Davlat byudjetining ahamiyati va ularning namoyon bo’lish shakllari



Download 15,82 Kb.
Sana03.06.2023
Hajmi15,82 Kb.
#948421
Bog'liq
Byudjet hisobi Topshiriq javobi


Davlat byudjetining ahamiyati va ularning namoyon bo’lish shakllari – Mamlakatning moliya tizimida davlat byudjeti markaziy o’rin egallaydi. Markazlashtirilgan pul fondini shakl-lantirish orqali davlatning qo’lida katta hajmdagi moliya-viy resurslar to’planadi va ular umumdavlat ehtiyojlarini qondirishga sarf etiladi. Davlat byudjeti umumdavlat manfaatlarini inobatga olgan holda ustuvor yo’nalishlar uchun moliyaviy resurslarni jamlashda asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Ustuvor yo’nalishlar uchun davlat byudjeti yordamida moliyaviy resurslarni jamlash bir necha usullar yordamida amalga oshirilishi mumkin. Ayrim hollarda, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal sur’atlar bilan rivojla-nishini ta’minlash maqsadida byudjetdan ajratilayotgan mablag’larning hajmi oshiriladi. Boshqa hollarda esa, o’sha sektorlardan mablag’larni davlat byudjetiga olishda qulay sharoit yaratiladi.
Davlat byudjeti iqtisodiyotning alohida tarmoqlarining rivojlanishida asosiy manba rolini ham o’ynashi mumkin. Masalan, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida milliy iqtiso-diyotda yangi tarmoq vujudga kelayotgan bo’lsa, uning paydo bo’lishini hozirgi sharoitda byudjetdan moliyalash-tirishsiz tasavvur etib bo’lmaydi.
Faoliyat ko’rsatayotgan sub’yektlarning moliyaviy barqa-rorligini ta’minlashda davlat byudjeti katta ahamiyat kasb etadi. Turli ob’yektiv va sub’yektiv omillarning ta’siri ostida ayrim sub’yektlarning o’z moliyaviy resurslari ularning sog’lom faoliyat ko’rsatishi uchun etarli bo’lmay qolganda chetdan mablag’ jalb qilishga ehtiyoj tug’iladi. Bunday sharoitda davlat byudjeti tartibga soluvchi manba sifatida maydonga chiqishi mumkin. Albatta, bunday hollar-ning barchasida davlat byudjeti mablag’lari sub’yektlarning o’z manbalari, tarmoq ichidagi resurslar, bank kreditlaridan so’ng oxirgi tartibga soluvchi manba sifatida foyda-laniladi.
Sub’ektlar faoliyatini moliyaviy resurslar bilan ta’minlashda davlat byudjetining tartibga soluvchi roli quyidagi ko’rinishda bo’lishi mumkin:
– Moliyaviy resurslarga bo’lgan yangi talabni kelgusi davlat byudjeti yilida davlat byudjetiningxarajatlari tarkibiga kiritish;
– Moliyaviy resurslarga bo’lgan qo’shimcha ehtiyojni mavjud davlat byudjeti resurslarini manyovr qilish, ya’ni davlat byudjeti kredit-larini bir ob’ektdan ikkinchisiga o’tkazish yo’li bilan qondirish. Bunday imkoniyatning mavjudligi amaliyotda ayrim sub’yektlarning o’zlariga taqdim etilgan moliyaviy resurslarni to’liq o’zlashtirishning uddasidan chiqa olmas-ligi bilan izohlanadi;
– Qo’shimcha ehtiyojni hukumatning zaxira fondlari hisobidan qoplash va boshqalar.
Byudjet daromadlarini shakllantirish jarayoni quyidagi printsiplarga asoslanishi maqsadga muvofiqdir:
— soliqlarning byudjetga olinishi mamlakat milliy boyligi manbalarining tugashiga olib kelmasligi kerak;
— soliqlar ularni to’lovchilar o’rtasida teng taqsimlanmog’i lozim;
— soliqlarni ishlab chiqaruvchilarning aylanma fondlari hajmiga ta’sir ko’rsatmasligi;
— soliqlarning sof daromadga nisbatan hisoblanishi;
— davlat uchun soliqlarning undirilishi iloji boricha arzonroq bo’lishi lozim;
— soliqlarning undirilish jarayoni xususiy sektorni siqib chiqarmasligi kerak;
— sub’ektlarning mustaqil faoliyat ko’rsatishiga sharoit yaratish, ya’ni, sub’ektlarga tegishli bo’lgan mablag’larning bir qismini davlat byudjetiga olinishi ularning mustaqil rivojlanishiga salbiy ta’sir ko’rsatmasligi kerak. Chegaradan o’tib ketilganda sub’ektlarning mustaqilligini yo’qotishiga, kasodga uchrash hollarining vujudga kelishiga, ichki rezervlarni qidirib topishga va ishlab chiqarishning o’sish sur’atlarini ta’minlashga intilish susayadi, xufyona iqtisodiyotning rivojlanishi boshlanadi;
— sub’ektlarning xatti-harakati va intilishiga bog’liq bo’lmagan holda vujudga kelgan daromadlarning to’liq yoki qisman byudjetga olinishi. Ma’lum bir xarajatlarni amalga oshirmasdan olingan barcha daromadlar davlatning ixtiyoriga o’tishi kerak. Bu printsipning ta’siri ostiga sub’ektlar ma’muriyati noto’g’ri, noqonuniy harakati (masalan, davlat standartlarini buzish va boshqalar) natijasida olingan daromadlar ham kiritilmog’i lozim;
— ishlab chiqarishni kengaytirish va boshqa maqsadlar uchun korxonaning rejalashtirilgan ehtiyojidan ortgan summalarni byudjetga olish. Bu printsip davlat byudjeti daromadlarini davlat korxonalarining mablag’lari hisobidan tashkil etishda qo’llanilishi mumkin. U davlat korxonalarining moliyaviy holatini tartibga soladi va bir vaqtning o’zida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishda davlatning manfaatlarini ta’minlaydi;
— byudjet mexanizmining rag’batlantiruvchi ta’sirini ta’minlash. Mablag’larni sub’ektlar ixtiyorida byudjetga o’tkazilishi ularning samarali faoliyat ko’rsatishga rag’batlantirishi kerak.
— byudjet daromadlarini shakllantirishda ulushli ishtirok etish. Bu printsip byudjet daromadlarini aholi mablag’lari hisobidan shakllantirishda qo’llanilib, uning natijasida aholi daromadlari darajasiga bog’liq ravishda bir qismi byudjetga o’tkaziladi.
Download 15,82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish