Davlat byudjeti” fanidan O’quv uslubiy majmua


Sog‘liqni saqlash tizmini moliyalashtirishning asosiy modellari va manbalari



Download 2,36 Mb.
bet114/163
Sana12.07.2022
Hajmi2,36 Mb.
#780367
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163
Bog'liq
УУК Давлат бюджети 2017 2018 бошка йуналишларга (4)

16.2. Sog‘liqni saqlash tizmini moliyalashtirishning asosiy modellari va manbalari


Aholi salomatligi holatini aniqlashtiruvchi asosiy omillardan biri sog‘liqni saqlashni tashkil etish tizimi va uning moddiy-texnik ta’minoti hisoblanadi.
Iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash tizimining moliyaviy ta’minoti turli manbalar hisobidan amalga oshiriladi, xususan, davlat budjeti mablag‘laridan, sug‘urta badallari hisobidan, xokimylik mablag‘laridan, aholining shahsiy mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda sog‘liqni saqlash xarajatlari o‘rtacha YaIM ga nisbatan 8-13% ni tashkil etadi (AQSH da esa 17 % gacha).
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishni asosan uchta bazaviy modelga ajratish mumkin:

  • Davlatdan moliyalashtirish modeli, bunda davlat budjeti mablag‘laridan moliyalashtirish asosiy o‘rin egallaydi (ushbu model Buyuk britaniya, Italiya, Kuba, Rossiya, O’zbekiston Respublikasi ko‘proq ulushga ega);

  • Tibbiy sug‘urtalash modeli, bunda tadbirkorlar, mehnat qiluvchi fuqarolarning maqsadli badallari orqali moliyalashtirish asosiy o‘rin egallaydi (ushbu model Frantsiya, Germaniya, Kanada, Yaponiya ko‘proq ulushga ega);

  • Xususiy moliyalashtirish modeli, bunda ixtiyoriy tibbiy sug‘urta badallari hisobiga hamda pulli tibbiy xizmatlarni amalga oshirish orqali keladigan tushumlar orqali moliyalashtirish asosiy o‘rin egallaydi (ushbu model AQSh, Janubiy Koreya mamlakatlarida ko‘proq ulushga ega).

Yuqorida keltirilgan sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning modellarining afzalliklari va kamchiliklari bizning nazarimizda quyidagilardan iborat1:
Davlatdan moliyalashtirish modeli. Ushbu modelning afzalligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: aholigabepul tibbiy yordamni kafolatlash yo‘li orqali ijtimoiy himoyalashning yuqori darajasini ta’minlaydi, o‘ta havfli yuqumli kasalliklarga qarshi kurashishda yuqori samaradorlikni ta’minlaydi, tibbiy yordamni ko‘rsatish sharoitlari ustidan qat’iy davlat nazorati olib boriladi, favquloddagi holatlarda yuqori samaradorlikga erishiladi va boshqalar. Ushbu modelning kamchiliklari: moddiy va mahsus resurslarning samarsiz taqsimlanishi va iqtisodiy inqiroz davrida sog‘liqni saqlashning moliyaviy resurslarining defitsiti, tibbiyot xodimlari va muassasalarning faoliyatida moddiy rag‘batlantirishning chegaralanganligi, tibbiyot xodimlari mehnat haqining umumiy past darajasi, bajariladigan ish xajmi va sifatining muassasani moliyalashtirish va tibbiyot xodimlarining mehnat haqi o‘rtasida bog‘liqlilikning sustligi, bemorning muassasa va shifokorning tanlamasligi, ba’zi tibbiy xizmatlarning defitsitligi sababli navbatlarning mavjudligi, tashhis quyish, davolash, kasalliklar profilaktikasi yangi usullari va texnologiyalarini joriy etilishining sustligi,tibbiy yordam ko‘rsatish sifati va darajasida ba’zi ijtimoiy, geogafik, sifat guruhlari o‘rtasida farqlarning mavjudligi va boshqalar.
Tibbiy sug‘urtalash modeli. Ushbu modelning afzalligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: asosan tibbiy xizmatlarda navbatlarning yo‘qligi, tibbiy muassasalar va shifokorlarning tanlanishi, tibbiyot xodimlarining yuqori daromadga ega bo‘lishi, shaxsiy ehtiyojlarni qondirish xususiyatiga ega bo‘lgan keng tibbiy muassasalar diapazonining mavjudligi, tibbiy xizmatlar sifatiga e’tiborning yuqoriligi va boshqalar. Kamchiliklari: tibbiy xizmatlarning yuqori narxlari, aholining kam daromadli qatlamlari uchun tibbiy xizmatlarning ta’minlanmasligi, profilaktika va uy sharoitida yordam ko‘rsatilishga etarli e’tibor berilmasligi, asosan “engil” kasalliklarni davolanishi, etarli miqdordagi tibbiy ko‘rsatmalarga ega bo‘lmasdan qimmatbaho jarayonlar va aralashuvlarni bajarilishi, resurslarni samarasiz ishlatilishi, xarajatli xo‘jalik mexanizmlarning yuqoriligi, tibbiy jarayonlar sifati ustidan davlat nazoratining va boshqaruvining mavjud emasligi, bemorlar sog‘lig‘i uchun har dom ham xavfsiz bo‘lmagan tibbiy texnologiyalarning ishlatilishi va boshqalar.
Xususiy moliyalashtirish modeli. Ushbu modelning afzalligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi: aholini tibbiy sug‘urta bilan qamrab olishning yuqori darajasinin mavjudligi, shuningdek, bepul tibbiy yordam kafolatining mavjudligi, aholi va ish beruvchilar tomonidan tibbiy sug‘urta fondlari (sug‘urta tashkilotlari) ni erkin tanlanishi, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish va moliyalashtirish funktsiyalarining taqsimlanishi, sifatli va davlat tomonidan kafolatlangan darajadagi tibbiy xizmatlarning ko‘rsatilishi va boshqalar. Kamchiliklari: majburiy tibbiy sug‘urta dasturlari bilan butun aholini qamrab olinmaganligi, tibbiy xizmatlar narxining yuqoriligi, narxlarni qat’iyligi ustidan choralarning samarasizligi, milliy darajada uzoq muddatli strategik rejalashtirishning etarli darajada qo‘llanilmasligi, yuqori boshqaruv xarajatlarning mavjudligi va boshqalar
Turli mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimlari o‘zining milliy xususiyati va turli hilligi bilan xarakterlanadi. Ammo islohotlar sharoitida ularni moliyalashtirishning usullari o‘zgarib, bir-birlarini tajribalarini o‘rganishadi. Jahondagi biror-bir mamlakat yaqqol faqat bitta modelga asoslangan sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish modelini qabul qilmagan. Ularda aralash model amal qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirishning batafsil keltirilgan tasnifi ham mavjud:
“Universallashgan model” (Buyuk Britaniya, Irlandiya, qisman Daniya) - Milliy sog‘liqni saqlash tizimining asosiy qismi umum soliqlar evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot xizmatlari asosan davlat sog‘liqni saqlash muassasalarida amalga oshiriladi. Bunda vrachlar, mutaxassislar chetdan kontrakt asosida yollanadi.
“Kontinental model” (Germaniya, Avstriya, Frantsiya, Gollandiya, Belgiya, Lyuksemburg) – sog‘liqni saqlash muassasalari asosan ish haqi fondidan ajratiladigan ajratmalar, shuningdek, davlatning maxsus jamg‘armalari evaziga moliyalashtiriladi. Ularning ulushi umum sog‘liqni saqlash xarajatlarining ¾ ulushiga tengdir.
“Janubiy model” (Ispaniya, Portugaliya, Gretsiya va qisman Italiya) – sog‘liqni saqlash xarajatlarining aksariyat qismi ish haqi fondi va bandlikka ko‘maklashish fondiga to‘g‘ri keladi. tibbiyot xizmati aholiga ham davlat, ham xususiy klinikalar tomonidan ko‘rsatiladi.
“Skandinaviya modeli” (Shvetsiya, Finlyandiya va Daniya) – sog‘liqni saqlash xarajatlari asosan daromad soliqlari evaziga qoplanadi (respublika va mahalliy darajadagi budjetlar darajasida). Bunda tibbiyot to‘lovi fuqaro oladigan ish haqiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. tibbiyot xizmati aholiga ham davlat, ham xususiy shifoxonalar tomonidan ko‘rsatiladi.
“Xususiy model” (AQSH) – Sog‘liqni saqlash sohasi xarajatlari asosan fuqarolarning hisobidan, qisman esa, davlat mablag‘lari evaziga moliyalashtiriladi. tibbiyot xizmatlari taklif etuvchilar asosan xususiy sektor vakillariga to‘g‘ri keladi.
“Iqtisodiyoti o‘tish sharoitidagi davlatlar modeli” (Sharqiy Evropa, MDHning bir qator mamlakatlari, Rossiya) - ushbu davlatlarda sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimi asosan davlat budjeti mablag‘lariga asoslanadi, shuningdek qisman tibbiyot sug‘urtasi mablag‘lari ham qo‘llaniladi. Mazkur davlatlarda sog‘liqni saqlash sohasini moliyalashtirish tizimi sekin asta pullik xizmat ko‘rsatish institutlariga o‘tqazilmoqda.
Sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirishning asosiy yo‘nalishlari sifatida jahonda quyidagilar tan olingan1:

    1. Sog‘liqni saqlash tizimiga etarli miqdordagi mablag‘larni jalb etish;

    2. Mavjud resurslardan samarali foydalanish;

    3. Tibbiy xizmatlarga bo‘lgan iste’molning ochiqliligi va kasallanish bilan bog‘liq moliyaviy xavf-xatarlarni kamaytirish uchun moliyaviy to‘siqlarni bartaraf etish.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) tomonidan ishlab chiqilgan me’zonga asosan bugungi kunda mamlakatlarning sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish xarajatlari ular aholisini eng zaruriy tibbiy-sanitar yordam bilan ta’minlashi uchun YaIM ga nisbatan 5% dan kam bo‘lmasligi hamda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan xarajat normasi 35 AQSh dollaridan kam bo‘lmasligi lozim.


Download 2,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish