AKSIZ SOLIG’I
Aksiz solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi saqlab qolinmoqda.
Aksiz solig‘i stavkalari Soliq kodeksi bilan belgilanmoqda (289¹ -289³-moddalar).
Bunda olib kirishda aksiz solig‘ini hisoblab chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori tasdiqlangunga qadar PQ-3818- sonli Prezident qaroriga muvofiq amal qiladigan TIF TN kodlari qo‘llaniladi.
289¹ -289³-moddalarda tovar pozitsiyalari mavjud bo‘lmaganda mos ravishda mavjud bo‘lmagan tovar pozitsiyalariga aksiz solig‘i hisoblanmaydi.
73 turdagi tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i bekor qilinmoqda, shu jumladan elektrotexnika mahsulotlari (muzlatgichlar, kondisionerlar, kir yuvish mashinalari), traktorlar va yarim tirkamalar, oziq-ovqat mahsulotlari (margarin, qandolat va boshqa mahsulotlari) bo‘yicha va h.k.
Yakuniy iste’molchiga sotiladigan, olib kirilgan (import qilingan) aksiz to‘lanadigan tovarlarni (benzin, dizel yoqilg‘isi, suyultirilgan
va siqilgan gaz) o‘z ehtiyojlari uchun ishlatilganda, soliq to‘lovchilari bo‘lib ushbu tovarlarni o‘z ehtiyojlari uchun olib kirishni amalga oshirgan shaxslar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchilar tomonidan turistik yo‘nalishlarda tashkil etilgan degustasiya hududlarida (joylarida) realizasiya qilinadigan tabiiy vino (shisha idishdagilardan tashqari) mahsulotlari soliq solish obyekti hisoblanmaydi.
FOYDA SOLIG’I
3.1. Foyda solig‘ini hisoblab chiqarish va to‘lashning 2020 yilda amalda bo‘lgan tartibi, shuningdek soliq stavkalari saqlanib qolinmoqda.
3.2. 2021-yil 1-yanvardan boshlabSoliq kodeksi 304-moddasining 8, 9, 14, 15 va 17-bandlariga muvofiq kelib tushgan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan), shuningdek soliq va bojxona imtiyozlari berilganligi natijasida bo‘shagan mablag‘lar hisobidan olingan yoki sotib olingan (barpo etilgan) mol-mulklar amortizasiya qilinadigan aktivlar deb e’tirof etilmaydi va amortizatsiya qilinmaydi.
Amortizasiyalanadigan aktivning qiymati qayta baholashni hisobga olmagan boshlang‘ich qiymatidan hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari orqali xarajatlar jumlasiga kiritiladi.
2021-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asosan soliq to‘lovchida mavjud bo‘lgan, ilgari o‘tkazilgan qayta baholashni hisobga olgan holda amortizasiyalanadigan aktivlar qiymati soliq solish maqsadida boshlang‘ich qiymat hisoblanadi.
2021-yil 1-yanvardan boshlab, soliq to‘lovchi tomonidan keyingi hisobot (soliq) davrlarida amortizasiyalanadigan aktivlar qiymatini qayta baholashi amalga oshirilganda, amortizasiya ajratmalarini hisoblashda soliq solish maqsadlari uchun bunday qayta baholash natijasi hisobga olinmaydi.
Soliq organlari tomonidan oldingi hisobot davri asosida bo‘nak to‘lovlarini hisoblanishi saqlanib qolinmoqda.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchi kelgusi chorakning birinchi oyi 10 sanasiga qadar joriy chorakda kutilayotgan foyda summasidan kelib chiqqan holda, bo‘nak to‘lovlari summasi to‘g‘risida soliq organlariga ma’lumotnoma taqdim etish huquqiga ega. Ushbu norma ilgari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5978- sonli Farmonida ko‘zda tutilgan edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |