 yilligini nishonlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

23 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Buyuk rassom Kamoliddin Behzodning 545 yillik yubileyini bayram qilish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

24 dekabr. Temuriylar tarixi Davlat muzeyida O‘zbekiston muzeylar Kengashini tashkil qilish va uning xalqaro muzeylar Kengashi IKOMga a’zo sifatida qabul qilinishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Sog'liqni saqlash. Sport.

12 fevral. Toshkentda "1997 yil - qariyalar yili" shiori ostida yugurish bo‘yicha birinchi marta Respublika musobaqalari bo‘lib o‘tdi, Unda to‘qqiz viloyat, qoraqalpog‘iston Resiublikasi hamda Toshkent shahridan ushbu sport turining barcha yoshdagi shinavandalari ishtirok etishdi. Toshkent terma jamoasi musobaqa g‘olibi bo‘ddi.

25 mart. Toshkentda "Madaniy-bilish maqsadidagi turizm va O‘zbekis-tonda hunarlarning rivojlanishi" BMT loyihasi taqdimoti munosabati bilan brifing bo‘lib o‘tdi.

10 iyun. Toshkentda Respublika reabilitatsiya markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

22 iyun. Toshkentning bosh maydoni "Mustaqillik"da katta sport bayrami - Olimpiya yugurish kuni bo‘lib o‘tdi. Unda butun O‘zbekistondan yig‘ilgan 1700 ga yaqin jisnoniy tarbiya ishqibozlari va sportchilar ish-tirok etishdi.

1 iyul. Prezident Islom Karimov O‘zbekiston Olimpiya shon-shuhrati muzeyiga sovg‘a sifatida "Oltin orden"ini topshirdi. U Osiyo qitasida olimpiya an’analarini qaror toptirish va boyitishga, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun Osiyo Olimpiya kengashi tomonidan shu orden bilan mukofotlangan edi.

9-14 sentyabr. Toshkentda "O‘zbekiston Prezidenti Kubogi" uchun IV Xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tdi. Turnirning yopilish marosimida Prezident Islom Karimov so‘zga chiqsi. U turnir g‘olibi ingliz Tim Xen-manga "Prezident Kubogi"ni hamda ikkinchi o‘rinni egallagan shveytsa-riyalik Mark Rossega maxsus sovrinni topshirdi.

17 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston jarroxlarining yurak va qon-"tomir xastaliklarini davolashga bag‘ishlangan II Respublika ilmiy-ama-liy konferensiyasi ochildi. Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik yo‘lladi. Konferensiya ishida MDh va Boltiqbo‘yi davlatlarning yirik olimlari ishnirok etishdi.

24 sentyabr. Toshkentda Xalqaro "Ekosan" jamg‘armasi va "Osiyo yashil belbog‘i" Yaponiya harakati tomonidan tashkil qilingan "XXI asr bo‘sag‘asida ekologiya va salomatlik" mavzusida konferensiya bo‘lib o‘tdi. Ushbu harakat faollari shu kunlarda O‘zbekistonda bo‘lishdi. Konferensiya qatnashchilari o‘sha kuniyoq Toshkent viloyatidagi Shreder nomli ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasida bog‘ barpo etdilar. U Buyuk Ipak yo‘lidagi bo‘lajak yashil belbog‘ bo‘lib, Buxoro va Samarqandda davom ettiriladi.

25-27 sentyabr. Toshkentda "Buyuk Ipak yo‘li" deb ramziy nomlangan uchinchi Xalqaro turistik yarmarka bo‘lib o‘tdi. Yarmarkada 35 mamlakatdan yetmishta turistik firma ishtirok etdi.

28 sentyabr-4 oktyabr. Andijonda "Buyuk Ipak yo‘li" yo‘ldosh turniri bo‘lib o‘tdi. Unda 20 mamlakatdan katta raketka ustalari ishtirok etishdi.

Oktyabr. Boks bo‘yicha Budapeshtda bo‘lib o‘tgan Jahrn chempionatida andijonlik o‘n to‘qqiz yoshli Ruslan Chagayev finalda 91 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida 14:4 hisobida Kubaning ikki karra chempioni Feliks Savonni mag‘lubiyatga uchratib, Jahon chempioni bo‘ldi.

6 dekabr. Toshkentda O‘zbekiston professional boks federatsiyasining (FPB) Jahon bokserlar assotsiatsiyasi (WVA)ga qabul qilinishi hamda "Anatol-ring" boks klubining FPBga birinchi jamoa a’zosi sifatida qabul qilinishiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.



Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa