Davlat va huquq nazariyasi



Download 49,92 Kb.
bet9/10
Sana03.07.2022
Hajmi49,92 Kb.
#737072
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Давлат ва ҳуқуқ назарияси

Masalani atroflicha tahlil qiling.
32. Huquqni sharhlash hujjatlari turli yuridik kuchga va amaliy ahamiyatga, ya’ni turli yuridik xususiyatga ega bo‘lgan huquqiy hujjatlarning murakkab, ko‘p darajali tizimidan iboratdir. Huquqni sharhlash hujjati – muayyan huquqiy normani qay tarzda tushunish va amaliyotda qo‘llashni tushuntirib beruvchi hujjat. Sub’ektlarga bog‘liq ravishda huquqni sharhlashning ikki turi va shunga mutanosib ravishda hujjatlarning ikki guruhi, ya’ni rasmiy sharhlash va norasmiy sharhlashni alohida farqlash qabul qilingan.
Rasmiy sharhlash davlat hokimiyati organlari va mansabdor shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan hamda izohlanayotgan norma bilan o‘zaro munosabatlarni tartibga solinadigan barcha sub’ektlar uchun majburiy xususiyatga ega bo‘lgan huquq normalarini tushuntirishga qaratilgan faoliyatdir. Rasmiy sharhlashning normativ va kazual turlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Rasmiy sharhlash huquqni qo‘llash jarayonida muhim ahamiyat kasb etib, normativ-huquqiy hujjatlardan bir qator xususiyatlariga ko‘ra farqlanadi.
Masalani atroflicha tahlil qiling.

33. Huquq normalarini sharhlash maqsadi huquq ijodkorligi sub’ekti nazarda tutgan huquq normasining mazmunini aniqlashdan iborat. Huquq ijodkorligi sub’ekti o‘z irodasini til vositalarida ifodalaydi. Shuning uchun uning so‘zlar yordamida ifodalangan irodasi har doim ham uning haqiqiy mazmuni bilan mos kelmasligi mumkin. Huquq normasi ma’nosining bir xilligi va to‘la aniqligiga erishish sharhlashning natijasi hisoblanadi. Shunga ko‘ra, o‘ziga xos afzalliklarga ega bo‘lgan hajmiga ko‘ra sharhlashning aynan, kengaytirilgan va cheklangan turlari farqlanadi. Mazkur sharhlash turlari huquqni qo‘llash jarayonida muhim ahamiyatga ega.


Masalani atroflicha tahlil qiling, misollar keltiring.

34. Ma’lumki, tegishli qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va ularni qabul qilish vakolatiga ega bo‘lgan sub’ektlar qat’iy belgilab qo‘yilgan. Shu bilan birga, normativ-huquqiy hujjatlardagi huquq normalari tegishli davlat organlari va mansabdor shaxslar tomonidan muayyan ishga nisbatan qaror chiqarish (qo‘llash) jarayonida hayotga tatbiq etiladi. Mazkur jarayonda huquq normasining mazmunida ko‘rsatilgan qoidalar ba’zan real hayotiy vaziyatlarga yoki ijtimoiy munosabatlarga muayyan ma’noda mos kelmasligi ham mumkin.


Shunday vaziyatda ayrim huquqni qo‘llovchi sub’ektlar huquqni qo‘llash hujjatida aks etgan (kazual) sharh va huquq ijodkorligi sub’ekti yaratgan huquq normasi mazmuni o‘rtasida tafovut yuzaga kelsa qay biri ustuvor huquqiy ahamiyatga egaligi bo‘yicha tasavvurga ega emas.
Vaziyatga huquqiy baho bering. Huquqiy asoslarini atroflicha muhokama qiling.
35. Normativ-huquqiy hujjatlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi. Olimlar normativ-huquqiy hujjatlardan boshqa huquq manbalari (huquqiy odat, sud va ma’muriy pretsedent­lar) umumiy tartibga soluvchi ahamiyatga molik emas deb hisoblashadi. Ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda ular qisman, yordamchi va qo‘shimcha ahamiyat kasb etadi.
Huquq manbasi sifatida normativ-huquqiy hujjatning boshqa huquq manbalaridan ajralib turuvchi tomonlarini misollar yordamida muhokama qiling.

36. Normalar faqatgina huquqiy munosabatlar vujudga kelishining shartlarini, holatlarini va chegaralarini belgilab beradi. Huquqiy munosabatlarning mavjudligi yuridik faktlar, deb ataluvchi muayyan hayotiy hodisalar bilan bog‘liq. Yuridik faktlar huquqiy munosabatlarning zaruriy sharti, aniq talabi sifatida maydonga chiqadi. Yuridik faktlar xilma-xildir, ular mohiyatan bir necha turlarga bo‘linadi. Yuridik faktlar ular keltirib chiqaradigan huquqiy oqibatlarga qarab: huquqni yaratuvchi, huquqni o‘zgartiruvchi va huquqni bekor qiluvchi faktlarga bo‘linadi. Lekin ayni bir yuridik hodisa bir vaqtning o‘zida ham huquq yaratuvchi, ham huquqni o‘zgartiruvchi, ham huquqni bekor qiluvchi fakt bo‘lishi mumkin.


Masalani atroflicha tahlil qiling.

37. Prezumpsiyalarni huquqiy mustahkamlanganlik faktiga ko‘ra turlarga ajratishda olimlar preyuditsiya, ya’ni oldin muayyan ishlar bo‘yicha sudning qonuniy kuchga kirgan qarorlari yoki hukmi bilan o‘rnatilgan faktik dalillar va tekshiruvlarni ishni ko‘rib chiqayotgan sudlar tomonidan tan olishning majburiyligini ham ko‘rsatib o‘tishmoqda. Ba’zi olimlar esa roman-german huquq tizimida bu shakldagi prezumpsiyalar qo‘llanilmaydi degan fikrda ekanligini ko‘rish mumkin.



Download 49,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish