Davlat va jamiyat


Mustaqillik yilnomasi 1996



Download 0,64 Mb.
bet9/17
Sana11.01.2017
Hajmi0,64 Mb.
#17
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Mustaqillik yilnomasi 1996

DAVLAT VA JAMIYAT

 



4 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis sessiyasida qabul qilingan "Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirilishi to‘g‘risida"gi Qonun e’lon qilindi.

13 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Adabiyot, san’at va arxitektura sohasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotlari berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.


4 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Bolali oilalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

4 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

19 aprel. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi "Kamolot" yoshlar jamg‘armasining ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

26 aprel. O‘zbekiston Respublikasining "Amir Temur" ordenini ta’sis etish to‘g‘risida"gi Qonun qabul qilindi.

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Samarqand shahrini "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Shahrisabz shahrini "Amir Temur" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

29 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi "O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovni "Mustaqillik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

1 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Amir Temurning 600 yilligini nishonlash munosabati bilan ikki turdagi yubiley tangalarini chiqardi.

31 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi milliy markazini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

4 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston faxriylarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash "Nuroniy" jamg‘armasi to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

IQTISODIYOT

 



9 yanvar. O‘zbekistonda ma’lumotlarni uzatish respublika kompyuter tarmog‘i "O‘zpak" foydalanishga topshirildi. U Respublikaning barcha viloyat markazlarini qamrab oladi, ularda Toshkent markaziy telegrafidagi bosh stansiyaga ulangan maxsus uskuna bilan jihozlangan stansiyalar tashkil etilgan. "O‘zpak" tizimi Aloqa vazirligi, "O‘ztelekom" konserni va Turkiya-Kanada "Netash" firmasi hamkorligining samarasidir.

27 yanvar. Toshkentda O‘zbekiston tadbirkorlarining qurultoyi bo‘lib o‘tdi. U respublikadagi xususiy va kichik tadbirkorlikni rivojlantirish tajribasini umumlashtirdi hamda bu yo‘nalishda yangi vazifalarni qo‘ydi. Qurultoyda "Tashabbus-95" tanloviga yakun yasaldi. Toshkent viloyati Pskent tumanidagi "Shuhrat-LTD" ilmiy-ishlab chiqarish firmasining qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlaydigan uskunalarni ishlab chiqarishga doir kompleks loyihasi yilning eng yaxshi loyihasi deb topildi. Samarqand shahridagi "Parvina" xususiy ishlab chiqarish firmasining direktori Abdurashid Abdusalomov yilning eng yaxshi ishbilarmoni deb e’tirof etildi.

31 yanvar. Toshkentda respublikadagi birinchi yirik xolding kompaniyasi - "O‘zqishloqmashxolding"ning ta’sis konferensiyasi bo‘ldi. Konferensiyada ochiq turdagi aksionerlik jamiyati shaklidagi xolding kompaniya tuzish to‘g‘risidagi ta’sis shartnomasi hamda uning Nizomi qabul qilindi.

Yanvar. Toshkentda tashkil qilingan siyosiy tavakkalchilikni sug‘urta qilish bo‘yicha "O‘zbekinvest interneshil" o‘zbek-amerika kompaniyasi dastlabki sug‘urta polislarini berdi.

Fevral. Osiyo-Yevropa kabelli aloqa magistralining O‘zbekiston bo‘lagi qurilishi boshlandi. Bu magistral Xitoyning Shanxay va Germaniyaning Frankfurt-na-Mayn shaharlarini bog‘laydi hamda umumiy uzunligi qariyib 19 ming kilometrni tashkil etadi, uning deyarli 900 kilometri O‘zbekiston hududi bo‘ylab o‘tadi.

12 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston tovar ishlab chiqaruvchilar va tadbirkorlar Palatasini tashkil etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

20 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

21 mart. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston Respublikasi bilan Hindiston Respublikasi o‘rtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo qo‘shma komissiyasining uchunchi majlisi yakunlari bo‘yicha o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

25 mart. Andijon viloyatining Asaka shahrida "Damas" mikroavtobuslarini ishlab chiqarish liniyasi ishga tushirildi.

Mart. Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi Kumakay qishlog‘ida "Oltinko‘l" savdo-ishlab chiqarish firmasining tikuv fabrikasi ishga tushirildi.

Mart. Samarqandda Hindiston, Angliya, Germaniya, Italiya, Yaponiyaning qurilish firmalari tomonidan barpo etilgan besh yuz o‘rinli "Afrosiyob" mehmonxonasining ochilish marosimi bo‘ldi.

5 aprel. Toshkentda respublikada birinchi "O‘zinvestloyiha" injiniring kompaniyasi faoliyat ko‘rsata boshladi.

6 aprel. "SHo‘rtangaz" gazni qayta ishlash boshqarmasida oltingugurt ishlab chiqarish bo‘yicha tajriba-sanoat qurilmasi foydalanishga topshirilganligi haqida xabar e’lon qilindi.

23-26 aprel. Toshkentda Markaziy Osiyo respublikalari to‘qimachilik va ko‘nchilik sanoatining birinchi Xalqaro "Osiyo: gazlamacharm-96" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada jahonning ko‘pgina mamlakatlaridan 80 ga yaqin firma ishtirok etdi.

Aprel. Farg‘onada "Oltin vodiy - tadbirkor-96" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Uch kun davomida ko‘rgazma ishtirokchilari mamlakatimizda va chet ellarda faoliyat ko‘rsatayotgan 13 ta yirik firma taqdim etgan kompyuter texnikasi, uskunalar va mebellar namunalari bilan tanishdilir.

Aprel. Namanganda Germaniyaning "Testimo" firmasi bilan hamkorlikda qurilgan sun’iy charm ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ishga tushirildi.

7-10 may. Toshkentda birinchi marta qishloq xo‘jalik mahsulotlari, oziq-ovqat sanoati va o‘rov texnologiyasi Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Jahondagi 20 dan ortiq mamlakatning 85 firmasi o‘zlarining yangi mahsulotlari va ilg‘or texnologiyalarini ko‘rgazmaga qo‘ydi.

9 may. Toshkent viloyati Qibray tumanidagi "Koka-kola ichimligi" o‘zbek-amerika qo‘shma korxonasida zavodning quvvatbaxsh "Koka-kola" ichimligi ishlab chiqarish bo‘yicha ikkinchi navbati ishga tushirildi.

17 may. Toshkentda "Sharja Amirligi (Birlashgan Arab Amirliklari) eksport mahsulotlari" ko‘rgazmasi ochildi. Ko‘rgazmada ushbu mamlakatning to‘rt savdo firmasi va 14 korxonasi tovarlari: choy, santexnika jihozlari, avtomashinalar, chanqovbosdi ichimliklar va boshqa ko‘plab narsalar namoyish etildi.

22 may. Toshkentda jahondagi komyuter texnikasining yetakchisi - IBM kompaniyasi vakolatxonasi ochildi.

22 may. Markaziy Osiyo mamlakatlarini Gruziyaning Poti bandargohi bilan bog‘lovchi Transkavkaz yangi temir yo‘l magistralida O‘zbekistondan dastlabki ming tonna tovar yetkazib berildi. Ushbu magistral sharofati bilan O‘zbekiston shimoliy hududlarni chetlab o‘tib, Qora dengizga to‘g‘ri va eng qisqa yo‘l bilan chiqish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

May. "Paxtasanoatsotish" viloyat birlashmasi va "Galaks" ingliz kompaniyasi tomonidan ta’sis etilgan "Namangan saykelz limited" o‘zbek-britaniya qo‘shma korxonasi bolalar va kattalar uchun velosipedlar, shuningdek, turli sport trenajerlari ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi.

May. Qashaqadaryo viloyati G‘uzor tumanidagi don mahsulotlari kombinatida elevator ishga tushirildi. U 18 ming tonna donni saqlashga mo‘ljallangan bo‘lib, Rossiya, Polsha va Shveytsariyada ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar bilan jihozlangan.

3 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Yaponiyaning "Marubeni" korporatsiyasi prezidenti Ivao Toriumi boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi. Uchrashuv chog‘ida O‘zbekistoninng "Marubeni" korparatsiyasi bilan neftni qayta ishlash sohasida, xususan, Buxoro neftni qayta ishlash zavodini qurish bo‘yicha hamkorlik qilishga oid masalalar muhokama etildi.

25 iyun. "O‘zDEUavto" O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasida "Neksiya" avtomobili ishlab chiqaradigan liniya ishga tushirildi.

Iyun. Angren "Sanoatkartonsavdo" aksionerlik jamiyatida dastlabki 1500 tonna sellyuloza ishlab chiqarildi. Bu xom ashyo qog‘oz va karton ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lib, ilgari uning asosiy qismi Rossiyadan keltirilardi.

5 iyul. Toshkentda Germaniyaning "Daymler-Bens" konserni vakolatxonasi ochildi.

14 avgust. AQShning YEAF fondi Eksport komissiyasi Namangan viloyatining "Paxtasanoatsotish" aksionerlik birlashmasi chet elga jo‘natayotgan paxtaning a’lo sifati uchun "Gold Gloub" ("Oltin globus") sovrini bilan taqdirlaganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi.

14 avgust. Nukusda marmar ishlab chiqarish bo‘yicha qo‘shma korxona ishga tushirildi. U "Qoraqalpoq qurilish materiallari" aksionerlik-sanoat uyushmasi va Italiyaning "Pideu" kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

9 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasida AQSH harbiy yuristlari bilan birgalikda o‘tkazilayotgan yurisprudensiya muammolari bo‘yicha birinchi Xalqaro seminar o‘z ishini boshladi.

21 sentyabr. Toshkentda yangi moliya muassasasi -"Asaka" ixtisoslashtirilgan Davlat aksionerlik tijorat bankining ochilish marosimi bo‘ldi.

26 sentyabr. Respublika Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligida ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, xususan, qishloq xo‘jaligi sohasidagi hamkorlik to‘g‘risida O‘zbekiston - Germaniya shartnomasi imzolandi.



Sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi bilan Amerikaning "Keys kredit" kompaniyasi o‘rtasida Markaziy Osiyoda birinchi "Uzkeysagrolizing" qo‘shma qishloq xo‘jaligi lizing kompaniyasi tashkil etish haqidagi ta’sis hujjatlarini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Sentyabr. Farg‘ona "O‘zneftqaytaishlash" davlat ishlab chiqarish birlashmasida zamonaviy fersol va ferlit plastik moyi ishlab chiqaradigan qurilma ishga tushirildi. Ilgari bu mahsulotlar O‘zbekistonga chet eldan keltirilardi.

Sentyabr. Buxoroda Hindistonning "Larsen Turbo LTD" firmasi qurgan 430 o‘ringa mo‘ljallangan to‘rt yulduzli mehmonxona ochildi.

Sentyabr. Andijonda "Umid-94" o‘zbek-turk qo‘shma korxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Bu korxona sifatli polietilen plyonka ishlab chiqaradi, to‘qimachilik va oziq-ovqat sanoati tovarlari uchun o‘rash materiallari hamda guldor dasturxonlar tayyorlaydi.

Sentyabr. "Toshkent traktor zavodi" ishlab chiqarish birlashmasi konveyyeridan TTZ-130 rusumli dastlabki o‘nta traktor chiqdi.

Sentyabr. Asaka shahrida "Federichi-Asaka-Makaroni" o‘zbek-italiya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

Sentyabr. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Oqtosh posyolkasida "Shamo LTD" ko‘ptarmoqli xususiy firmasining gugurt fabrikasi ochildi.

15-17 oktyabr Toshkentda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Yevropa uchun Iqtisodiy komissiyasi (EKE)ning "Xalqaro tranzit yuk tashishni yengillashtirish" mavzuida Xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

30 oktyabr. Toshkentda Fransiyaning "Sosyete jeneral" banki vakolatxonasi ochildi.

Oktyabr. O‘zbekiston-Janubiy Koreya yangi "O‘ztong xong" qo‘shma korxonasi "Neksiya", "Tiko" avtomobillari, "Damas" mikroavtobusi uchun o‘rindiqlar ishlab chiqara boshladi.

Oktyabr. Samarqandda Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida aholiga aloqa vositalari bilan xizmat ko‘rsatish sifatini jahon andozalari darajasiga yetkazishda o‘zbek sheriklarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha "O‘zbektelekom interneshnl" O‘zbekiston-Indoneziya qo‘shma aksionerlik birlashmasining taqdimoti bo‘ldi.

4-8 noyabr. Toshkentda xalq iste’moli mollari ikkinchi Xalqaro ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda 25 mamlakatning 60 ta xorijiy firma va kompaniyalari o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

5 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Amerikaning "Keys korporeyshn" kompaniyasi prezidenti Jan-Pyer Rosso boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Suhbat chog‘ida qo‘shma loyihalarni hayotga tatbiq etish, qishloq xo‘jaligi mashinalariga texnikaviy xizmat ko‘rsatish punktlari tashkil etishni jadallashtirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilindi.

7 noyabr. Londonda "O‘zbekistonda biznesni amalga oshiring" mavzuida konferensiya ochildi. Uning ishida Buyuk Britaniya, Yevropa, Osiyo va Amerika mamlakatlari ishbilarmon doiralarining vakillari ishtirok etdi.

Noyabr. Toshkentda respublikaga yetkazib beriladigan jihozlar, detallar, texnikaviy vositalar va hokazolar sifatiga eksport bahosini berish bo‘yicha "Texnoinvest" O‘zbekiston-Shveytsariya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

Noyabr. Namangan viloyatida paxta tozalash zavodlari ishlab chiqarishining asosiy chiqindilari - lint va momiqdan yuqori sifatli qog‘oz ishlash bo‘yicha O‘zbekiston-Germaniya qo‘shma korxonasi tashkil etildi.

10 dekabr. Qarshi shahrida "Kashteks" aksionerlik jamiyatining yirik to‘qimachilik majmui foydalanishga topshirildi. U Turkiyaning "Yazeks" korporatsiyasi bilan hamkorlikda qurildi.

17 dekabr. Toshkentda "Abn-Amrobank O‘zbekiston MB" aksionerlik banki ochildi.





TASHQI SIYOSAT




19 yanvar. "Tayms" (Buyuk Britaniya) gazetasining to‘laligicha O‘zbekis-tonga bag‘ishlangan 40 sahifalik ilovasi bosilib chiqdi. Unda mustaqil-likka erishgandan keyin mamlakatimizda amalga oshirilgan siyosiy, iqgi-sodiy va ijtimoiy islohotlar xususida hikoya qilingan, mamlakat tari-xi va madaniyati to‘g‘risida rangli suratlar bilan bezatilgan maqolalar e’lon qilingan.

19 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Mos-kvada bo‘lib o‘tgan Mustaqil Davlatlar hamdo‘stligiga a’zo bo‘lgan davlat-lar boshliqlarining Kengashi majlisida ishtirok etdi.


6 fevral. Lozannada, Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi bosh qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovga Olimpiya oltin ordenini tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

15 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Xalq-aro valyuta jamg‘armasining ijrochi direktori Daniel Keyzer boshchi-ligidagi shu Xalqaro moliyaviy tashkilot delegatsiyasini qabul qildi. Uch-rashuv chog‘ida O‘zbekiston bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

17 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Ame- rikaning "Ozod Yevropa" va "Ozodlik" radiokorporatsiyasi prezidenti Kevin Klozni qabul qildi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan "Ozod Yevropa" va "Ozodlik" radiokorporatsiyasi hamkorligiga bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.

21-24 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov rasmiy tashrif bilan Fransiyada bo‘ldi. Tashrif chog‘ida Islom Karimov Fransiya Respublikasi Prezidenti Jak Shirak bilan uchrashdi. YUNESKO Ijroiya kengashi sessiyasida hamda o‘zbek xalqining buyuk farzandi Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlab Parijda bo‘lib o‘tgan "Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi" haftaligi tadbirlarida ishtirok etdi. Fransiyaning eng muhim iqtisodiy markazlaridan bo‘lmish Lionga borib, shahar ma’muriyati va ishbilarmon doiralari bilan uchrashdi.

29 may. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov manlakatimizda meh-mon bo‘lib turgan Jahon intellektual mulk tashkiloti (JIMT) Bosh direktori Arpad Bogshni qabul qildi. Suhbat chog‘ida A. Bogsh Prezident Islom Karimovni jahon davlatlari boshliqlari orasida birinchi bo‘lib Jahon intellektual mulk tashkilotining Oltin medali bilan taqdirlash to‘g‘risida JIMT qarorini ma’lum qildi hamda Islom Karimovga mukofotni topshirdi.

20-21 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Italiya Respublikasiga tashrif buyurdi.

21-22 iyun. Florensiyada Yevropa Ittifoqi qatnashchilari bo‘lgan mam-lakatlar davlatlari va xukumatlari rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Shu uchrashuv doirasida O‘zbekiston bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida sheriklik to‘g‘risida bir bitimga kelindi. Bitimni mam-lakatimiz Prezidenti Islom Karimov, Yevropa Ittifoqi Kengashi Raisi bo‘lmish Italiya Vazirlar Kengashi raisi Romano Prodi, Yevropa Ittifoqi a’zolari bo‘lgan 15 davlat tashqi ishlar vazirlari imzoladilar.

23-28 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AqShga tashrif buyurdi. 25 iyunda bu yerda mustaqil O‘zbekiston Prezidentining AQSH Prezidenti Bil Klinton bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

2-3 iyul. Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Szyan Szemin rasmiy tash- rif bilan O‘zbekiston Respublikasida bo‘ldi.

2-3 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov (Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan mamlakatlar davlat va hukumat boshliqlarining Lissabonda bo‘lib o‘tgan navbatdagi uchrashuvida ishtirok etdi.

IJTIMOIY HAYOT

 



Ta’lim. Fan

Yanvar. Toshkentda YUNESKO homiyligida quyosh, suv va shamol energiyasidan inson manfaatlari yo‘lida foydalanish muammolariga bag‘ishlangan mintaqaviy seminar bo‘lib o‘tdi.

Yanvar. Toshkentda Alisher Navoiy tavalludining 555 yilligiga bag‘ishlab "O‘zbekiston Mustaqilligi va navoiyshunoslik istiqbollari" mavzuida ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Yanvar. Hindiston poytaxti Dehlida "Markaziy Osiyo va Hindiston" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Konferensiya ishida O‘zbekiston sharqshunoslari va tarixchilari delegatsiyasi ham ishtirok etdi.

20 aprel. "Adolat" nashriyotida "Amir Temir va Fransiya" kitobi nashrdan chiqqani to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. Asarda Sohibqironning Fransiya qiroli Karl IV va Kastiliya qiroli Genrix III bilan olib borgan yozishmalari, sharqshunoslarning fransuz maktabi tomonidan Amir Temur va Temuriylar sulolasini o‘rganishga bag‘ishlangan maqolalari o‘rin olgan.

22 mart. Parijda "Temuriylar davrida fan, madaniyat va ta’lim ravnaqi" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasini tashkil qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

11 may. Shahrisabzda "Buyuk Temur, tabiat va inson" mavzuida konferensiya ochildi. Unda taniqli tarixchi olimlar, ekologlar, yozuvchilar, bir qator davlatlar elchixonalarining boshliqlari, nodavlat xalqaro tashkilotlar vakillari qatnashdi. Konferensiya ishtirokchilarining "davra suhbati" bo‘lib o‘tdi.

29 may. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning YUNESKO ijroiya kengashi sessiyasida so‘zlagan nutqi asosida hozirgi bosqichda yoshlarni tarbiyalash vazifalari mavzuida ikki kunlik Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

13 iyun. Boston kollejida "O‘zbekiston: mustaqillikning besh yili" mavzuida ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi. Seminarda O‘zbekiston Respublikasida ekologiya, demografiya, siyosat va iqtisodiyot muammolari ko‘rib chiqildi. Seminarning yakunlovchi majlisi Boston shahri yaqinidagi Kembrijning Garvard universitetita o‘tkazildi. U yerda "Islom Karimov - yangi O‘zbekiston Prezidenti" kitobining taqdimoti o‘tkazildi.

28 iyun. Pekinda XXR Ijtimoiy fanlar akademiyasi hamda Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo muammolari tadqiqotchilari Umumxitoy assotsiatsiyasi tashkil etgan "Amir Temur va uning jahon tarixidagi ahamiyati" mavzuida Xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

28 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Fan va texnika sohasida 1996 yilgi Beruniy (Abu Rayxon Beruniy) nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

27-29 sentyabr. Samarqandda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Sentyabr. Buxoroda "Shayx Bahouddin Naqshband ta’limotining ahamiyati, uning ahloq va siyosatga ta’siri" mavzuida Xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Oktyabr. Kiyevda "Amir Temur va uning davri" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

4 noyabr. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tantanali ochilish marosimi bo‘ldi. Uning jamoasi va tinglovchilariga Prezident Islom Karimov tabrik yo‘lladi.

5 dekabr. Toshkentda "O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va inson huquqlari" mavzuida Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

16 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekistonning yangi tarixi"ni tayyorlash va nashr etish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

20 dekabr. O‘zbekiston Fanlar akademiyasida Abdurauf Fitrat tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish va ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Dekabr. Toshkent Davlat Yuridik instituti qoshida inson huquqlari va gumanitar huquqni o‘rganish bo‘yicha markaz ochildi.

Madaniyat va ijtimoiy hayot

Yanvar. Samarqandda Amir Temurning 660 yillik yubileyiga bag‘ishlangan "Badiiy tarjima va o‘zbek adabiyotining xalqaro aloqalari" mavzuida konferensiya bo‘lib o‘tdi.

22 fevral. Buxoro shahrini jahon madaniy merosi hisoblanuvchi va YUNESKO himoyasida bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritish to‘g‘risida YUNESKO qarori qabul qilingani haqida xabar e’lon qilindi.

Fevral. Termizda ushbu shaharning 2500 yilligiga bag‘ishlangan "Baqtriya - Tohariston" shahar madaniyati" muammosi bo‘yicha Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Fevral. Respublikada Koreya kinosi haftaligi bo‘lib o‘tdi.

5 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbeknavo" gastrol-konsert birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

24 aprel. Pokiston-O‘zbekiston iqtisodiy va madaniy markazi Pokistonning Lohur shahrida Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan konferensiya o‘tkazdi. Do‘st mamalkatga tashrif buyurgan O‘zbekisiton xotin-qizlar delegatsiyasi a’zolari ushbu konferensiyaning faxriy mehmonlari bo‘lishdi.

29 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekkino" Davlat aksionerlik kompaniyasini tuzish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

May. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida jahonning eng qadimgi shaharlaridan biri - Quddus shahrining uch ming yilligiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Iyul. Marg‘ilonda O‘zbekiston mustaqilligining besh yilligi hamda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bag‘ishlangan "Alla" xalq qo‘shiqlari ijrochilarining uchunchi an’anaviy Respublika ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. Surxondaryo viloyati qo‘shiqchilari ko‘rik g‘olibi bo‘ldilar.

Iyul. Yaponiyaning "Fukusimo - O‘zbekiston" madaniy-iqtisodiy hamkorlik assotsiatsiyasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ldi.

10 avgust. Toshkentda O‘zbekiston ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish va qo‘llab-quvvatlash masalalari bilan shug‘ullanuvchi yangi ijtimoiy-siyosiy Jamg‘armaning ta’sis konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Konferensiyada yangi tashkilot Nizomi, jamg‘arma kengashi va boshqaruvi tasdiqlandi.

5 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Nashriyotchilik faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi.

9 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Madaniyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi ishini yanada takomillashtirish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. Ushbu Farmon bilan 1 oktyabr kuni O‘qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida belgilandi va u dam olish kuni deb e’lon qilindi.

27 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Ma’naviyat va ma’rifat" jamoatchilik markazi huzuridagi xalqaro "Oltin meros" xayriya jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

27 sentyabr. Turkiyaning Istambul shahrida yillik Jahon filateliyachilari ko‘rgazmasi ochildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Aloqa vazirligining "O‘zbekiston markasi" nashriyot markazi mahsulotlari birinchi bor namoyish etildi.

4 oktyabr. Toshkentda "Demokratlashtirish sharoitida ommaviy axborot vositalari" mavzuida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

5 oktyabr. Toshkentda Germaniya Federativ Respublikasi Madaniyat kunlari ochildi.

15 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Adabiyot va san’at sohasida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofotini berish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

18 oktyabr. Toshkentda Temuriylar tarixi Davlat muzeyining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mitingda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi.

18 oktyabr. Shahrisabzda Amir Temur haykali ochildi va Shahrisabzga "Amir Temur" ordeni topshirishga bag‘ishlangan miting bo‘ldi. Mitingda Prezident Islom Karimov nutq so‘zladi va ordenni Shahrisabz shahri bayrog‘iga taqib qo‘ydi.

23 oktyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlari arboblari Assambleyasi prezidenti, taniqli yozuvchi Chingiz Aytmatovni qabul qildi.

25 oktyabr. Samarqandda Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Unda Toshkentda bo‘lib o‘tgan Amir Temur yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ishtirokchilari qatnashdi.

7 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizda mehmon bo‘lib turgan xalqaro masalalar bo‘yicha belgiyalik jurnalist-muxbirlarni, Markaziy va Sharqiy Yevropa, shuningdek, MDH davlatlari bo‘yicha "De standard" gazetasining yetakchi mutaxassisi Yorn de Kok va "Le soir" gazetasining Markaziy va Sharqiy Yevropa va MDH davlatlari muammolari bo‘yicha mutaxassisi Leopold Ungerni qabul qildi.

11 noyabr. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomli Davlat akademik Katta opera va balet teatrida Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘rta Osiyo yeparxiyasining 125 yilligiga bag‘ishlangan tantanalar bo‘lib o‘tdi. Unda Moskva va Butun Rus Patriarxi Aleksiy Ikkinchi ishtirok etdi. Tantanali majlis ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik yo‘lladi.

21 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatlari Assambleyasining Xalqaro jamoat harakatini rivojlantirish Jamg‘armasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

16 dekabr. Toshkent Kinochilar uyida rejissyorlar I.Ergashev va B.Sodiqov yaratgan ikki seriyali "Buyuk Amir Temur" badiiy filmining taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

31 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Respublikada musiqiy ta’limni, madaniyat va san’at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

Sog'liqni saqlash. Sport.

4 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida O‘zbekis- tonda futbolni yanada rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan majlis bo‘lib o‘tdi. Unda viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, konsernlar, idoralar va uyushmalar rahbarlari ishtirok etishdi. Majlisni Prezident Islom Karimov olib bordi.

Mart. Toshkentda jahonda yetakchi "Yelakso-Velkom" farmatsevtika firmasining Markaziy Osiyoda birinchi vakolatxonasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

16 aprel" Professional boks tarixida ilk bor O‘zbekiston vakili - toshkentlik sportchi Artur Grigoryan jahon chempioni bo‘lgani haqida xabar e’lon qilindi. U Germaniyaning Gamburg shahrida puertorikolik mashhur bokschi Antonio Riverni 12-raundda nokaut qildi.

Aprel. Toshkentda "Intermed Labor Medtex" nemis firmasining la-boratoriya, diagnostika va boshqa tibbiyot asbob-uskunalari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

May. Samarqandda Amir Temurning 660 yilligiga bag‘ishlangan II Res-publika talabalar o‘yinlari - "Universiada-96" bo‘lib o‘tdi.

May. Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Yevropa mintaqaviy byurosining direktori Asval boshchiligidagi delegatsiya Orolbo‘yi aholi-sini sog‘lomlashtirishda amaliy ishtirok etish maqsadida O‘zbekistonda bo‘ldi. Ushbu xalqaro tashkilot mutaxassislari Xiva, Urganch, Nukus, Beruniy va Mo‘ynoq tumanlarida bo‘lishdi, Orol dengizi zonasini aylanib uchishdi, bir qancha tibbiy muassasalar ishi bilan tanishishdi.

1-10 iyun. O‘zbekistonda "Ekosan" Xalqaro jamg‘armasi homiyligida Ekologiya va salomatlik kunlari o‘tkazildi.

1 sentyabr. Toshkentda Olimpiya shuhrati muzeyi ochildi. Muzeyning ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Kariimov nutq so‘zladi.

1 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi va respublika Sport federatsiyalari rahbarlarining Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Xuan Antonio Samaranch bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

1-5 sentyabr. Bordo shahrida (Fransiya) shifokorlarning VII Xalqaro konferensiyasi bo‘lib o‘tdi, unda jigarning shikastlanishi bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olish va davolash masalalarp muhokama qilindi. Konferensiya ishida jahonning yuzga yaqin mamlakatidan olimlar, shu jumladan, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi huzuridagi Virusologiya instituti olimlari - B. Aliyev va SH. Xo‘jayevlar ham qatnashishdi.

14 sentyabr. Oliy Majlisning VI sessiyasida 29 avgustda qabul qilin-gan "Fuqarolar salomatligini muhofaza qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi.

17 sentyabr. Toshkentda "Ipak yo‘li bo‘ylab turizm" ikkinchi xalqaro yarmarkasi ochildi.



Sentyabr. Gulistonda jahon andozalariga mos keladigan Salomatlik markazi ochildi. Bu majmuada yopiq tennis korti, ikkita tennis maydon-chasi, suzish havzasi, fitobar, sport zallari bor.

Dekabr. Andijonda nogironlarning mehnat qobiliyatini ekspertiza qilish va tiklash Respublika iliiy-tadqiqot instituti filiali ochildi. U O‘zbekistonda mazkur yo‘nalishdagi birinchi mintaqaviy tibbiyot muassasasidir.





Download 0,64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
махсус таълим
respublikasi axborot
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
fanidan mustaqil
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
covid vaccination
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti