Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlari


Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi xatolar



Download 224,86 Kb.
bet12/22
Sana25.03.2022
Hajmi224,86 Kb.
#508858
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
Солиқ имтиёзлари ҳисобини юритиш Журабоев Мухаммадбобур

Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi xatolar
Soliqlar va to‘lovlarni minimallashtirishda ularni hisoblashda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik muhim omildir. Ammo ba'zan shunday holatlar bo‘ladiki, ular soliq organlari tomonidan ancha katta moliyaviy sanksiyalar qo‘llanilishiga olib keladi. Xatolarga yo‘l qo‘yilishi, asosan buxgalteriya va iqtisodiyot xizmatlari mutaxassislarining bilimlari yetishmasligi hamda faoliyatidagi kamchiliklar bilan bog‘liq. Soliqlar va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashdagi xatolar birinchi navbatda, quyidagilar oqibatida yuzaga keladi:
• oddiy arifmetik va sanoqdagi xatolar;
• birlamchi hujjatlarning noto‘g‘ri rasmiylashtirilishi yoki ularning umuman bo‘lmasligi;
• amaldagi soliq qonunchiligining noto‘g‘ri talqin etilishi;
• soliq qonunchiligidagi o‘zgarishlarni bilmaslik yoki o‘z vaqtida ta'sir ko‘rsatmaslik;
• soliq organlariga hisob-kitoblar va hisobotlarni taqdim etmaslik yoki o‘z vaqtida taqdim etmaslik;
• soliqlarni to‘lamaslik yoki o‘z vaqtida to‘lamaslik.
Yana nimalarni hisobga olish zarur?
So‘nggi yillarda iqtisodiyotning real sektori korxonalarini, xususan, soliq yukini yengillashtirish, soliq solish tizimini soddalashtirish va birxillashtirish, qo‘shimcha keng soliq va bojxona imtiyozlarini berish orqali qo‘llab-quvvatlash choralari muntazam ko‘rilmoqda. Shuningdek, alohida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda kichik va xususiy tadbirkorlik sohasidagi korxonalarga alohida soliqlar turlari bo‘yicha soliq stavkalarini bosqichma-bosqich kamaytirish yo‘li bilan soliq yukini kamaytirish yuzasidan hukumat qarorlari qabul qilindi.
Bundan tashqari, davlat tomonidan eksportyor korxonalarga, kichik biznes sub'yektlariga hamda investitsiyalar kiritadigan va yangi mahsulot turlarini o‘zlashtirayotgan korxonalarga qo‘shimcha imtiyozlar berildi.
Bugungi kunda yuridik shaxslarga beriladigan soliq imtiyozlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 27dan ortiq moddalarida nazarda tutilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti va Hukumati tomonidan 200dan ortiq qarorlar qabul qilingan, ya'ni soliqlarni rejalashtirish sohasida ancha keng faoliyat maydoni mavjud.
Umuman respublika bo‘yicha soliq va bojxona imtiyozlaridan foydalanish hisobiga har yili yuridik shaxslarning YAIMning 10-12 foizi miqdoridagi moliyaviy mablag‘lari bo‘shaydi va ular investitsiyalarga hamda korxona xodimlarining ijtimoiy masalalarini hal qilishga yo‘naltiriladi.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotga soliq yuki bosqichma-bosqich kamayib bordi. Bu iqtisodiy o‘sishning muhim omillaridan biri hamda respublikaga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish, xo‘jalik faoliyati sohasidagi jarayonlarni faollashtirish, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini oshirish uchun rag‘bat bo‘ldi. Soliq yukining kamaytirilishi alohida korxonalarning moliyaviy ahvolini barqarorlashtirish, korxonalarning o‘z mablag‘i hisobiga investitsiya faoliyatini jonlantirish, ishlab chiqarishni diversifikatsiya va modernizatsiya qilishni amalga oshirish imkonini berdi.
Soliq va majburiy to‘lovlarni hisoblash va to‘lashda xatolarga yo‘l qo‘ymaslik uchun korxonalar maxsus soliqlar (Yuridik shaxslardan olinadigan daromad (foyda) solig‘i; Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (eng yuqori stavka)QQS; Kichik korxona va mikrofirmalar uchun yagona soliq to‘lovi; Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ajratmalar stavkasi (eng yuqori stavka) Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasiga ajratma miqdori) bo‘yicha hisob-kitoblarni ichki nazorat qilish metodikasini ishlab chiqishi va unda zarur tartibotlarni o‘z vaqtida bajarish uchun korxonada hujjatlar aylanmasi va tarkibiy bo‘linmalar o‘zaro aloqalari sxemasini nazarda tutishi zarur. Mazkur metodika har qanday korxonada soliqlarni rejalashtirishning asosi bo‘ladi.
Davlat tomonidan ko‘rilayotgan choralarga qaramay, soliq sohasida bir qator muammolar ham borki, ular tezkor yechimni taqozo etadi. Bular soliq qonunchiligining tez-tez o‘zgarib turishi va buning oqibatida korxonalar imkoniyatlarining kamayishi, soliqlar sonining ko‘pligi va buning biznesda katta transaksion chiqimlarga olib kelishi, alohida tarmoqlar bo‘yicha soliq yukining yuqoriligi va buning moliyaviy barqarorlikni ta'minlashga hamda ishlab chiqarishni yanada modernizatsiya qilishga to‘sqinlik qilishidir.
Bunday sharoitlarda soliqlarni rejalashtirish korxonalar faoliyatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi, ya'ni moliyaviy xizmat ishini moslashuvchan tarzda uyg‘un tashkil etishni rag‘batlantiradi, soliqlarga oid chiqimlarni qisqartirishga yordam beradi, bu esa, oxir-oqibat iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari mahsulotining narxga oid raqobatbardoshligini ta'minlashi mumkin. Ammo shuni unutmaslik kerakki, bugun soliqlarda mablag‘ tejash ertaga kattagina moliyaviy yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin.
Bundan tashqari, soliqlarni rejalashtirishda, shuningdek, rejalashtirish amalga oshirilayotgan hudud byudjetining ahvoli, korxonaning hudud byudjetini shakllantirishdagi roli va h.k. kabi muhim omillar ham hisobga olinishi kerak.
Bu yerda shuni ham ta'kidlash joizki, faqat xorijiy tajribadan hamda soliq qonunchiligidagi kamchiliklardan foydalanib soliqlarni rejalashtirish maqsadga muvofiq emas, chunki bu usullar har bir muayan holatda induvidual yondashuvni talab etadi hamda muayyan tavakkalchilikka bog‘liq bo‘ladi. Ular esa oxir-oqibat sud tortishuvlariga olib kelishi mumkin.
2021 yilda 53 mingdan ortiq korxonaga 34 trln so‘mlik soliq imtiyozlari qo‘llangan. Bu – o‘tgan yilgi jami soliq tushumlarining 26,7 foizi, YaIMning 4,6 foiziga teng. Xo‘sh, bu normal ko‘rsatkichmi? Imtiyozlar borasida yana nimalar ochiqlanishi kerak?

Kollaj: Kun.uz
Davlat soliq qo‘mitasi 2021 yil yakunlariga ko‘ra soliq imtiyozlari berilgan sub’yektlar bo‘yicha ma’lumotlarni yangiladi.
Kun.uz'ning mazkur ma’lumotlar asosidagi hisoblashlari o‘tgan yil davomida 53 561 ta xo‘jalik yurituvchi sub’yektga 7 ta soliq turi bo‘yicha 70 644 ta holatda jami 34,9 trln so‘mlik imtiyoz qo‘llanganini ko‘rsatmoqda.
Imtiyozlar summasining asosiy qismi qo‘shilgan qiymat solig‘iga to‘g‘ri keladi.
2021 yilda xo‘jalik yurituvchi sub’yektlar tomonidan foydalanilgan soliq imtiyozlari
(Davlat soliq qo‘mitasi ma’lumotlari asosida Kun.uz hisob-kitoblari)

Download 224,86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish