Mustaqillik yilnomasi 1993
DAVLAT VA JAMIYAT
|
2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Navro‘z umumxalq bayramini nishonlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
4 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning "O‘zbekiston Respublikasi "Sog‘lom avlod uchun" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Farmoni e’lon qilindi. Onalik va bolalikni muhofaza qilish, yosh avlod sog‘lig‘ini mustahkamlash, uni ma’naviy, ahloqiy, jismoniy jihatdan tarbiyalash, unga o‘z Vatani - O‘zbekistonga bo‘lgan mehr-muhabbat va vatanparvarlik tuyg‘usini singdirish, shuningdek, bolalar farovonligi yo‘lida mehr-muruvvat faoliyatini avj oldirishda faol ishtirok etishdagi alohida xizmatlarni rag‘batlantirish maqsadida shu orden ta’sis etildi.
|
23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Sog‘lom avlod uchun" nohukumat Xalqaro xayriya jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
12 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIII sessiyasida qabul qilingan "Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi.
16 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasining Respublika Oliy Kengashi XIII sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasi Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi. 27 iyun shunday kun deb belgilandi.
IQTISODIYOT
|
7 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov GFR Iqtisodiy hamkorlik vazirligi davlat kotibi Vigxart Xerdtlni qabul qildi.
Yanvar. Samarqanddagi "Hujum" shoyi ishlab chiqarish fabrikasi qoshida Afg‘onistonda yashovchi o‘zbekistonlik muhojirlar tomonidan saqlab qolingan milliy gilam va xonatlasni qadimiy uslubda ishlab chiqarish bo‘yicha "Afg‘on-Buxoro-Samarqand" qo‘shma korxonasining maxsus sexi ochildi.
|
10 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyaning mamlakatimizga tashrif buyurgan "Sosete natsional Elf Akiten" davlat kompaniyasi prezidenti Loik Le Flok Prijan boshchiligidagi delegatsiyasini qabul qildi.
10 fevral. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Xalqaro pochtamti tuzildi.
Aprel. Ohongaronning "Santexlit" zavodi va Navoiy tog‘-metallurgiya kombinati vakillariga ushbu korxonalarda chiqarilayotgan mahsulotlarning yuqori sifati uchun Mexikoda xalqaro mahsulot belgisi "Olmos yulduzi" berilganligi to‘g‘risida diplomlar topshirildi.
6 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Shveytsariyaning "YUBS" banki boshqaruvi raisi doktor N.Senn boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
8 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov dunyodagi yirik banklardan biri - "Doyche bank" boshqaruv kengashi a’zosi janob Georg Krupp boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
10 may. Toshkentda O‘zbekistonda birinchi kompyuter texnologiyalarining mustaqil ko‘rgazmasi ochildi.
13-14 may. Toshkentda "Bozor iqtisodiyotining rivojlanish tamoyillari" mavzuida birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
15 may. Nukusda Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi yordamida bunyod etilgan "Kateks" to‘qimachilik kompleksi dastlabki mahsulotini ishlab chiqara boshladi.
18 may. "O‘zbekiston havo yo‘llari" Milliy kompaniyasi navbatdagi Toshkent - Bangkok yangi xalqaro marshrutini ochdi. "IL-62 M" samolyotining birinchi reysini kema komandiri Viktor Atlanov boshqardi.
25 iyun. Samarqand - Qarochi marshruti bo‘yicha birinchi xalqaro yo‘lovchi aviareysi amalga oshirildi. Uni I.Saydahmedov boshchiligidagi TU-154 layneri ekipaji bajardi.
28-30 iyun. Toshkentda biznes sohasidagi O‘zbekiston va Germaniya ishbilarmonlari, biznes sohasidagi mutaxassislar vakillarining birinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Iyun. Toshkentda tolali optik aloqa (TAYE loyihasi) qurilishi Transosiyo - Yevropa liniyasi trassasi variantlarini aniqlash bo‘yicha birinchi Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.
6 avgust. Janubiy Koreyaning Techjon shahrida "Ekspo-93" Xalqaro ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada O‘zbekiston ekspozitsiyasi ham namoyish etilib, kumush medal bilan taqdirlandi.
avgust. Toshkentda "Ta’lim, bandlik va inson resurslarini rivojlantirish" shiori ostida YUNESKOning Xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi.
8 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Doyche bankAG" bankining boshqaruvchi direktorlar kengashi a’zosi Georg Krupp rahbarligidagi delegatsiyani qabul qildi.
17 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi qurilish va ta’mirlash ishlarini bajarishda alohida o‘rnak ko‘rsatgan bir guruh mehnatkashlarni mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
21 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Yunayted teknolojis" korporatsiyasi prezidenti Jorj Devid boshchiligidagi AQSH ishbilarmonlari delegatsiyasini qabul qildi.
Sentyabr. Uzunligi 1200 kilometr bo‘lgan Toshkent - Nukus yo‘nalishi bo‘ylab shaharlararo yo‘lovchi avtobusi qatnovi ochildi.
14 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Uilyam Rayri rahbarligidagi Xalqaro moliya korporatsiyasi delegatsiyasini qabul qildi.
21 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Britaniyaning "Lonro" korporatsiyasi raisi Diter Xans Bok boshchiligidagi ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.
28-29 oktyabr. Toshkentda Sanoatchilar va tadbirkorlar assotsiatsiyasi Xalqaro kongressi kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi.
Oktyabr. Toshkentda "Toshkent-93" Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘ldi. Unda Osiyo-Tinch okeani mintaqasidagi mamlakatlar yengil sanoati keng iste’mol mollari va buyumlari namoyish etildi.
2-7 noyabr. Toshkentda "Kompyuter - Markaziy Osiyo-93" texnologik ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Unda kompyuter ishlab chiqaradigan 30 dan ortiq yetakchi firmalar, shu jumladan, Yaponiya, Janubiy Koreya, Tayvan, Singapur firmalari ishtirok etishdi.
3 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Enryu Gelf boshchiligidagi fransuz tadbirkorlari delegatsiyasini qabul qildi.
18 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Fransiyadagi "Luis Dreyfus" kompaniyasi rahbarlari - kompaniya egasi va prezidenti janob Jerard Luis Dreyfus, kompaniya vitse-prezidenti Jan mari Fisher, bosh direktori Jorj Gatefni qabul qildi.
15 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov respublikada mehmon bo‘lib turgan Buyuk Britaniyaning "B.A.T.Indast-riz" kompaniyasining raisi Patrik Shixi boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.
Dekabr. Uzunligi 34 kilometr bo‘lgan Muborak - Kogon gaz quvuri ishga tushirildi.
IJTIMOIY HAYOT
|
25 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Farmoni bilan "Mustaqillik darvozasi" loyihasi muallifi me’mor A.M.Ahmedovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan me’mor" faxriy unvoni, O‘zbekiston Rassomlar uyushmasi badiiy fondi qoshidagi "Usto" xalq san’ati ustalari birlashmasining yog‘och o‘ymakorlari brigadiri X.D.Umarovga "O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi" faxriy unvoni berildi.
|
Fevral. Andijonda, Farg‘ona vodiysida ilk bor Germaniya, Yaponiya, Shveytsariya va Turkiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy tibbiyot uskunalari bilan jihozlangan kardiologik markaz ochilganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.
Fevral. Toshkentda nogironlarning "Mehr-shafqat, sog‘lomlashtirish va sport" Respublika jamg‘armasi tashkil etildi.
10 mart. Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida Markaziy Osiyoda birinchi koreyashunoslik fakulteti ochildi.
Mart. Toshkentda Kasaba uyushmalari Federatsiyasining "Ishonch" - "Doveriye" oylik gazetasining birinchi soni rus tilida chiqdi.
Mart. Termizda o‘rta asrning qomuschi olimi hakim at-Termiziy xo-tirasiga bag‘ishlangan kurash bo‘yicha Xalqaro musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Unda turli mamlakatlarning to‘rt yuzdan ortiq sportchilari ishtirok etdilar. Birinchi o‘rinni Surxondaryo viloyatining qumqo‘rg‘on tumani vakili O‘rol To‘rayev egalladi. U bosh mukofot - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrinining sohibi bo‘ldi.
23 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "1994 yilda o‘rta asrning buyuk olimi Muhammad Tarag‘ay Ulug‘bekning 600 yillik yubileyini o‘tkazish o‘tkazish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.
Aprel. Toshkentda Eron Islom Respublikasi madaniyati ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.
Aprel. Toshkent va Berlin shaharlari birodarlashdi.
May. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Ijodkor yoshlarning "Iste’dod" respublika jamg‘armasini ta’sis etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
May. O‘zbekistonga xristianlarning Xalqaro xayriya tashkiloti mu-taxassislari keldi. AqSH, Buyuk Britaniya, Isroil, Yangi Zelandiyadan kelgan, ko‘z mutaxassisi bo‘lgan 14 ta vrach Buxoro viloyati ko‘z kasalliklari shifoxonasining o‘zida 1500 bemorni ko‘rikdan o‘tkazib, 60 ga operatsiya qildi.
24 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublika Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida" Farmon chiqardi. U har yili 27 iyunda nishonlanadigan bo‘ldi.
27 iyun. O‘zbekistonda Fransuz kinosi kunlari boshlandi.
Iyun. Samarqandda O‘zbekiston Fanlar akademiyasining filiali ochildi.
Iyul. Toshkentda O‘zbekiston Geologiya milliy Komiteti (O‘zGMK) tashkil etildi.
25 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi matbuotini qo‘llab-quvvatlovchi jamg‘armani tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.
avgust. Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tgan taekvondochilarning Xalqaro turni-rida O‘zbekiston terma jamoasi "Yuksak jangovar ruh uchun" maxsus Kubogi bilan taqdirlandi. Ushbu turnir o‘tayotgan kunlarda O‘zbekiston taekvondo assotsiatsiyasi Butunjahon taekvondo federatsiyasi (BTF)ga qabul qilindi.
31 avgust. Toshkentda Amir Temur haykali ochildi. Me’morlar Ilhom Jabborov va Kamol Jabborovlar.
1 sentyabr. Yangiyo‘l shahrida O‘zbekistonda birinchi to‘rt yillik Tibbiyot kollejida o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.
1 sentyabr. Toshkentda Ulug‘bek haykali ochildi.
4 sentyabr. Toshkentda "Turkiston" saroyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
8 sentyabr. Toshkentda O‘zbekistonda birinchi Xalqaro bank maktabi ochildi.
16 sentyabr. Buxoroda buyuk mutafakkir Bahouddin Naqshband tavalludining 675 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar boshlandi. Ularda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ishtirok etdi.
Sentyabr. Toshkentda O‘zbekistonda birinchi Xalqaro "Mustaqillik" kutubxonasi ochildi. Unda ingliz tilida nashr etilgan 20 ming jild kitob va 10 ming nusxa jurnallar bor.
28 sentyabr. Samarqandda tibbiyot xodimlarining XI Xalqaro konfe-rensiyasi ochildi.
5-10 oktyabr. Toshkentda boks bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi mus-taqilligiga bag‘ishlangan Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi.
23-24 oktyabr. Samarqandda "Imom al-Buxoriy va uning davri" mavzuida Xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik yo‘lladi. Konferensiyada imom al-Buxoriy me’moriy ansamblini qayta qurish bo‘yicha eng yaxshi loyiha tanlovining yakunlari chiqarildi. 1993 yil mart oyida Islom tadqiqotlari Oksford markazi tomonidan e’lon qilingan bu tanlovda germaniyalik doktor Bodo Rash va o‘zbek me’mori Kamol Shoahmedovning birgalikdagi loyihasi g‘olib, deb topildi.
23-30 oktyabr. Toshkentda "Teatr: Sharq-G‘arb" Xalqaro festivali bo‘lib o‘tdi. Unda 25 dan ziyod Sharq va G‘arb davlatlari ijodiy jamoalari ishtirok etdi.
30 oktyabr. Toshkentda Xoja Ahmad Yassaviy merosiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-ma’rifiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Oktyabr. Buxoroda "Buxoro va jahon madaniyati" mavzuida birinchi Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
Oktyabr. Samarqandda Mirzo Ulug‘bekning olti yuz yilligiga bag‘ashlangan Yer va Quyosh fizikasini o‘rganish muammolari bo‘yicha Xalqaro ilmiy simpozium bo‘lib o‘tdi.
5 noyabr. Tabiiy va texnika fanlari sohasidagi ulkan yutuqlar uchun O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan ta’sis etilgan Al-Xorazmiy nomidagi Oltin medal bilan mukofotlash to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.
17 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Umumjahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropadagi mintaqaviy byurosi direktori Asvallni qabul qildi.
23 noyabr. Toshkentdagi Respublika O‘qituvchilar Uyi qoshida O‘zbekiston Xalq ta’limi tarixi muzeyi ochildi.
17-18 dekabr. Andijonda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 510 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi.
18 dekabr. Xalqaro FIFA tashkilotining Las-Vegas shahrida (AqSH) bo‘lib o‘tgan konferensiyasida O‘zbekiston Milliy Futbol federatsiyasi ushbu futbol assotsiatsiyasi a’zoligiga qabul qilindi.
Dekabr. Dehlida O‘zbekiston bilan Hindistonning tarixiy va madaniy aloqalariga bag‘ishlangan Xalqaro seminari bo‘lib o‘tdi.
Dekabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining bir yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |