Davlat va jamiyat



Download 353.35 Kb.
bet6/8
Sana11.01.2017
Hajmi353.35 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8

Mustaqillik yilnomasi 1999

DAVLAT VA JAMIYAT

 

http://www.press-service.uz/img/menu/34/1999a.jpg

12 yanvar. O‘zbekiston Respublikasining Oliy Majlis XIII sessiyasida qabul qilingan "Investitsiya faoliyati to‘g‘risida"gi Qonuni e’lon qilindi va kuchga kiritildi.

17 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999 yil 16 fevralda Toshkent shahrida ro‘y bergan fojiali voqealar munosabati bilan, "1999 yil 18 fevralni motam kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi. O‘sha fojeali voqealar natijasida 13 kishi halok bo‘lgandi.



 
2 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "9 mayni Xotira va Qadrlash kuni deb e’lon qilish to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

14-15 aprel. Toshkentda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XIV sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, boshqa jihatlarini yanada erkinlashtirishning asosiy yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’ruza qildi.

13 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mustamlakachilik davrida milliy mustaqillik va taraqqiyotga intilgani uchun nohaq hukm qilingan, ta’qib etilgan va jabrlangan vatandoshlar nomini aniqlash, ularning tarjimai holi va faoliyatini o‘rganish, xotirasini abadiylashtirish haqidagi takliflar va tavsiyalarni ishlab chiqish uchun jamoatchilik komissiyasini tashkil etish hamda tasdiqlash to‘g‘risidagi Farmoyishi e’lon qilindi.

10 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etishga doir takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

22 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Vatan va xalq ozodligi uchun jonlarini fido qilgan vatanparvarlar xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida" Qaror qabul qildi.

19-20 avgust. Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining XV sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

11 oktyabr. O‘zbekiston "Vatan taraqqiyoti" partiyasining V s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiya Markaziy siyosiy kengashining hisoboti va saylovoldi dasturi muhokama qilindi. Partiya Markaziy siyosiy kengashining raisi A.Tursunov yuqoridagi masalalar yuzasidan ma’ruza qildi. Partiyaning saylovoldi dasturi ma’qullandi.

S’yezd delegatlari Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, mazkur partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi deputatlariga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati tasdiqlandi.

S’yezdda partiya dasturi va nizomiga ayrim o‘zgartirishlar kiritildi, Markaziy siyosiy kengash va taftish komissiyasining yangi tarkibi tasdiqlandi.

11 oktyabr. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasining II s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyadan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi.

Delegatlar Islom Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, mazkur partiyadan respublika Oliy Majlisi deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati tasdiqlandi.

S’yezdda partiya siyosiy kengashining birinchi kotibi T.Daminovning "Adolat" SDP siyosiy kengashi faoliyati va partiyaning saylovoldi dasturi haqidagi hisobati tanglandi. Partiya Siyosiy kengashi va taftish komissiyasining a’zolari ham saylandi.

12 oktyabr. O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining II s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod ko‘rsatish masalasi ko‘rib chiqildi. Delegatlar Islom Karimovni Prezidentlikka nomzod qilib ko‘rsatdilar. Shuningdek, Oliy Majlis deputatligiga ko‘rsatilgan nomzodlar ro‘yxati ham tasdiqlandi.

S’yezdda partiya raisi I.G‘afurovning "Milliy tiklanish" demokratik partiyasidagi saylov jarayoni haqidagi ma’ruzasi tinglandi, partiyaning saylovoldi dasturi ma’qullandi. Markaziy kengashning yangi tarkibi, partiya emblemasi tasdiqlandi. Partiya dasturining yangi tahriri to‘g‘risidagi masala ham ko‘rib chiqildi.

25 noyabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining Abdulhafiz Marahimovich Jalolovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ro‘yxatga olish haqida 1999 yil 24 noyabrda qabul qilingan qarori e’lon qilindi.

25 dekabr. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining "Islom Abdug‘aniyevich Karimovni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod qilib ro‘yxatga olish to‘g‘risida"gi Qarori e’lon qilindi.

IQTISODIYOT

 


http://www.press-service.uz/img/menu/34/1999b.jpg

Yanvar. Angrenda "Angren" ko‘mir havzasining "Navgarzon" uchastkasida qurilgan yangi shaxta ko‘mir qazib chiqara boshladi.

Yanvar. Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida "Kosonsoy-tekmen" o‘zbek-turk to‘qimachilik qo‘shma korxonasi qurilishi nihoyasiga yetdi. Korxonada qo‘y juni qayta ishlanadi, undan junli kamvol gazmollar, adyollar, shuningdek, trikotaj kalavasi va gilam to‘qish uchun xom ashyo ishlab chiqariladi. Tayyor mahsulotning dastlabki tajriba namunalari - kostyumbop gazlama va palto tikish uchun ancha qalin drap matosi ishlab chiqariladi.



 
17 fevral. Gamburgda O‘zbekiston iqtisodiyot kunlari boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi V.Golishev boshchiligidagi delegatsiya vakillari ishtirok etdi.

23 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining Respublika savdo-ko‘rgazma markazi "O‘zekspomarkaz" Xalqaro marketing va sifat assotsiatsiyasining oliy mukofoti "Xalqaro oltin va kumush sifat sovrini - 1999"ga sazovor bo‘ldi. Ko‘plab xorijiy sheriklar bilan samarali munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda ko‘rsatgan yordami, zimmasiga olgan majburiyatlarini sifatli ijro etgani va oliy darajada ko‘rgazma xizmati ko‘rsatganligi uchun "O‘zekspomarkaz" ana shunday mukofot bilan taqdirlandi.

11 mart. Toshkentda Xalqaro "Sog‘lom avlod uchun" mehr-muruvvat jamg‘armasida O‘zbekistonga Yaponiya hukumati tomonidan berilgan ikki grant-shartnomani imzolash marosimi bo‘ldi. Ularni Yaponiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Koichi Obata imzoladi va oluvchilarga taqdim etdi. 69 ming AQSH dollari miqdoridagi grant Namangan viloyatidagi "Chortoq" bolalar sihatgohiga berildi. 60 ming AQSH dollari miqdoridagi ikkinchi grant Ohangaron o‘rmon xo‘jaligida daraxt ko‘chatlari o‘tqazish uchun xalqaro nohukumat "Ekoo‘rmon" jamiyatiga ajratildi.

23 mart. Poytaxt "O‘zekspomarkaz"ida o‘zbek tovar ishlab chiqaruvchilarning eksportga mo‘ljallangan tovarlarining O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan ko‘rgazma-taqdimoti bo‘ldi. Ko‘rgazmada mamlakatning barcha qismlaridan yuzdan ortiq korxona o‘z mahsulotlarini namoyish etdi.

Mart. Namangan viloyati To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Naymancha qishlog‘ida qand ishlab chiqaruvchi mini-zavod ishga tushirildi. U yiliga 600 tonna mahsulot ishlab chiqaradi.

Mart. Andijonda tozalangan paxta yog‘i ishlab chiqaradigan "Andijon Flarua, Oyl Kompani" O‘zbekiston-Amerika-Belgiya qo‘shma korxonasi ishga tushirildi. Yangi korxonada Germaniya "Kirkfeld" kompaniyasining ishlab chiqarish liniyasi o‘rnatilgan bo‘lib, u yiliga 12,4 ming tonna yog‘ ishlab chiqaradi.

2 aprel. Yangi xalqaro Toshkent-Kiyev-Nyu-York havo yo‘li bo‘yicha "Boing"ning birinchi parvozi bo‘lib o‘tdi. Bu havo yo‘liga "O‘zbekiston havo yo‘llari" va "Ukraina avialiniyalari" avikompaniyalari xizmat ko‘rsata boshladi.

5 aprel. Andijon lak va qurilish bo‘yoqlari ishlab chiqaradigan "O‘zDongju Peynt kompani" O‘zbekiston-Koreya qo‘shma korxonasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

17 aprel. Angrenda kaolinni boyitish bo‘yicha "Kaolin" o‘zbek-german qo‘shma korxonasi ishga tushirildi.

20 aprel. Toshkentda "Chexiya respublikasi - sizning savdo hamkoringiz" ko‘rgazmasi ochildi. Bu yerda Chexiyaning avtomobilsizlik, to‘qimachilik, oziq-ovqat, mashinasozlik sanoati va boshqa sohalari korxonalari, shuningdek, O‘zbekiston-Chexiya qo‘shma korxonalarida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning namunalari namoyish etildi.

11 may. Toshkentda "Osiyo - Yevropa transport ko‘prigini rivojlantirish muammolari" mavzuida Xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Konferensiyada transport-kommunikatsiya-bojxona ma’muriyatlari boshliqlari, Osiyo va Yevropaning 20 dan ortiq davlatlari yirik biznes vakillari, shuningdek, O‘zbekiston a’zo bo‘lgan xalqaro tashkilotlari ishtirok etdi.

Konferensiya doirasida O‘zbekiston transport majmuining hozirgi holatini aks ettiruvchi ko‘rgazma tashkil etildi. Uning maqsadi transport yo‘llari va xalqaro savdoni rivojlantirishga qo‘shimcha investitsiyalar jalb qilishdan iborat edi.

Konferensiya yakunida ishtirokchilar umumiy muammolarni muhokama qilish natijalari haqidagi Memorandumni, shuningdek, Yevro-Osiyo qit’asidagi barcha mamlakatlarga transport siyosatini ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qiluvchi tavsiyalarni imzoladilar.

11-16 sentyabr. Toshkentda birinchi Xalqaro matbaa ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada Rossiya, AQSH, Germaniya, Gollandiya, Finlyandiya, Shveytsariya, Italiya, Belgiya, Avstriya, Yaponiya, Angliya kabi mamlakatlarning matbaa sohasidagi yutuqlari namoyish etildi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston matbaa tarmog‘ini rivojlantirish tamoyillari va istiqbollariga bag‘ishlangan maxsus anjuman o‘tkazildi, ishtirokchi mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik yo‘llari va shart-sharoitlari ko‘rib chiqildi.

21-25 oktyabr. Toshkentda "EKSPO Italiya-99" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. Unda Italiyaning 120 dan ortiq firmalari o‘z mahsulotlarini O‘zbekistonda birinchi marta namoyish qildi.

Oktyabr. Namangan viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumanida yangi paxta tozalash zavodi ishga tushirildi.

1 dekabr. Toshkentda "KabulO‘zbek K" O‘zbekiston-Janubiy Koreya to‘qimachilik qo‘shma korxonasi ishlab chiqarish majmuining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov qatnashdi.

Dekabr. Frankfurt-na-Maynda (GFR) o‘zbek-german iqtisodiy simpoziumi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.Golishev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi va GFR yetakchi kompaniyalari, moliya muassasalari, vazirliklari va idoralarining 200 dan ortiq vakillari ishtirok etdi.

Simpoziumni o‘tkazish dasturi doirasida o‘zbek-german iqtisodiy anjumanining birinchi kengaytirilgan majlisi bo‘ldi, unda "Simens", "Tissen-Krupp", "Daymler-Krayserler" nemis kompaniyalari va Germaniyaning bir qator banklari ishtirok etdi.

TASHQI SIYOSAT

 


http://www.press-service.uz/img/menu/34/1999c.jpg

12 fevral. Do‘rmon qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov mamlakatimizga tashrif buyurgan Fransiya ishbilarmonlari bilan uchrashdi.

2 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezssenti Islom Karimov Ros-siya poytaxtida o‘tkazilgan MDH davlatlari boshliqlarining navbatdagi sammitda qatnashdi.



23-25 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov-ning Amerika qo‘shma Shtatlariga tashrifi bo‘lib o‘tdi. Uch kunlik tashrif davomida davlatimiz boshlig‘i NATOning 50 yilligaga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida o‘tgan Yevroatlantik sheriklik kengashi majlisida qatnashdi, AQSH rahbar doiralari vakillari bilan muzokaralar olib bordi va yirik xalqaro tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi.

17 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov AQSH qurolli Kuchlari Markaziy qo‘mondonligining bosh qo‘mondoni Entoni Zinnini qabul qildi.

25 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Do‘rmon qarorgoxida yangi mustaqil davlatlarning ishlari bo‘yicha AQSH davlat kotibi maxsus maslahatchisi S. Sestanovich boshchiligidagi delegatsiya a’zolarini qabul qildi.

Uchrashuvda Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbek-Amerika va Amerika-O‘zbek qo‘shma komissiyasining navbatdagi sessiyasi yakunlari, iqtisodiy va siyosiy aloqalar ko‘lamini yanada kengaytirish, jumladan, ishbilarmonlarning bevosita hamkorligini rivojlantirshda imtiyozlar yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama qilindi.

1 iyul. O‘zbekiston Respublikasi bilan Yevropa Ittifoqi o‘rtasida 1996 yil 21 iyulda Florensiyada Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlarning boshliqlari bilan bo‘lgan uchrashuvda Prezident Islom Karimov tomonidan imzolangan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim kuchga kirdi.

Bitim ikki tomonlama munosabatlarda yangi sahifa ochdi, unda Yevropa Ittifoqi sheriklik o‘rnatish yo‘li bilan hamda demokratiya va bozor iqtisodiyotini yaratashdagi boy tajribalarni o‘zaro almashish, o‘z a’zolarining yangi texnologiyalarini tadbiq qilish orqali mamlakatimizdaga iqtisodiy va siyosiy islohotlarning muvaffaqiyatli amalga oshishiga kuchli ta’sir ko‘rsata oladi.

Shu ma’noda ta’kidlab o‘tish kerakki, SHhBning asosiy maqsadlaridan biri O‘zbekiston mustaqilligi va suverenitetini butun choralar bilan qo‘llab-quvvatlashdir.

19-20 iyul. Toshkentda BMT homiyligida Afg‘oniston bo‘yicha "6Q2" guruxining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda guruhga a’zo mamlakatlar - tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari darajasidagi delegatsiyalari, BMT Bosh kotibining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus elchisi Lahdar Braximiy ishtirok etdi.

Uchrashuv yakunida Afg‘onistondagi mojaroni hal etishning asosiy ta-moyillari to‘g‘risida Toshkent Deklaratsiyasi imzolandi.

20 iyul. BMT Bosh kotibi Kofi Annanning "6Q2" guruhi Toshkent uchrashuvini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Pre-zidenti Islom Karimov nomiga yo‘llagan maktubi e’lon qilindi.

20 iyul. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Oqsaroy qarorgohida Afg‘oniston bo‘yicha "6Q2" guruhi Toshkent uchrashuvi ishtirokchisi - Afg‘oniston bo‘iicha BMT Bosh kotibining maxsus elchisi Laxdar Braximiyni qabul kdldi.

Suhbat chog‘ida "6Q2" guruhi muzokaralari vaqgida qabul qilingan Tosh-kent Deklaratsiyasi, shuningdek, Afg‘oniston va mintaqaviy xavfsizlik muammolari bo‘yicha imzolangan boshqa hujjatlarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashuvlar bo‘ldi.

22 iyul. Afg‘onistondagi mojaroni tinch yo‘l bilan hal etishning aso-siy tamoyillari to‘g‘risidagi Toshkent Deklaratsiyasi e’lon qilindi.

28 iyul. Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik Kengashining majlisi bo‘ldi. Unda "6Q2" guruhi nomi bilan mashhur Afg‘oniston qo‘shnilari va do‘stlari guruhining Toshkent uchrashuvi yakunlari muhokama qilindi.

Majlis jarayonida Xavfsizlik Kengashi a’zolari "6Q2" Toshkent uch-rashuvi yakunlariga yuksak baho berdilar, uni afg‘on mojarosini siyosiy yo‘l bilan hal qilish borasidagi muhim qadam, deb atadilar.

Xavfsizlik Kengashi Raisi va a’zolari Birlashgan Mshshatlar Tashkiloti nomidan "6Q2" guruhi Toshkent uchrashuvini o‘tkazishdagi tashabbusi va tashkilotchiligi uchun O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga minnatdorchilik bildirdilar.

21 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 1999 yil 20 sentyabrda Toshkentda o‘z ishini boshlagan Buyuk Ipak yo‘lini tiklashga bag‘ishlangan konferensiya qatnashchilariga yo‘llangan tabrigi e’lon qilindi.

8-10 voyabr. XXR Raisi Szyan Szeminning taklifiga binoan O‘zbekis-ton Respublikasi Prezidenti Islom Karimov davlat tashrifi bilan Xitoy Xalq Respublikasida bo‘ldi.

XXR Xalq yig‘ini uyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasmiy qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Davlat boshliqlari ikki tomonlama munosabatlarni yanada rivojlantirish, xalqaro va tomonlarni qiziqtiruvchi boshqa masalalarni muhokama qildilar.

18-19 noyabr. Istambulda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik bo‘yicha tashkilotga a’zo 54 davlat boshliqdarining oliy darajadagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv ishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi qatnashdi.

Istambul sammitida Yevropa Xavfsizlik Xarshyasi, Istambul Deklaratsiyasi, Yevropada oddiy qurollar to‘g‘risidagi yangilangan Shartnoma, YEXhTga a’zo mamlakatlar o‘rtasida o‘zaro ishonch va xavfsizlikni mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Vena hujjati imzolandi.

10-11 dekabr. O‘zbekistonga Rossiya Federatsiyasi hukumat Raisi Vladimir Putin rasmiy tashrif bilan keldi. Tashrifning asosiy qismi Do‘rmon qarorgohida bo‘lib o‘tdi. Islom Karimov bilan Vladimir Putin yakkama-yakka suhbat chog‘ida shu kunning muhim masalalari, hozirgi ahvol va o‘zaro munosabatlarning istiqbollari to‘g‘risida fikr almashdilar.

IJTIMOIY HAYOT

 


http://www.press-service.uz/img/menu/34/1999d.jpg

Ta’lim. Fan

Yanvar. Xivada Xorazm vohasining ijtimoiy-ekologik rivojlanishi muammolari va istiqbollariga bag‘ishlangan Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Yanvar. Mirzo Ulug‘bek nomidagi Toshkent Davlat universitetida "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi va universitet ta’limi istiqbollari" mavzuida Respublika ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.


 
10 fevral. "Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga Prezident Islom Karimov javoblaridan kelib chiquvchi yoshlarni ma’naviy-ahloqiy ruhda tarbiyalash vazifalari Toshkentda bo‘lib o‘tgan respublika ilmiy-amaliy seminar-kengashda muhokama etildi. Unda oliy o‘quv yurtlarining rektorlari va prorektorlari, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari, respublika ta’lim tizimi xodimlari ishtirok etishdi.

Fevral. Toshkentda O‘zbekiston tarixchilari jamiyati tashkil etildi.

Mart. Xivadagi Ma’mun akademiyasida O‘zbekiston tarixini tadqiq etish va o‘rganish muammolariga bag‘ishlangan doimiy ishlab turuvchi seminar ish boshladi.

2-3 aprel. Toshkent Davlat universitetida "Jahon madaniyatini rivojlantirish va milliy kadrlar tayyorlashda o‘zbek xalqi ma’naviyatining ahamiyati" mavzuida ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

27 aprel. Toshkentda "Zilzilani oldindan aytib berish muammolari" mavzuida Xalqaro konferensiya ochildi.

11-13 may. Toshkentda "Kosmik tadqiqotlar, texnologiya va konversiya" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uni Yevropa "YEKA" Kosmik agentligi ko‘magida "O‘zbekkosmos" agentligi o‘tkazdi.

9 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Toshkent Islom universiteti Maslahat kengashini tuzish to‘g‘risida"gi Farmoyishini chiqardi.

Iyun. Qohira universitetida "O‘zbekiston XXI asrda: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nazariyasi va amaliyotida davlat qurilishi, tashqi va ichki siyosat masalalari" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

2 sentyabr. Toshkentda qurilish va kommunal xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kasb-hunar kollejining ochilish marosimi bo‘ldi. Tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov so‘zga chiqdi.

Oktyabr. Toshkentda qishloq xo‘jaligida quyosh energiyasidan foydalanishga bag‘ishlangan O‘zbekiston-Isroil seminari bo‘lib o‘tdi.

5 noyabr. Xivada "Jaloliddin Manguberdi - Vatan himoyachisi" mavzuida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Unda jihonning o‘n ikki mamlakatidan kelgan olimlar ishtirok etishdi.

Madaniyat va ijtimoiy hayot

6 yanvar. "O‘zbekiston" nashriyoti "Ma’naviy yuksalish yo‘lida" to‘plamini nashr etganligi e’lon qilindi. Unda Prezident Islom Karimovning yuksak ma’naviyat hamda ta’lim-tarbiya jarayonining kuchi va ahamiyati to‘g‘risidagi ma’ruzalari, nutqlari va kitoblaridan olingin eng muhim bo‘limlar jamlangan. To‘plam rangli suratlar bilan ko‘p ming nusxada chop etildi.

14 yanvar. "Sharq" nashriyot-matbaa konserni Islom Karimovning "Kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari" ijtimoiy-siyosiy to‘plamini nashr etganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. Unda davlatimiz rahbari Islom Karimovning jamoat tashkilotlarini rivojlantirishda muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan fikr-mulohazalari, maslahatlari, ko‘rsatma va tavsiyalari kiritilgan.

6 fevral. "O‘zbekiston" nashriyoti Islom Karimovning "O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz" kitobini ko‘p nusxada chop etganligi haqidagi xabar e’lon qilindi. Ushbu kitobdan Prezidentning "Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga bergan javoblari o‘rin olgan.

9 fevral. "Sharq" nashriyot-matbaa konsernida Islom Karimovning "Barkamol avlod orzusi" kitobi bosilib chiqqanligi e’lon qilindi. Prezident Islom Karimovning ta’lim tizimini tubdan isloh qilish Milliy modeli hamda Yurtboshimizning Oliy Majlis IX sessiyasida so‘zlagan "Barkamol avlod - O‘zbekiston taraqqiyotining asosi" nomli nutqi, shuningdek, uning "Tafakkur" jurnali bosh muharriri savollariga bergan javoblari kitobdan joy olgan. Kitobning to‘rtta bobida ta’lim va yoshlar tarbiyasi, ta’lim tizimini isloh qilishning maqsad va vazifalari, bosqichlari to‘g‘risidagi publitsistik mulohazalar bayon etilgan.

Fevral. Mamalkatimizda buyuk shoir, sarkarda, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 516 yilligi keng nishonlandi.

Shoir tug‘ilgan Andijon shahri tantanalar markazi bo‘ldi. Bu yerda tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda faqat respublikamizdan emas, balki Pokiston, Afg‘oniston, Eron, Hindistondan tashrif buyurgan taniqli adabiyot va san’at arboblari ishtirok etishdi.

4 mart. "O‘zbekiston" nashriyotida "Fevral voqealari" kitobi nashr etilganligi e’lon qilindi. Unda fevral voqealari munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning fikrlari va intervyulariga keng o‘rin berilgan.

11 mart. "O‘zbekiston" nashriyoti "Olloh qalbimizda, yuragimizda" kitobini o‘zbek va rus tillarida chop etganligi to‘g‘risida xabar e’lon qilindi. U O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning "Turkiston-press" axborot agentligi muxbirining savollariga bergan javoblaridan iborat.

19 mart. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Turkiston-press" nohukumat axborot agentligini qo‘llab-qo‘vvatlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

15 aprel. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "O‘zbekistonda 2005 yilgacha turizmni rivojlantirish davlat dasturi to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

22 aprel. E’lon qilingan xabarga ko‘ra, "O‘zbekiston" nashriyoti Prezident Islom Karimovning O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi XIV sessiyasida qilgan ma’ruzasini "O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda" nomi bilan o‘zbek va rus tillarida ko‘p nusxada bosib chiqardi.

Aprel. M.Ashrafiy nomidagi Toshkent Davlat konservatoriyasining xalq cholg‘u asboblari kafedrasining 50 yilligiga bag‘ishlangan o‘zbek xalq cholg‘u asboblari orkestrlarining Respublika festivali bo‘lib o‘tdi.

Aperl. Toshkentda teatr san’atining an’anaviy "Navro‘z-99" festivali bo‘lib o‘tdi.

Aprel. Birlashgan Millatlar tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasida Jahon kitoblar kuni va mualliflik huquqiga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

9 may. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Farmoni bilan respublikada birinchi bor 9 may Xotira va qadrlash kuni sifatida nishonlandi. Toshkentda Xotira maydonining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu yerda Respublikaning barcha viloyatlaridan urush va mehnat faxriylari, vazirliklar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari to‘plandi.

22 may. Ayollar yili munosabati bilan "O‘zbekiston" nashriyoti "Ayolga ehtirom" to‘plamini nashr etganligi haqidagi xabar e’lon qilindi. To‘plamda ijtimoiy hayotda ayol rolini oshirish haqida Prezident I.Karimovning fikr-mulohazalari, rasmiy hujjatlar bilan bir qatorda publitsistik maqolalar, tarixda o‘chmas iz qoldirgan Sharqning To‘maris, Bibixonim, Gulbadanbegim, Zebunniso, Nodira, Uvaysiy singari buyuk ayollari haqida hikoya qiluvchi tasviriy san’at asarlaridan namunalar ham o‘rin olgan. Kitobda yana ularning hozirgi izdoshlariga bag‘ishlangan maqolalar, o‘zbek mumtoz adabiyoti vakillarining she’r va ocherklari, zamonaviy shoirlar va yozuvchilarning onalarimiz, rafiqalarimiz va opa-singillarimizni tarannum etuvchi asarlari berilgan.

Mustaqillik yillarida O‘zbekiston xotin-qizari san’at va sportda erishgan ulkan yutuqlarini aks ettiruvchi rangli suratlar ham kitobdan o‘rin olgan.

6 iyun. Mamlakatimizda buyuk rus shoiri A.S.Pushkinning 200 yillik yubileyi keng nishonlandi. Toshkentda shoir haykali poyiga gullar qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublika baynanmilal madaniy markazida yubiley kechasi hamda "O‘zbekiston rassomlari Pushkin haqida" ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

6-10 avgust. Buxoroda ikkinchi milliy filmlar kinofestivali bo‘lib o‘tdi.

12-13 avgust. Toshkentdagi "Turkiston" saroyida "O‘zbekiston - Vatanim manim" qo‘shiq tanlovining yakunlovchi bosqichi bo‘lib o‘tdi.

19 avgust. "Islom Karimov milliy davlatchilik, mustaqillik mafkurasi va huquqiy madaniyat to‘g‘risida" nomli kitobi nashr etilganligi to‘g‘risida O‘zAning xabari e’lon qilindi.

Kitobga milliy davlatchilik va mustaqillik mafkurasini shakllantirish, demokratik davlat, huquqiy va fuqaroviy jamiyat barpo etishda ma’naviyat va mustaqillik mafkurasining ahamiyati, huquqiy madaniyatni oshirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlaridan parchalar, nutqlar va ma’ruzalar kiritilgan.

24 avgust. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Abdulhamid Sulaymon o‘g‘li CHo‘lponni milliy istiqlol uchun kurashdagi matonati va buyuk xizmatlari, o‘zbek adabiyotini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun (o‘limidan so‘ng) "Mustaqillik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida" Farmon chiqardi.

26-31 avgust. Samarqadda ikkinchi Xalqaro "Sharq taronalari" musiqa festivali bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning 30 dan ortiq mamlakatidan 350 dan ortiq xonanda va musiqashunoslar qatnashdi. Festivalning eng oliy mukofoti "Gran pri" Yunus Rajabiy nomidagi "Maqom" ansambli yakkaxon xonandasi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Nasiba Sattorovaga berildi.



avgust. Termizda O‘rta Osiyo respublikalari xalq oqinlari va baxshilarining "Alpomish" dostoni yubileyiga bag‘ishlangan festivali bo‘lib o‘tdi.

20-21 sentyabr. Toshkentda Buyuk Ipak yo‘lini tiklash bo‘yicha Xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. Uning ishida Markaziy Osiyo mamlakatlaridan tashqari Xitoy, Turkiya, Gruziya, Ozarbayjon, Suriya va boshqa bir qator davlatlar hamda BMT, Xalqaro yo‘l federatsiyasi kabi nufuzli Xalqaro tashkilot vakillari ham qatnashdilar.

Konferensiya ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tabrik maktubi yo‘lladi.

30 sentyabr. O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Markaziy ko‘rgazmalar zalida fotojurnalist Farhod Qurbonboyev va fotorassom Vladimir Kovreinning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida" deb nomlangan fotoko‘rgazmasi ochildi.



Sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurulish akademiyasida XX asr boshlarida yurtimizda faoliyat ko‘rsatgan jadidchilik harakati namoyandalari - ma’rifatparvarlarga bag‘ishlangan ko‘rgazma bo‘lib o‘tdi. Ko‘rgazmada jadidchilik harakati namoyandalarining portretlari, ularning hayoti va faoliyati haqida hikoya qiluvchi fotosuratlar, hujjatlar, mualliflarning badiiy asarlari namoyish etildi.

5 oktyabr. Seulda koreys tilida nashr etilgan Prezildent Islom Karimovning "O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tganligi haqida xabar e’lon qilindi. Poytaxtning "Plaza" mehmonxonasida bo‘lib o‘tgan taqdimot marosimida Koreya Respublikasi hukumat va Milliy Assambleyasi a’zolari, taniqli tadbirkorlar va moliyachilar, diplomatik korpus vakillari, bir qator oliy o‘quv yurtlari va jamoat tashkilotlarining rahbarlari, jurnalistlar ishtirok etishdi.

2-12 noyabr. Amerika Qo‘shma Shtatlarida O‘zbekiston Madaniyati haftaligi o‘tkazildi.

3 noyabr. Londonda o‘zbek kinosining birinchi festivali ochildi. Ikki kun davomida "Kurzonsinema" kinoteatrida O‘zbekistonda yaratilgan filmlar - 40 yillarda K.Yormatov tomonidan suratga olingan "Alisher Navoiy", E.Eshmuhamedovning "Sevishganlar" va "Nafosat" kartinalari, YU.Roziqovning "Voiz" filmi namoyish etildi.

5 noyabr. Toshkentda "Din va demokratiya" mavzuida Xalqaro anjuman o‘tkazildi. Uning ishtirokchilari diniy-siyosiy terrorchilik va ekstremizmga qarshi Toshkent rezolyutsiyasini qabul qilishdi.

Toshkent rezolyutsiyasi 1999 yil 6 noyabrda matbuotda e’lon qilindi.

5 noyabr. Urganchda Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligiga bag‘ishlangan katta tantanalar bo‘lib o‘tdi. Shaharda yubiley sharofati bilan bunyod etilgan Shavkat kanali qirg‘oqlarini birlashtirgan ansambl markazida Jaloliddinning ulug‘vor haykali qad rostladi.

Yodgorlik majmui ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zladi.

Sog’liqni saqlash. Sport.

14 yanvar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekis- Respublikasi sog‘liqni saqlash tizimida boshqaruvni takomillashtirish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.

14 yanvar. O‘zbekiston Resiublikasi Vazirlar Mahkamasi "Dori-dar-mon vositalari va tibbiy buyumlarni sotishni tartibga solish to‘g‘risida" qaror qabul qildi.

1 fevral. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov "Ku-rash" Xalqaro assotsiatsiyasini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida" Farmon chi-qardi.

6 may. Toshkentda kurash bo‘iicha birinchi Jahon chempionati zsdalik kubogini - sportchilardan O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovga in’om qilingan sovg‘ani Olimpiya shon-shuxrati muzeyiga hadya sifatida topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Kurash bo‘yicha birinchi Jahon chempionatining esdalik kubogi bundan buyon O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov jahon sportini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun taqdirlangan ikkita mukofot - Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining "Oltin ordeni" va Osiyo Olimpiya Kengashining "Oltin ordeni" o‘rtasida saqlanadi.

12 may. Toshkentda "O‘zbekistonda milliy dori-darmonlar siyosatini rivojlantirish - imkoniyatlar va istiqbol" mavzuida Xalqaro konferensiya ochildi.

27 may. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaror qabul qildi.

May. Nukusda urologiya markazi ochiddi. Unga Isroilning "Forum TD" firmasidan 2 million AqSH dollari miqdorida tibbiy jihozlar sotib olindi.

24 iyun. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi "Maktabgacha nodavlat bolalar muassasalari tarmog‘ini tashkil etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" qaror qabul qildi.

13-18 sentyabr. Toshkentda O‘zbekiston Prezidenti Kubogi uchun an’a-naviy Xalqaro tennis turniri bo‘lib o‘tdi. Unda jahonning 26 davlatidan qariyb 80 nafar sportchi qatnashdi.

Turnir yopilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nutq so‘zladi va musobaqa g‘olibi germaniyalik sportchi Nikolas Kiferga bosh sovrinni, shuningdek, yakuniy turnirning musobaqasi qatnashchisi shveytsariyalik Jorj Bastlga maxsus mukofotni topshirdi.

22 oktyabr. Termizda kurash bo‘yicha "O‘zbekiston Prezidenti Kubogi" uchun ikkinchi Xalqaro turnir bo‘lib o‘tdi. Unda 20 dan ortiq mamlakat vakillari ishtirok etdi. Turnirda kurash bo‘yicha birinchi Jahon chempioni, Osiyo chempioni Toshtemir Muhammadiyev birinchi o‘rinni egalladi. Ikkinchi o‘rinni Polsha chempioni Pavel Malavanets va uchinchi o‘rinni qozog‘iston Respublikasi polvoni Doston Pirimqulov egalladi.

14 dekabr. E’lon qilingan xabarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Toshkentdagi 100-maktab-internatiga sereb-ral-falaj bilan xastalangan bolalarni davolashni takomillashtirish, bemor bolalar turmush sharoitlarini yaxshilash va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, o‘quv-tarbiya jarayonini zamonaviylashtirish uchun mamlakatimiz va chet ellarda nashr etilgan o‘z kitoblari qalam haqidan 500 ming so‘m va 10 ming AqSH dollarini topshirdi. Shuningdek, bolalarga kiyim-kechak va poyabzal komplektlari ham topshirildi.

Prezident sovg‘alarini Samarqanddagi 10-mehr-shafqat uy-litseyi tar-biyalanuvchilari ham olishdi. Uy-litsey hisobiga Islom Karimov so‘nggi yillar mobaynida nashr etilgan kitoblari uchun berilgan qalam haqidan 500 ming so‘m va 10 ming AqSH dollari o‘tkazdi. Shuningdek, uy-litseyning har bir tarbiyalanuvchisi kiyim-kechak va poyabzal oldi.




Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2017
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa