Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua



Download 2,36 Mb.
bet116/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

Tibbiyot muassasalarining soni aholining jinsi, yoshi va tibbiyot xodimlarining har 10 000 kishiga to‘g‘ri kelishi me’yorlarini hisobga olib belgilanadi.
Koyka fondi statsionar-davolash muassasalarining joriy xarjatlarini rejalashtirishda qo‘llaniladi va quyidagi tarzda hisoblanadi:
Kf = Kn ± ((Ko – Kb) x Sm.f) / 12
bu erda :
Kf – koyka fondi;
Ko, Kb – oy boshiga va oxiriga soni;
Sm.f – faoliyat yuritish oylari soni.


Koykalar oboroti quyidagi tarzda hisoblanadi:
Ok = Fk / Srp.p,
bu erda
Ok - koyka oboroti;
Fk - faoliyat yuritish kunlari soni;
Srp.p - kasalxonada bo‘lish vaqtining davomiyligi.
Bunda bir kasalga xizmat ko‘rsatgandan so‘ng keyingi kasalni qabul qilishga tayyorlanish hisobga olinadi. Yuqumli kasalliklar bilan bog‘liq holda koykaning bo‘sh turishi vaqti – 3 kun, sil kasalliklarida – 2 kun, boshqalarda – 1 kun. Ovqatga va dori-darmonlarga xarajatlarni rejalashtirishda bitta koykaning yil davomida faoliyat yuritish kunlari aniqlanib, kasalxonadagi koyka-kunlarning umumiy soni hisoblab chiqiladi:
Ok.k = Srk x Chd.f,
bu erda
Ok.k – kasalxonadagi koyko-kunlarning umumiy soni;
Srk - koykalarning yillik o‘rtacha soni;
Chd.f – bir koyka yil mobaynida faoliyat ko‘rsatuvchi kunlar soni.
Ambulator-poliklinika muassasalari xarajatlarini hisoblash uchun quyidagi ko‘rsatkichlardan foydalaniladi:

  • aholi soni va vrachlarning borib ko‘rishi soniga bog‘liq bo‘lgan o‘rtacha yillik vrach lavozimlari;

  • soatiga bemorlarni qabul qilish soni, bir bemorni qabul qilish me’yori o‘rtacha 20 minutni tashkil etadi;

  • ish rejimi, ikkita komponentdan tashkil topadi:

1) poliklinikada qabul qilish;
2) uyda xizmat ko‘rsatish;
Albatta, barcha davlat tibbiyot muassasalari xarajatlari budjet tashkiloti sifatida budjetdan moliyalashtirishning o‘rnatilgan tartiblariga rioya qilgan xolda mablag‘ bilan ta’minlanadilar.
Barcha budjet tashkilotlari, shu jumladan soglikni saklash tizimi muassasalari xam smetani O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1999 yil 3 setyabrdagi 414-sonli «Byudjet tashkilotlarini moliyalashtirish tartibini takomillashtirish to‘g‘grisida» gi karori asosida tuzadilar va tasdiklaydilar, agar bu muassasalar mustakil faoliyat yurituvchi yuridik shaxs makomiga ega bulmagan muassasa bo‘lib, markazlashgan buxgalteriya orkali moliyalanadigan bulsa, u holda ularning smetalari tegishli ravishda viloyat, shaxar yoki tuman soglikni saklash boshkarmalari (bo‘limlari) tomonidan tasdiklanadi.
Aloxida olingan budjet tashkiloti smetasida xarajatlar kuyidagi xarajat guruxlari buyicha rejalashtiriladi:

  1. Ish xaki va unga tenglashtirilgan tulovlar

  2. II. Ish hakiga ustamalar

  3. Kapital quyilmalar

  4. Boshqa xarajatlar

Shtatlar jadvalini tuzish soglikni saklash muassasasi xodimlari sonini aniklashdan boshlanadi. Xodimlar soni muassasaning turi va quvvatiga ko‘ra tibbiyot muassasalari namunaviy shtatlari asosida aniqlanadi. Xodimlar soni aniklangandan keyin, xar bir ishlovchining mexnatiga hak to‘lash yillik miqdoridan tashkil topgan muassasaning mexnat haki fondi aniqlanadi.
Sog‘liqni saqlash muassasalarini bir yashovchi kishi hisobiga xarajatlar normatividan kelib chiqib moliyalashtirish usulini qo‘llanilishi “Salomatlik-2” va “Ayollar va bolalar sog‘ligini mustahkamlash” dasturlari doirasida boshlang‘ich tibbiy-sanitariya yordami (BTSYo) muassasalarini boshqarishni takomillashtirish maqsadida qishloq va shahar muassasalarida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash muassasalarini moliyalashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2005 yil 28 sentyabrdagi 217-sonli Qarorni asosida eksperiment sifatida joriy etildi va o‘z samarasini bergandan so‘ng bosqichma-bosqich keng joriy qilinmoqda.
Ushbu qarorga asosan BTSYo Shahar eksperiment (ShE) muassasalari budjetini rejalashtirish bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi asosida amalga oshiriladi. Bir kishi hisobiga xarajatlarning bazaviy normativi har yili eksperimentda ishtirok etuvchi viloyatlarning har bir tumani (Toshkent shahar tumani) uchun alohida belgilanadi.
Xarajatlarning bazaviy normativi quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi1:
XBNy = VSBy x O‘Uy / ASy,
bunda:
XBNy — rejalashtirilayotgan yil uchun bir kishi hisobiga xarajatlarning normativ bazasi;
VSBy — sanitariya-epidemiologiya shoxobchalari, kapital qo‘yilmalar va rejalashtirilayotgan yil uchun markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlaridan tashqari, viloyatlar, Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjeti;
ASy — rejalashtirilayotgan yilning 1 yanvardagi holatiga ko‘ra BTSYo ShE muassasalariga biriktirilgan viloyat shaharlari/Toshkent shahri aholisi soni;
O‘Uy — hisobot davrida tegishli viloyat/Toshkent shahar sog‘liqni saqlash budjetida BTSYo ShE muassasalari budjetining o‘rtacha ulushi (koeffitsentlarda). BTSYo ShE muassasalari budjetini hisobot davridagi sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmatlari, kapital qo‘yilmalar va markazlashtirilgan tadbirlar xarajatlarini istisno etgan holda viloyatlar/Toshkent shahar sog‘liqni saqlash umumiy budjetiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekbardagi “Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi to‘g‘risida”gi 276-sonli qaroriga asosan tibbiyot xodimlariga ish haqi to‘lanadi. Mazkur qarorda sog‘liqni saqlash muassasalari, tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha tarif setkasi va tarif razryadlarini ko‘rsatilgan.
Sog‘liqni saqlash muassasalariga ish haqi, ish haqiga ajratma, boshqa (kanselariya va xo‘jalik xarajatlari, xizmat safari xarajatlari, o‘quv xarajatlari, oziq-ovqat xarajatlari, dori-darmon xarajatlari, yumshoq va qattiq, jihozlar xarajatlari, kapital va joriy ta’mirlash) xarajatlari rejalashtiladi. Aytish mumkinki, bu xarajatlar ichida ish haqi xarajatlari eng yuqori o‘rinni egallaydi. Ish haqi xarajatlari umumiy xarajatlarning 75-80 foizni tashkil etadi. Ish haqi fondi tibbiyot xodimlari ish faoliyatiga ko‘ra, quyidagi ish haqlarini o‘z ichiga oladi:

  • asosiy faoliyati bo‘yicha ish haqi;

  • tungi navbatchilik uchun haq;

  • bayram kunlari uchun haq;

  • maslahatlar uchun haq.

Vazirlar Mahkamasining №276-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizomi”ga muvofiq Mehnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha 4 guruhlari belgilab berilgan. Ushbu guruhlardan kelib chiqqan holda bevosita barcha tibbiyot xodimlariga haqni hisoblashda qo‘llaniladi. Jumladan ushbu guruhlarga tayangan holda, “Tibbiyot muassasasining moddiy rag‘batlantirish va rivojlantirish jamg‘armasi”ni shakllantirish va uning mablag‘larini sarflash yo‘nalishlarini belgilashda ham foydalanilgan.
Ya’ni, tizim xarajatlarida tibbiyot xodimlari ish haqlari mablag‘laridan tashqari dori-darmon vositalari, oziq-ovqat uchun xarajatlar hamda moddiy-texnika bazasini modernizatsiya qilishga yo‘naltirilgan xarajatlar miqdorini oshirish ham muhimdir.Davlat tibbiyot va farmatsevtika muassasalari guruxlarini quyidagilarga ajratish mumkin:
I. Ambulatoriya-poliklinika muassasalari, sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati va boshka muassasalar;
II. Umumiy profilli statsionar tibbiyot muassasalari va boshqalar;
III. Ixtisoslashtirilgan statsionar muassasalar;

  1. Shoshilinch va tez tibbiy yordam markazlari, tez yordam stantsiyalari.

Tibbiyot muassasalarida xodimlarning ish xaqi xarajatlarini xisoblash O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining "Tibbiyot xodimlari mexnatiga hak to‘lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 21.12.2005 y. 276-son Karoriga va mazkur Karor bilan tasdiklangan "O‘zbekiston Respublikasi davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlari mexnatiga haq to‘lash tartibi va shartlari to‘g‘risidagi Nizom"ga muvofik amalga oshiriladi.
Mazkur Nizomga muvofiq, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining tarif stavkalari tarif setkasi asosida ish xaqining belgilangan eng kam oylik mikdorini "Mexnatga haq to‘lashning takomillashtirilgan tizimi joriy etiladigan davlat muassasalari tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining mexnatiga haq to‘lash bo‘yicha guruxlariga muvofik tegishli sog‘liqni saqlash muassasalari xodimlari uchun belgilangan tarif setkasining tegishli razryadi tarif koeffitsientiga va tuzatish koeffitsientiga ko‘paytirish yuli bilan belgilanadi.Tarif setkasi buyicha razryadlar tibbiyot, farmatsevtika va raxbar xodimlar lavozimlari bo‘yicha belgilanadi.
Tibbiyot xodimlari bo‘yicha ish haqlari xodimlarning lavozimlari bo‘yicha tabaqqalashtirilgan bo‘lib,

Tibbiyot sohasida asosiy bazaviy ish haqisini hisoblash uchun razryadlar o’ziga hos hususiyatga ega. Unda boshqa sohalardan farqli ularoq 22 ta razryad emas, balkim 11 razryadli tariff koeffitsentlari qullaniladi va undagi tarif koeffitsentlari nisbatan yuqori ulushga ega.
Masalan, 22 razryadli tariff koeffitsentlarda 1 razryad koeffitsenti 2,476 tashkil etsa, sog’liqni saqlash sohasida bu koeffitsent 3,148 ni tashkil etadi.
Sog’liqni saqlash sohasida hodimlar ish haqisi quyidagi qismlardan iborat bo’ladi:
-bazaviy ish haqi
-tungi navbatchilik uchun ish haqi
-ustama haq
-qushimcha haq va boshqalar.
Yuqoridagi razryadlarni qullagan xolda tegishli xodimlar ish xaklarini hisoblashda sog‘liqni saqlash muassasalari guruxlari buyicha kuyidagi tuzatish koeffitsientlari belgilanadi:

  • muassasalarning 1-guruxi uchun - tegishli razryad tarif stavkasiga 1,0 tuzatish koeffitsienta;

  • muassasalarning 2-guruxi uchun - tegishli razryad tarif stavkasiga 1,03 tuzatish koeffitsienta;

  • muassasalarning 3-guruxi uchun - tegishli razryad tarif stavkasiga 1,05 tuzatish koeffitsienta;

Sog‘liqni saqlash muassasalarining raxbarlari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek bosh tibbiyot xdamshiralari uchun mexnatga xaq to‘lash buyicha tarif setkasi buyicha razryad sog‘liqni saqlash muassasasining tipiga qarab tabakalashtiriladi.
Raxbar xodimlarga haq to‘lash buyicha tibbiyot muassasalarining tiplari kuyidagi jadval ko‘rsatkichlari bo‘yicha guruhlangan (7-jadval). Xodimlarning ushbu toifalari mehnatiga haq to‘lash razryadlari va tarif koeffitsientlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasi bilan kelishilgan holda tibbiyot muassasasi quvvatini, ambulatoriya-poliklinika tarmog‘i uchun - xizmat kursatiladigan axoli sonini hamda kasalxona muassasalari uchun - davolanib chiqqan bemorlar sonini xisobga olib O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mexnat va axolini ijtimoiy muxofaza qilish vazirligi xamda Moliya vazirligining kushma qarori bilan tasdiqlanadi.

Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish