Soliq imtiyozlar bazasi. Imtiyozlari va ularning qo’llanilishi
Soliq to‘lovlarining korxona xarajatlaridagi ulushi salmog’i
Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Yangi tahrirdagi Soliq kodeksining 393-moddasi 1-qismiga asosan O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslarning deklaratsiya asosida soliq solinadigan daromadlariga quyidagilar kiradi:
-mulkiy daromadlar, agar ushbu bo‘limga muvofiq bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmasa;
- ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarini yaratganlik hamda ulardan foydalanganlik uchun mualliflik haqi tariqasida olingan daromadlar;
- moddiy naf tarzidagi daromadlar, agar bu daromadlarga soliq agentida soliq solinmagan bo‘lsa;
- O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi manbalardan olingan daromadlar;
- soliq agentlari bo‘lmagan manbalardan olingan daromadlar;
- ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan jismoniy shaxslar tomonidan olingan daromadlar, ular tomonidan jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘lash tartibi tanlanganda;
- soliq agenti tomonidan soliq ushlab qolinmagan soliq solinadigan boshqa daromadlar.
Soliq kodeksining 397-moddasiga muvofiq jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiyani doimiy yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelidan kechiktirmay taqdim etilishi va ushbu Kodeksining 398-moddasiga asosan daromad solig‘i summasini o‘tgan soliq davridan keyingi yilning 1 iyunidan kechiktirmay to‘lanishi lozim.
Mol-mulkini ijaraga berishdan to‘lov manbaida soliq solinmaydigan daromadlar olayotgan soliq to‘lovchilar, shuningdek ushbu Kodeks
385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan va jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliq to‘laydigan jismoniy shaxslar jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiyani belgilangan muddatlarda taqdim etish bilan bir qatorda dastlabki tarzdagi deklaratsiyani ham quyidagi muddatlarda taqdim etadi:
1) mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan soliq to‘lovchilar - ijaradan daromadlar paydo bo‘lgan kundan e’tiboran birinchi oy tugaganidan keyin besh kun muddatda;
2) ushbu Kodeks 385-moddasining uchinchi qismida ko‘rsatilgan, jami yillik daromad to‘g‘risidagi deklaratsiya asosida soliqni to‘laydigan jismoniy shaxslar - joriy yilning 1 fevralidan kechiktirmay.
Yangi ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlik sub’ektlari - tadbirkorlik sub’ekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oyning oxiriga qadar dastlabki deklaratsiyani taqdim etadi.
Ko‘chmas mulkning ijara shartnomasi soliq organlarida hisobga qo‘yilayotganda dastlabki deklaratsiya taqdim etilmaydi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad olish tugagan taqdirda soliq to‘lovchi doimiy yashash joyidagi soliq organini bu haqda yozma shaklda xabardor etadi.
Mol-mulkni ijaraga berishdan daromad oladigan jismoniy shaxslar soliqni taqdim etilgan dastlabki deklaratsiya yoki soliq organining xabarnomasi asosida, daromad olingan oydan keyingi oyning o‘n beshinchi kunigacha har oyda to‘laydi.
O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan jismoniy shaxsning daromadlariga ushbu Kodeksning 381-moddasi 1-qismiga asosan 12 foizlik soliq stavkasi bo‘yicha soliq solinadi.
O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 30 dekabrdagi “2022 yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi O‘RQ-742-son Qonuni 8-ilovasi bilan mol-mulkini ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan oylik ijara to‘lovining eng kam stavkalari belgilandi.
Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlari Soliq - qonun bilan o`rnatilgan miqdorlarda va belgilangan muddatlarda byudjet fondiga tushadigan majburiy to`lov.
Davlat tomonidan belgilangan soliqlar, yig`imlar va boshqa majburiy to`lovlarning turli xil majmui, ularning shakllari va tuzilishining usullari davlatning soliq tizimini hosil qiladi.
Soliq hisob-kitobi soliq to`lovchi tomonidan hisobot (soliq) davrida amalga oshirilgan xo`jalik operatsiyalarini soliqqa tortish uchun hisobga olish tartibi to`g`risida to`la va ishonchli axborot shakllantirish, shuningdek, soliqlarning to`g`riligi, to`liqligi, o`z vaqtida hisoblanishi hamda byudjetga to`lanishini nazorat qilish uchun ichki va tashqi foydalanuvchilarni axborot bilan ta`minlash maqsadlarida amalga oshiriladi.
Soliq hisob-kitobi tizimi soliq to`lovchi tomonidan soliq hisobi me`yorlari va qoidalarini qo`llanish ketma-ketligi, ya`ni bir soliq davridan ketma-ket boshqasiga o`tish tamoyilidan kelib chiqqan holda tashkil etiladi.
Soliq hisob-kitobini olib borish tartibi soliq to`lovchi tomonidan soliqqa tortish maqsadlari uchun rahbarning tegishli buyrug`i (farmoyishi) bilan tasdiqlanadigan hisobga olish siyosatida belgilanadi.
Soliq tizimi davlat bilan birga yuzaga kelgan va rivojlanib borgan. Davlat shakllanib borishining eng ilk bossichlaridagi qurbonlik keltirishni soliqqa tortishning boshlang`ich shakli deb hisoblash mumkin. U yozilmagan qonun bo`lib, shu tariqa majburiy to`lov yoki yig`imga aylanib borgan.
Davlat rivojlanib borgani sari «oqsuyaklar» ushri yuzaga keldi, u cherkov uchun olinadigan ushr bilan bir vastda obro`-e`tiborli knyazlar foydasiga undirib olinardi. Ushbu amaliyot turli mamlakatlarda: Qadimiy Misrdan o`rta asr Yevropasi davrigacha, ko`plab yuz yilliklar mobaynida mavjud bo`ldi.
Masalan, Qadimiy Yunonistonda eramizdan avvalgi 7-6 asrlarda zodagonlarning vakillari tomonidan daromadlarning o`ndan bir yoki yigirmadan bir qismi miqdorida daromad soliqlari joriy etilgan. Bu yollanma armiyani saqlash, shaharlar-davlatlar atrofida istehkomlar, ibodatxona, vodoprovodlar, yo`llar surish, turli bayramlarni uyushtirish, kambag`allarga mahsulot va pullar tarsatish va boshqa ijtimoiy maqsadlar uchun mablag`lar to`plash va sarflash imkonini bergan.
Jamiyat rivojlanishining tarixida hali birorta davlat soliqlarsiz faoliyat olib bormagan, chunki unga jamoa manfaatlarini qondirish bo`yicha o`z funksiyalarini bajarish uchun muayyan summadagi pul mablag`lari zarur bo`ladi va uni davlat faqat soliqlar vositasida to`play oladi.
Shundan kelib chiqib, soliq yukining eng kichik miqdori davlat funksiyalarining eng kamini bajarish uchun davlat sarflaydigan xarajatlar bilan belgilanadi: bular boshqaruv, mudofaa, sud, tartibni saqlash va boshqalar, davlatga qancha ko`p funksiyalarni bajarish yuklatilgan bo`lsa, u shuncha ko`p soliq to`plashi zarur bo`ladi.